Abdulbannob G’ulomov
Mavzu: Hayvonlar seleksiyasi
Reja:
Seleksiya fani va yutuqlari haqida umumiy tushunchalar
Hayvonlar seleksiyasining o’ziga xos xususiyatlari.
Mamlakatimizda seleksiya fanining yutuqlari.
Seleksiya (lot. selectio — tanlash, saralash) — yuqori mahsuldor oʻsimliklar navlari va duragaylarini, hayvonlar zotlarini va mikroorganizmlar shtammlarini yaratish nazariyasi va amaliyoti. Seleksiyaning ilmiynazariy bazasi genetika hisoblanadi. Oʻsimliklar seleksiyasi botanika, sitologiya, embriologiya, gistologiya, fiziologiya, fitopatologiya, entomologiya, ekologiya, biokimyo, oʻsimlikshunoslik va q. x. mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi bilan chambarchas bogʻliq. Ibtidoiy seleksiya koʻrinishlari (beixtiyor tanlash) dehqonchilik paydo boʻlgan davrlardan boshlangan. Bunday seleksiya astasekin muayyan maqsadli yoʻnalishlarda olib borilgan. Xalq seleksiyasi Oʻrta Osiyoda ham rivojlanib, gʻoʻza, zigʻir, don, beda, sabzavotpoliz ekinlari, tok va mevali daraxtlarning qimmatli navlari yaratilgan.
Hayvonlar seleksiyasida o’simliklar seleksiyasida qo’llaniladigan usullardan ham foydalanildi. Lekin hayvonlar seleksiyasining o’ziga xos xususiyatlari tabiati- dan kelib chiqadi: 1) xonakilashtirilgan hayvonlar faqat jinsiy yo’l bilan ko’payadi;
har bir hayvon kam nasl beradi va har bir hayvon ancha qimmat turadi.
Hayvonlar seleksiyasida eksterer belgilarini hisobga olish muhimrol o’ynaydi. Hayvonlar tashqi shakllarini butun yig’indisi, tanasining tuzilishi, tana qismlarining o’zoro nisbati eksterer deyiladi. Xo’jalik uchun muhim bo’lgan ko’pgina belgilar, masalan, qoramollarning sersutligining rivojlanishi muayyan ta- na tuzulishiga,qon aylanish va nafas olish sistemalari va boshqa belgilarni yaxshi rivojlanganligiga bog’liq. Hayvonlar seleksiyasida turli belgilar o’rtasidagi muhim bog’lanishlarni hisobga olish muhim, chunki biror belgi bo’yicha yuqori hosildor- lik – mayyan ekstererga bog’liq.
Tushunchalar tahlili metodi:
Atamalar
|
Atamalar izohi
|
Zot
|
kelib chiqishi (ajdodi) maʼlum, biologik va foydali xususiyatlari bir xil oʻxshashlikda hamda avlodlari- ga oʻz belgilarini toʻliq oʻtkaza oladigan, muayyan
tabiiy-iklim sharoitida yaratilgan hayvonlar guruhi.
|
Nav
|
seleksiya natijasida yaratilgan, muayyan morfolo- gik, fiziologik va xoʻjalik belgi hamda xususiyatlari turgʻun va nasldan oʻtib boradigan, bir turga man-
sub oʻsimliklar majmui;
|
Shtamm
|
morfologik va fiziologik xususiyatlari oʻrganilgan
mikroorganizmlarning sof oʻstirib olingan namu- nalari.
|
Toza liniya
|
Odamlar tomonidan suniy yaratilgan organiz- mlar populiatsiyasi
|
Eksterer
|
Hayvonlar tashqi shakllarining butun yig’indisi, tanasining tuzulishi, tana qismlari.
|
Geterozis
|
Hayvonlarning har xil zotlari yoki turlararo chatishtirishda hosil bo’lgan birinchi avlod du- ragaylarining xususiyatlarini birmuncha yuqori bo’lishi.
|
Lekgorn
|
Tuxum yo’nalishidagi tovuq zoti
|
Askaniya rambulensi
|
Mayin junli qo’y zoti
|
Arxar
|
Yovvoyi qo’y
|
Merinos
|
Mayin junli qo’y zoti
|
Arxaromerinos
|
Arxar va merinosning chatishtirilishidan hosil bo’lgan yangi zot
|
Qo’tos
|
Tog’li hududda yashaydigan uy hayvoni.
|
Klaster metodi:
FSMU METODI
Fikr
|
Hayvonlar seleksiyasida o’simliklar seleksiyasida qo’llanilgan usullardan tashqari boshqa bir qancha usullar ham qo’llaniladi.
|
Sabab
|
Xonakilashtirilgan hayvonlar faqat jinsiy yo’l bilan ko’payadi. Har bir hayvon kam nasl beradi va har bir hayvon ancha qimmat turadi.
|
Misol
|
Yovvoyi tur hayvonlar bilan maqsadga muvofiq hayvon zoti chatishtirilganda yangi muhitga moslashgan organism olinadi
|
Umumlashtirish
|
Hayvonlar seleksiyasida qo’llaniladigan usullar faqat ma’lum bir belgi bo’yicha, ya’ni bir maqsad sari amalga oshiriladi.
|
SWOT Tahlil metodi
Yovvoyi qo’y arxar va mayin junli qo’y zoti (merinos) chatishtirilganda arx- aromerinos qo’y zoti yaratiladi.
S
|
kuchli
|
Yangi olingan zot ya’ni arxaromerinos turli muhit sharoitida bemalol yashaydi va mahsuldorligi yuqori bo’ladi
|
W
|
Zaif
|
Ikkala qo’y zoti bitta arealda uchramasligi va bir xil vakil bo’lmaganligi.
|
O
|
imkoniyatlari
|
Mahsuldorligi yuqori bo’lgan mayin jun beradigan qo’y zoti yaratiladi.
|
T
|
To’siq
|
Turlar sonining kamligi. Seleksiya haqida, hayvonlar seleksiyasida qo’llaniladigan usullar haqida yetarlicha bilimga ega bo’lmaslik.
|
Yangi mavzuni mustahkamlash.
BBB metodi
Tushuncha nomi
|
Bilardim
|
Bilib oldim
|
Bilishni xohlayman
|
Arxaromerinos
|
|
|
|
Eksterer
|
|
|
|
Geterozis
|
|
|
|
Shtamm
|
|
|
|
Induktiv metod
Test metodi:
1.Inson tomonidan yaratilgan qanday populatsiyalar belgilangan irsiy xususiyatlarga ega bo’ladi?
A) shtamm, tur, turkum,
B) shtamm, nav, zot
C) nav, tur, avlod
D) nav, zot, tur
2.Seleksiyaning asosiy metodlari qaysilar?
A)population statistic
B) tanlash va duragaylash
C) duragaylash va sitogenetik
D) genetik injeneriya
3. O’zbekistonda birinchi bo’lib 1949- yilda urchitilgan hayvonni ko’rsating?
A)Qizil dasht
B) Shotgorn
C) Busheyev
D) Qizil dasht
4.Quyidagilardan qaysi biri zotga tegishli?
A) Kostroma, Lekgorn, tur
B)Qizil dasht, Busheyev, Arxaromerinoseleksiya
C) Shotgorn, Simmental, Arx- ar
D) Shvits, Kornuel, Nimrang
5. Uy hayvonlarini sermahsul zotlarini yaratishda zotlararo va uy hayvonlarin- ing uzoq formalaridan qaysi metod orqali ko’plab zotlar yaratilgan.
A)Chatishtishtirish
B) tanlash
C) duragaylash
D) barchasi to’g’ri
Savol
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
Javob
|
B
|
B
|
C
|
B
|
C
|
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI.
1.Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti. VM 2017 yil 6 aprel 187- Qarori
2.A.Zikriyaev, A. To’xtayev, I.Azimov,I.Sonin 9-sinf “Biologiya’’darsligi Toshkent 2014yil.
3.A.Zikriyaev, A. To’xtayev, I.Azimov, I.Sonin 9-sinf “Biologiya’’darsligi Toshkent- 2019yil.
I.Azimova, P.Zikriyayev, A.Toxtayev, S.Fayzullayev Biologaya (Sitologiya va gen asoslari metodik qo’llanma). Toshkent 2002-yil.
J.O.Tolipova, A.S.To’xtayev, O’.Pratov ”Biologiiya o’qitish metodikasi ”Toshkent 2003-yil.
6.J.Tolipova.A. G’ofurov Umumiy biologiyani o’qitish metodikasi. Toshkent 2004-yil.
7.O.Mavlonov, S.Najimova,M,Nishonboyeva “Zoologiya o’qitish metodlari va texnologiyalari ”Toshkent 2005-yil.
8.O.Mavlonov,J.Tolipova Zoologiyani o’qitish metodikasi. Toshkent 2004-yil. 9.www.google.ru
10.www.ziyonet.uz
11 www.lex.uz
Dostları ilə paylaş: |