Mavzu: Moliyaviy boshqaruv. Guruh: mek 56 Bajardi


Moliyaviy boshqaruv tizimi va mazmuni mohiyati



Yüklə 25,67 Kb.
səhifə3/6
tarix11.10.2023
ölçüsü25,67 Kb.
#126841
1   2   3   4   5   6
Mavzu Moliyaviy boshqaruv. Guruh mek 56 Bajardi-fayllar.org

2. Moliyaviy boshqaruv tizimi va mazmuni mohiyati
“Boshqaruv” atamasi umumiy tarzda obyektni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida unga ongli ravishda ta’sir ko’rsatishni anglatadi. Moliyaviy tizim doirasida moliyaviy resurslarni tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish har doim muayyan bir maqsadlarga erishishga mo’ljallangan bo’ladi. Bu esa o’z navbatida ma’lum bir tarzda boshqaruv tizimini tashkil etishni taqozo etadi. Shu ma’noda va eng umumiy ko’rinishda boshqaruv subyektining boshqaruv obyektiga maqsadga yo’naltirilgan ta’siri boshqaruv deyiladi.
Davlat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan moliyaviy resurslarni tashkil etish va foydalanishga qaratilgan munosabatlar tizimini boshqarishi, tartibga solishi va bu resurslardan samarali hamda oqilona foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirishi kerak. Ana shu vazifani bajarish moliyaviy boshqaruvning zimmasiga yuklatilgan.
Davlatning xo’jalik yurituvchi subyektlar va uy xo’jaliklari bilan moliyaviy munosabatlar sohasidagi o’zaro munosabatlari soliq tizimi, kredit munosabatlarini boshqarish (tartibga solish), moliya bozorini tartibga solish, davlatning qo’llab-quvvatlash tizimi, pensiya ta’minoti tizimi, ishlovchi aholining daromadlarini tartibga solish mexanizmi va hokozolar orqali amalga oshiriladi.
Moliyaviy boshqaruvning maqsadi makroiqtisodiy muvozanatda, byudjet profitsitida, davlat qarzining kamayishida, milliy valyutaning barqarorligi va mustahkamligida va, nihoyat, davlat va jamiyat barcha a’zolari iqtisodiy manfaatlarining yagonaligida (mushtarakligida) namoyon bo’ladigan moliyaviy barqarorlik va moliyaviy mustaqillikni ta’minlashdir.
Shunga monand ravishda moliyaviy boshqaruvning asosiy metodologik tamoillari quyidagilardan iborat:
• pirovard maqsadga bog’liqlik;
• xo’jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy muvozanatliligi;
• jamiyat barcha a’zolarining manfaatlariga mos kelish;
• iqtisodiy qonunlardan foydalanish;
• real imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish.
Moliyaviy boshqaruvning aniq metodlari va shakllari quyidagilardan
iborat bo’lishi mumkin:
moliyaviy rejalashtirish;
• bashoratlash (prognozlashtirish);
• dasturlashtirish;
• moliyaviy tartibga solish;
• moliyaviy nazorat;
• moliyaviy qonunlarni (qonunchilikni) qabul qilish;

Moliyaviy boshqaruv tizimi


• moliyaviy resurslarni jalb qilish metodlari tizimi.
Pirovard maqsad

Boshqaruv obyektlari

Ta’sir instrumentlari

Boshqaruv subyektlari


Moliyaviy barqarorlik

Tizimlar moliyasi

Moliyaviy siyosat

Moliya tizimi

Makroiqtisodiy muvozanat;


Byudjet rejalarining profitsitligi;
Davlat qarzining mavjud emasligi;

Boshqaruv tamoyillari;


Moliyaviy dasturlash;
Moliyaviy rejalashtirish;
Moliyaviy tahlil;

Byudjet fondlarini shakllantirish va foydalanish bo‘yicha munosabalar;


Sug’urta fondlarini shakllantirish va foydalanish bo’yicha ;munosabatlar

Prizident;


Parlament;
Hukumat;
Moliya vazirligi;
Davlat soliq qo‘mitasi;
Markaziy bank;



Yüklə 25,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə