Mavzu: Hozirgi qiyofadagi qadimgi odamlarning vujudga kelishi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə7/13
tarix21.05.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#87537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
zamonaviy odamlar kurs ishi

Hozirgi qiyofadagi qadimgi odamlarning rivojlanish bosqichlari.

Odam evolutsiyasi haqida “ tosh bitiklari “ yer qarining turli qatlamlarida saqlangan qadimgi makonlar, jonzotlarning topilma qoldiqlari dalolat beradi.
Antropogenez – odamning kelib chiqishi va rivojlanish masalalari bilan shug’ullanib, uning hayvonlarning dunyosida tutgan o’rniga baho berib, hozirgi odami vujudga kelishining shart sharoitlari va sabablarini o’rganadi. Antropogenez antropologiyaning bir tarmog’i hisoblanadi. Insoniyat o’z rivojlanish bosqichlarida quyidagi pog’onalarni bosib o’tgan : Avstrolopitek, zinjantrop, pitekantrop, sinantrop, kromanyon 13 .
Antropegenez jaroyonining xarakatga keltiruvchi kuchlar: Darvin insoniyatning kelib chiqish jarayonidaki biologik qonuniyatlarning insonga ta’sirida asosiy e’tiborni jinsiy tanlovga qaratgan. Uning nazariyasiga muvofiq insonning jismoniy shakillanishining o’ziga xosligi primatlar bilan solishtirganda farqlanadi.
Darvin nazaryasiga muvofiq indivitlarni tanlash natijasida shakllangan qaysiki o’zining aloxida ustunligi bilan ajralib turuvchilarni tanlashgan. Ular insoniyatni rivojlanishida burilish ta’sirini ko’rsatgan. Darvin bunda hozirgi zamon insonidagi demorfizimni ko’rsatgan bu paytda insonni nutqini paydo bo’lishi qaysiki ayolniki boshqacha erkakniki boshqacha murakkab bo’lgan14.
Insonga eng yaqin bo’lgan gurux bu driopitek maymunlari xisoblanadi. Ularning qoldiqlari G’arbiy Yevropa, Osiyo va Afrikadan topilgan. Ularning ichida bir necha turlari ajralib turadi. Aniq marfologik o’ziga xoslik bu oila yoki jamoa. Driopiteklar shunday primatlarki hozirgi zamonaviy shimpanzelarga yaqin. Ularga xos bo’lgan morfologik belgilar qoziq tishlar bilan kesuvchi tishlarni orasini kichrayganligi shunday qilib driopiteklarni insonlarga yaqinlashganini ro’rish mumkin.
Dunyodagi tabiiy o’zgarishlar inson faoliyati natijasida kelaib chiqadi. Ayniqsa bu Vladimir Vernaticheskiy tomonidan ilgari surilgan . U o’z ishi
faoliyatida inson faoliyatini yer sayyorasini ko’rinishini o’zgarishiga qanday katta masshtablarida ta’sir qilishini uning tashqi qobig’iga ko’rsatgan ta’siri haqida yozadi. Darvinning fikricha maymunlar insonga yaqin bo’lsada o’sha davrda yashayotgan biron bir vakili insonning ajdodlari sifatida sko’rilishi kerak emas. Hozirgi zamonaviy dunyo qarashlar uning dunyo qarashiga suyangan holda olib bordiki, eng yangi uslublarda genetik mehanizmni o’rganish jarayonida insonni shimpanze bilan juda ko’p o’xshashliklari borligi isbot qilindi15
Primatlar guruhlarini klassifikatsiyalashda gominidlar oilasi ajralib turadi, qaysiki, ular hozirgi zamonaviy inson bilan, ularning ajdodlarini bo’g’lab turuvchilardir. Bu oilani vakillari uchun tegishli bo’lgan ko’rinishlardan bittasi miya qutisining kattaligi, uning murakkabligi, gavdasining tik tutishi,to’rt oyoqlab emas, ikki oyoqlab yurishi, kaftdagi bosh barmoqning ajralib turishi ko’p seziladi.
Anatomik nuqtai nazrdan qaraydigan bo’lsak, hozirgi qiyofadagi insonlarning ajdodlari boshqa primatlardan ajralib turadi. Sovet va G’arbiy Yevropa mutaxasislarining ishlarida oila tarkibida bitta urug’ ajratiladi. Insonning homo urug’i avlodi qaysiki hozirgi zamon odamini shakllari topilgan. Lekin bu dunyoqarash to’g’ri deb topilmagan.
Chunki homo urug’inig ikkta turi bo’lib, hozirgi zamonaviy odamning ko’rinishi yoki aqlli odamdir. Ma’lumki antropogenez jarayonining shakllanishi ya’ni zamonaviy odamning shakllanishi bir necha bosqichlarga bo’linadi. Ya’ni bundan 40-35 ming yil oldin zamonaviy inson va uning qadim ajdodlari o’rtasidagi paydo bo’lgan degan fantastic qarashning to’rt bosqichi mavjud.

  1. Homo avstrolopitikus

  2. Homo habilis

  3. Homo erektus

  4. Homo sapiens

Antropogenez jaroyoni insoniyat tarixida inson paydo bo’lganidan to so’nggi poleolit davrining so’ngigacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi. Antropogenez
jaroyonida inson jismoniy jihatdan tashqari, marfologik va ongi jihatidan ham o’zgarib turgan. Antropogenez jarayoni turli hududlarda har-xil ko’rinishlarda bo’lib o’tgan. Antropogenez jarayoni hozirgi kunda ham o’z yechimini topmagan muammolardan biridir16.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə