Mavzu: ekologik madaniyatni shakllantirishda oʻqituvchining kuzatishga yoʻnaltirilgan topshiriqlar



Yüklə 216,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü216,42 Kb.
#153574
  1   2
Mavzu ekologik madaniyatni shakllantirishda oʻqituvchining kuza-fayllar.org



MAVZU: EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA 
OʻQITUVCHINING KUZATISHGA YOʻNALTIRILGAN 
TOPSHIRIQLAR.
 
REJA:
1. Ekologik tarbiya o„quvchilar dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismi. 
2. Ekologik madaniyatni shakllantirishda oʻqituvchining kuzatishga yoʻnaltirilgan 
topshiriqlar.
3. Ekologik omillar haqida oʻqituvchining kuzatishga yoʻnaltirilgan topshiriq


«Ekologiya» tushunchasi ilk bor nemis zoologi E.Gekkel tomonidan qo„llanilgan. 
Ekologik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ekologik 
tarbiya (grekcha «oikos» -turar joy, makon, «logos» -fan) o„quvchilarga dastlabki 
ekologik bilimlarni berish, mavjud ekologik bilimlarini boyitish, ularda tabiat va 
atrof-muhit muhofazasini tashkil etish ko„nikma va malakalarini shakllantirishga 
qaratilgan pedagogik jarayondir. 
O„zbekiston Respublikasida tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etishga 
alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu yo„lda amalga oshiriluvchi ijtimoiy-ekologik 
harakat mazmuni «O„zbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish 
Milliy harakat rejasi»da o„z ifodasini topgan.
Tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, ekologik muammolarning 
ijtimoiy xavfi xususida to„xtalib, O„zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 
quyidagi fikrni qayd etadi: «Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachon milliy va 
mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. 
Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosidagi keskin ijtimoiy muammolaridan 
biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo„lib sivilizatsiyaning 
hozirgi kuni va kelajagi ko„p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga 
bog„likdir»34.
O„quvlarda tabiatga nisbatan to„g„ri munosabatni qaror toptirish, mehr-muhabbatni 
uyg„otish, atrof-muhit musaffoligiga erishish ekologik muammolarni hal etish 
yo„lida muhim bosqich sanaladi.
Ekologik ta'lim o„quvchiga aniq maqsadga muvofiq, izchil, tizimli va uzluksiz 
ravishda nazariy ekologik bilimlarni berishga yo„naltirilgan ta'limiy jarayonidir.
Nazariy ekologik bilimlar (ekologik ong) hamda atrof-muhit va tabiat muhofazasi 
yo„lida olib borilayotgan faoliyat birligi ekologik madaniyatni shakllantirishga 
xizmat qiladi. Ekologik ong tabiat va atrof-muhitning mavjud holati, ularni 
muhofaza etish borasidagi tushunchalarning ongdagi ifodasi bo„lib, u murakkab 
ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida namoyon bo„ladi. Ekologik faoliyat esa 


ekologik bilimlarga tayanilgan holda tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta'minlash 
borasida amalga oshirilayotgan xatti-harakatlar majmui demakdir.
Ekologik madaniyat o„quvchining ijtimoiy talablarga muvofiq tabiat va atrof-muhit 
muhofazasini tashkil etish qobiliyati.
Ekologik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi bo„lib, uni 
tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal etilishi zarur:
O„quvchilarning ta'lim jarayonida o„zlashtirgan ekologik bilimlarini yanada 
oshirish.
Ularning tabiat va atrof-muhit ekologiyasi to„g„risidagi tasavvurini boyitish.
O„quvchilarda tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta'minlash ijtimoiy zaruriyat 
ekanligi to„g„risidagi e'tiqodni shakllantirish.
O„quvchilarda ekologik faoliyat ko„nikma va malakalarni tarbiyalash hamda 
ularning tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta'minlash jarayonida faol ishtirok 
etishlariga erishish.
Oila va jamiyatda tashkil etilayotgan ekologik tarbiyaning suhbat, davra suhbati, 
ekskursiya, bahs-munozara, ijodiy tanlovlar, uchrashuv, ijtimoiy-foydali mehnat 
(shanbalik, hashar, ko„kalamzorlashtirish) kabi shakl hamda suhbat, kuzatish, 
amaliy faoliyatni tashkil etish, rag„batlantirish va jazolash kabi metodlar 
yordamida tashkil etish o„quvchilarda ekologik madaniyatni qaror topishini 
ta'minlaydi.
O„quvchi tarbiyasida ishtirok etayotgan sub'ektlarning shaxsiy namunalari, 
o„quv manbalari, badiiy adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari (shu jumladan, 
Internet) materiallari va ularning g„oyalari o„quvchilarda ekologik madaniyatni 
shakllantirishning muhim vositalari sanaladi.
Ma'naviy-axloqiy tarbiya shaxs dunyoqarashini shakllantirishning muhim omili. 
Shaxs dunyoqarashining shakllanishida ma'naviy-axloqiy tarbiya ham muhim 
o„ringa ega bo„lib, uni samarali tashkil etish o„quvchida ma'naviy-axloqiy ongni 
shakllantirishga yordam beradi. Axloqiy tarbiya muayyan jamiyat tomonidan tan 
olingan va rioya qilinishi zarur bo„lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlarini 
o„quvchilar ongiga singdirish ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko„nikmalari 


hamda axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo„naltirilgan pedagogik jarayon 
bo„lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi.
Axloqiy tarbiyaning asosi axloq va axloqiy me'yorlardir. Axloq (lotincha 
«moralis» xulq-atvor ma'nosini bildiradi) ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-
harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya 
qilinishi zarur bo„lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yig„indisi. Axloqiy 
me'yorlar to„g„risidagi bilimlar o„quvchilar ongiga ta'lim va tarbiya jarayonida 
singdirilib boriladi. Axloqiy tarbiyaning natijasi o„quvchilarda axloqiy ong, 
axloqiy faoliyat ko„nikmalari va axloqiy madaniyatning shakllanishida ko„rinadi.
Axloqiy ong - ijtimoiy ong shakllaridan biri bo„lib, jamiyat tomonidan tan olingan 
va rioya qilinishi zarur bo„lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari, shuningdek, milliy 
istiqlol g„oyasining o„quvchilar ongida aks etishidir.
Axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko„nikmalari hamda axloqiy madaniyat ta'lim-
tarbiya jarayonida yo„lga qo„yilayotgan axloqiy, ijtimoiy-g„oyaviy, iqtisodiy, 
huquqiy, estetik va ekologik mavzulardagi suhbat, bahs-munozara, debatlar xalq 
xo„jaligining turli sohalarida fidokorona mehnat qilayotgan, ilm-fan, madaniyat, 
ishlab chiqarish hamda sport sohalarida yuksak darajadagi muvaffaqiyatlarni 
qo„lga kirish bilan O„zbekiston Respublikasi nomini jahonga mashhur qilayotgan, 
uning obro„-e'tiborining oshishiga o„zining munosib hissasini qo„shayotgan 
shaxslar hayoti va faoliyat to„g„risidagi ma'lumotlardan samarali foydalanish, 
vatanparvarlik namunalarini ko„rsatgan, xalq qahramonlari namunasida 
shakllantiriladi.
Axloqiy tarbiya o„quvchilarda dunyoqarashni shakllantirishda ham muhim 
ahamiyatga ega bo„lib, uni samarali tashkil etishda ong, his-tuyg„u hamda xulq-
atvor birligiga erishish maqsadga muvofiqdir. Zero, ular birligida ma'lum 
kamchiliklarning yuzaga kelishi ham o„quvchilarning komil shaxs bo„lib kamol 
topishlariga salbiy ta'sir ko„rsatadi. Dunyoqarash tabiat, jamiyat, inson tafakkuri 
hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik 
qarashlar va e'tiqodlar tizimidir.
Yuksak ma'naviy komillik, yurt ozodligi, obodligi va xalq farovonli yo„lida 


fidokorona mehnat qilish, o„ziga va atrofdagilarga nisbatan talabchan bo„lish, 
o„zida irodaviy sifatlarni tarbiyalay olish, intiluvchanlik, tashabbuskorlik, 
tashkilotchilik, ijodkorlik hamda mustaqil fikrlash layoqatiga ega bo„lish kabi 
xislatlarni mustaqil O„zbekiston Respublikasi hayotida ustuvor bo„lgan tamoyillar 
sifatida e'tirof etish mumkin.
O„quvchilarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda milliy istiqlol g„oyasi va 
mafkurasi asoslari tayanch omillar sifatida namoyon bo„ladi.
Axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida axloqiy mazmundagi suhbat, ma'ruza, 
bahs-munozara, konferensiya, seminar hamda debatlardan foydalanish o„zining 
ijobiy natijalarini beradi.
Ekologik tizim (ekotizim) ta„rifi. Ekotizimlarning biotizimlardan farqini 
organizmlar va muhitning birgalikda yig‟indisi holatida tasavvur qilish mumkin.
Ekologik tizim - bu birgalikda yashovchi har xil turdagi organizmlar va ular 
yashashining shart-sharoitlaridir, o‟zlarini o‟rab turgan tabiiy muhit bilan aloqada 
bo‟ladilar.
Yuqorida qayd etilganidek, ekotizimning alohida yashovchi organizmlarini – 
muhitni «populyatsiya» - muhiti, «tur-muhit» kabi turlarini autekologiya, 
ekotizimning turini esa sinekologiya o‟rganadi.
Ekotizim xuddi biotizim singari ierarxik, shaklda mavjuddir. Biroq ularning 
barchasi shartli, ya„ni yonma-yon darajalar bilan funktsional o‟zaro bog‟langan. 
Shunday ekan, tabiatda genlar xo‟jayradan tashqari ko‟p xo‟jayrali organizm 
tarkibidagi organlar, organdagi xo‟jayralardan tashqari yashay olmaydi 
(moddalarning aylanish va energiyaning paydo bo‟lishi bundan istisno). Shu 
sababli kishilik jamiyati jahon tabiati bilan uzviy bog‟langan. Shunday qilib, bio- 
va ekotizim bir vaqtda ham diskretli, ham uzluksiz hisoblanadi.
Mualliflar ekotizimning muhim belgilaridan biri uning beo‟lchovligi deb 
hisoblaydilar. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ekotizimga misol tariqasida 
(mikroblari bilan tomchi suv ham) suv tomchisini ko‟l, o‟tloq, cho‟l, o‟rmon, 
sabzavotlar juyaklari bilan, biofiltr, kosmik kema kabinasi va boshqalarni keltirish 
mumkin. Shunday ekotizimlar tabiiy va sun„iy (inson tomonidan o‟zgartirilgan) 


bo‟lishi mumkin.
Ekotizimlarda ichki ham tashqi modda va energiya almashinuvi sodir bo‟ladi. 
Ularga aniq oziq zanjiri hamda oziq (trofik) darajasi xosdir. Oziq zanjirining 
umumiy qonuniyatlar ozuqa sifatida, ikkinchisi uchinchisiga va b.q. xizmat qiladi.
Tashqi muhit ta„sirida o‟zgarish, ekotizim tomonidan javob ta„sirini paydo qilib, 
bu o‟zgarishlarni yoki yo‟qotadi yoki ekotizimning o‟zini qayta qurishga olib 
keladi.
Yuqorida qayd qilinganidek, ekotizimlar ierarxik shaklda tuzilgan. Biz 
ekotizimlarni tashqil etish darajasiga qarab uchta asosiy qismga bo‟lamiz: 
biogeotsenotik, (biogeotsenoz), biom va biosfera tizimi.
Bu tabiatdagi eng murakkab tizimlardan biri hisoblanib, avtotrof, xemotrof va 
geterotrof organizmlarga bo‟linadi. Biogeotsenozning tirik tarkibiy qismlariga, 
atmosferaning yerga yaqin qatlami, undagi gaz va issiqlik vositalari, quyosh 
quvvati, tuproq va uning suv mineral vositalari esa jonsiz tarkibiy qismlariga 
kiradi. Har bir biogeotsenozda yerning geologik tuzilishi, tuproq, iqlim sharoitlari, 
suv rejimi, o‟sha joyda o‟sib unadigan o‟simlik hamda hayvonlar bir-biriga 
monand va o‟zaro bog‟langan bo‟ladi. Biogeotsenoz tarkibiga odamdan boshqa 
barcha tirik mavjudotlar kiradi. Biogeotsenoz o‟zgarib turadi. Bu o‟zgarishlar 
kishilar, muhit, hatto uzoq Koinotning ta„siri ostida ham ro‟y 
beradi.Biogeotsenozni o‟rganish qishloq xo‟jaligini rivojlantirishda katta 
ahamiyatga ega.
Ushbu atama ekologiyaga 1940 yilda V.N. Sukachyov tomonidan kiritilgan. U 
biogeotsenozga quyidagicha ta„rif bergan (biogeotsenologik tadqiqotlarning uslubi 
va dasturi, 1966 yil 14 betda shunday keltirilgan): «Biogeotsenoz - bu Yer 
yuzasining ma„lum masofasidagi bir-biriga o‟xshash tabiiy hodisalar (atmosfera, 
tog‟ jinslari, o‟simliklar, hayvonot olami va mikroorganizm hodisalari)» 
majmuidir. Bu majmua uni tashqil etuvchi tarkibiy qismlari o‟zaro ta„sirining 
o‟ziga xos alohida xususiyatiga hamda tarkibiy qismlari o‟rtasida va ichki dialektik 
birlikda, doimiy harakatda va rivojlanishda bo‟lgan boshqa tabiat hodisalari bilan 
modda va energiya almashinuvining muayyan xiliga egadir.


Biosferadagi barcha o‟simliklar va hayvonlar odatda jamoa holda yashaydi. Bunda 
ular o‟zaro munosabatda bo‟ladilar. Muayyan tuproq sharoitida o‟simliklar, 
hayvonlar, ayrim zamburug‟lar va mikroorganizmlarning birgalikda yashashiga 
biogeotsenoz deyiladi. Faqat birnecha tur o‟simlik qavm bo‟lib yashasa fitotsenoz, 
bir necha tur hayvonlarning birgalikda qavm bo‟lib yashashiga zootsenoz deyiladi.
“Biogeotsenoz” atamasi fanga 1941 yilda rus olimi V.N. Sukachyov tomonidan 
kiritilgan (Bios, lotincha geo-er, senoz - umumiy).
Tirik organizmlarning bir-birlariga o‟zaro ta‟siri muhitning biologik omillari deb 
qaralsa, ularning atrofini o‟rab olgan barcha tirik organizmlar biotsenotik muhitni 
tashkil etadi. Demak, bir hil muhitga moslashib olgan va bir joyning o‟zida birga 
yashaydigan barcha organizmlar yig‟indisi biotsenoz deyiladi. (Bios, lotincha -
xayot, senoz - umumiy). “Biotsenoz” atamasini fanga 1877 yilda nemis olimi K. 
Libius kiritgan. Biotsenoz odatda fitotsenoz, zootsenoz, mikotsenoz va 
mikrobiotsenozlardan tashkil topgan. Maydon birligiga to‟g‟ri keladigan turlar soni 
biotsenozlarning turlariga to‟yinganligi deyiladi.
Yashash sharoiti, o‟xshash va o‟zaro munosabati natijasida paydo bo‟lgan, bir-
biriga ta‟sir ko‟rsatuvchi har-xil turga mansub bo‟lgan birgalikda yashovchi 
organizmlar yig‟indisiga ekologik tizim deyiladi. O‟rmon, cho‟l, o‟tloq (yaylov, 
suv xavzasi va boshqalar ekotizimga misol bo‟la oladi. “Ekotizimlar” tushunchasi 
fanga 1935 yil ingliz ekologi A. Tensli tomonidan kiritilgan. A. Tensli ta‟rifiga 
ko‟ra ekotizim ichki va tashqi doiralarda moddalar va energiya almashinuviga ega 
bo‟lgan tirik va jonsiz komponentlarning cheksiz barqaror tizimidir. SHunday 
qilib, ekotizim mikroorganizmlarga ega bo‟lgan bir tomchi suv, o‟rmon, tuvakdagi 
o‟simlik, kosmik kema va x.k. Ko‟pincha ekotizm va biogeotsenoz tushunchalari 
bir-birini sinonimi sifatida qo‟llanildi va deyarli birxil ma‟noni bildiradi. Ammo, 
ba‟zi tomonlari bilan ular farq qiladi.
Ekotizimlar biogeotsenozga nisbatan kengroq tushunchadir. Biogeotsenoz ekotizm 
bo‟la oladi, ammo har qanday ekotizimni biogeotsenoz deb bo‟lmaydi.
Ekotizimlardagi organizmlar hayot faoliyati va moddalarning aylanish uchun 
energiya talab etiladi. Yashil o‟simliklar hayot uchun zarur bo‟lgan kimyoviy 


moddalarni olib, fotosintez jarayonlarida organik birikmalar to‟playdi va quyosh 
energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Bunday organizmlar avtotroflar yoki 
produtsentlar deb ataladi. Demak produtsentlar – o‟simliklar bo‟lib ular harqanday 
biotsenozning asosiy tarkibi va energiya manbai sifatida xizmat qiladi. Ular 
assimilyatsiya jarayonida to‟plangan energiyasini boshqa organizmlarga 
beruvchilardir, ya‟ni hosil qiluvchilardir.
O‟simliklar va boshqa jonivorlar bilan oziqlanib yashovchi geterotrof organizmlar, 
ya‟ni xayvonlar esa oziqlanish jarayonida organik moddalarni karbonat angidrid, 
suv va mineral tuzlarga aylantiradi. Ammo bu organizmlarning biron turi ham 
o‟simliklar, xayvonlardagi organik moddalarni oxirigacha parchalay olmaydi. 
O‟simliklar tomonidan to‟plangan organik moddani ist‟emol qiluvchilar bo‟lib 
hisoblanadi va ularni konsumetlar deb ataladi.
Birinchi tartibdagi konsumentlarga produtsentlar bilan oziqlanuvchi o‟txo‟r 
hayvonlar kiradi. Quruqlikda keng tarqalgan birinchi tartibdagi konsumentlar 
hashoratlarning ko‟pchilik vakillari sudralib yuruvchilar, qushlar, sut 
emizuvchilardir.
Eng muhim birinchi tartibdagi konsumentlar sut emizuvchilarning o‟txo‟r 
guruhlari, kemiruvchilar va tuyoqliklar hisoblanadi. Ularga ot, tuya, qo‟y, echki va 
qoramollar kiradi.
Geterofillarning ikkinchi guruhi yemiruvchilar yoki rudutsentlar (zamburug‟ va 
bakteriyalar) dir. Zamburug‟ning ba‟zilari biotsenozda o‟simlik va hayvonlarda 
tekinxo‟r holda yashab, ko‟pchiligi organik moddalarni mineral moddalarga 
parchalovchilardir. Bakteriyalar birinchi navbatda redutsentlar hisoblanib, ular 
o‟lgan organizmlardagi murakkab organik moddalarni parchalab, oddiy mineral 
moddalarga aylantira oladi.
SHunday qilib, uzoq evolyutsiya jarayonida vujudga kelgan bir-biriga bog‟liq 
turlardan barqaror zanjirlar paydo bo‟ladiki, bular boshlang‟ich ozuqa 
moddalardan birin-ketin olib, turli yo‟llar bilan tabiatda moddalarning davriy 
harakatini ta‟minlaydi. Organizmlar quyosh energiyasini kimyoviy, mexanik va 
issiqlik energiyalarga aylantiradi.



Yüklə 216,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə