Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar oʻsishini umumiy shart sharoitlari



Yüklə 14,29 Kb.
tarix19.10.2023
ölçüsü14,29 Kb.
#128120
Bexruz gimnastika


Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar oʻsishini umumiy shart sharoitlari
REJA.
1. O`sish deganda nimani tushunasiz.
2. Rivojlanish nima?
3. O`sish va rivollanishga nimalar ta`sir qiladi.

O’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari.


Bolalarni to'g'ri tarbiyalash uchun ular organizmining o'sishi va rivojlanishi kabi asosiy xususiyatlarini bilish zarur. O'sish va rivojlanish barcha tirik organizmlar kabi odam organizmiga xos xususiyatdir. Organizmning har tomonlama o'sishi va rivojlanishi uning paydo bo'lgan vaqtidan boshlanadi. Bu ikki jarayon murakkab hisoblanib, bir butun va bir-biriga bog'langandir.
O'sish deganda tana hujayralarining ko'payishi natijasida tirik organizm oichamlarining ortishi, ya’ni bo'yning cho'zilishi, og'irlikning ortishi tushuniladi.
Bola ma’lum yoshgacha to'xtovsiz, ammo o'sish davrida ayrim tana qismlarining nomunosib o'sishi (bosh, oyoq, qo'l suyaklari, ko'krak qafasi va qorin bo'shlig'i ichki organlari) turli yoshda har xil jadallikda bo’lishi mumkin, shunga qaramasdan barcha to'qima va hujaylarda ya’ni organlarda o'sish bir vaqtda, ayollarda o'rtacha 18-19 yoshgacha, yigitlarda 19-20 yoshgacha tugallanadi.
O'sish qatorida hujayrada ularning bajaradigan vazifasining ortishi jarayoni kuzatiladi. Bu rivojlanish jarayonidir. Rivojlanish deganda o'sayotgan organizm to'qima, hujayra va organlarining shakllanishi, ya’ni bola organizmi hujayralarining takomillashib, o'smirlik va yetuk yoshdagi odamlarga xos bo’lgan bir muncha murakkab tizimlarga ega bo'lishiga aytiladi. Bunga, voyaga yetgan davrdan boshlanadigan qarish jarayonlari ham kiradi va qoidaga binoan, organizmni qayta rivojlanishi boshlanadi.
Rivojlanish jarayoni a’zolar va ularning tizimlari faoliyatini funksional differensiyalanishi va takomillan ishida namoyon bo'ladi. Masalan, markaziy asab tizimining reflektor faoliyatini ichki kortikal aloqalarni, yurak-to m ir, ovqat hazm qilish, tayanch-harak atlan ishi va boshqa tizmlarning murakkablashuvi va rivojlanishi hisobiga takomillashuvida bilinadi.
O'sish va rivojlanish tirik materiyaning umumiy biologik xususiyatlari hisoblanadi, uzluksizilgarilovchi jarayon ko'rinishida bo'ladi. U yoki bu fiziologik tizimlarning tuzilishida yoki f ao liyatida yoshga oid xususiyatlarning mavjudligi, bola organizmini alohida yoshga oid davrida to'laqonli rivojlanganligini ko'rsatm aydi. Aynan shunday o'ziga xos xususiyatlar majmui u yoki bu yosh davrini tavsiflaydi.
Organizm o'sishi va rivojlanishida barcha etaplarni bolalik, o'smirlik, yoshlik, yetuklik davrlarini bosib o'tadi. O'sish bu organizmning m iqdor ko'rsatk ichi rivojlanish esa sifat ko'rsatkichi bo'lib, bu ikki jarayon notekislik y a’ni geteroxroniya, uzluksizlik va akseleratsiya jarayonlari asosida yuzaga chiqadi.
Notekis rivojlanish yoki geteroxroniya. Organizmning normal holatida o'sish va rivojlanish bir-biri bilan juda yaqin aloqada va hamkorlikda bo'lsa ham, ular bir vaqtda va bir xil jadallikda sodir bo'lmaydi, chunki biron-bir a’zo massasining kattalashishi uni bir vaqtda funksional jihatdan takomillashuvini bildirm aydi. Ontogenezda birinchi navbatda , ontogenezning ushbu bosqichida yoki yaqin kelajagida organizmni yashashi uchun zarur bo’lgan a’zo va tizimlarning rivojlanish tezligi o'zgaradi. Ushbu bosqichda zarur bo'lmagan funksional tizimlarning rivojlanishi esa, aksincha orqada qoladi.
Geteroxroniyaga misollardan ayrimlarini ko'rib chiqamiz. Go‘dakni tug’ilgan momentda yashashini ta’minlash uchun, ontogenezning birinchi bosqichida hayot uchun muhim aham iyatga ega bo’lgan funksional tizimlari uning embriogenez jar ayonida oldindan yetiladi. Bunga, go‘dakning sut emish, yo’nalish, ko‘zini ochib-yumish va shu kabi uni ovqatlanishi, muhitning zararli ta’sirlaridan himoyalanish funksiyalarini ta’minlovchi reflekslari kiradi. Ushbu reflekslarning biologik faolligi muhimdir. Agar chaqaloq tug'ilgan vaqtda, uning so’rish funksional tizimi yetilmagan bo’Isa (bola muddatidan ancha ilgari tug'ilgan holatda yuzaga keladi) unda so’rish refleksini chiqarish uchun choralar ko'rish zarurati kelib chiqadi. Aksirish, yo’talish va ko’zni ochib-yumish reflekslari yordamida go’dakning nafas yo’lari hamda ko’z soqqasidagi uning hayoti uchun xavfli holatni yuzaga keltirishi mumkin bo'lgan zarrachalar va changlar chiqarib yuboriladi.
Tug’ilish vaqtida yetilmagan yoki to’liq yetilmagan funksional tizimlar mavjud. Go'dak kallasi terisida asab oxirlariga ega bo'lgan uchlamchi asab, tug'ilish vaqtida o'ziga xos bo'lgan funksiyalarni bajarishga tuzilmaviy va funksional jihatdan tayyor bo'lmas ekan. Buyrak innervatsiyasida geteroxroniya, simpatik innervatsiyaning yetilishini, ilgarilab ketishi ko'rinishida namoyon bo'ladi, parasimpatik innervatsiya (adashgan asab) esa, faqatgina 15-16 yoshga kelib yurak faoliyatini boshqarishda to'liq qatnasha boshlaydi.

PROMOTED CONTENT

Конь прилег на нее, когда девушка прилегла на траву!
Новости
Жеребец завалился на свою хозяйку и сделал вот что
Новости

Конь навалился на нее сверху, когда она прилегла на траву!


Новости
Rivojlanish nima?
Rivojlanish deganda, tom ma’noda odam organizmida kuzatiladigan, uning barcha tizimlarining tashkillanish darajalarini murakkablashishini oshishini chaqiruvchi miqdoriy va sifatiy o‘zgarish jarayonlari tushuniladi. Rivojlanish o‘z ichiga uchta asosiy omilni qamrab oladi; o‘sish organ va to‘qimalarning tabaqalanishi, shakllanish (organizmga xos va monand bo‘lgan shaklni olishi). Ushbu omillar bir-biri bilan uzviy bog‘ liq va bir-birini to‘ldirib turadi.
Bolalar o‘sish va rivojlanishining muhim qonuniyatlariga, o‘sish va rivojlanishning bir tekisda kechmasligini va tinimsizliklarini, hayotiy muhim funksional tizimlar va akselerasiyani ya’ni ularni yetilishidan oldin yuzaga keluvchi hodisalar – geteroxroniyalarni kiritish mumkin.
I.A.Arshavskiy faqatgina turli yosh davrlarida organizmning fiziologik funksiyalarni spesifik xususiyatlarini emas, balki shaxsiy rivojlanish qonuniyatlarini ham tushunish imkonini beruvchi asosiy omil sifatida «skelet muskullarining energetik qoidasini» shakllantirdi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, turli yosh davrlaridagi energetik jarayonlarning xususiyatlari, hamda nafas va yurak tomirlar tizimining faoliyatining o‘zgarishi va qayta shakllanishi ontogenez jarayonida yuqoridagi organlarga mos bo‘lgan skelet muskullarining rivojlanishiga bog‘ liq bo‘ladi.
A.A.Markosyan shaxsiy rivojlanishining umumiy qonunlariga biologik tizimlar ishonchliligini ham qo‘shishni taklif etdi.
Biologik tizimlarning ishonchliligi deganda, organizmdagi jarayonlarning boshqarilish darajasining, qaysini imkoniyatdagi zahiralardan favqulodda foydalanish natijasida yuqoridagi jarayonlarning (optimal) maqbul holatda kechishi ta’minlanishi va o‘zaro almashinuvi natijasida yangi sharoitga moslashishini ta’minlovchi va juda tez ilgarigi holatga qaytish darajasi tushuniladi.
Ushbu konsepsiyaga asosan zigota hosil bo‘lganidan boshlab toki uning tabiiy o‘limi bilan tamomlanadigan rivojlanish yo‘li hayotiy imkoniyatlar zahirasi mavjud bo‘lgandagina amalga oshadi. Ushbu imkoniyatlar zahirasi tashqi muhitni o‘zgaruvchan sharoitlarida hayotiy jarayonlarni rivojlanishini va maqbul holatda kechishini ta’minlaydi. Bir necha misollar keltiramiz. Bir odamni qonida mavjud bo‘lgan trombin (qon ivishida ishtirok etuvchi ferment) 500 odamni qonini ivitish uchun yetarli. Uyqu arteriyasining devori 20x105 Pa.ga teng bo‘lgan bosimga chidaydi, lekin qon tomirlar tizimining ushbu qismidagi bosim ayrim vaqtlardagina yuqoridagi bosimni 1/3 qisminigina tashkil etadi. (105 Pa). Son suyagi 1500 kg og‘irlikdagi yukni cho‘zilishiga chidaydi.

P.K.Anoxin geteroxroniya haqidagi ta’limotni (funksional tizimlarning notekis yetilishi) ilgari surdi va undan sistemogenez haqidagi ta’limotni kelib chiqishini tushuntirib berdi. Uning ko‘rsatishicha funksional tizimlar deganda turli lokalizasiyalangan tuzilmalarni keng ko‘lamdagi funksional jihatdan qo‘shilishi natijasida aynan shu paytda olinadigan oxirgi moslashish samarasi (masalan, nafas olish funksional tizimi, tananing bo‘shliqdagi harakatini ta’minlovchi funksional tizim va h.z.) tushuniladi.


Funksional tizim, tuzilish jihatidan juda murakkab va o‘z ichiga afferentli sintez, qaror qabul qilish, o‘z-o‘zidan harakat qilish va uning natijasi, effektor organlardan qayta afferentasiya va nihoyat akseptorli ta’sir, kutilgan natija bilan olingan samaralarni qiyoslashlarni qamrab oladi.
Afferentli tahlil, o‘z ichiga asab tizimiga tushadigan turli turdagi tahlil qilingan axborotlarni, tahlil qilinganlarni qayta ishlashni oladi. Tushayotgan axborotlarni tahlil va umumlashtirish natijalari avvalgi tajribalar bilan solishtiriladi.
Akseptordagi harakat bo‘lg‘ usi harakat modeli sifatida shakllanadi, bo‘lg‘ usi natijalarni oldindan aniqlash yuz beradi va aniq natija bilan ilgari shakllangan model solishtiriladi.
Funksional tizimlar notekis yetiladilar, entogenetik rivojlanishning turli davrlarida organizmning moslashishini ta’minlab bosqichma-bosqich qo‘shilib, almashinib turadi.
Tuzilmalar birgalikda tug‘ ilish oldidan hayotiy muhim vazifalarni bajaruvchi funksional tizimlarni tashkil qilib, ular hosil bo‘ladi va tanlanib hamda tezlashgan holda yetiladilar. Masalan, og‘ izning aylana muskuli yuzning boshqa muskullari innervasiya qilinishidan oldinroq, tezlashgan holda innervasiya qilinadi. Og‘ izning aylana muskullaridan tashqari boshqa muskullar va emish aktinii bajarilishini ta’minlovchi markaziy asab tizimining boshqa tuzilmalari ham tezlashgan rivojlanishga uchraydi. Qo‘lning barcha nervlari orasida eng avval ushlash refleksida ishtirok etuvchi muskullarni qisqarishini barmoqlarni bukilishini ta’minlovchi nervlar bunday to‘la qiymatli funksional tizimlarni tashkil qiluvchi morfologik hosilalar ya’ni yangi tug‘ ilgan bolalarni yashashini ta’minlovchi morfologik tanlanib va tezlashib rivojlanishi sistemogenez deb ataladi.
Sistemogenez rivojlanishning umumiy qonuniyati bo‘lib, aynan embrional rivojlanish bosqichida yaqqol namoyon bo‘ladi. Lekin funksional tizimlarning geteroxronli yetilishi va bosqichma-bosqich qo‘shilishi hamda almashinishi shaxsiy rivojlanishning boshqa bosqichlari uchun ham xarakterlidir.
Hozirgi zamon fanida o‘sish va rivojlanish davrlari va ularni yosh chegaralarining umumiy holda qabul qilingan klassifikasyasi yo‘q. Shu sababli u yoki bu omillar tomonidan tavsiya qilingan o‘sish va rivojlanishning davrlarga bo‘linish tartibi haqida munozarali fikrlarga farqli o‘laroq RFAning bolalar va o‘smirlar fiziologiyasi instituti tomonidan yoshga oid davrlashlarni quyidagi bo‘linishini taklif qilgan va bu taklif qilingan bosqichlar deyarlik barcha hamdo‘stlik mamlakatlarida keng miqyosda foydalanilmoqda.
1. Yangi tug‘ilgan – 1-10 kunlik;

2. Chaqaloqlik – 10 kundan –1 yoshgacha; -yilgacha.

3. Bolalikni oldi –1-3 yillar.

4. Birinchi bolalik – 4-7 yillar

5. Ikkinchi bolalik –8-12 yil o‘g‘il bolalar va 8-11 qiz bolalar uchun

6. O‘smirlik yoshi –13-16 yil o‘g‘il bolalar va 12-15 qiz bolalar uchun

7. Yoshlik davri –17-21 yil yigitlar, 16-20 yil qizlar.

8. Balog‘at yoshi, I davri 22-35 yil erkaklar, 22-35 yil ayollar:

Balog‘ at yoshi, II davri 36-60 yil erkaklar: 36-55 yil ayollar uchun;

9. Yoshi o‘tgan –61-74 yil erkaklar, 56-74 yil ayollar;

10. Qarilik davri –75-90 yil;

11. Uzoq umr ko‘ruvchilar –90 yil va undan yuqori.



Bunday davrlarga bo‘lish mezoni o‘ziga xos kompleks belgilarni qamrab olgan; tana va organlarni o‘lchamlari, og‘irlik, skeletning suyaklanishi, tishlarning chiqishi, ichki sekretsiya bezlarining rivojlanishi, jinsiy yetilish darajasi va muskullarning kuchi va h.z. Bu chizmada o‘g‘il va qiz bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olingan. Ammo biologik yosh mezonlari haqidagi muammo, jumladan yoshga qarab davrlarga bo‘lishning asosi bo‘lib ko‘rinuvchi ma’lum ahamiyatli axborot beruvchi ko‘rsatkichlarni aniqlash kelgusida o‘z yechimini kutmoqda.
Har bir yosh davrlari o‘zining spesifik xususiyatlariga ega. Bir yosh davridan ikkinchisiga o‘tish jarayoni shaxsiy rivojlanishning ma’lum keskin o‘zgaruvchan bosqichi yoki kritik davri deb qaraladi. Har bir yosh davrlarining davom etish muddati jiddiy darajada o‘zgarishlarga uchraydi. Yoshning xronologik chegarasi kabi, uning tavsifi ham dastavval ijtimoiy omillar bilan aniqlanadi.
O`sish va rivojlanishga nimalar ta`sir qiladi?
Bola organizmi jiddiy darajada uning rivojlanish yo‘lini aniqlab beruvchi, bola organizmiga uzluksiz ta’sir ko‘rsatuvchi, aniq sharoitda rivojlanadi. I.M.Sechenov ta’kidlaganidek «...organizm hayotini qo‘llab turuvchi atrof-muhitsiz faoliyat ko‘rsatishi mumkin emas, shuning uchun organizmning ilmiy asoslanishida organizmning atrof-muhitga ko‘rsatadigan ta’siri ham hisobga olinishi zarur, chunki hayotda nima, muhitmi yoki tanani o‘zi muhimmi degan savolni tug‘ilishi uchun o‘rin yo‘q».
Turli yosh davrlarida bola organizmidagi morfologik va funksional qayta o‘zgarishlarning kechishi ko‘plab genetik va atrof-muhit omillari ta’siriga uchraydi.
Konkret atrof-muhit sharoitlariga bog‘liq holda rivojlanish jarayoni tezlashishi yoki sekinlashishi mumkin, uning yosh davrlari esa erta yoki kech boshlanishi va ular turli davomiylikga ega bo‘lishi mumkin.
Bola organizmining sifatiy jihatdan shaxsiy rivojlanishning har bir bosqichida o‘zgaruvchi, o‘ziga xosligi barcha va aynan uning atrof-muhit bilan o‘zaro aloqasini xarakteri bo‘yicha namoyon bo‘ladi. Bola tug‘ ilgandagi uning biologik fondi keyinchalik ham shu holda o‘zgarmasdan qoladi deb hisoblamaslik kerak. Atrof-muhit omillari ayniqsa uning ijtimoiy sohasi ta’siri ostida irsiyat bilan ta’minlanuvchi u yoki bu sifatlar muhit imkon yaratsa rivojlanishi yoki imkon bermasa yo‘qolishi mumkin.
Organizmning o’sishi va rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar:
• Organizm o’sishi va rivojlanishi bir qatorda endogеn (ichki) va ekzogеn (tashqi) faktorlar yordamida nazorat qilib turiladi. Turli ta'sirotlar barcha hujayra va to’qimalarga to’g’ridan – to’g’ri yoki nerv sistеmasi hamda endogеn sistеma orqali ta'sir etishi mumkin.
• Gеnеtik faktorlar organizmning rivojlanishiga umr bo’yi ta'sir etadi, uning eng sеzilarli ta'siri birlamchi bolalik davridan kеyin ko`zatilgan.
Bola organizmining normal o’sishi va rivojlanishida ovqatlanish faktori muhim rol o’ynaydi. Ovqat sifati, istе'mol qilish miqdori ko’pincha bola organizmining sog’lig’ini, jismoniy qobiliyatini bеlgilaydi. Oziq moddalarning asosiy komponеntlar - oqsillar, yog’lar, uglеvodlar, minеral tuzlar va vitaminlar bola organizmining o’sishi va rivojlanishini ta'minlaydi. Kеyingi paytlarda o’sish va rivojlanish uchun mikroelеmеntlardan ruxga ko’p e'tibor bеrilmoqda. Aniqlanishicha, bu elеmеnt DNK hamda ko’pgina fеrmеntlarning hosil bo’lishida aktiv ishtirok etar ekan
Bolaning o’sishi u turli xil kasalliklar bilan og’riganda masalan, oshqozon ichak tizimi kasalliklari, jigar, buyrak, o’pka kasalliklari va boshqalarida ancha susayib, normadan orqada qoladi.
• Yuqorida aytib o’tganimizdеk nerv tizimi va endokrin tizimi normal o’sish va rivojlanishga faol ta'sir etadi. Nerv tizimining ta'siri bola ona qornida rivojlanayotganida, emizish davrida sеzilarlidir.
• Endokrin tizimi orasida o’sish va rivojlanishga eng yaqindan turib ta'sir etadigan tizim gipotalamo - gipofizar tizimidir. Bundan tashqari, qalqonsimon bеz, gipofiz hamda oshqozon osti bеzlarining gormonlari o’sish va rivojlanishni boshqaruvchi bеzlar bo’lib hisoblanadi.
• Ma'lumki, gipofiz - bеzi juda ko’p har xil gormonlarni qonga chiqarib turadi
O’sish va rivojlanish jarayonida muhim ahamiyatga ega bo’lgan ichki sеkrеtsiya bеzlaridan yana biri qalqonsimon bеzdir. Uning gormonlari ayniqsa, nerv tizimining rivojalinishi va shakllanishi uchun kеrak, tiroksin ta'sirida nerv stvollarining miеlin po’sti bilan o’rab olinishi tеzlashadi.
• Balog’atga yеtish davrida o’sish va rivojlanishga ta'sir etuvchi gormonlarlardan buyrak usti bеzlari hamda jinsiy bеzlarni olishimiz mumkin. Bu gormonlar dastavval oqsil almashinuviga aktiv ta'sir ko’rsatadi. U gormonlarning ta'siri ancha murakkab bo’lib, ular aminakislotalarning transmеmbrana harakatida ishtirok qiladi, ostеoblastlar faolligini oshirib, suyakda kalsiy moddasining kuchli so’rilishiga olib kеladi. Natijada kalsiy suyaklarda ko’p to’planadi.
Yüklə 14,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə