Mavzu: jismoniy tarbiya mashg'uloti shakllari


Maktabdan tashqari tashkilot va muassasalarda tashkil qilib o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari



Yüklə 219,76 Kb.
səhifə8/11
tarix18.02.2023
ölçüsü219,76 Kb.
#101055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
JISMONIY TARBIYA MASHG\'ULOTI SHAKLLARI

1.3. Maktabdan tashqari tashkilot va muassasalarda tashkil qilib o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari

Jismoniy tarbiya bo‘yicha maktabdan tashqari ishlar O‘zbekiston xalq ta’limining ajralmas qismini tashkil qiladi Bu ishlar turli xil maktabdan tashqari muassasalar orqali amalga oshiriladi va maktab yoshidagi bolalarning qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirishga ijtimoiy faollikni tarbiyalashga, mehnatga, san’atga, vatanparvarlik va sportga qiziqishni shakllantirish, sog‘liqni mustaxkamlash, bo‘sh vaqtni va dam olishni oqilona tashkil qilishga qaratilgan. Jitsmoniy tarbiya bo‘yicha maktabdan tashqari ishlarning vazifalari va turli xil mazmunlari shakllarining tuzilishi keng diapazonda yo‘nalganligi, ularda ishtirok etishning ixtiriyligi, o‘quvchilarning jismoniy mashq mashg‘ulotlariga individual qiziqishlarini qondirishga va shu asosda sport mutaxassisligini tanlashga imkon yaratadi.


Sрu bilan bir vaqtda ba’zi mashg‘ulotlar shakllarining tor yo‘nalishi (masalan bolalar va o‘smirlar sport maktabi) tanlab olingan sport turini chuqur takomillashtirishga yaxshi sharoit hamda yuqori natijalarga erishishga imkon yaratadi Maktab jismoniy tarbiya darslari va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni har xil vosita uslub va tashkiliy shakllar bilan to‘ldirib jismoniy tarbiya bo‘yicha maktabdan tashqari ishlar o‘quvchilar jismoniy tarbiyasi asosiy vazifalari samaradorligini oshiradi va quyidagi vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan:
ü o‘zini jismoniy takomillashtirish va shaxsiy qiziqishlarini qondirish asosida muntazam jismoniy mashq mashg‘ulotlariga imkon qadar ko‘p o‘quvchilarni jalb qilish;
ü o‘quvchilarning oqilona dam olishini tashkil etish sog‘ligini mustahkamlash jismoniy tayyorgarligini oshirish va shu asosda “Alpomish” va “Barchinoy” testlari hamda sport klassifikatsiyasini bajarishga tayyorlash;
ü instruktorlik, hakamlik bilim va malakalarini takomillashtirish, ijtimoiy faollikni tarbiyalash asosida o‘quvchilar jismoniy tarbiyasining barcha zvenolarida ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazishga ishtiyoqni shakllantirishga ko‘maklashish.
BOLALAR VA O‘SMIRLAR SPORT MAKTABLARI

  • Bolalar va o‘smirlar sport maktablarida yosh sportchilar, jamoatchi instruktorlar, sport turlari bo‘yicha hakamlarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv ishlari amalga oshiriladi

  • Ish sharoitidan kelib chiqqan holda bu maktablarda bitta (ixtisoslashtirilgan) yoki bir necha (kompleks) sport turlari bo‘yicha guruhlar tashkil qilinadi

  • Sport maktablarida mashg‘ulotlar yosh sportchilarning yoshi va tayyorgarligini hisobga olgan holda komplektlangan o‘quv guruhlarida olib boriladi

  • Sport maktablarida o‘quv-tarbiyaviy ishlar Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan sport turlari bo‘yicha maxsus dasturlar asosida tashkil qilinadi

  • Sport maktablarida asosiy ish shakli quyidagilardan iborat:

- jadval bo‘yicha guruh mashg‘ulotlari;
- individual rejalar asosida trenirovkalar;
- sport musobaqalari va tadbirlarida ishtirok etish
- umummiy o‘rta ta’lim maktablari va mahallalarga sport musobaqalari va mashg‘ulotlarini tashkil qilib o‘tkazishda ko‘maklashish.
Statsionar sharoitlardagi o‘quv ishlaridan tashqari yoz mavsumida BO‘SMlar sport lagerlarini tashkil qiladilar va o‘quv-trenirovka ishlari ijtimoiy foydali mehnat bilan birga olib boriladi.
O‘QUVCHILAR YASHASH JOYLARIDA JISMONIY TARBIYA

  • Mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan amalga oshiriladigan bolalar va o‘smirlar jismoniy tarbiyasi bo‘yicha ishlarning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:

- o‘quvchi yoshlar orasida jismoniy madaniyatni ommalashtirish;
- iloji boricha ko‘proq o‘quvchilarni jismoniy mashqlar bilan muntazam va mustaqil shug‘ullanishga jalb qilish;
- tarbiyasi qiyin bolalarni qayta tarbiyalash va qonunbuzarliklarning oldini olish maqsadida jismoniy madaniyat vositalaridan foydalanish.
MAHALLADA O‘QUV-TARBIYAVIY ISHLARNING MAZMUNI
1. Salomatlik guruhlari
2. Umumiy jismoniy tayyorgarlik sekеsiyalari
3. Sport turlari bo‘yicha sekеsiyalar
4. Salomatlik spartakiadalari (bolalar va ularning ota-onalarining startga chiqishlar)
5. “Alpomish” va “Barchinoy” me’yorlarini topshirish.
6. Turistik yurishlar, shahardan tashqariga sayohatlar
7. Oilalar, uylar, ko‘chalar, mikrorayionlar orasidagi musobaqalar
YOZGI DAM OLISH LAGERLARI
LAGER – maktabdan tashqari tarbiyaviy-sog‘lomlashtirish muassasalari tomonidan tashkil qilinadigan, o‘quvchilarning yozgi kanikullari davrida dam olishining asosiy turi.
LAGERLAR – 6-14 yoshdagi (I-VIII sinflar) o‘quvchilar uchun kasaba uyushmalari, korxonalar, tashkilotlar, firmalar, korporatsiyalar, kontsernlar tomonidan, “Yoshlar ittifoqi” harakati, xalq ta’limi va sog‘liqni saqlash boshqarmalari bilan birgalikda tashkil qilinadi.
LAGERLARDA JISMONIY TARBIYA QUYIDAGI VAZIFALARNI HAL
QILISHGA YO‘NALTIRILGAN:
1) sog‘likni mustahkamlash, chiniqtirish va bolalarning har tomonlama jismoniy rivojlanishiga ko‘maklashish;
2) bolalarning tabiiy turdagi harakat ko‘nikma va malakalarini (asosan suzish) va hayotiy zarur jismoniy qobiliyatlarini takomillashtirish;
3) “Alpomish” va “Barchinoy” kompleksi me’yorlarini topshirishga tayyorgarlikni ta’minlash (ayniqsa shahar sharoitida o‘tkazish qiyin bo‘lgan mashqlar);
4) sanitar-gigienik va tashkilotchilik malakalari, o‘zining sog‘lom bo‘lishi va jismoniy takomillashuvi maqsadida jismoniy tarbiya vositalaridan muntazam foydalanishni odatlantirish.
YOZGI DAM OLISH LAGERLARIDA JISMONIY TARBIYA
ISHLARINING SHAKLLARI
1. Ertalabki gigienik gimnastika (har kuni uyg‘ongan (5-7 min) dan keyin maxsus tanlab olingan 7-10 jismoniy mashq kompleksini 10-15 minut davomida bevosita bajarish.
2. Zvenolar va guruhlarda jismoniy madaniyat mashg‘ulotlari (zveno va guruhlar sardorlari tomonidan tashkil qilinadi va o‘quvchilarning havaskorliklari (qiziqishi) asosida quriladi.
3. Umummiy lager to‘garaklarida (sektsiya) gi mashg‘ulotlar (birinchi navbatda, yengil atletika, turizm va tanlab olgan sport o‘yinlari bo‘yicha malakalarini takomillashtirishni hohlovchilar uchun tashkil qilinadi).
4. Suzish bo‘yicha mashg‘ulotlar – har kuni kun tartibining tarkibiy qismi sifatida o‘tkaziladi (guruhlar bo‘yicha cho‘milish, sektsiyalarda o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlari, suzishni bilmaydiganlarni o‘rgatish shakllarida tashkil qilinadi).
5. Sport musobaqalari (harakatli va sport o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar an’anaviy hisoblanadi, lekin birinchi navbatda “Alpomish” va “Barchinoy” kompleksi bosqichlarini tashkil qiluvchi mashqlar bo‘yicha o‘tkazilishi zarur)
6. Lager (smena) ning ochilishiga bag‘ishlangan jismoniy madaniyat tadbirlari ( ommaviy harakatli o‘yinlar, o‘quvchilarga ma’lum bo‘lgan sport o‘yinlari bo‘yicha soddalashtirilgan musobaqalar, lager (smena)ning yopilishida esa, ommaviy va individual ko‘rgazmali chiqishlar, musobaqalar)
YOSH TURISTLAR STANTSIYALARI
Xalq ta’limi tizimida tashkil qilinadi va bevosita viloyat, shahar va tuman xalq ta’limi boshqarmalari va bo‘limlari rahbarligida ishlaydi.
Ularning ish mazmuni:
- umumiy o‘rta ta’lim maktablari (litsey, kollej) ga turizm tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatish;
- yosh turistlar uchun turistik-ekskursion bazalar, lagerlar va turizm jihozlarini ijaraga olish punktlarini tashkil qilish;
- yosh turistlarning turistik slyot (yig‘in) lari va musobaqalarini tashkil qilish.
O‘QUVCHILAR UYLARI VA SAROYLARI
O‘quvchilar bilan maktabdan tashqari o‘quv-tarbiyaviy ishlarning ommaviy tashkiliy va uslubiy markazlari hisoblanadi.
Ular o‘quvchilar jismoniy tarbiyasini sport turlari bo‘yicha sektsiyalar tashkil qilish bilan amalga oshiradi
Ba’zilarida BO‘SM tashkil qilinadi. Bundan tashqari o‘quvchilarning ommaviy jismoniy madaniyat tadbirlarini o‘tkazadi (spartakiadalar, harbiy-sport o‘yinlari, turistik yurishlar), maktab (litsey, kollej) larga jismoniy tarbiya bo‘yicha sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning mazmuni, shakli va metodlarini takomillashtirishga ko‘maklashadi.
MADANIYAT UYLARI VA SAROYLARI
O‘quvchilarning jismoniy tarbiyasi bo‘yicha ishlar bu muassasalarning bolalar sektorlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
O‘ziga xos bo‘lgan shakllari – muntazam bo‘lmagan (tasodifiy) ommaviy jismoniy madaniyat tadbirlarini o‘tkazish (jismoniy madaniyat bayramlari va kechalari, konkurslar, yosh sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlari va boshqalar).
Sharoit mavjud bo‘lganda umumiy jismoniy tayyorgarlik va sport turlari bo‘yicha sektsiyalar tashkil qilinadi
STADIONLAR VA SUV STANSIYALARI
O‘zining sport bazasini jismoniy tarbiya o‘qituvchisi rahbarligida jismoniy madaniyat va sport mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun havola qiladi
Jismoniy madaniyat va sport bilan shug‘ullanishga o‘quvchilarni jalb qilish maqsadida ular orasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshiradi
Ommaviy jismoniy madaniyat va sport bayramlarini va ochiq musobaqalarni tashkil qiladi
ISTIROHAT BOG‘LARI

  • Bolalar uchun sport va o‘yin maydonchalari, sport shaharchalari, bir kunlik dam olish uylarini tashkil qiladi

  • O‘zining sport bazasida ommaviy jismoniy madaniyat – sog‘lomlashtirish tadbirlarini, bog‘ sovrini uchun musobaqalarni tashkil qilib o‘tkazadi


Yüklə 219,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə