Mavzu: mehnat ta’tili rezervlari va to’lovlari hisobi reja


Mehnat ta'tili rezervi va to'lovlari hisobi. Ish haqi fondi va uni nazorat qilish



Yüklə 26,45 Kb.
səhifə6/7
tarix20.06.2023
ölçüsü26,45 Kb.
#118184
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu mehnat ta’tili rezervlari va to’lovlari hisobi reja

Mehnat ta'tili rezervi va to'lovlari hisobi. Ish haqi fondi va uni nazorat qilish.

Qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishni yil davomida bir maromda davom etmasligi hamda boshqa holatlar munosabati bilan xodimlarga mehnat ta'tili bir maromda berilmaydi.
Ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxiga xarajatlarni bir maromda kiritilishini ta'minlash yuzasidan mehnat ta'tiliga tegishli summasi yil davomida xarajatga kiritib borish bo'yicha zaxira tashkil qilib borishni taqozo etadi.
Zaxira summasini tashkil etish buxgalteriya hisobida 8910 - “Kelgusi davr xarajatlari va to'lovlari rezervi” hisobvarag'i da olib boriladi. Hisobvaraq passiv bo'lib kredit qoldig'i mavjud zaxirani va uni tashkil etilishini, debetdagi yozuvlar ushbu rezervdan foydalanilganligini bildiradi.
Ta'til uchun rezerv tashkil etilganda DT xarajat hisobvaraqlari KT 8910, ta'til haqi hisoblanganda DT 8910 KT 6710
Ta'til uchun rezerv tashkil etilmaganda hisoblangan ta'til puli bir yo'la xarajat hisobvaraqlariga olib boriladi.
Xo'jaliklarda xodimlarning asosiy va qo'shimcha mehnat haqlari va boshqa haqlar (ro'yhatda bo'lmaganlar, tarif uchun qo'shimcha va boshqa) mehnat haqi fondini tashkil etadi.
Mehnat haqi fondining tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
Mehnatga haq to'lash shakllari va tizimlariga muvofiq hisoblangan mehnat haqi.
Mehnat haqi hisobiga berilgan mahsulot qiymati.
Tarif stavkalari va maoshlariga qo'shimchalar.
Mukofotlar.
Xo'jaliklar shtatida bo'lmagan hodimlar mehnat haqi.
Ta'til bo'yicha mehnat haqi va boshqalar.
Ishlab chiqarish rejasining bajarilishiga muvofiq mehnat haqi fondi ustidan doimiy nazorat bevosita korxona xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Bu ish va xizmat normalarini, maosh va rastsenkalarni, ustamalarni, mukofotlarni to'g'ri va asosli foydalanishi va boshqalar quyidagi nazoratlarda ko'rinadi.
Ish haqi fondi nazoratini yuqori tashkilotlar ularga topshiriladigan hisobot va boshqa ma'lumotlar orqali nazorat qiladi.
Korxona rahbari va bosh buxgalteri mehnat haqi fondidan ishlab chiqarish hajmiga mutanosib foydalanishni ta'minlashga ma'sul hisoblanadi.
Shuning bilan birga ular xodimlarga mehnat haqini o'z vaqtida to'lanishini ham ta'minlashi lozim.
Bu bo'yicha Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 19 martida “Ish haqi o'z vaqtida to'lanishiga doir qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida”gi qarorini ham ahamiyati katta.
Shu kabi O'zbekiston Respublikasi xo'jalik protsessual Kodeksining 2417, 24111 moddalariga ko'ra xo'jalik yurituvchi subyektlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa to'lovlarni to'lash uchun pul mablag'lari berishni banklarning mansabdor shaxslari, boshqa xizmatchilari tomonidan asossiz ravishda kechiktirganlik uchun EKIX-ning 7- barobaridan 10-barobarigacha jarima solish belgilangan (Soliq solish va buxgalteriya hisobi jurn. 2015 y. 12-son 12-bet)


  1. Yüklə 26,45 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə