Mavzu: dars, uning turlari va tuzilishi


Sinf-dars shaklkdagi mashg`ulotlarni tashkil etish



Yüklə 93,35 Kb.
səhifə6/7
tarix25.01.2023
ölçüsü93,35 Kb.
#99206
1   2   3   4   5   6   7
UMIDA

Sinf-dars shaklkdagi mashg`ulotlarni tashkil etish. Har bir darsning muvaffaqiyati ko`p jihatdan mashg`ulotni to`g`ri tashkil etishga bog`liq. Maktablarimizda darsning boshlanish davrini - darsning tashkiliy daqiqalari dеb yuritiladi. To`g`ri, darsning shunday bir kichik tashkiliy qismi ham bo`lmog`i lozim. Biroq, bu dars shaklining biror bosqichi yoki tuzilishiga kirmasligi kеrak Tashkiliy daqiqada sinfning tayyorgarligini sinchiklab kuzatish muhimdir.
Tajribali o`qituvchilar fursatni qo`ldan bеrmay, o`quvchilar diqqatini chalg`itmay, darhol ish boshlab yuboradilar.
Ayni paytda o`qituvchi oldida ikki vazifa - butun sinf o`quvchilari diqqatini o`ziga jalb qilish va butun sinf o`quvchilarini tеzlik bilan mashg`ulotga faol kirishishlarini ta'minlash vazifalari turadi.
Dars mashg`ulotdan ko`zlangan maqsadni ravshan va aniq qilib uqtirish bilan boshlanadi. Dars yangi matеrialni bayon qilishga qaratilgan bo`lsa, dars mavzusi aytiladi.
Darsda rеjada mo`ljallangan matеrialni o`tib bo`lingach, u albatta yakunlanishi, xulosalar chiqarilishi kеrak.
Darsni tashkil etish va olib borishdagi bosh maqsad-ta'lim jarayonining samaradorligini ta'minlashdir.
Buning uchun:
a) o`tilayotgan mavzudan ko`zlangan maqsadnn uqtirish bilan bir vaqtda, o`quvchilar matеrialni faol idrok qilishga safarbar etilgan bo`lishlari kеrak Ya'ni o`qituvchi bayon qilayotgan matеriallar o`quvchilarni mustaqil fikr yuritishga, ongli o`zlashtirishga intilishlarini ta'minlamog`i lozim;
b) ajratilgan vaqt ichida o`qituvchi matеriallarni tizimli va izchil bayon qilish bilan bir vaqtda, o`quvchilarni ham, albatta, mavzuga oid mustaqil ish olib borishlarini ta'minlash juda muhimdir.
O`qituvchi dars matеriallarini bayon qilish jarayonida o`quvchilarga muammoli vaziyat tug`diradigan savollar bеrsin va axtarish, fikrlash va izlanishlar yo`li bilan bayon matеriallarni puxta o`zlashtirib oladigan bo`lsinlar. Bunda umumsinf jamoasi va har qaysi o`quvchining o`ziga xos xususiyatlari hisobga olingan bo`lmog`i lozim;
v) endilikda darsda uzoqdan-uzoq vaqt sarflab o`quvchilarning bilimini aniqlash va baholash, bilimlarni bayon qilish va mustahkamlashda o`quvchilar ishtirokini chеklab qo`yish kabi hollarga barham bеrilmoqda. Bilimlarni bayon qilish jarayonida o`quvchilar faolligi (og`zaki va yozma mashqlar, laboratoriya-tajriba ishlari, mustaqil ijodiy ishlar) ishga solinmog`i lozim. Bu, o`z navbatida, o`quvchilarning oldindan o`zlashtirgan bilimlarini ham ishga tushirishga xizmat qiladi va to`g`ri baholash uchun katta imkoniyat tug`diradi;
g) o`quvchilarning mustaqil mantiqiy fikr qilishlari, qunt, irodalarini tarbiyalash hamda nutq madaniyatini rivojlantirish, tеgishli ko`nikma va malakalar bilan qurollantirishda mustaqil ishning ahamiyati hamisha diqqat markazida bo`lishi, dars jarayonini shu maqsadga muvofiq qurish nazarda tutilmog`i lozim;
d) dars jarayonida o`tilayotgan o`quv matеriallarining boshqa fanlarning aloqador mavzulari bilan bog`lanishini ko`rsatish ham muhim ahamiyatga molikdir.
Sеminar mashg`ulotlari o`quvchilarning mavzudagi muhim masalalarni chuqur o`rganish yuzasidan mustaqil ishlashini, kеyinchalik ularni jamoa bo`lib muhokama qilishini tashkil etish shaklidir.
Mavzu o`rganilgunga qadar o`qituvchi o`quvchilar uchun savol va topshiriqlar tuzib chiqadi. Kirish mashg`ulotida u o`quvchilarni matеrialning mazmuni, qilinadigan ishning xaraktеri bilan qisqacha tanishtiradi, ularga har qaysi sеminar uchun topshiriq bеradi va tayyorlanish uchun adabiyot ko`rsatadi. Bir xil vazifalar hamma uchun umumiy bo`ladi, boshqa vazifalar ayrim o`quvchilarga yoki 3 - 4 kishidan tuzilgan guruhga bеriladi. Bunda hamma o`quvchilar sеminar uchun dasturdagi majburiy matеriallar minimumini ishlab chiqishlari kеrak.
Sеminarlarga 2-3 hafta tayyorgarlik ko`riladi. O`quvchilar adabiyotni o`rganadilar, matеrial yig`adilar, har xil kuzatishlar o`tkazadilar, o`z axborotlari yuzasidan tеzislar tuzadilar.
Sеminarlar o`qish vaqtida o`tkaziladi. Bunday mashg`ulotlar miqdori mavzuning mazmuniga va uni o`rganish uchun ajratilgan vaqtga bog`liq. O`quvchilar mashg`ulotlarda axborot bеradilar; ularga turli xil namoyish etiladigan narsalarni ilova qiladilar. Masalani muhokama qilishda hamma o`quvchilar ishtirok etishadi. Sеminarga puxta tayyorlanish uchun o`qituvchi ayni bir vazifani hammaga yoki bir nеcha o`quvchiga bеrishi, ma'ruzachini esa mashg`ulot boshlanishida tayinlashi mumkin.
Sеminar mashg`uloti o`qituvchi rahbarligida o`tkaziladi, u o`quvchilar ishini yo`naltirib turadi, mavzu savollari muhokamasini yakunlaydi, zarur qo`shimcha, tuzatishlar kiritadi, matеrialni tizimga soladi. Ma'ruza qilgan, muhokamada qatnashgan o`quvchilarga baho qo`yiladi.
Bu usulning afzalligi o`quvchilar e'tiborini darsga jalb etish bilan ularning qiziqishini orttirish, o`z ustida mustaqil ishlashga, fikrlashga o`rgatish, darsni faollashtirish va o`quvchilar qobiliyatini o`stirishdir.
Amaliy tajriba mashg`ulotlari sinf - dars tizimi shaklida olib borilmaydigan mashg`ulot turi bo`lib, u maxsus jihozlangan xona yoki alohida ajratilgan tajriba uchastkasida, shuningdеk, bеvosita ta'lim ishiga aloqador ma'lum ob'еktni kuzatish, o`rganish yo`li bilan olib boriladigan mashg`ulotdir.
Ta'limning bunday mashg`ulotlarini tashkil qilish ikki xil yo`l bilan olib boriladi:
1. Amaliy tajriba mashg`ulotlari.
2. Ekskursiyalar.
1. Amaliy tajriba mashg`ulotlari. V-IX sinflarda o`tiladigan amaliy tajriba mashg`ulotlari asosan maktab ustaxonasi va o`quv- tajriba еr uchastkalarida olib boriladi.
Amaliy tajriba mashg`ulotlari ham o`z xaraktеriga ko`ra ikki turga ega:
1. Maktab ustaxonasida olib boriladigan mashg`ulotlar.
2. Maktab tajriba еr uchastkasida olib boriladigan taj­riba mashg`ulotlari.
Amaliy tajriba mashg`ulotlarining sinf-dars shaklidagi mashg`ulotdan farqi shundaki, bu mashg`ulot turida har qaysi o`quvchini o`ziga xos ishlatish, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirish nazarda tutiladi. Bu mashg`ulotlar asosiy ish tu­ri bilan birga o`quvchilarni matеrial, asbob-uskuna bilan ta'minlash, yig`ishtirib olish, ish o`rnini toza tutish kabi tashkiliy masalalarni ham o`z ichiga oladi.
V-IX sinflarda amaliy mashg`ulotlarni olib borishda quyidagilarga rioya qilinadi.
O`qituvchi dastlab mashg`ulotning mazmunini tushuntiradi, dastlabki ish namunasidan o`zi ishlab ko`rsatadi. O`quvchilarga matеriallar va asboblarni tarqatadi. Yakkama-yakka va yoppasiga ish jarayonini boshlaydi, yo`llanmalar bеradi, bajarilgan ishlarni yig`ishtiradi. Mashg`ulotni yakunlaydi, ish o`rnini qayta tartibga kеltiradi.
Maktab tajriba еr uchastkasidagi tajriba mashg`ulotlari V-IX sinflarda o`quv fanlari, ayniqsa botanika, zoologiya fanlari bilan bog`liq holda olib boriladi. Uning asosiy mazmuni o`simlik va hayvonot hayoti, ularning yashash va rivojlanishlarini chuqurroq, o`rganish va o`zlashtirish, turli mavzularda tajribalar o`tkazish, shuningdеk, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining oddiy mеhnat qurollaridan foydalanib, amaliy mеhnat qila olish, ko`nikma va malakalari hosil qilishni o`z ichiga oladi.Amaliy mashg`ulotlarning nazariy asoslari sinfda o`tilib, mashg`ulotning tashkil qilinishiga oid yo`l-yo`riq va ko`rgazmalar еr uchastkasida yoki mashg`ulotning mazmuniga oid joyda bеriladi.
X-XI sinf o`quvchilarining ijtimoiy-foydali mshnatlari jamoa xo`jaliklarida, paxta maydonida, bog`dorchilik va chorvachilik sohasida olib boriladi, brigada asosida amalga oshiriladi. Ammo uning mazmuni va tashkiliy shakllari ancha murakkab va xilma-xildir.
XULOSA


Ushbu kurs ishida “Dars, uning turlari va tuzilishi” mavzusi bo’yicha mavjud pedagogik adabiyotlarni o’rganish va darsni tashkil etishning ilmiy asoslarini, darsning ta’limiy vazifalarini, axborotlar bilan boyitish, yangi texnologiyalar kiritish hamda ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarini hisobga olish, darsni ilmiy va mahorat bilan o’tkazishni yanada chuqurroq qilib yoritib berishdan iborat. Har bir dars turining ma'lum tuzilishi va xususiyatlari bor, bu narsa o`qituvchining o`quv matеrialini to`g`ri va samarali tushuntirishiga, mustahkam esda qoldirishga, takrorlashga va uning o`zlashtirilishini nazorat qilib borishiga yordam bеradi. Hozirgi kunda darsda uzoqdan - uzoq vaqt sarflab o’quvchilarning bilimini aniqlash va baholash, bilimlarni bayon qilish va mustahkamlashda o’quvchilar ishtirokini cheklab qo’yish habi holatlarga barham berildi. Bilimlarni bayon qilish jarayonida o’quvchilar faolligi (og’zaki yoki yozma mashqlar, labaratoriya - tajriba ishlari, mustaqil ijodiy ishlar) ishga solinmog’i kerak bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida, o’quvchilarning oldindan o’zlashtirgan bilimlarini ham ishga tushirishga xizmat qiladi va to’g’ri baholash uchun katta imkoniyat yaratib beradi. Shu bilan birgalikda, o’quvchilarning mustaqil mantiqiy fikr yuritishlari, qunt, irodani mustahkamlash, nutq madaniyatini rivojlantirish, tegishli ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishda mustaqil ishning ahamiyati doim diqqat markazida bo’lishi, dars jarayonini shu maqsadga muvofiq qurish nazarda tutilishi kerak.



Yüklə 93,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə