Tabiat borlig'i
odatda
tabiatdagi narsalar (jismlar), jarayonlar, holatlar borlig'i sifatida
tushuniladi. U ikkiga bo'linadi: azaliy tabiat borlig'i (yoki tabiiy tabiat
borlig'i, u insondan ilgari va uning ishtirokisiz ham mavjud bo'lgan) va
odam mehnati bilan ishlab chiqarilgan narsalar borlig'i («ikkinchi tabiat»
borlig'i, ya'ni madaniyat). ikkinchi tabiat borlig'i esa, o'z navbatida,
quyidagi ko'rinishlarda uchraydi:
-
inson borlig'i
(insonning narsalar olamidagi borlig'i va
odamning
o'ziga xos bo'lgan insoniy borlig'i);
-ma'naviy borliq
(individuallashgan va ob'ektivlashgan ma'naviy
borliq);
-
sotsial borliq
(ayrim odamning tarixiy jarayondagi borlig'i va
jamiyat
borlig'i), u ijtimoiy borliq ham deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: |