Mavzu: lishayniklar bo’limi lichenophyta



Yüklə 43,5 Kb.
səhifə2/2
tarix11.05.2023
ölçüsü43,5 Kb.
#109635
1   2
14 mavzu lishaynik

Butasimon shoxlangan lishayniklar tik yoki osilib o`sadigan bo`ladi. Bu lishayniklar tuzilish darajasiga ko`ra, tallomining yuqori darajadagi rivojlanish bosqichida turadi. Quyqa va yassi yaproqsimon lishayniklarning tallomi gorizontal joylashgan, bu butasimonlarda u tikkasiga yo`nalgan va uchi bilan o`sadi. Bu lishayniklar o`sish joyiga tallomining bir qismi bilan birikadi. Tuproqda tik o`sadiganlari, daraxtlarda yoki tog` qoyalarida osilgan holda bo`ladiganlari kalta band –psevdogomf bilan birikadi. Butasimon shoxlangan lishayniklarning tallomi turlicha o`lchamlarda bo`ladi. Eng past bo`ylilari bir necha millimetrgina kelsa, katalariniki 30-50 sm keladi, Osilib o`sadiganlari esa ancha uzun, masalan, usneyada (Usnea longissima) 7-8 metrlargacha boradi. Butasimon shoxlangan lishayniklarning tallomi bag`oyat darajada turli ko`rinishlarga ega. Eng oddiylari shoxlanmagan tik o`simta holida bo`lib, ular tuproqlarda uchraydi. Butasimon shoxlangan lishayliklar orasida dorsoventral tuzilganlari ham bor. Bunday tuzilish island setrariyasida yaqqol namayon bo`lgan. Bu lishaynik yassi, qayrilgan novsimon bo`lakli, bo`yi 10 sm gacha yetadigan, tallomi chim hosil qillib o`sadi. Uning yuzasi yaltiroq, jigarrang yoki jigarrangyashil, osti esa ko`p miqdordagi oq dog`li havo o`tkazadigan yoriqli ochjigarrangdan, deyarli oq ranggacha tuslarda bo`ladi. Ammo, yassiyaproq-simon tuzilishli lishayniklardan farqlanib, uning ko`ndalang kesmasida to`rt emas, besh qavatni ko`rish mumkin. Yuqorigi va pastki po`stloq suvo`t va o`zak qavatlardan tashqari, pastki po`stloqning ustida yana bir suvo`t qavat joylashadi.
SAVOLLAR.

  1. Lishaynikning anatomik tuzilishini izohlab bayon qiling?

  2. Gomeomer tallomli lishaynik qanday ifodalanadi?

  3. Geteromer tallomli lishaynikda fikobiont, mikobiontning joylanishida o`ziga xoslik nimalardan iborat?

  4. Lishayniklarning ko`payishi qanday amalga oshadi?

Yüklə 43,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə