Mavzu: Biznes va uning turlarini davlat tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash siyosati reja: Kirish


Moliya - kredit vositasida qo’llab - quvvatlash. Kadrlar bilan ta’minot



Yüklə 51,97 Kb.
səhifə5/13
tarix20.10.2023
ölçüsü51,97 Kb.
#128385
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
12 Mavzu Biznes va uning turlarini davlat tomonidan ijtimoiy-iqtis

3.Moliya - kredit vositasida qo’llab - quvvatlash. Kadrlar bilan ta’minot.
Biznesning asosini, shuningdek uning kichik ko'rinishlarini moliyaviy sarmoyalar va moliyaviy zaxiralar tashkil qiladi. Xo'jalik yurituvchi sub'ektning moliyaviy zaxiralarini uning ixtiyorida bo'lgan pul vositalari tashkil qiladi.
Faqatgina, unchalik ko'p bo'lmagan yangi ish boshlagan tadbirkorlar o'z ishlarini o'zlari moliya bilan ta'minlaydilar. Ko'pchilik kishilar oz miqdorda bo'lsa ham tashqi manbalarga muhtoj bo'ladilar.
Moliyaviy resurslarning 4 ta toifasi mavjud bo'lib ularda quyidagilar:
1. Savdo krediti. Bu turdagi “Pul” to'g'ri ma'noda zayom vositasi hisoblanmaydi. Haqiqatdan bu tovarlar qiymati hisoblanadi. Uni sizning etkazib beruvchilaringiz sizga pul to'lamasdan qarz qilib beradilar va qarzni eslatilgan muhlatlarda to'lash sharti bilan.

  1. Qisqa muddatli kredit. Banklar va boshqa kredit beruvchilar, bu kabi kreditlar

maxsus maqsadlar-muddatli kreditlar ehtiyoj sifatida kelgusi mavsumda sotish uchun beriladi. Bu kabi kredit uchun qarz bir yilga etmasdan uziladi.

  1. Uzoq muddatli kredit. Bu zayomlar bir yildan ortiq muddatga korxonani kengaytirish yoki takomillashtirish uchun beriladi.

  2. Aktsiyanerlar kapitalda investorning qatnashishi. Bu kabi resurslar qaytarilmaydi. Siz vositalarni olasiz va foydaning bir qismini investorga berasiz. Boshqacha qilib aytganda, siz o'z korxonangizning bir qismini sotasiz.

Iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida bo'lgani kabi tadbirkorlik sohasida ham kadrlarning o'rni beqiyosdir. Shu sababli tadbirkorlik faoliyatida ham kadrlar ta'minotini va ularning strategiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.
Kadrlar siyosati va boshqarish san'ati bu xalq xo'jaligida eng yaxshi boshqaruv kadrlarini uzoq muddatga tayyorlashdir. Kadrlar siyosati korxonalarda, firmalarda, korporatsiyalarda mutaxassislarni qayta tayyorlash, uzoq muddatli dasturlarda ishlab chiqariladi.
Xulosa
Tadbirkorlik deganda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (xizmatlar ko'rsatish) yo'li bilan tavakkal qilib, o'z mulkiy javobgarligi asosida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyati tushuniladi.
Tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanishi uchun iqtisodiy, siyosiy,
ijtimoiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratilgan bo'lishi lozim. Tadbirkorlik
ijtimoiy munosabatlar namoyon bo'lishining shakllaridan biri sifatida faqat jamiyatning salohiyatini oshirishga ko'maklashib qolmay, balki har qanday insonning qobiliyati va mahoratini namoyon etish uchun qulay zamin yaratadi, milliy boyliklarning ko'paytirish va jahon integratsiyalashuvi jarayonida milliy ruhni saqlab qolishga yordam beradi. Shuning uchun tadbirkorlikni rivojlantirish va uning huquqiy bazasini mustahkamlashga davlat tomonidan katta e’tibor berilmoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlikni har tomonlama qo'llab- quvvatlash tizimi yaratilib, u qonunlar, Prezident Farmonlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarini o'z ichiga oluvchi tegishli me'eriy- huquqiy xujjatlarga asoslanadi. O'zbekiston xususiylashtirishdan olingan barcha mablag'lar byudjetga emas, balki xususiylashtirilgan korxonalari qo'llab- quvvatlashga, tadbirkorlik va bozor tarkiblarini rivojlantirishga yo'naltirilgan yagona davlatdir.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning tajribasi shundan guvohlik beradiki, uzoq davom etadigan iqtisodiy inqiroz muhitida asosan iste'mol tovarlari ishlab chiqaradigan mayda korxonalar yirik korxonalarga nisbatan kamroq jabrlanadi. Shuning uchun bizning mamlakatimizda kichik tadbirkorlikni qo'llab- quvvatlash dasturini ishlab chiqilib, ularni rivojlantirishga aloxida ahamiyat berilmokda.
Kichik va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo'llab-kuvvatlash tadbirlari qonuniy-huquqiy ta'minot, moliyaviy kredit ta'minoti, sug'urta bilan ta'minlash, tashqi iqtisodiy faoliyatini qo'llab-quvvatlash shakllarida amalga oshiriladi.


Yüklə 51,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə