Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushunchalar



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə2/2
tarix05.10.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#125856
1   2
7 - sinf nazorat ishi 2023 - 2024

II-variant
1.200 gr 10 % li osh tuzining eritmasiga 100 gr suv qo’shildi.Hosil bo’lgan eritmaning (%) konsentratsiyasini hisoblang.
2. 4 litr o’yuvchi natriy NaOH eritmasida 80 gr NaOH bor.Shu eritmaning molyar konsentratsiyasini toping.
3.Tuzning 250C da to’yingan 220 gr eritmasida 20 gr tuz bo’lsa,shu tuzning eruvchanlik koeffitsiyentini aniqlang.
Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
4.Ayollarimiz ishlatadigan tilla buyumlar eritmaning qanday turiga misol bo’la oladi?
5.Suv havzalarini tozaligini saqlash uchun qanday takliflar bera olasiz?

7-Nazorat ishi.


Mavzu: Kislotalar, tuzlar mavzularini mustahkamlash.
Nazorat shakli: Test.
1.Kislotalarning umumiy formulasi berilgan qatorni toping.
A) H2K B) H2S C) H3N D) H2O
2.Kislotalar tarkibidagi kislorodiga ko’ra nechaga bo’linadi?
A) 3 ga:kislorodli, kislorodsiz, aralash. C) 3ga: asosli, kislorodli, kislorodsiz.
B) 2 ga:kislorodli, kislorodsiz. D) to’g’ri javob yo’q
3.Qaysi holatda sulfat kislotani suyultirish to’g’ri berilgan?
A) B) C) D) A va B
4.Oshqozon shirasi tarkibidagi kislotani aniqlang.
A) H2SO4 B) HCl C) H2S D) HNO3
5.Fenolftalein kislotalar eritmalarini qanday rangga bo’yaydi?
A) ko’k B) qizil C) rangsiz D) yashil
6.Qattiq kislotalar berilgan qatorni toping.
A) H3PO4 , HCl B) HCl, H2S C) H3PO4,H3BO3 D) HNO3, H2SO4
7.Sulfat kislotaning ekvivalenti nechaga teng?
A) 32,7 g/ekv B) 49 g/ekv C) 98 g/ekv D) 63 g/ekv
8.Qaysi elementlar kislotalardan vodorodni siqib chiqara olmaydi?
A) Cu, Ag B) Hg,Au C) Pt,Ag D) barcha javoblar to’g’ri
9.,,Tutovchi’’ kislotalar berilgan qatorni toping.
A) HNO3, HCl B) HCl, H2S C) H3PO4,H3BO3 D) HNO3, H2SO4
10.O’rta tuz berilgan qatorni toping.
A) NaCl B) KHSO4 C) KAl(SO4)2 D) K3[Fe(CN) 2]
11.NaHCO3 qaysi tuz turiga kiradi?
A) kompleks tuz B) nordon tuz C) asosli tuz D) qo’sh tuz
12.Qaysi tuz tibbiyotda fiziologik eritma sifatida ishlatiladi?
A) KCl B) NaCl C) CaCO3 D) K2SO4
13.Marmar qaysi konlardan qazib olinadi?
A) Oqqal’a, Qizilqum B) Nurota va G’azg’on
C)Tubokent, Borsakelmas D)Qoraqat,Qizilqum
14. 2 gr KOH tutgan eritmani neytrallash uchun necha mol xlorid kislota kerak?
A) 0.05 mol B) 0.02 mol C) 0,036 mol D) 0,1mol
15.Quyidagi kislotalarning qaysi birida kislota hosil qilgan elementning valentligi IV ga teng?
A) H2SO4 B) H2SO3 C) HNO3 D) H4P2O7
16. 5 gr CaCO3 qizdirilganda necha gr CaO olinadi?
17.H2SO4 ning struktura formulasini yozing.
Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
18. Qanday tuzlar haqida eshitgansiz?
19.Qanday kislotalarni kundalik hayotda nima maqsadda ishlatamiz?

8 - Nazorat ishi.


Mavzu:Anorganik birikmalarning eng muhim sinflariga oid bilimlarni umumlashtirish.
Nazorat shakli: Tajribaviy masalalar yechish.
I-variant
Tajriba.50 gr 10 % li NaCl eritmasini tayyorlash.
Bunda eritmani tayyorlash uchun kerak bo’ladigan tuz va suvning massasini hisoblab toping. So’ngra texnik tarozida tuzni o’lchab olib, stakanga soling, ustiga kerakli suvni menzurkada o’chab olib quying, so’ngra shisha tayoqcha yordamida yaxshilab aralashtiring. Hosil qilgan eritmangizni o’qituvchi bergan idishga quyib, eritmaning nomini va konsentratsiyasini yozib qo’ying.
Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
O’zingiz kundalik turmushda qanday eritmalarni tayorlagansiz?
II-variant
Tajriba. Neytrallanish reaksiyasi.
Chinni kosachaga 3 ml kaliy ishqori eritmasidan quying.unga lakmus qog’ozini botiring va eritmaning rangiga e’tibor bering. Eritmadan lakmus qog’ozini olib, ustiga tomchilatib sulfat kislota eritmasidan quying hamda shisha tayoqcha yordamida doimo aralashtirib turing. Hosil bo’lgan aralashmani spirt lampasi yordamida qizdiring va suv bug’lanib bo’lgach, tuzni ko’zdan kechiring. Reaksiya tenglamasini va tajriba xulosalarini yozing.
Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
Yana qanday neytrallanish reaksiyalarini bilasiz?
Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə