Mavzu: Matn muxarrirlari



Yüklə 437,14 Kb.
səhifə1/5
tarix11.10.2017
ölçüsü437,14 Kb.
#4363
  1   2   3   4   5

MUNDARIJA

Kirish




MS WORD dasturi va uning imkoniyatlari




MICROSOFT WORD menyusi buyruqlaridan foydalanish




MICROSOFT WORD uskunalar panelidan foydalanish




MICROSOFT WORD uskunalar panelidan foydalanish




Matnni kiritish va taxrirlash




Matnni shakllash (formatlash)




Matnlarni diskka saqlash va chop etish




MICROSOFT WORD da rasmlar ustida ishlash




WORD da jadvallar bilan ishlash




Klaviatura tugmachalari va imkoniyatlari




Hayot xavfsizligi faoliyati




Asosiy qoidalar




Asosiy qoidalar tavsifi




Xulosa




Adabiyotlar










REJA

I Kirish




II MS WORD dasturi va uning imkoniyatlari




2.1 MICROSOFT WORD menyusi buyruqlaridan foydalanish




2.2 MICROSOFT WORD uskunalar panelidan foydalanish




2.3 MICROSOFT WORD uskunalar panelidan foydalanish




2.4 Matnni kiritish va taxrirlash




2.5 Matnni shakllash (formatlash)




III TEXNOLOGIK QISM




3.1 Matnlarni diskka saqlash va chop etish




3.2 MICROSOFT WORD da rasmlar ustida ishlash




3.3 WORD da jadvallar bilan ishlash




3.4 Klaviatura tugmachalari va imkoniyatlari




IV Hayot xavfsizligi faoliyati




4.1 Asosiy qoidalar




4.2 Asosiy qoidalar tavsifi




V Xulosa




VI Adabiyotlar





KIRISH
Biz uchinchi ming yillikka qadam qo’ydik. XXI asrni o’z navbatida axborot asri desak, adashmaymiz. Bunda axborotsiz ishlab chiqarish rivojlanishini tasavvur etib bo’lmaydi. Hozirda ommabop texnik vositalardan unumli foydalanish fan, ishlab chiqarish, iqtisodiyot va hokazo barcha sohalarda juda muhimdir.

Bilim axborotlar majmuining idrok qilinishidir. Axborot esa ma’lumot berish, tushuntirish, izohdir. Biz atrofga qarasak, ko’rish sezgisi, biror narsa eshitsak, eshitish sezgisi orqali axborot olamiz. Biror narsa so’zlasak yoki ko’rsatsak, axborot beramiz. Demak, qiladigan ishimiz, vazifamiz, asosan, axborot olish, yig’ish, qayta ishlash va uzatishdan iborat ekan. Uni eng zamonaviy texnika vositasi bo’lgan kompyuterlar orqali bajarsak, tez va soz amalga oshiramiz.

Bugungi kun kompyuter hayotimizning barcha sohalariga jadallik bilan kirib bormoqda. Bugun kompyuterda hisoblash, yozish, o’qish, o’rganish, gapirish, saqlash, chizish, qayta ishlash, saralash, musiqa yozish, axborotni olish va biror manzilga yuborish, tahrirlash, maketlar tayyorlash, audio va video yaratish, o’ynash, eng asosiysi, har qanday muammoni dasturlash mumkin. Uning imkoniyatlari kundan-kunga ko’paymoqda, shuning uchun u ishda, o’qishda, uyda va hatto dam olishda insonning eng ishonchli do’stiga aylandi.

Hozirgi kunda axborot texnologiyasi jamiyatning jadal rivojlanishiga ta'sir etuvchi eng muhim omildir. Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo’lgan bo’lsa –da, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o’ziga xos xususiyati shundaki , sivilizasiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya , xom ashyo, materiallar va moddiy iste'mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya'ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o’rinni egallamoqda. Axborot texnologiyalari turmushning barcha sohalariga borgan sari ko’proq, singib borib, uning harakatlantiruvchi kuchiga aylanmoqda.

Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan-texnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonlarini jadallashtirishni ta'minlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi.

Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini 5 asosiy yo’nalishga ajratish mumkin:



  1. Mehnat, texnologik va ishlab chiqarish jarayoni vositalarini kompleks avtomatlashtirish.

  2. Ilmiy tadqiqotlar, loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlarini axborotlashtirish.

  3. Tashkiliy-iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish.

  4. Aholiga xizmat ko’rsatish sohasini axborotlashtirish.

  5. Ta'lim va kadrlar tayyorlash jarayonini axborotlashtirish.

Kompyuter texnologiyalardan foydalanish inson uchun bilim olish soxasida ham prinsipial yangi imkoniyatlarni yaratadi. Masofada o’qitish tizimining rivojlanishi butun dunyoni birlashtirgan elektron kutubxonalar va yangi tipdagi universitetlarning yaratilishiga olib keladi.

Axboriy inqilob bevosita insonlarning iqtisodiy xayotiga ta'sir ko’rsatdi. Hozirgi iqtisod maxsulot, resurs va materiallar xarakatiga emas, balki fikr va bilimlarga asoslanadi. Bu jarayon dunyoning barcha mamlakatlarida ro’y bermoqda. Insonlarning faoliyati asosan axborotni qayta ishlashga qaratiladi, iqtisodiy ishlab chiqarish esa mashinalarga yuklanib boradi. Industrial jamiyatdan farqli ravishda axboriy jamiyatda xamma narsa maxsulotlarning ishlab chiqarish va iste'mol qilishiga emas, balki ziyolik va bilimlar ishlab chiqarish va iste'mol qilishiga qaratilgan, bunda aqliy mehnatning axamiyati o’sib, insondan ko’proq ijodkorlik faoliyati ta'lab qilinadi.

Informatika inson faoliyatining turli sohalaridagi axborotlarni yig'ish, saqlash, uzatish, o'zgartirish va qayta ishlash hamda undan foydalanish masalalari bilan shug'ullanuvchi fan sohasidan iborat bo'lib, uning asosiy ashyosi axborotdan iborat.

Hozirgi kunda matematik masalalarni yechishda ko’pgina dasturlar yaratilib, matematik fanlarini o’qitishda qo’llanib kelmoqda.

Matematik amalarni bajarish ya’ni hisob ishlarini olib borish fanlarni o’qitishda Excel dasturidan foydalanib ham kerakli natijalarni olishimiz mumkin.

Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minotining tarkibiy qismiga kiruvchi MICROSOFT OFFICE paketidagi asosiy dasturiy vositalari MS Word matn muharri va jadval protsessori deb ataluvchi MS Excel dasturidir. WINDOWS operatsion qobig’i boshqaruvida bu dasturlar matn yozish va electron jadvallarni tayyorlash hamda ularga ishlov berishga mo’ljallangan.



WORD DASTURI VA UNING IMKONIYATLARI MICROSOFT WORD MATN MUXARRIRI.
Qog'ozda chop etish uchun mo'ljallangan ko'pgina hujjatlar, hamda elektron hujjatlar matn ko'rinishida bo'ladi, ya'ni matnlarda oddiy simvollar (harflar, raqamlar, tinish belgilari va boshqalar)dan terilgan so'zlardan tuzilgan.

Kompyuterda matn hujjatlarini tayyorlashda 3 xil asosiy amal ishlatiladi. Kiritish amali joriy matnni tashqi ko'rinishidan elektron ko'rinishga o'tkazadi, ya'ni matnni fayl ko'rinishida kompyuterda saqlaydi. Kiritish amalida faqat klaviatura orqali axborot kiritish tushunilmaydi. Matnni kiritishning apparat vositalari ham bor, ya'ni matnni originalini skayner orqali kiritish mumkin.

Redaktorlash amali (matnni tahrirlash jarayoni) mavjud elektron hujjatga o'zgartirish kiritish, hujjat qismlarini joyini almashtirish, bir nechta kichik fayllarga bo'lib o'zgartirish imkonini beradi.

Kiritish va redaktorlash amalidan so'ng matnning mazmuni shakllanadi. Hujjatni jihozlashni shakllash amali orqali bajariladi. Shakllash buyruqlaridan so'ng matnni monitor ekranida yoki printerda chop etilgandan so'ng qog'ozda qanday joylashishini ko'rish mumkin.

Matnlar bilan ishlovchi 2 xil programmalar bor: matn redaktorlari va matn prosessorlari (muharrirlari).

Matn redaktorlarida kiritilgan matnni shakllash imkoni mavjud emas.

Matn prosessorlari matnni shakllash imkonini beradi. Matn prosessorlari rasmiy hujjatlarni tayyorlashda ishlatiladi.

Window’s OS ga Bloknot standart matn redaktori va oddiy WordPad matn prosessori kiradi. Shakllanmagan matn fayllari Window’s OS da .TXT fayl kengaytirgichi bilan, matn prosessorlari fayllari esa .DOC kengaytirgichi bilan saqlanadi.

Zomanaviy WINDOWS OSli kompyuterlarda Microsoft Word matn prosessori keng tarqalgan. Bu programma Microsoft kompaniyasi mahsuli bo'lib, ko'p yillar mobaynida rivojlandi va uning quyidagi versiyalari mavjud: Word 6.0 , Word 7.0 (Office 95) , Word 8.0 (Office 97), Word 2000 (Office 2000), Word 2002, 2003,2007,2008 (Office XP)…….

Word dasturiga kirish uchun quyidagi amallar bajariladi. Pusk /Bse programmi/ Mikrasoft Oficce/ Mikrasoft Oficce Word….va Word oynasi ochladi….



Word matn prosessori oynasi.


Rasmga izoh:



  1. oyna sarlahasi – bu satrda programma nomi va ochilgan hujjat nomi ko'rsatiladi.

  2. Programma oynasi tugmalari.

  3. Hujjat oynasi tugmalari. Word ko'p oynali matn prosessori bo'lib, bir vaqtda unda bir nechta oynadagi turli hujjatlarni tahrirlash mumkin.

  4. Uskunalar paneli.

  5. Gorizontal va vertikal chizg'ichlar.

  6. Ish joyi.

  7. Vertikal va gorizontal siljitgichlar.

  8. Holat satri. Bu satrda varaq, bo'lim nomeri, kursorga joylashgan joy, yozish tili va boshqa kerakli axborotlar ko'rsatiladi.






MICROSOFT WORD MENYUSI BUYRUQLARIDAN FOYDALANISH.
1. ФАЙЛ- FAYLLAR BILAN ISHLASH MENYUSI.

1.1.Создать - yangi hujjat yaratish.

1.2.Открыть – Diskdagi mavjud hujjatni yuklaydi, bu buyruq ishga tushirilganda "Открытие документа" oynasi ochiladi, oynadan kerakli hujjat tanlab olinadi.

1.3.Закрыть- Joriy hujjatni yopadi.

1.4.Сохранить– joriy hujjatni diskka yozish(saqlash). Agar hujjat yangi bo'lsa, hujjat saqlanadigan papka, hujjat nomi va formati ko'rsatilishi kerak.

1.5.Сохранить как- joriy hujjatni boshqa papkaga yoki diskga, boshqa nom yoki formatda yozish (saqlash).

1.6.Сохранить все - word matn muxarririda ochilgan hamma oynadagi hujjatlarni diskka yozish.

1.7. Свойства – joriy hujjat haqida axborot olish va shu axborotlarni uzgartirish.

1.8.Пaрaмeтры страницы – varaq sahifalarining- ko'rinishini izohlash. Bunda xoshiyalarni, varaq o'lchamini va boshqa parametrlarni ko'rsatish mumkin.

1.9. Предварительный просмотр- hujjatni printerga chop etishga yuborishdan avval qog'ozdagi ko'rinishini ekranda ko'rish.

1.10. Печать - hujjatni printerga chop etish uchun yuborish. Bunda printerni, varaqlar raqamini, nusxalar sonini ko'rsatish mumkin.

1.11. Bundan oldingi ish seansda ishlatilgan hujjatlar ro'yxati. shu ro'yxatdan hujjat nomini tanlab hujjatlarni tez ochish mumkin.

1.12. Выход - Word prosessoridan chiqish.
2. ПРАВКА- TAHRIRLASH MENYUSI.
2.1. Отменить ввод – Ctrl+Z- oxirgi bajarilgan amalni bekor qiladi.

2.2. Повторить ввод – F4 (Вернуть) - oxirgi bajarilgan amalni takrorlash yoki bekor qilingan amalni tiklash.

2.3.Вырезать - Shift+Del - belgilangan maydondagi axborot (fragment)ni ma'lumotlar buferiga joylashtiriradi (qirqib olish).

2.4. Koпировать – Ctrl+Ins - belgilangan fragment nusxasini ma'lumotlar buferiga ko'chiradi.

2.5. Вставить – Sift+Ins- ma'lumotlar buferidagi axborotni ko'rsatilgan joyga qo'yish.

Вырезать, копировать, вставить buyruqlarini kontekst menyu orqali ham ishga tushirish mumkin.

2.6.Специальная вставка– ma'lumotlar buferidagi axborotni ob'yekt sifatida qo'yish.

2.7.Выделить все – Ctrl+A – hujjatni to’liq belgilab olish.

2.8.Найти – Ctrl+F- hujjatdan kerakli ma'lumotni qidirib topish.

2.9. Заменить - Ctrl+H- hujjatdan ma'lumotlarni qidirib topish va boshqasiga almashtirish.

2.10. Перейти - F5 - ko'rsatilgan nomerdagi ob'yektga (sahifaga, jadvalga, satrga, ob'yektga, rasmga) o'tish.
3. ВИД - MENYUSI FAQAT KO'RINISHNI O'ZGARTIRUVCHI BUYRUQLARNI O'ZIDA JAMLAYDI

3.1. Обычный- oddiy hujjatlarni kiritish.

3.2. Web-документ -

3.3. Разметка страница -

Структура – xujjatning tuzilishini ko`rish.

3.4. Област задач

3.5.Панель инструментов – tanlangan uskunalar panelini ko'rsatadi yoki yashiradi.

3.6. Линейка - gorizontal va vertikal chizg'ichlarni ko'rsatadi yoki yashiradi.

3.7. Отображат значки абзацев abzatsga znachok qo`yish.

3.8. Сетка – qog`ozga setka o`rnatish.

3.9 Схема документа – xujjatning elektron tuzilishi.

3.10.Koлoнтитулы - varaqlarga kolontitul qo'yish va ularni tahrirlash.

3.11. Во весь экран - Hujjatni butun ekranda ko'rish.

3.12. Maсштаб – Hujjat masshtabini o'zgartirish (kattalashtirish yoki kichiklashtirish). Masshtabning o'zgarishi chop etishga ta'sir ko'rsatmaydi.
4. ВСТАВКА – HAR XIL BELGILAR, OB'YEKTLARNI QO'SHISH BUYRUQLARINI O'ZIDA JAMLAYDI:

4.1. Разрыв - yangi sahifa, ustun yoki bo'lim boshlash uchun sahifa oxiri, ustun oxiri yoki bo'lim oxiri belgisini qo'yish.

4.2. Номер страницы – varaq sahifalariga tartib raqamini qo'yish.

4.3. Дата и время – joriy sana va vaqtni tanlangan formatda qo'yish.

4.4. Автотекст – shifaga matnlarni qo`yish.

4.5. Поле – Hisoblash uchun joylar hosil qilish.

4.6. Символ - klaviaturadan kiritishning iloji bo'lmagan belgilarni tanlash yo'li bilan qo'yish.

4.7. Примечание – hujjatning tanlangan abzatsiga tushuntirish yozish.

4.8. Ссылка cноска – sahifa oxiriga yoki hujjat oxiriga snoska qo’yish imkonini beradi.

4.9. Ссылка название – ob'yektlarga (jadval, rasm, formula) nom berish. (masalan: rasm1, rasm2, rasm3 .. korinishida).

4.10.Рисунок- Картинки diskdagi mavjud rasmni tanlab olish yo'li bilan hujjatning ko'rsatilgan joyiga qo'yish.

4.11. Рисунок Из файла – fayllarda joylashgan rasmlarni qo’yish.

4.12. Рисунок Автофигуры - Xar xil turdagi geometrik figuralarni qo'shish uchun panel ko'rsatadi.

4.13.Рисунок Word Art - chiroyli yozuvlar yozish uchun ishlatiladi.

4.14. Организационная диаграмма – Organizatsionniy diagrammalar o`rnatish.

4.15. Надпись – tasvirdagi ustki yozular yo`nalishini tanlash.

4.16. Файл – Boshqa fayldagi axborotni ko'rsatilgan joyga qo'yish.

4.17. Объект - boshqa programmalarda yangi ob'yekt yaratib qo'yish, bu ob'yektlarga quyidagilar kiradi: Еxcel varag'i, formula, WordArt yozuvi va boshqalar.

4.18. Закладка

4.19. Перессылка – peressilka o`rnatish.
5. ФОРМАТ - MENYUSIDA TAXRIRLASH(SHAKLLASH) UCHUN MO'LJALLANGAN BUYRUKLAR JOYLASHGAN.

5.1.Шрифт - harflar ko'rinishini o'zgartirish. Shrift buyrug'ini kontekst menyu orqali ham ishga tushirish mumkin.

5.2.Абзац – Abzatslarni shakllash buyrug'i. Satrlar orasidani masofani, satrning varaqka nisbatan joylashishini o'zgartirish mumkin. Abzats buyrugini kontekst menyu orqali ham ishga tushirish mumkin. Abzats parametrlarini gorizontal chizg'ichdagi markerlarni sichqoncha orqali o'ngga va chapga siljitsh orqali ham o'zgartirish mumkin.

5.3. Список – abzatslarga tartib raqami yoki marker qo'yish.

5.4. Границы и заливка – abzatslar atrofiga, varaqlar xoshiyasiga chegara ko'rsatish va fonga rang berish.

5.5. Колонки - matnni bir nechta ustunlarga bo'lib yozish uchun ustunlar qo'yish.

5.6.Табуляция – xat boshi va tabulyatsiya intervalini o'zgartiradi.

5.7.Буквица - bosh harfni boshqalariga nisbatan ajratib yozish.

5.8. Hаправление текста – matnning yozilish yo`nalishini tanlash.

5.9.Регистр - belgilangan satrlardagi harflarni katta yoki kichik ko'rinishga “Регистр” oynasidan tanlash yo'li bilan o'tkazish.

5.10. Фон - hujjat elektron ko'rinishga o'tkazilganda fonga rasm qo'yish yoki rang berish imkonini beradi. Fon rasmi hujjat bilan birga chop etilmaydi.

5.11. Тема – tayyor tema fonlarni tanlash.

5.12. Рамки

5.13. Автоформат – hujjatni avtoformatlashtirish.

5.14. Стил и форматирование – matnning stilini yozilish tanlash.

5.15. Показат форматирование – formatlashni ko`rsatish.
6. CЕРВИС – HUJJATLARNI TAHRIR QILISHGA MO`LJALLANGAN.

6.1. Правописание – grammatik va statistik xatolarni tuzatish.

6.2. Язык – hujjatning tilini belgilash.

6.3. Исправит певрежденний текст -

6.4. Статистика – statistik ma`lumotlar. (hujjat to`g`risida ma`lumotlar).

6.5. Автореферат – faylning qisqacha mohiyati.

6.6. Исправления – o`zgartirishni ko`rsatish va solishtirish.

6.7. Сравнить и объединить исправления -

6.8. Установить защита – hujjatni himoyalash.

6.9. Совместная работа

6.10. Макрос – makrosni aniqlash.

6.11. Шаблоны и надстройки – shablonlar va ustqurmalar.

6.12. Параметры автозамены – belgi va so`zlarni almashtirish .

6.13. Настройка – menyu bandlarini tahrir qilish.

6.14. Параметры – Wordning parametrlari.

7.TАБЛИЦА-JADVALLAR BILAN ISHLASHGA MO'LJALLANGAN BUYRUQLARNI MUJASSAMLASHTIRGAN MENYU.
7.1. Нарисовать таблицу – "Таблицы и границы'" uskunalar panelini ko'rsatadi yoki yashiradi va jadval chizish uchun "qalam" tanlaydi.

7.2.1. Добавить - Таблицу - yangi jadval qo'yish, ustunlar soni va satrlar soni ko'rsatiladi.

7.2.2. Добавить – Столбцы слева – tanlangan ustun chap tarafiga yangi ustun qo'shadi.

Yüklə 437,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə