Mavzu: Elektron hukumat va elektron hujjat aylanish tizimi


«Elektron hukumat» tizimi va interaktiv davlat xizmatlarini rivojlantirish



Yüklə 249,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix28.05.2022
ölçüsü249,04 Kb.
#88186
1   2   3   4
Mavzu Elektron hukumat va elektron hujjat aylanish tizimi

3.«Elektron hukumat» tizimi va interaktiv davlat xizmatlarini rivojlantirish. 
 
O’zbekistonda Elektron hukumat tizimini shakllantirish va amaliyotga joriy 
qilish borasidagi ilk portal bu – O’zbekiston Respublikasi Hukumati portali – 
www.gov.uz bazasida boshlangan edi. Hukumat portalining asosiy sahifasida, saytga 
tashrif buyuruvchining e’tiboriga yaqqol tashlanadigan joyda alohida ajratib 
ko’rsatilgan havola-tugmalar orqali taqdim etilgan. Shuni alohida ta’kidlab o’tish 
kerakki, hukumat portali – www.gov.uz dagi Bu, vazirliklar, idoralar va boshqa 
davlat tashkilotlarining veb-saytlarida taqdim etilayotgan interaktiv xizmatlarning 
yaxlit majmuasini tashkil qilib, zaruriy aloqa shakllari va giperhavolalar bilan 
interaktiv davlat xizmatlari tizimi, Yagona Portal (YDIXP)dagidan bir oz farq qiladi 
va u Interaktiv davlat xizmatlari uchun maxsus alohida portal – www.my.gov.uz 
tashkillangan va samarali faoliyat olib borayotgan bugungi kunda ham o’z funksional 
vazifalari hamda dolzarbligini saqlab kelmoqda. 2012-yil so’ngida, ya’ni Yagona 
Portal hali mavjud bo’lmagan davrda, Hukumat portalidagi interaktiv davlat 
xizmatlari soni 91 tani tashkil etar edi. 
Hukumat portalidagi interaktiv davlat xizmatlari 27 ta tegishli bo’limlarga 
ajratilgan bo’lib, ulardan 11 tasi fuqarolar va biznesga (G2C va G2B) mo’ljallangan, 
5 tasi esa xorijliklarga mo’ljallangan (G2FShuningdek hukumat portalida
Vazirliklar, Agentlik va boshqa Davlat organlarining saytlariga havolalar, ularning 
manzillari, aloqa shakllari va mas’ul shaxslarining qabul kunlari batafsil yoritilgan. 
Hukumat portali orqali bir tomonlama axborot taqdim qilish, qonunchilik manbalari 


bilan tanishtirish shaklidan, ikki tomonlama, ya’ni, haqiqiy interaktiv xizmat shakliga 
o’tish jarayonida birinchilardan bo’lib, Yuridik shaxslar uchun soliq 
deklaratsiyalarini on-layn to’ldirish va DSI ga yuborish, fuqarolar uchun esa, soliq 
idoralaridan shaxsiy STIR raqami, shuningdek, joriy sanaga soliqlardan qarzdorlik 
yoki haqdorlik mavjudligi haqidagi ma’lumotnomani shakllantirib, yuklab olish 
xizmatlari yo’lga qo’yilgan edi. Buning uchun Davlat Soliq Inspeksiyasining maxsus 
sayti (asosiy sayt www.soliq.uz) – www.hisobot.uz ga kirib, zaruriy ma’lumotlar – 
login, parol va ERI kalitini kiritish orqali shaxsiy kabinetga kirish va standart 
harakatlarni amalga oshirish bilan ko’zlangan maqsadga erishish mumkin. Mazkur 
yo’nalishda keyingi muhim qadamlar kommunal soha tashkilotlaridagi 
iste’molchilarning hisob-raqamlarining holati haqidagi ma’lumotlarni olish imkonini 
beruvchi xizmatlar bo'ldi. Xususan, iste’molchilar uchun foydalanilgan elektr 
energiyasi hisob-kitoblari haqidagi ma’lumotlarni on-layn taqdim etishni 
birinchilardan bo’lib, O’zbekenergo DAK (www.uzbekenergo.uz) yo’lga qo’ydi. 
Davlat statistika qo’mitasi saytida firma nomlarini on-layn ro’yxatdan o’tkazish 
tizimi, Bojxona qo’mitasi saytida esa, bojxona deklaratsiyalarini on-layn qabul qilish 
tizimi ish boshladi. Shu tarzda, hukumat portalida interaktiv davlat xizmatlarining 
soni ortib, ular sifat jihatdan ham takomillashib bordi. Xususan, keyingi davrda xar 
bir davlat idorasi, tashkiloti, muassasa va boshqa tuzilmalarning, mahalliy 
hokimiyatlarning rasmiy veb-saytlarida alohida interaktiv xizmatlar bo’limi tashkil 
etildi. Biroq, bul holatning bitta noqulaylik tarafi mavjud edi: ular tarqoq holda 
bo’lib, har bir muassasaga murojaat etishda, uning sayti saytidan foydalanish, agar 
murojaatni ko’rib chiqishda boshqa muassasaning ham ishtiroki talab qilinsa, bunda 
murojaat etuvchi fuqaro, ikkinchi muassasaga ham alohida murojaat bilan chiqishi 
kerak edi. Qolaversa, ayrim tashkilotlarning veb-saytlarida ko’rsatilgan manzillarning 
faol emasligi, yoki, murojaat e’tiborsiz qoldirilishi holati nazoratdan chetda qolar edi. 
Shu kabilarni bartaraf etish va davlat interaktiv xizmatlarini standartlashtirilgan 
yagona tizimga birlashtirish bu o’rinda mantiqan to'g'ri va optimal variant bo’lardi. 
Shu sababli ham Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori bilan barcha davlat 
interaktiv xizmatlarining standartlashtirilgan yaxlit majmuini o’zida namoyon etuvchi 


Yagona Davlat Interaktiv Xizmatlari Portali (YIDXP)- www.my.gov.uz tashkil etildi 
va u 2013 yil 1-iyul sanasidan boshlab test rejimida ish boshladi: 
Yagona Davlat Interaktiv Xizmatlari Portali (YIDXP) – aytish mumkinki, 
O’zbek elektron hukumat tizimining yuzi sifatida, hukumat tomonidan tasdiqlangan 
interaktiv xizmatlar ro’yxatida keltirilgan barcha interaktiv davlat xizmatlarini taqdim 
etadigan, o’z nomi bilan yagona tizim bo’lishi ko’zda tutilgandir. Aytib 
o’tganimizdek tizim test (beta) rejimida ish boshlagan va u hozircha ishlab chiqish va 
takomillashtirish bosqichini boshdan kechirmoqda. Yagona Portal, ramziy ma’noda 
aytganda, katta yo’lga endi chiqqan bo’lsa-da, o’zining qulaylik va texnik hamda 
texnologik jihatlari bilan anchagina katta potensialni namoyon qilib ulgurdi. Hozirgi 
kunda yagona portalda taqdim etilayotgan interaktiv davlat xizmatlari Litzeniyalash 
va ruxsatnomalar, Elektron to’lovlar, Bank va Moliya xizmatlari, Uy-joy va 
kommunal xo’jaligi sohasi, Axborot texnologiyalari va aloqa, Konsullik xizmatlari, 
Mehnat, Tadbirkorlik, Sug’urta, Ko’chmas mulk, Sog‘liqni saqlash, Soliqqa tortish, 
Arxiv, Investitsiyalar va savdo, Madaniyat va Sport, Intellektual mulk, Transport, 
Bojxona, Huquq va Ta’lim yo’nalishlarida, jami - 20 ta tematik bo’limlarga 
birlashtirilgan bo’lib, ular ham o’z navbatida tarkibiy qismlarga bo’linadi. 
Foydalanuvchilar YIDXPda shuningdek alohida bo’lim-ilova (вкладка) orqali, 
vazirliklar, davlat tashkilot, idora va muassasalarining ro’yxatiga o’tish va ularning 
aloqa manzillari, rahbariyat qabul jadvallari, on-layn murojaat shakllari bilan 
tanishishlari, giperhavolalar orqali kerakli tashkilot yoki idoraning rasmiy veb-saytiga 
o’tishlari mumkin. Ishonch telefonlari bo’limi ham portalning o’ziga xos jihatlaridan 
biri bo’lib, bu yerda hozircha 20 ta muassasaning ishonch telefonlari qayd etilgan. 
Undan tashqari YDXIPning o’zida ham Qo’ng’iroqlar markazi (Call center) 
tashkillangan bo’lib, internetga ulanish imkoniyatiga ega bo’lmagan fuqarolar 
mazkur funksiyadan foydalanib, o’z murojaatlarini bayon qilishlari imkoniyati 
mavjud: 
Portaldan foydalanuvchi fuqaro, o’ziga zaruriy masalada taklif, shikoyat yoki 
ariza bilan, mazkur masalaga aloqador mas’ul davlat idorasiga to'g'ridan-to'g'ri 
murojaat etishi mumkin. Bunda murojaat etuvchi fuqaro, istagiga ko’ra o’z 


murojaatining ko’rib chiqilishi jarayoni qaysi bosqichga yetganligi haqida SMS 
ma’lumotlari orqali xabardor bo’lib turishi, murojaatiga javobni istasa elektron 
pochta orqali, xohlasa, oddiy pochta orqali olishi mumkin. 
Portaldan foydalanish uchun fuqaro, maxsus identifikatsiya tizimi – 
www.ID.uz da ro’yxatdan o’tishi zarur bo'ladi. Foydalanuvchi www.ID.uz 
ma’lumotlari orqali www.my.gov.uz da ham o’z shaxsiy kabinetiga ega bo’ladi. 
Shaxsiy kabinetda, zaruriy ma’lumotlarni kiritib, tahrirlab olish kerak. Chunki, davlat 
idorasiga murojaat etishda, murojaatchining shaxsi aniq va to'g'ri bo’lishi muhim. 
Ko’pincha saytlardagi boshqa nom yoki taxallus bilan ro’yxatdan o’tish maqsadga 
muvofiq emas. Shaxsiy kabinetda, murojaatchi, o’z murojaatining ko’rib chiqilishi 
bosqichi haqida yangilanib turadigan ma’lumotlarga ega bo'ladi. Shuningdek, soliq, 
aloqa, hamda kommunal xizmat tashkilotlaridagi shaxsiy hisob-varaqalar raqamlarini 
kiritib, ulardan kelgusida foydalanishga zamin yaratishi mumkin.
265 

Yüklə 249,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə