Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo’yicha o’quv



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə1/10
tarix19.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#151029
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mustaqil ish 3333


Mavzu:Informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo’yicha o’quv jarayonini rejalashtirish tizimi
Reja: 
1. Informatika fanidan o‘quv mashg’ulotlarini tashkil qilish ishlari mazmuni 
2. Informatika fanidan o‘quv dasturlari va o‘quv rejalaridan foydalana olish 
masalalari. 
Informatika fanidan o‘quv jarayonini tashkil qilish uchun fan uchun ta’lim 
muassasalariga mo‘ljallangan DTS va o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv va uslubiy
qo‘llanmalar, yillik ishchi o‘quv dasturlar va rejalar, bir soatlik dars rejasi va dars 
ishlanmalari, kompyuter sinfi va axborot texnologiyalar vositalari, ko‘rgazmali vositalar 
kerak bo‘ladi. Har bir informatika o‘qituvchisi dars o‘tishi uchun yuqorida ko‘rsatib
o‘tilgan uslubiy vositalardan foydalana olishi va kerakli hujjatlarni tayyorlay olishi 
kerak.
Informatika fani bo‘yicha har bir ta’lim bosqichi uchun alohida DTS, o‘quv 
dasturlari, darsliklar va o‘quv-uslubiy vositalar yaratilgan. Oliy ta’lim uchun DTS 
lariga aoslanib tayanch oliy o‘quv yurtlarida namunaviy o‘quv dasturlari 
tayyorlananadi va amaliyotga joriy qilinadi. Oliy o‘quv yurtlarida namunaviy o‘quv 
dasturlari asosida ishchi o‘quv dasturlari va kalendar tematik rejalar tuziladi. Ishchi
o‘quv dasturlari va kalendar tematik rejalar fan o‘qituvchisi tomonidan tuziladi, ishchi
o‘quv dastur kafedra yig’ilishida ko‘rib chiqiladi va oliy o‘quv yurti Ilmiy Metodik 
kengashi tomonidan tasdiqlanadi, kalendar tematik reja esa kafedra mudiri tomonidan 
tasdiqlanadi. 
Taqvim mavzuli rejani tayyorlayotganda quyidagilarga e’tibor berish kerak: 
Bo‘lim va mavzular nomi degan grafada dasturning hajmiga binoan ketma-ketlik 
saqlangan holda, asosiy masalalar bo‘yicha 2-4 soat qilib belgilanadi. 2 va 3 grafalar 
tahlil qilinadi. Shu grafalar darslarni tayyorlash, mavzu bo‘yicha o‘quvchilar uchun 
yozma va nazorat ishlari belgilanadi. 4 grafada darsning tipi va turlari (nazariya, 
amaliyot, ma’ruza yoki laboratoriya ishlari va hakozo). 5 grafa o‘quv mashg’uloti uchun 
eng zarur ko‘rgazmali qurollar ko‘rsatiladi. 
Darsga tayyorgarlik jarayonida o‘qituvchi 4-5 grafalarga ma’lum darajalarda 
qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritishi mumkin. 6 grafa o‘quvchilar uchun mustaqil 
bajaradigan ishlar. 7 grafada mavzu bo‘yicha o‘quvchi tomonidan uy vazifaning 
mazmuni va hajmi belgilanadi. 8 grafada fanlararo integratsiya bo‘yicha fan va 
mavzular ko‘rsatiladi. 
Darslarning aniq taqsimlanishi o‘quvchining bandligining aniq maromini 
belgilashga sharoit yaratadi. 
Taqvim – mavzu reja har semestrda alohida tuziladi va o‘quv ishlari bo‘yicha 
direktor muovini tomonidan tasdiqlanadi.
Taqvim – mavzu rejasiga kiritiladigan o‘zgarishlar fan texnikaning rivojlanishi 
nazariyasining o‘zgarishi va hokazolar kafedra hay’ati tomonidan muhokama qilinishi 
kerak. 
Ta’lim muassasalarida Informatika fanidan darslar tashkil qilish shakllari guruhli, 
yakka tartibli va uyga vazifalardan iborat bo‘ladi. Dars jarayonida mashg’ulotlarning 
ma’ruza, seminar, amaliy mashg’ulot va laboratoriya mashg’ulotlari kabi turlaridan 
foydalaniladi. Darsdan tashqari mashg’ulot turlariga mustaqil ish, mustaqil ta’lim, 
sayohat, to‘garaklar, olimpiada va hokazolarni kiritish mumkin.
Informatika fanidan mashg’ulotlar olib borishda kompyuter texnologiyasidan 
unumli foydalanilsa dars jarayoni samaraliroq bo‘lishi tajribalardan ma’lum bo‘lmoqda. 
Nazariy mashg’ulotlarni munozarali va muammoli vaziyatlar hosil qiladigan har xil 
muammoli masalalar asosida ko‘rgazmali vositalardan keng foydalangan holda tashkil
qilish hozirgi kunning talablaridan biridir. Nazariy mashg’ulotlarni tashkil qilishda 
ta’limning zamonaviy usullaridan foydalanish, ta’lim oluvchilarning bilim darajasini aniqlashda tabaqalashtirish usullaridan foydalanish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
O‘quvchilarning bilim darajasini tabaqalashtirish uchun nazariy mashg’ulotlarda 
topshiriqlarni 4 xil darajada berishga erishish kerak. Topshiriqlarning 1 – chi va 2 –
chi darajasi davlat ta’lim standartlariga mos kelishi 3 – chi va 4 – chi darajasi esa ijodiy 
xarakterdagi topshiriqlar ko‘rinishda tavsiya qilish kerak. Har bir mavzu o‘tilganda 
mashg’ulot uchun tanlangan nazorat topshiriqlari 4 xil darajaga bo‘lganda 40 % - i 1 –
chi darajali, 30 % - i 2 – chi darajali, 20 % - i 3 – chi darajali va 10 % - i 4 – chi 
darajali topshiriqlardan iborat bo‘lishi kerak. 1 – chi va 2 – chi darajali topshiriqlar 
davlat ta’lim standartlariga mos kelib, barcha o‘quvchilar uchun bajarish majburiy
hisoblanadi. 3 – chi va 4 – chi darajali topshiriqlar ijodiy xarakterdagi topshiriq
bo‘lgani uchun yetarlicha qobiliyat va iqtidor talab qiladi. Natijada o‘quvchilar bilimi tabaqalanishiga olib keladi. 
O‘quvchilar bilimining tabaqalashishi natijasida ta’limga bo‘lgan e’tibor ortib,
o‘quvchilarning rivojlanishida ijobiy o‘zgarishlar kuzatiladi. Bahs va munozaralar 
shakllanib ta’limga, rivojlanishga bo‘lgan talab kuchayib boradi. 
Nazariy mashg’ulot yuqoridagi talab darajasida berilgandan so‘ng mavzularga
mos ravishda amaliymashg’ulotlar taklifqilinadi. Informatika fanining tushunchalai va iboralarini o‘zlashtirishda amaliy mashg’ulotlarning o‘rni beqiyosdir. Amaliy 
mashg’ulotlarni turli ko‘rinishlarda olib borish mumkin. Amaliy mashg’ulotlarni 
mavzuga mos ravishda mashqlar bajarish, o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni 
bajarish, o‘quvchilar tomonidan mustaqil bajariladigan laboratoriya ishlaridan iborat bo‘lishi mumkin. 
Amaliy mashg’ulotlarning bir ko‘rinishi bo‘lgan laboratoriya mashg’ulotlarida
o‘quvchilarga beriladigan mustaqil topshiriqlar ham tabaqalashgan holatda oddiydan murakkabga qarab taklif qilinishi maqsadga muvofiq. 
Amaliy mashg’ulotlarni Oliy va o‘rta maxsus o‘quv muassasalarida mavjud 
yo‘nalishlarni e’tiborga olib o‘tkazish ijobiy natijalar berishi tajribalardan ma’lum 
bo‘lmokda. Masalan, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishga ega bo‘lgan o‘quv muassasalardahar xil matnli ma’lumotlarni qayta ishlashga doir topshiriqlar; aniq fanlar va iqtisodiyot yo‘nalishli o‘quv muassasalariga qo‘shimcha qilib hisoblash, turli jarayonlarni dasturlashga doir topshiriqlar tavsiya qilish maqsadga muvofiq. 
O‘quv yurtlarida informatika fanidan laboratoriya ishlarini o‘tkazish, amaliy 
mashg’ulotlarning vazifasi quyidagilardan iborat: 
1. Ta’lim oluvchilarda quyidagi amallarni bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish; 
- kompyuterni ishga tayyorlash
- kompyuterga dastur kiritish va uni rostlash;
- ixtiyoriy amaliy dastur bilan ishlash; 
- kompyuterning matn va grafik muharrirlari vositasidan foydalanish; 
- kompyuterning boshqa imkoniyatlari bilan tanishish; 
- ma’lumotlar, dasturlarning nusxalarini olish va ko‘paytirish va boshqalar. 
2. O‘quvchilarda mashqlar bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish; 
- kompyuterda masala yechish bosqichlari; 
- mashqlar bajarish jarayonida nazariy bilimlarni masala yechishga tadbiq qilish
- mashqlar bajarish jarayonida ta’lim oluvchilar ijobiy fikrlash masalalarini 
rivojlantirish. 
Informatikadan amaliy mashg’ulotlar uchun tanlangan topshiriqlar mazmuni 
ixtiyoriy kasb egasiga zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikma va malakaga asoslangan bilimlar minimumi darajasida bo‘lishi kerak. Laboratoriya ishlarini o‘tkazishda kompyuter texnologiyasidan foydalanganda ish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: 
1. Laboratoriya ishlari topshiriqlarini bajarish bilan tanishish –bunda laboratoriya 
ishi mazmuni, uning nazariy qismi ekranga chiqariladi, o‘quvchilar tanishib keyingi bosqichga o‘tadi. 
2. Laboratoriya ishlari topshiriqlarining tanlanishi – bunda laboratoriya ishi 
topshiriqlarini berishdan oldin, ularning bilim darajasini aniqlash uchun oddiy va 
murakkab shaklda tuzilgan savollar beriladi, o‘quvchilarning savollarga bergan 
javoblarini tahlil qilib keyingi bosqichga o‘tadi. 
3. Laboratoriya ishlari topshiriqlarining berilishi – bunda o‘quvchilarning
o‘zlashtirish darajasiga mos topshiriqlar berish ta’minlanadi. 
Nazorat savollari: 
1. Informatika fanidan o‘quv mashg’ulotlarini tashkil qilish ishlari mazmuni
haqida ma’lumot bering 
2. Informatika fanidan o‘quv dasturlari va o‘quv rejalaridan foydalana olish 
masalalari mazmuni haqida ma’lumot bering 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə