Mavzu: Logistika tizimlarida axborot texnologiyalarining o’rni Reje



Yüklə 34 Kb.
tarix07.10.2023
ölçüsü34 Kb.
#126076
ATAT mustaqil ish



Mavzu: Logistika tizimlarida axborot texnologiyalarining o’rni
Reje:
1. Axborot texnologiyalari transport logistikasida qo’llash. GPS tizimi. GPS trekerlari. ГЛОНАСС tizimida ishlash.
2. Avtotransport korxonalarining faoliyatida qo’llaniladigan barcha zamonaviy texnikaviy kuzatuv vositalaridan foydalanish.
3.Videokuzatuv tizimlarini qo’llash. Korxonalarga taaluqli barcha transport vosita
larni va avtobuslar qatnovini nazorat qilish tizimini yaratish. Radarlar va ularning turlari.

Kalit so’zlar: Transport logistikasi, GPS tizimi, GPS trekerlar, GLONASS tizimi, videokuzatuv tizimlari, radarlar



Axborot texnologiyalari transport logistikasida qo’llash. GPS tizimi. GPS trekerlari. GLONASS tizimida ishlash.
Hozirgi kunda transportlar logistikasi axborot texnologiyasiz ishlay olmaydi. Barcha yuk tashish avtotransport vositalari yordamida bir shahardan boshqa shaharga yuklarni olib borish jarayonida qanchadan qancha axborot va har hil ma’lumotlardan foydalaniladi.
Ushbu axborot texnologiyasiz bajarilgan ishlarning sifatini aniqlash mumkin emas, ya’ni albatta texnikaviy va dasturiy kompyuter vositalaridan foydalanish kerak bo’ladi.
Axborot jarayoni ayniqsa, yuklar kelayotgan yo’llarning tugun uchastkalarida ya’ni choraxalarida (перекрёскаларида), temir yo’l stansiyalarida, aerovokzallarda juda zarur hisoblanadi.
Logistika so’zi grekcha so’z bo’lib “Hisobli san’at” degan ma’noni anglatadi. Ushbu so’zni Vizantiya imperatori Lev IV (865−912yy) harbiy yurishlarda o’z askarlariga oziq−ovqat yetkazib berish va ularni taqsimlash uchun ishlatgan.
Ikkinchi butun jahon urushi davrida AQShning harbiy kontingenti Yevropadagi janglarda ishtirok etayotgan paytda, Amerika qit’asidan oziq−ovqat, qurol−aslahalarni kerakli joylarga va o’z vaqtida yetkazib berishda logistikadan foydalanishgan. Shuning uchun, urushdan so’ng logistikani tinch hayot iqtisodiyotida keng qo’llanila boshlandi. Hozirgi kunda logistika asosan biznesda keng foydalanilmoqda.
Demak, logistik tizim bu logistik zanjirda o’tirgan (korxona – tashkilot − firma, transportlar, savdo tashkilotlari, magazin do’konlar va h.k.) ishtirokchilar majmuasi hisoblanadi.
Umumiy dunyo bo’yicha qabul qilingan logistika tizimlariga quyidagilar kiradi:
• MRP — Materials requirements planning,
• DRP (distribution requirements planning),
• MRPII — Manufacturing resource planning,
• ERP — Enterprise resource planning;
• LEAN PRODUCTION:
• CSRP — Customer Synchronized Resource Planning,
• ROP, QR, CR, AR;
• EOQ MODEL;
• Ikki qatlam tizimi;
• Ikkibunkerli tizim;
• O’zgarmas davr ichida buyurtma berish modeli;
• AVS modeli;
• Statsionar bo’lmagan ya’ni o’zgaruvchan va stoxastik ixtiyot qismlarni boshqarish modeli va boshqalar.
Logistik quyidagi turlarga bo’linadi:
− Transport logistikasi;
− Ombor logistikasi;
− Sotib olish logistikasi;
− Ishlab chiqarish logistikasi;
− Axborotlashtirish logistikasi;
− Bojxona logistikasi;
− Ekologiya logistikasi;
− Tejamkorlik logistikasi;
− Shahar logistikasi va boshqalar.
Keltirilgan barcha logistikalarni alohida−alohida ko’rib chiqish tinglovchilarga bog’liq. Biz esa ushbu logistikalarning asosiy masalalarini yechim yo’llarini ko’rsatib o’tamiz:
1. Transport vositasining turini tanlash.
2. Yo’l marshrutlarini aniqlash.
3. Yuklarni transportga optimal joylashtirishni tashkil etish.
4. Mollarni yig’ib konteynerga optimal joylash.
5. Ehtiyot qismlarni boshqarish.
6. Ombor maydonlarida mollarni saqlash.
7. Markirovkalash.
8. Bojxona hizmatlarini yechish va boshqalar.
Amaliy logistikaning dunyo bo’yicha juda ko’p logistika muzeylari bor. Masalan, Yaponiyaning poytaxti Tokio shahrida, Rossiyaning Sankt Peterburg shahrida.
Biz esa asosan “Axborot logistikasi”da qisqacha to’xtab o’tamiz. Umuman, ushbu terminni asosiy mazmuni – bu ma’lumotlarni global kompyuter va telekommunikatsiya tarmoqlarida bir obyektdan (uzatuvchidan) boshqa bir obyektga (qabul qiluvchiga) eng optimal marshrut (yo’l) bilan etkazib berish jarayonlari majmuasiga ushbu axborot logistikasi qo’llaniladi.
Keyingi paytlarda, avtotransport korxonalarining yuk tashish transport vositalari yordamida ishlab chiqarish korxonalarining, firmalarning yuklarini bir shahardan ikkinchi boshqa bir shaharga yetkazib berish jarayonida yoki shaharlarda marshrut bo’yicha qatnayotgan transport vositalarini nazorat etib turish jarayonida navigator tizimlari ishlatilmoqda. Hozirgi kunlarda AQSHning GPS tizimi va Rossiyaning GLONASS tizimlaridan keng foydalanilmoqda.
GPS TIZIMI.
GPS – bu inglizcha so’zlarning birinchi harflari bo’lib, “Global Positioning System” ya’ni “Global aniqlovchi nazorat tizimi” degan ma’noni bildiradi. Ushbu GPS tizimi asosan Yer atrofidagi orbitalarda harakat qilayotgan 24 tadan iborat bo’lgan sun’iy yo’ldoshlar va Yerdagi bir necha stansiyalar yordamida harakatlanayotgan yoki tinch turgan obyektlarni qayerdaligin aniqlab beradigan va nazorat qiladigan navigatsiya tizimi hisoblanadi.
Hammaga ma’lumki, Yerning sathidan yadrosigacha ham 7 (yetti) qatlam va tashqi sathdan kosmik fazogacha ham 7 (yetti) qatlamdan iborat ekan. Tashqi qatlamlarni birinchisi “atmosfera”, ikkinchisi “troposfera”, undan keyin “ionosfera”, “biosfera” va 7 −si “kosmik” fazo deb atalar ekan. Yerning tashqi birinchi qatlami faqat quyosh chiqib turgan paytda bo’lar ekan, ya’ni erta tongdan shomgacha. Qorong’u tushgan zahoti ushbu qatlam ham yo’qolar ekan. Ushbu fazoning o’rtacha o’lchami 500 km dan 40 000 km gacha bo’lar ekan. Yer atrofida uchib yurayotgan sun’iy yo’ldoshlar ya’ni kosmik kemalar ana shu kenglikda uchishi mumkin ekan.
1957 yili sobiq Sovet Ittifoqi paytida birinchi Yerning sun’iy yo’ldoshi uchirilgan edi. 2000 yillar atrofida Amerika Qo’shma Shtatining (AQSH) Mudoafa vazirligi Yer sharidagi strategik obyektlarni nazorat etib turish uchun maxsus markaz tashkil etgan. Ushbu tizimning asosiy vazifasi harbiy obyektlarni, uchayotgan samolyotlarni, suzib yurgan kemalarni va yerda harakat qilayotgan trasport vositalarni nazorat qilish edi. Keyinchalik insonlarni ham o’rmonlarda adashib qolmasligi, yoki baliqchilarning kemalari qayerdaligini aniqlik bilan bilib olish va nazorat etib borish uchun maxsus navigator (nazorat) qurilmalari ishlab chiqildi va bu qurilmalarni trekerlar deb nomladi. Ushbu tizim asosan quyidagilardan iborat bo’ldi: 1) Kosmik fazoda uchib yurgan sun’iy yo’ldoshlar, 2) Yerning kamida 4 ta yerida joylashgan maxsus stansiyalar va 3) GPS priemnikka ega bo’lgan obyekt yoki insonlar.
Kosmik kemalar Yer atrofidagi orbitalarda harakatlanadi. Navigatsiya tizimi uchun AQSH ning GPS ga mo’ljallangan sun’iy yo’ldoshlar 6 ta orbitada Rossiya GLONASS tizimi uchun 3 ta orbitalarda sun’iy yo’ldoshlar uchib yurishadi. Ushbu orbitalar shartli ravishda quyidagicha bo’linadi:
1. Ekvator atrofidagi orbita “Ekvatorialnaya yoki Ekvatorial orbita”.
2. Shimoliy qutb bilan janubiy qutb atrofidagisi “Polyarnaya yoki Qutbiy orbita”.
3. Qutbdan bir necha gradus egilib hosil qilgan orbita “Naklonnaya yoki ellipssimon egilgan orbita” deyiladi.
AQSH ning kosmik kemalari ushbu 3 ta orbitaga paralel ravishda yana 3 ta orbita tashkil qilib, jami 6 ta orbitada harakatlanadi.
Sun’iy yo’ldoshlarning asosiy vazifasi bu “retranslyator” vazifasini bajarishdan iborat, ya’ni unga uzatilayotgan signallarni qabul qilib, kuchaytirib boshqa qabul qiluvchi obyektlarga uzatib turishdan iborat. Masalan, Rossiyaning Moskva shahridan uzatilayotgan televizion ko’rsatuvlarni boshqa davlatlarda ko’rib turish va hakozo. Umuman, sun’iy yo’ldoshlar 2 turga bo’linadi: 1) Passiv (Faolsiz), ya’ni unga uzatilayotgan signallarni o’zgartirmay va kuchaytirmay qaytarib turadigan. 2) Aktiv (Faol), ya’ni unga yuborilgan signallarni demodulyatsiyalab, kuchaytirib va qayta modulyatsiyalab qabul punktlariga uzatib turadi.
Ushbu sun’iy yo’ldoshlar yordamida juda katta masofalarga ma’lumotlarni etkazib berish uchun hizmat qilishadi.
Yer atrofidagi orbitalarda faoliyatiga qarab ham 2 turga bo’linadi:
1. Geostatsionar sun’iy yo’ldoshlar, ya’ni Yerga nisbatan o’zgarmas. Bu degani qotib turgan kosmik kemalar emas, balki harakatlanish tezligi Yerning quyosh atrofida aylanish tezligiga tenglashtirib olinganligi uchun Yerga nisbatan o’zgarmas hisoblanadi.
2. Dinamik, ya’ni Yerning quyosh atrofida aylanishiga nisbatan tezroq harakatlanayotgan sun’iy yo’ldoshlar.
Birinchi turdagi sun’iy yo’ldoshlar asosan televideniye uchun hizmat qiladi. Navigator tizimidagi kosmik kemalar dinamik yoki harakatlanuvchi hisoblanadi. Ushbu sun’iy yo’ldoshlarga signallarni yuboruvchi va qabul qiluvchi antennalar ham 2 turga bo’linadi:
1) Pryamofokusnaya ya’ni antennaning fokusi to’g’ri kosmik kemaga qaratilgan.
2) Ofsetnaya ya’ni sun’iy yo’ldoshga to’g’ri qaratilmagan, signallarni qaytaruvchi obyektlardan qabul qilib ishlaydigan.
Navigatsiya tizimini AQSHda GPS, Rossiyada GLONASS ya’ni Global nazorat aloqa tizimi deb ataladi. Ikkisida ham nazorat tizimi bir hil ishlaydi, farqi faqat orbitalar soni, signallarni uzatish va qabul qilish chastotalari hisoblanadi.
GPS priyomniklari orqali Yerdagi obyektlarning koordinatalarini aniqlashlik darajasi havoninng bulutligi, yomg’ir yoki qor yog’ishligidan, obyekt qanday harakat qilayotganligidan qat’iy nazar 5−10 metrdan oshmaydi.
GPS priyomniklari kimlarga kerak degan savolga quyidagicha javob berish mumkin:
− Turistlarga va baliqchilarga (o’rmonda yoki dengizda adashib qolmaslik uchun);
− Sayohlarga, ya’ni Yer shari bo’ylab sayr qiluvchilarga;
− Avtotransport vositalariga, ya’ni shahar ichida yuruvchi avtobus, yoki marshrut bo’ylab harakatlanuvchi transport vositalarini nazorat qilib borish uchun, yoki shaharlararo yuradigan yuk tashish avtomashinalarni manziliga to’g’ri yetib borishini tekshirib turish uchun va hakazo.
Bundan tashqari, GPS priyomniklari orqali harakatlanayotgan obyektlarning tezligini, yoqilg’i harajatini, avtomashinalarning g’ildiraklarini yilishini, manzilga aniq borayotganligini, eng qisqa yoki eng optimal marshrutni aniqlab olganligini bilib turiladi. Ushbu priyomniklar bir kanalli yoki ko’p kanalli bo’lishligi mumkin. Ko’p kanalli GPS priyomniklarning samaradorlik darajasi juda yuqori bo’ladi. Kanallar soni 4, 8, 12 yoki 20 tagacha bo’lishligi mumkin. Ma’lumotlarni saqlash uchun GPS 8−24 Mbayt li xotiraga ega.
Avtomobillar uchun mo’ljallangan GPS navigatorlar “Garmin” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan navigatorlarning xotirasi 256 MBaytgacha, kartalarining xotirasi esa 1 dan 4 Gbaytgacha va zaryadkasiz 4−5 soatgacha etadi.
GPS priyomniklarining o’lchamlari o’rtacha bir oddiy fleshkalarday bo’ladi.
Ushbu trekerlarning turlari juda ko’p. Ular ekranli, yoki ekransiz faqat tugmachalardan iborat bo’lishligi mumkin. Avtomobil GPS trekerlari berkitib qo’yilishligi mumkin.
GPS qanday ishlaydi? − degan savolga quyidagicha javob beramiz.
GPS tizimi global tizim hisoblanib, Yerning sun’iy yo’ldoshlari yordamida 24 soat uzluksiz ishlaydi. Tizim asosini 5 ta bandga bo’lish mumkin:
1. Sun’iy yo’ldosh trilateratsiyasi – tizim asosi hisoblanadi.
2. Sun’iy yo’ldosh dalnometriyasi – obyektdan sun’iy yo’ldoshgacha bo’lgan masofani aniqlash.
3. Vaqtni aniq bog’lashlik − GPS priyomniklari (trekerlari) dagi soatni sun’iy yo’ldosh soati bilan tenglashtirish, ya’ni 4−nchi kosmik apparatni bog’lashlik.
4. Sun’iy yo’ldoshni uchayotgan joyini aniqlash.
5. Xatolarni to’g’rilash – troposfera va ionosferada ushlanib qolingan vaqtlar xatosini hisobga olish.
Sun’iy yo’ldosh trilateratsiyasi
Sun’iy yo’ldosh guruhlarining o’lchamiga binoan Yerdagi obyektning aniq koordinatlari hisoblab chiqilishi mumkin. Faraz qilaylik, bir sun’iy yo’ldoshgacha bo’lgan masofa aniq bo’lsa, u holda Yerda ko’rinayotgan maydon o’lchamini bilib olish mumkin. Agar ikkinchi kosmik kemagacha bo’lgan masofa aniqlansa, u holda ikkala sun’iy yo’ldoshlarning nurlarini kesishgan joyidagi obyekt bo’ladi.
Sun’iy yo’ldosh dalnometriyasi.
Har bir sun’iy yo’ldosh GPS priyomniklariga 2 ta radiosignallar jo’natadi, masalan, AQSH GPS uchun L1= 1575,42 MGts, va L2= 1227,60 MGts. chastotada. Birinchi L1 signal 2 ta koddan iborat bo’ladi, ya’ni R – kod va S∕A kod. “Aniq” deb aytilgan R – kod esa harbiy maqsadda shifrlangan bo’lishi mumkin. “Qo’pol” deb qabul qilingan S∕A kod shifrlanmagan bo’ladi. L2 signal R – kod bilan modulyatsiyalanadi. Asosan, foydalanuvchi insonlar S∕A kodi bilan GPS tizimida ishlaydilar.
GPS priyomnigi sun’iy yo’ldoshdan kelayotgan signallarni tekshiradi va o’zida ishlab chiqayotgan bir hil kod bilan solishtiriladi. Ikkala bir hil impulslar orasidagi ∆t vaqt aniqlanib nur tezligi bo’lmish 300 000 km ∕ s ga ko’paytirilib masofa topiladi.
Demak, yuqoridagilar asosida aniq masofani topish, asosan, soatlarning aniqliyligiga bog’liq bo’ladi. Bir vaqt ichida sun’iy yo’ldoshda va GPS priyomnigida bir hil signallar ishlab chiqadigan generatorlar mavjud. Shuning uchun, kosmik kema hisoblangan sun’iy yo’ldoshlarda atom soatlari o’rnatilgan. Ularning aniqlik darajasi nanosekundlar bilan o’lchanadi. Atom soatlarining narhi ancha qimmat bo’lganligi uchun GPS priyomniklariga o’rnatilmaydi.
Soatlar orasidagi xatolarni yo’q qilishlik uchun 4 (to’rtinchi) sun’iy yo’ldoshdan olingan o’lchamlari ishlatiladi.
Agar GPS priyomnigidagi va kosmik kemadagi soatlar bir hil aniqlikda bo’lsa, u xolda ikkita sun’iy yo’ldoshning o’lchamlari orqali aniqlash mumkin bo’ladi.
Yerdagi statsionar markazlarda sun’iy yo’ldoshlardan kelayotgan signallar bir – biri bilan kesishgan joylari hisoblab chiqiladi. Iteratsiya usuliga binoan, ko’pincha 4ta, kamida 3ta sun’iy yo’ldoshlarning signallarini kesishgan joyi orqali obyektlar Yer xaritasiga binoan aniqlanadi.
NAVSTAR tizimi 24 ta real vaqtda ishlayotgan o’rtacha 12 soat ichida Yer sharini aylanib o’tadigan va yerdan 20200 km uzoqlikda harakatlanayotgan sun’iy yo’ldoshlardan iborat. Ular asosan, 6 ta har hil yuzada bo’lib, ekvatorga nisbatan 55 gradusda 4 tadan sun’iy yo’ldosh kemalari xizmat qiladi.
AQSH ning Mudofaa Vazirligi sun’iy yo’ldoshlarini nazorat qilib boradi. Har bir kosmik kemada bir nechtadan juda yuqori aniqlikda ishlaydigan atom soatlari joylashgan. Ham AQSH ning va ham Rossiyaning Yer sharida 4 tadan statsionar stansiyalari bo’lib, ulardan biri Markaziy hisoblanadi va barcha segmentlarni boshqaruvi ushbu markaz tomonidan amalga oshiriladi.
GPS trekerlari O’zbekistonda
O’zbekiston Respublikasida yaqinda avtotransport vositalarini monitoring qilish uchun mo’ljallangan Internet – hizmat tizimi ishga tushdi.
Ushbu tizim asosan GPS sun’iy yo’ldoshlaridan, GPS antennadan, GPS serverdan, avtotransport vositalaridan va Dispetcherlik markazidan iborat bo’lib, shaharda, qishloqda yoki suvda harakatlanayotgan avtotransport vositalarini yoki insonning Internetga ulangan planshet, telefon, GPS treker orqali qayerdaligini 5 metrlik aniqlik bilan topadi va nazorat etib boradi. Bundan tashqari, avtotransportdagi yoqilg’ining 60 % gacha tejashga yordam beradi, hamda yo’l harakati qoidalariga aniq rioya qilayotganligini yoki qoidani buzayotganligini nazorat etib turadi. Marshrutdan chetga chiqib ketayotgan avtobuslarni yoki yo’llarda ushlanib qolayotganlarni ham aniqlab boradi va Markazdagi kompyuter serveriga yozib qo’yadi. Bu esa haydovchining maoshiga ta’sir etadi. Hozirgi kunda O’zbekistonning poytaxti bo’lmish Toshkent shahridagi 138 ta marshrutda harakatlanayotgan avtobuslar harakatini nazorat etib bormoqda.
Umuman, GPS trekerlari 2 hil bo’ladi:
− Shahsiy GPS trekerlar. Bular juda kichik ko’rinishda bo’lib, insonlarni yoki uy hayvonlarini nazorat qilib turish uchun ishlatiladi. Hozirgi kunlarda yangi avlod mobil telefonlarida GPS trekerlari o’rnatilmoqda.
− Avtomobil GPS trekerlari. Ular avtotransport vositalariga o’rnatiladi.
Hozirgi GPS trekerlari 5 tadan 12 tagacha aloqa kanallaridan iborat bo’lib chiqmoqda, ya’ni bir paytni o’zida 5tadan 12 tagacha Yerning sun’iy yo’ldoshlarini signallarini qabul qiladi.
GPS trekerlari Toshkent shahrida.
Toshkent shahrida GPS trekerlari poytaxtdagi 127 ta marshrut bo’yicha qatnayotgan 1378 ta avtobuslarga o’rnatilib ishga tushirildi. Ushbu GPS – trekerli avtobuslarni boshqarib turish uchun maxsus yangi Markaziy dispetcherlik hizmati (MDH) Oloy bozori yonidagi binoda ishga tushirildi. MDHga qarashli katta xonaga 30 ta kompyuterlar va 16 ta devorga osilgan monitorlar o’rnatildi. Toshkentdagi 14 ta avtostantsiyalarga On-Line rejimida ishlaydigan videokuzatuv tizimlari ishga tushirilgan.
AQSH ning navigatsion GPS tizimi.
Kosmik segmenti asosan 6 ta orbitada uchib yurgan 26 ta (24 tasi asosiy va 2 tasi zahirada) sun’iy yo’ldoshlardan iborat. Yerning ekvatoriga nisbatan 55 gradus burchak asosida harakatlanadi. Orbitaning Yergacha bo’lgan masofa 26000 km.tashkil etadi. Yer atrofidagi aylanish vaqti 11 soat 58 minut. Har bir sun’iy yo’ldosh bortida 4 ta standart chastotada ishlaydigan generatorlar, Quyosh batareyasi, orbitada muozanat qilib ushlab turadigan dvigatellar, qabul qiluvchi va uzatuvchi qurilma, hamda kompyuter o’rnatilgan.
Uzatuvchi qurilmalar sinusoidal signallarni 2 ta chastotada uzatadi:
L1 = 1575,42 MGts va L2 = 1227, 6 MGts. Modulyatsiyasi – fazali. Ma’lumotlarni uzatish tezligi 50 bit∕sek.
ROSSIYAning navigatsion GLONASS tizimi.
Ushbu navigatsion tizimda 3 ta orbitada 24 ta (har bir orbitada 8 tadan) kosmik apparat bo’lib ekvatorga nisbatan 64,8 gradus burchak asosida harakatlanadi. Harakatlanish davri 11 soat 15 min 44 sekundni tashkil qiladi. Yerdan 19100 km masofada orbita bo’yicha harakatlanadi.
GLONASSning boshqaruv markazi Moskva viloyati Golitsina shaharchasida joylashgan. Uzatish va qabul qilish chastotalari L1 = 1602,56 – 1615,5 MGts., L2 = 1246,44 – 1256,5 MGts. Ma’lumotlarni uzatish tezligi 50 bit∕sek.
Har bir kosmik kemaning og’irligi o’rtacha 1 tonna atrofida. Uzunligi 5 metr. Elektr quvvati 50 vt. Hizmat qilish davri 10 yil atrofida. Quyosh batareyasida ishlaydi.
Avtotransport korxonalarining faoliyatida qo’llaniladigan barcha zamonaviy texnikaviy kuzatuv vositalaridan foydalanish
Transport korxonalarida (TK) axborotlashgan tizim quyidagicha bo’lishi mumkin:
TK larda boshqarish jarayonlari siklli ravishda bo’ladi, ya’ni ushbu siklni boshi ma’lumotlarni boshqarilayotgan obyektlardan olish, keyin ularni tahlil qilish natijasida qaror qabul qilinadi.
Avtotransport korxona rahbarlari va transport sohasidagi mutaxassislar AKT bo’yicha quyidagilarni amalga oshirishni bilib olishliklari zarur:
1. Korxonada, tashkilotda, muassasada, firmadagi barcha transport vositalarni turlariga qarab, zavoddan chiqqan nomeriga qarab barcha xarakteristikalarini va parametrlarini kompyuterga kiritib qo’yish.
2. Korxonada, tashkilotda, muassasada, firmada ishlayotgan rahbardan boshlab, xodimlar bo’limi orqali ro’yxatga olingan barcha injener - texnik xodimlarni tasdiqlangan ma’lumotnoma asosida kompyuterga kiritib qo’yish.
3. Omborxonadagi barcha texnik extiyot qismlarni turiga qarab, ularning soni, o’lcham birliklari va parametrlairini ham kompyuter omboriga joylashtirish.
4. Har bir transport vositasi uchun mas’ul shahsning familiya, ismi, sharifidan tashqari qachon va qanday ishlar qilganligi haqidagi ma’lumotlar kompyuterda bo’lishligi.
5. Transport vositalarda o’rnatilgan GPS yoki GLONASS trekeri o’rnatilganligi to’g’risida ma’lumotlar.
6. Transport vositalari uchun elektron kalitlar berilganligi va qachon korxonadan chiqib ketganligi va qaytib kelganidagi haqidagi barcha ma’lumotlar bo’lishligi shart.
Yuqorida keltirilganlardan tashqari, kompyuterning ma’lumotlar omborida har bir transport vositasining spidometr raqami qarab harajat bo’layotgan yoqilg’i ko’rsatkichlari oy kunlari aniq ko’rsatilib borishligi kerak.
GPS yoki GLONASS trekerlari o’rnatilgan va korxonadan chiqib ketayotgan transport vositalarning harakatini nazorat yetib borish uchun maxsus alohida kompyuterning monitorida nazorat yetib turish lozim.
Transport korxonasi, tashkilot, muassasa, firma rahbarlari albatta “Elektron imzo” olishliklari kerak.
Transport vositalarning xarakatlanayotgan kartalari kompyuterda belgilanib qo’yilishi kerak.
Chorahalarda o’rnatilgan svetoforlarni, videokameralarni, radarlarni, kollektor va detektorlarning turlarini, harakteristikalarini hamda ularning ishlash printsiplarini mukammal bilib olishliklari lozim.
Transport detektorlari
Transport detektorlari – bu texnika vosita bo’lib, asosan transportlarni aniqlash, yo’l kesishmalaridan o’tayotgan transport vositalarni sonini hisoblab borish, transport oqimining parametrlarini aniqlash uchun mo’ljallangan.
Ularning vazifasi:
1. Svetoforlarni adaptiv boshqarish.
2. Transport vositalarning sonini aniqlab turish.
3. Transport vositalarning tezligini aniqlash.
4. Magistral yo’llarida ketayotgan transportlardagilar avtomatik ravishda yo’l xaqini to’laganliklarini aniqlash.
5. Avtotransport vositalarning gabarit o’lchamlarini aniqlash va boshqalar kiradi.
Transport detektorlari quyidagilardan tashkil topgan:
1. Datchiklar.
2. Kontrollerlar.
3. Ro’yxatga oladigan video registrator modullari.
4. Ma’lumotlarni markazga uzatish uchun aloqa kanallari.
5. Ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash, saqlash, arxivatsiyalash uchun kerakli dasturiy va uskunaviy qurilmalardan iborat bo’ladi.
Videokuzatuv tizimlarini qo’llash. Korxonalarga taaluqli barcha transport vositalarni va avtobuslar qatnovini nazorat qilish tizimini yaratish
A. Ishlatilishi bo’yicha videokameralar quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Tashqi videokameralar.
2. Ichki xonalarda ishlatiladigan videokameralar.
B. Konstruktiv tuzilishi bo’yicha videokameralar quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Modulli (Platada obyektiv bilan).
2. Alohida korpusli.
V. Alohida korpusli videokameralar quyudagi turlarga bo’linadi:
1. Yarim sferali yoki dumaloq kupol ko’rinishida.
2. Silindr shaklida.
3. Yarimsferali buriluvchi 360o gradusgacha.
4. Berk (yopiq) holatda.
G. Aloqa kanallariga ulanishi bo’yicha:
1. Analogli, koaksial kabellari orqali monitorlarga ulanadi.
2. Raqamli, ko’p tolali aloqa kabellari orqali videoserverlarga ulanadi.
3. WiFi simsiz aloqa kabellari orqali bog’lanadi.
Asosan videokameralar quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Veb kameralar.
2. Videokameralar.
3. IP videokameralar.
Barcha videokameralar:
1. Elektr toki yoki elektr batareya bilan ta’minlangan.
2. Yoritkich datchiklar bilan ta’minlangan, avtomatik ravishda ishga tushadi.
3. Harakat detektori bilan ta’minlangan.
4. Mikrofon va dinamik bilan ta’minlangan va ikki tamonlama ishlaydi.
5. Xotira kartasi bilan ta’minlangan.
6. Harakatlanayotgan obyektni maxsus datchik xabar beradi.
7. Infraqizil nur bilan yoritiladi.
8. Avtomatik ravuishda fokuslanadi.
9. Har bir videokadrning pikseli turiga qarab o’zgaradi.
10. Turlari: VGA-640x480, SVGA- 800x600, ActiveCam, AltCam, Axis, BEWARD, D-Link, TP-Link, Vstarcam va hakozolar.
Radarlar va ularning turlari. Asosan radarlar 2 hil bo’ladi:
1. Statsionar.
2. Mobil radarlar.
Turlari:
1. Radiochastotali (X–diapazon 10,525 GGts., K – diapazon 24,150 GGts).
2. Optik lazer nurli (L–diapazon 700–1000 nm).
Strelka ST 01 radari va uning asosiy xarakteristikasi:
1. 1 km masofadan yo’l harakati qoidasini buzganligini aniqlaydi.
2. Avtotransport vositasining tezligini 50 km yaqinlikda ham o’lchay oladi, xatolik darajasi 2 km/soatdan oshmaydi.
3. O’lcham diapazoni 5km/s dan 180 km/soatgacha.
4. Avtotransport vositalar harakatini videorasmga olishi bir sekundda 12 kadr oladi.
5. Avtomatik ravishda yuqori tezlikda kelayotgan obyektni aniqlaydi.
6. 50 metr ichida avtotransportni nomerini avtomatik ravishda aniqlab ko’chirib oladi.
Yüklə 34 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə