Mavzu: Ishlab chiqarish xarajatlari va foyda tashkil topishining xususiyatlari Reja: Kirish



Yüklə 47,27 Kb.
səhifə1/5
tarix17.05.2023
ölçüsü47,27 Kb.
#110825
  1   2   3   4   5
um1d

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xulosa

Mavzu: Ishlab chiqarish xarajatlari va foyda tashkil topishining xususiyatlari
Reja:
Kirish……………………………………………………………………………………………………… 2

  1. Ishlab chiqarish xarajatlari to’g’risida tushuncha…………………………………. 4

  2. Xarajatlar, turlari bo’yicha…………………………………………………………………… 7

  3. Foydaning mazmuni, foyda normasi va massasi………………………………… 10

  4. Ishlab chiqarish samaradorligi, uning ko’rsatkichlari va omillari…………. 12

Xulosa…………………………………………………………………………………………………… 15
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………………………… 16

2
Kirish


Ishlab chiqarish harajatlari — korxonaning mahsulot ishlab chiqarish maqsadlarida, iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma oʻz faoliyatini bozordan moddiy resurslar, yaʼni asbob-uskuna, dastgohlar, transport va aloqa vositalari, xom ashyo, yoqilgʻi, har xil materiallarni, mehnat bozoridan ish kuchini sotib olishdan boshlaydi. Shunga muvofiq holda Ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga xom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg'ʻi va energiya xarajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar, foiz toʻlovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarish xarajatlariga qilingan barcha xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxining tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarni oʻrganishga iqtisodchilar turlicha yondoshadilar. Jumladan, harajatlarning qiymat nazariyasiga koʻra, Ishlab chiqarish xarajatlar quyidagi turlarga boʻlinadi: doimiy harajatlar: — korxona toʻlov majburiyatlari, soliqlar, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qoʻriqlash xizmati harajatlari, boshqaruv xodimlari maoshi va b; oʻzga-ruvchan harajatlar: — xom ashyo, materiallar, yonilgʻi, transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilar uchun harajatlar.
Umumiy (yalpi) harajatlar — doimiy va oʻzgaruvchan harajatlar yigʻindisi. Bevosita ishlab chiqarish harajatlari — konkret mahsulot Ishlab chiqarishga ketgan va bevosita uning tannarxiga oʻtadigan harajatlar. Bilvosita harajatlar — mahsulot tannarxiga bevosita qoʻshilmaydigan harajatlar. Oʻrtacha harajatlar — maʼlum vaqt orali-gʻidagi mahsulot birligiga, tovarlar partiyasi boʻyicha yoki tashkilotlar gu-ruqi boʻyicha bir buyumga toʻgʻri keladigan harajatlarning oʻrtacha kattaligi. Ekspluatatsiya (foydalanish) harajatlari — uskunalar, mashinalar, transport, ishlab chiqarish vositalarini va kundalik foydalaniladigan xoʻjalik buyumlarini ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan harajatlar
Foyda - [korxona], pul daromadlaridan sarflangan barcha [xarajat]lar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismiga aytiladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablagʻlar ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi.
Foyda — tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning bu tovarlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan ortiq qismi. Korxonalar va tadbirkorlar xoʻjalik faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy koʻrsatkichlaridan biri. Foyda pulda ifodalanadi. Foyda bozor daromadi boʻlib, uning qonunqoidalariga binoan vujudga keladi, taqsimlanadi va ishlatiladi. Foyda kapital, ishlab chiqarish omili sifatida tovar va xizmatlar narxi tarkibiga kiradi, ular sotilgach, pul shaklida kapital sohibi ixtiyoriga keladi. Foyda topish tadbirkorlikning asl maqsadi hisoblanadi, unga intilish bozor iktisodiyotining rivojlanishini taʼminlaydi. Amaliyotda foyda (F) daromad (D) bilan xarajatlarning (W) ayirmasi sifatida qaraladi (F=D—W). F. 3
3
omilga bogʻliq: a) bozorbop tovar va xizmatlarini yarat i sh, natijada ularni sotishdan kelgan pul tushumi koʻpayadi, buning tarkibidagi foyda ham ortadi; b)daromadlar — tushumlar miqdori (D). Tushumlar sotilgan tovarlar va xizmatlar miqdoriga (Q) va ulardan har birining narxi (R)ga bogʻliq (D=QP); v)xarajatlar miqdori. Bozorda narxlar oʻzgarmay krlgan takdirda xarajatlarning pasayishi F.ni koʻpaytiradi, ularning ortishi esa uni qisqartiradi. Xarajatlar dinamikasi mehnat unumdorligiga bogʻliq. Meqnat unumdorligining ortishi xarajatlarni kamaytirish orqali foydani koʻpaytiradi. Shu sababli foydani koʻp olish sharti — mehnat unumdorligini muttasil oshirib borish hisoblanadi. Xarajatlar pasaygan sharoitda foydaning daromaddagi hissasi ortadi, aksi yuz berganda bu hissa qisqaradi. Bordiyu, tovarlarga talab hozir boʻlib, ularning bozor narxi oshsa, oʻzoʻzidan va xarajatlardan kati nazar, foyda ortadi. Narxning foydaga taʼsiri shundan guvohlik beradiki, bozorgir tovarlarni chiqarmay turib yaxshi foyda koʻrish mumkin emas. Har qanday firma foydani eng koʻp olishga, yaʼni uni maksimumlashtirishga intiladi, foyda miqdoriga taʼsir etuvchi omillarni ishga soladi.
Foydaning oʻz oʻlchami bor. Bu uning normasi va massasidir. Foyda normasi (Gʻ") nisbiy koʻrsatkich boʻlib, kapital qanday ishlatilib, qanday foyda koʻrilganini bildiradi va u orqali foyda (F) kapitalning (K) ning qanday qismiga tengligi aniqlanadi.

4


Yüklə 47,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə