Mavzu: Jismoniy sifatlar


Chaqqonlik va uni tarbiyalash usuliyati



Yüklə 198,1 Kb.
səhifə3/8
tarix27.02.2023
ölçüsü198,1 Kb.
#101615
1   2   3   4   5   6   7   8
ISMONIY SIFARTLARNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI (KUCH SIFATI)

2.Chaqqonlik va uni tarbiyalash usuliyati:
Harakatlarning koordinatsiyaviy murakkabligi chaqqonlikning birinchi o`lchovidir. Agar harakatning fazo, vaqt, kuch xarakteristikalari harakat vazifasiga mos bo`lsa, harakat etarli darajada aniq bo`ladi, harakat vazifalari harakatning aniqligi tushunchasini keltirib chiqaradi.
Chaqqonlikni rivojlantirishi usuliyati bilan tanishib chiqsak. Birinchidan Chaqqonlikni rivojlantirish koordinatsiya jihatdan murakkab harakatlarni bajarishni, ikkinchidan harakat faoliyatini to`satdan o`zgargan sharoit talablariga muvofiq ravishda qayta tuza olish qobiliyatini tarbiyalashdan iboratdir. Bunda chaqqonlik uchun zarur bo`lgan o`z harakatlarini fazo va vaqtda aniq idrok etish, lozim bo`lsa, stabil harakatlar qila bilish, muvozanat saqlay olish, galma-gal zo`r berish va muskullarni bo`shattirish yoki, aksincha, muskullarni taranglashtirish qobiliyati va shunga o`xshash boshqa xususiyatlarni tanlab takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Demak “Chaqqonlik” deganda, harakatlar koordinatsiyalarning umumiy to`plami yig’indisi tushuniladi.
Chaqqonlikni rivojlantirish va tarbiyalashning asosiy yo`li yangi xilma-xil harakat malakalarini va ko`nikmalarini shakllantirish demakdir. Bu esa harakat malakalarining zahirasi ortib borishiga sabab bo`ladi va harakat analizatorlarining funktsional imkoniyatlariga samarali ta`sir ko`rsatadi. Yangi harakatlarni o`zlashtirish uzluksiz bo`lgani yaxshi. Agar uzoq vaqt oralig’ida yangi harakatlarni o`rganish rejalashtirilgan bo`lsa ham, o`quvchilarga vaqti-vaqti bilan o`zlariga ma`lum bo`lmagan mashqlarni bajarib turish tavsiya etiladi. Chunki Yangi harakatlar (mashqlar) o`zlashtirib turilmasa shug’ullanuvchini harakatga o`rgatish qiyinlashadi. Bunday mashqlarni to`la o`zlashtirib olish shart emas, chunki u shug’ullanuvchilarning qandaydir YAngi harakatlarni his qilib turishlari uchun zarur. Bu kabi mayda-chuyda harakatlarni, odatda, aktiv dam olish uchun ajratilgan kunlardagi trenirovka jarayoni tarkibiga kiritiladi. Chaqqonlikni rivojlantirishda yangi harakatlarni o`zlashtirib olish qobiliyati sifatidahar qanday ihtiyoriy harakatdan foydalanish mumkin, lekin ular faqat mashq tarkibidagi yangi elementlar bo`lgani uchungina o`rganiladi. Malaka avtmatlashib borgan sari shu jismoniy mashqning chaqqonlikning rivojlantirish vositasi tarzidagi ahamiyati kamayib boradi. Harakat faoliyatini tez va maqsadga muvofiq qayta tuzish qobiliyati to`satdan o`zgargan sharoitdagi ta`sirlarga darhol javobning berilishi Chaqqonlikni rivojlanayotganligidan dalolat beradi. Bunda yuklamning o`zgarishi sodir bo`ladi, chaqqonlikni rivojlantirishga yo`naltirilib yuklamani oshirish shug’ullanuvchilarga koordinatsiyaviy qiyinchiliklarni oshiradi. Ular engishi lozim bo`lgan koordinatsiyaviy qiyinchiliklar uch guruhga bo`linadi:
1.Harakatlarning aniqligiga erishishdagi qiyinchiliklar;
2.Ularning o`zaro moslasha olishidagi qiyinchiliklar:
3.Birdaniga, qisqa, o`zgargan sharoitda duch kelinadigan qiynchiliklar.
Amaliyotda qayd qilingan qiyinchiliklarni oson hal qilish uchun, asosan, L.P. Matveevning chaqqonlikni tarbiyalash uslubiyatidan ko`proq foydalaniladi:
1. G’ayritabiiy, g’ayrioddiy dastlabki holatdan foydalanish (zarur bo`lgan tomonga orqa bilan turib uzunlikka sakrashlar va h.k).
2. Mashqni oynaga qarab bajarish (diskani chap qo`l bilan uloqtirish yoki bokschini chap tomonlama turib zarba berishi).
3. harakatlar tezligi va sur`atning o`zgartirish (masalan, tezlashtirilgan usulda yoki sekinlashtirib mashqlar bajarish).
4. Fazoda mashqlar bajarilayotgan chegaralarni o`zgartirish (masalan, uloqtirishda snaryadlarni kichiklashtirilgan aylanadan uloqtirish yoki maydoni satxi kichiklashtirilgan sport o`yinlaridan foydalanilanish, chunki keng maydon tor maydonga nisbatan chaqqonlikni namoyon qilish uchun qulaylik tug’dirmaydi; balandlikka turli usul bilan: orqamachasiga, oldi, yonlama, aylanib yugurib sakrash va hokazolar).
5. Qo`shimcha harakatlar kiritib mashqlarni murakkablashtirish (masalan, erga tushish oldidan qo`shimcha burilishlar qo`shib, tayanib sakrash va boshqalar).
6. Tanish mashqlarni oldindan rejalashtirmay, ma`lum bo`lmagan tarzda qo`shib bajarish (masalan, gimnastik kombinatsiyalarini ko`rgan va o`qitgan zahoti bajarish musobaqasi va shunga o`xshashlar).
7. Juft va gruppa bo`lib bajariladigan mashqlarda shug’ullanuvchilarning bir-biriga ko`rsatadigan qarshiliklarini o`zgartirish (masalan, o`yinlarda turli taktik kombinatsiyalarni qo`llash, mashqlarni bajarishda tez-tez sheriklarni o`zgartirish).
Chaqqonlikni nisbatan xususiy bo`lgan sifatlaridan biri muskullarni ratsional bo`shashtira bilishni o`rganish va uni takomillashtirishdir. Har qanday harakat ma`lum ma`noda muskullarni ko`zg’alishi va bo`shashtirilishining natijasidir. Ko`zg’alishdek, bo`shashtirish (lozim bo`lgan muskulni, lozim bo`lgan payitda) ni bilish har qanday harakatni samarali bajarishda muhim rol o`ynaydi. Harakatni qoyilmaqom qilib bajarish uchun vaqtihcha bo`shashib turishi kerak bo`lgan muskullar guruhining tarangligi harakatni bajarish uchun lozim bo`lgan bemalollik (bo`g’iqliq)ni, harakatni erkin bajarishni yo`qqa chiqaradi.
Harakatni bo`g’iq, emin-erkin bajara olmasak ruhiy va muskul tarangligi orqali sodir bo`ladi deb uni ikki guruhga ajratiladi. Ruhiy taranglik asosan his hayajonga sabab bo`ladigan faktorlar (kuchli raqibni ko`rish, musobaqalashadigan muhit, tomoshabinlar va h.k.) orqali sodir bo`ladi va chaqqonlikkagina emas, organizmning boshqa funktsional hamda jismoniy sifatlariga ham salbiy ta`sir ko`rsatadi. Bu diqqatni to`play olmaslik, faoliyat tarkibidagi o`zgartirish qilishda kechikish, harakatlar ketma-ketligini buzilishi va boshqalar tarzida namoyon bo`ladi. Bu noqulayliklar bilan kurashish yo`llari xaqida “Sport psixologiyasi” fanida lozim bo`lgan ma`lumotlarni olish mumkin. Ruhiy taranglik albatta muskul tarangligini sodir bo`lishi bilan kuzatiladi.
Muskul tarangligi turli sabablar orqali vujudga kelib quyidagi qayd qilingan uch shaklda namoyon bo`ladi: a) muskul tonusini ortishi (gipermoiotoniya) orqali muskul taranglashishi; b) o`ta tez bajarish oqibatida muskulni taranglikdan tushishga, bo`shashishga ulgurmasligidan sodir bo`ladigan taranglik; v) koordinatsiyaviy, (takomillashmagan koordinatsiya sababli muskul bo`shashishi fazasida bir oz qo`zg’aluvchanlikni mavjudligi orqali sodir bo`ladigan) taranglik.
Qayd qilingan chaqqonlikni namoyon bo`lishiga salbiy ta`sir ko`rsatayotgan muskul tarangligini engish usullari sport fiziologiyasi va jismoniy tarbiya nazariyasi fanlari orqali o`rganiladi.
Chaqqonlikni rivojlantiruvchi mashqlar tez charchatadi. Bunday mashqlarni bajarishda muskullar nihoyatda aniq va yuqori darajadagi sezgi talabiga muhtoj bo`lib, charchash sodir bo`lganda, mashqni bajarish kam samara beradi. Shunga ko`ra organizm sarflangan energiyani nisbatan to`liq tiklanishi uchun etarli bo`lganda dam olish oraliqlaridan (intervaldan) foydalaniladi. Yuqori darajada energiya sarflash bilan bajarilgan mashqlardan so`ng chaqqonlikni tarbiyalaydigan mashqlarni bajarish biz kutmagan natijani beradi.



Yüklə 198,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə