Mavzu: Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot tavsifi, uning qo`llanilishi va kamchiliklari Reja Kirish I bob. Moliyaviy nаtijаlаr to`G`risidаgi hisobotning o`rni, аhаmiyati vа tartibga soluvchi me’yoriy huquqiy hujjatlar


I BOB. MOLIYAVIY NАTIJАLАR TO`G`RISIDАGI HISOBOTNING O`RNI, АHАMIYATI VА SHАKLLАNISH TАRIXI



Yüklə 78,4 Kb.
səhifə2/10
tarix30.05.2023
ölçüsü78,4 Kb.
#114411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
MNTH kurs ishi

I BOB. MOLIYAVIY NАTIJАLАR TO`G`RISIDАGI HISOBOTNING O`RNI, АHАMIYATI VА SHАKLLАNISH TАRIXI

    1. Moliyaviy hisobotlar tizimi va unda moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotning o`rni

O`zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan barcha xo`jalik yurituvchi subyektlar belgilangan tartib, shakl va muddatlarda o`zlarining moliyaviy hisobotlarini taqdim qilishga majbur. Yurtimizda moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida tuzish, xalqaro standartlar miqyosiga yaqinlashtirish va yanada soddalashtirish ustida jiddiy ilmiy-amaliy ishlar olib borilmoqda. Moliyaviy hisobotlar xo`jalik yurituvchi subyektlarning ma’lum bir davrdagi moliyaviy faoliyat natijalari, asosiy vositalari harakati, ma’lum sanadagi aktivlar, majburiyatlari, pul oqimlari to`g`risidagi va xususiy kapitalining holati haqida axborot beradi.
Moliyaviy hisobotlarni tuzish, odatda uning konsaptual asoslariga tayangan holda amalga oshiriladi. Konseptual asos eng avvalo quyidagi muammolarni barchasini yechilishi uchun zarur:

  • Mavjud konsepsiya va tamoyillar asosida tizim tuzish;

  • Yuzaga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etish algoritm yaratish;

  • Moliyaviy axborotdan foydalanuvchilarning hisobotlarni tushunish saviyasini oshirish;

  • Turli korxona va XYuSlar moliayiv hisobotlari raqobatbardoshligini oshirish.

Moliyaviv hisobot konsepsiyalari tomonidan quyidagilar aniqlanishi zarur:

  • Moliyaviy hisobotlarni taqdim qilishning maqsadi;

  • Buxgalteriya hisobotining sifat tavsiflari, ya’ni asosiy xususiyatlari;

  • Moliyaviy hisobotlarning elementlari;

  • Moliyaviy ma’lumotlarni e’tirof etish (tan olish) va o`lchash mezonlari;

  • Ma’lumotlar tizimini tuzish tamoyillari.

Ko`rinib turibdiki, moliyaviy hisobot konsepsiyasining bosh masalasi bo`lib moliyaviy hisobot taqdim etishning maqsadini aniqlash hisoblanadi. Buxgalteriya hisobining milliy standartlarida moliyaviy hisobotlarning maqsadi qilib quyidagicha belgilangan: “moliyaviy hisobotlarning maqsadi XYuSlarning moliyaviy holati, faoliyati natijalari va moliyaviy holatidagi o`zgarishlar haqida axborotlar taqdim qilish hisoblanadi”.
Moliyaviy hisobotning konseptual asoslari buxgalteriya axborotining qaror qabul qilish jarayonidagi foydalilik darajasini oshiruvchi xususiyatlarini belgilaydi va aniqlaydi. Moliyaviy hisobot axborotlarining to`rtta asosiy sifat xususiyatlari mavjud va ular quyidagilardan iborat:

  1. Tushunarlilik;

  2. Ahamiyatlilik;

  3. Ishonchlilik;

  4. Solishtirish imkonining mavjudligi.


Yüklə 78,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə