Mavzu: Bolalar ovozi va uning rivojlantirish bosqichlari haqida ma’lumot bering



Yüklə 46,4 Kb.
səhifə5/7
tarix11.10.2023
ölçüsü46,4 Kb.
#127074
1   2   3   4   5   6   7
Bolalar ovozini va uning rivojlantirish bosqichlari

Soz va ansambl. Eng muhim malaka – xor bo‘lib kuylashda kuyning to‘g‘ri va sof intonatsiyasi, ya’ni sozdir. Bu malakani rivojlantirishga qaratilgan usullar musiqiy-eshituv tasavvurini shakllantirish bilan juda uzviy bog‘langan. Quyidagi metodlarni qo‘llash mumkin, jumladan:
- kuylashdan oldin «sozlanish»
– o‘qituvchi birinchi tovushni cho‘zib kuylaydi va bolalar qaytaradilar;
- qo‘shiq kuydagi ma’lum bir tovushda ko‘pincha oxirgi tovushda o‘qituvchining ko‘rsatmasiga binoan «ushlanib qolish» va uning jaranglashini eshitish;
- qo‘shiqni o‘rganishdan oldin turli tonalliklarda mashqlarni, qo‘shiqning murakkab intervallarini sof kuylashga erishgan holda ijro etish;
- ancha kengroq diapazonga ega bo‘lgan bolalar bilan qo‘shiqni balandroq tonallikda ijro etish;
- bolalarda musiqiy-eshituv tasavvurini o‘stirishga qaratilgan mashqlar, jumladan kuyning harakati, baland-past tovushlarga e’tiborini tortishga o‘rgatish;
- eshituv tasavvurini chuqurlashtirish maqsadida qo‘l harakatlari, kuyning chizma tasviri, nota yozuvlari, dirijyorlik ifodalaridan foydalanish;
- jo‘rsiz kuylash metodidan foydalanish.
Ansambl fransuzcha-ansamble - birgalikda ma’nosini bildiradi jamoa ijrosidagi intonatsion, bir uslubda tovush hosil qilish, ritmik, dinamik, temp uyg‘unlik birligi, qo‘shiqni bir vaqtda boshlab, bir vaqtda tugatish malakalaridan iboratdir. Ansambl ustida ishlaganda bolalarda mas’uliyat hissini, kuylash jarayonida o‘zini va o‘rtoqlarining ovozini eshita olish, nazorat qilish, tovush sifatini tahlil qilishga odatlantirib borish lozim. Soz malakasi ansamblning vujudga kelishida asosiy omildir. Qo‘shiqlarning badiiy ijrosida soz va ansamblning uyg‘unligi vositasida erishish mumkin. Sozning sifatiga o‘quvchilarning umumiy emotsional holati ta’sir etadi. O‘qituvchi o‘quvchilardan vokal-xor malakalarini rivojlantirish ustida ishlar ekan, musiqa darslariga muntazam qiziqishni o‘stirishi, ularda ovoz gigienasi, hamda qo‘shiqlarning ijroviy darajasi va mazmuni berilgan sinf uchun mosligiga doimo e’tibor berishi lozim.

Yüklə 46,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə