Mavzu: 2-sinfda musiqa o‘qitish metodikasi va mazmuni. Reja


Ikkinchi sinf qo‘shiq repertuari tavsifi



Yüklə 39,05 Kb.
səhifə4/5
tarix11.10.2023
ölçüsü39,05 Kb.
#127051
1   2   3   4   5
2-sinfda musiqa o‘qitish metodikasi va mazmuni

Ikkinchi sinf qo‘shiq repertuari tavsifi. Umumta’lim maktablarida 2-sinf o‘quvchilari intilishlari, qobiliyati va qiziqishini hisobga olgan holda qo‘shiq repertuarini tanlash maqsadga muvofiqdir. Boshlang‘ich sinflarda musiqa madaniyati darslarini o‘qitish davrida o‘quvchilarni go‘zallikni xis eta oladigan, musiqaga mehr va xavas bilan qaraydigan, milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan barkamol inson qilib tarbiyalash asosiy maqsad qilib qo‘yildi. Chunki, maktabda musiqa ta’limining asosiy maqsadi o‘quvchilarda «musiqa madaniyatini» tarkib toptirishdir. Musiqa madaniyati darslarida musiqa faoliyatlari oddiydan - murakkabga qarab borish prinsipi asosida ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirilishi lozim. Bosh-lang‘ich, ya’ni 1-4 sinflarda qo‘shiq repertuarini tanlash orqali quyidagi vazifalarni amalga oshirish nazarda tutiladi:

  • tanlangan asarlar orqali o‘quvchilarni musiqiy qobiliya-tini, ya’ni musiqiy uquvi, ritmi, tuyg‘usi, diqqati, xotirasi nutqini o‘stirish.

-o‘quvchilarni milliy musiqamizga, ona Vatanga, tabiatga muhabbat, go‘zallikni xis etish tuyg‘usini tarbiyalash.

  • o‘quvchilarni mehnatga, o‘qishga, hayotga o‘z-o‘zini va atrofdagilarni xurmat qilish, o‘zgalar mehnatini kadrlashga o‘rgatish.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, har bir darsga ijodiy yondoshib, yangi dastur talablariga muvofiq dars o‘tishi lozim. Musiqa fanidan bir yilda ikki marta yarim yillik taxminiy mavzuli ish reja konspekt tuziladi. Bunday o‘quvchilarni ovoz dipazoni, musiqaga qiziqishi va qobiliyati, yil fasllari, bayramlar yil, chorak, dars mavzulari hisobga olinib, yangi dasturdan foydalanib dars tuzilishi asosida tuziladi.
Qo‘shiqlarni tinglash uchun asarlarni o‘quvchilar istagi va yangi zamonaviy qo‘shiqlar bilan dars rejasiga mos keladigan asarlarga o‘zgartirish mumkin. Musiqa darslari asosan bir xaftada bir soat o‘tiladi. Shuningdek, har bir o‘quv yilida 12-14 asarlar tinglanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari asosan bir ovozli qo‘shiqlarini kuylashadi. Ikkinchi sinfning ikkinchi yarmidan boshlab bir ovozlik elementi bor qo‘shiqlar kiritilgan. Shunga ko‘ra oddiydan-murak-kabga prinsipi asosida musiqiy asarlar tanlanadi. Qo‘shiqlarni o‘rgatish jarayonida pala-parpartish, shoshma-shosharlik bilan o‘rgatish, o‘quvchilarda beparvolik xissini uyg‘otadi, aksincha yaxshi ijro etilgan, mazuni tusho‘ntirib o‘rgatilgan qo‘shiqlar chuqur ijobiy taassurot koldiradi. Takrorlash «Bilimlar onasi» deydi dono xalqimiz. Qo‘shiqlarni mukammal o‘zlashtirish uchun vaqti-vaqti bilan takrorlab turish lozim. Har bir bola qaysi kasbni tanlashdan kat’iy nazar, musiqani, musiqa va qo‘shiqlar, o‘quvchilar hayotini nafaqat bezaydi, ayni paytda unga tantanovar sho‘xchanlik, bayramona qayfiyat baxsh etadi. Shunday qo‘shiqlar borki, hayotni yanada boyitishga va yaxshilashga xizmat qiladi - deydi mutafakkirlarimiz. Bunga misol qilib, «Bolalar va g‘ozlar» J.Najmiddinov musiqasi, «Maktabim» F.Nazarov musiqasi, «Xakkalar» N.Norxo‘jaev musiqasi, «Paxta oy» F.Nazarov musiqasi singari qo‘shiqlarni misol keltirish mumkin. Dasturda berilgan barcha qo‘shiq repertuarlari Davlat ta’lim stan-dartlari talablariga to‘liq javob bera oladi. Musiqa o‘qituvchisi o‘ziga talabchan inson bo‘lishi, erishgan muvoffakiyatlardan kifoyalanib kolmasligi kerak. Shunday musiqa o‘qituvchisigina yaxshi tashkilotchi faol jamoatchi, o‘z kasbini, bolalarni yaxshi ko‘radigan malakali mutaxasis bo‘lishi lozim. Musiqa madaniyati darslarida o‘rgatila-digan qo‘shiqlar repertuarida foydalanganda musiqa o‘qituvchisi, o‘quvchilarni psixo-logik xarakterini, ovozini, qiziqishini asta-sekin o‘rganib borishi, iqtidorli o‘quvchi-larni sinfdan tash-qari to‘garaklarga taklif qilishi, musiqa uquvi bo‘sh bo‘lgan bolalar bilan esa, yakka tartibda va dars jarayonida ish olib borish, toshiriqlar berishi lozim. DTS musiqa dasturida berilgan qo‘shiqlar repertuari ilmiy, zamonaviy, mumtoz, o‘quvchi-lar yoshiga, ovoz diapazoniga mos asarlar bo‘lib mazmunan tarbiyaviy, ta’limiy, rivoj-lantiruvchi harakterga ega. Ya’ni, bu qo‘shiqlar mazuniga Ona - Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga, urf-odatlarimizga, xurmat tuyg‘ulari aks ettirilgan. Masalan: «Diyor madxi» N.Norxujaev musiqasi, «Oy vatanim» Sh.Yormatov musiqasi, «Sog‘lom avlod qo‘shig‘i» Sh.Yormatov musiqasi, «Biz askarmiz» N.Norxo‘jaev musiqasi, «Ochil paxtajon» F.Nazarov musiqasi, «Nisholda» D.Omonullaeva musiqasi, «Qadim Turon» N.Norxo‘jaev musiqasi kabi qo‘shiqlar shular jumlasidandir. «Oy bo‘lamiz toy bolamiz» qo‘shig‘i X.Raximov musiqasi, S.Barnoev qalamiga mansub. Ushbu asarda bolalar kelajakda Amir Temur bobolaridek botir, qo‘rqmas, jasur bo‘lishlari haqida kuylanadi. Yigitlar Alpomishdek qizlar Barchindek zukko, bilimdon bo‘lib voyaga yetishlari, ona -Vatanga mehr - muhabbatli, sodiq, mard o‘g‘lon bo‘lib xizmat qilishlari haqida madh etiladi. Bu qo‘shiq kuplet shaklida. Qo‘shiq raqs harakterida, tez sur’atda ijro etiladi. Fa major tongligida. Bu qo‘shiqlar komil insonni tarbiyalashda uning qobiliyatini, didini o‘stirishda musiqaga muhabbat tuyg‘ularini rivojlantirishga xizmat qiladi. Musiqa madaniyati darslarida kuyilgan asosiy metodik talab - olingan musiqiy bilimni bevosita amalda qo‘shiq kuylash, musiqa tinglash faoliyatlarida qo‘llashdan iboratdir. O‘quvchilarga o‘rgatiladigan qo‘shiqlar repertuari murak-kabligiga qarab 2-3 soat o‘rgatiladi. Berilgan mavzularni oson o‘zlashtirish uchun qo‘shiqni ifodali ijro etib borish, mavzu asosida rasmlar chizish, ularni taxlil qilish, texnik vositalardan foydalanish, qo‘shiqni magnitafonda tinglash, tarqatma qo‘llanmalardan yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish talab etiladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini qo‘shiq kuylaganda ovoz apparatlariga ziyon yetmaslik uchun ularning ovoz diapazonlarini o‘qituvchi yaxshi bilishi kerak. Dasturdagi qo‘shiqlarlar repertuari har bir sinf uchun alohida berilgan. Qo‘shiqni o‘rgatishdan oldin maxsus yaqqol har xil mashqlardan foydalanish tavsiya etiladi. Darsdan tashqari tashqil etaladigan turli tadbirlarda faol ish-tirok etish uchun o‘quvchilarni muntazam ravishda tayyorlab borish kerak. Buning uchun o‘quvchilarni musiqa madaniyati darslarida ijrochilik mahoratini takomillashtirib borish va ularni o‘zaro uyg‘o‘nlashishini mutahkamlashda ba’zan «Sinf sahnasiga» chiqish kuylatish yaxshi natija beradi. Qo‘shiq-ni to‘liq o‘rganib bo‘lgandan so‘ng 2-3 darsdan so‘ng yoki chorak oxirida «dars konsert» o‘tkazish tavsiya etiladi. Sahnaga chiqish sinfdagilar orasida o‘z o‘rnini topish, kuylaganda bir-birini his qilish va o‘z joyiga borib o‘tirish kabi sahna madani-yatiga qat’iy amal qilish, o‘quvchilarni o‘zaro munosabatiga va xulqiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. «Sahnada» kuylash o‘quvchilar-ning repertuaridagi qo‘shiqlarni qay darajada o‘rganib olgan-larini anglash, asarning ayrim jumlalarini «pishitib» olishga va qo‘shiqni tantanali sharoitda namoyish qilish imkonini beradi. «Sinf konserti» o‘quv-chilar uchun cheksiz quvonch baxsh etadi. Darsni sifatli va qiziqarli olib borish uchun noan’anaviy dars shakllarini musiqiy viktorinalarning ahamiyati katta. Bunday o‘quvchi-lar bilan turli mazmunli o‘yinlar o‘tkazish yaxshi natija beradi. Sinfdan-sinfga o‘tishda bolalarda fanni o‘zlashtirish oson kechishi uchun bosqichlararo uzluk-sizlikni va faoliyatlararo uzviylikni ta’minlash pedagogika fanining eng muhim tamoyillaridan biridir.


  1. Yüklə 39,05 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə