Gipnotik uyqu boshqa odam yoki gipnozchining har xil so'zlari va harakatlari ta'sirida yuzaga keladi. Bunda gipnozlangan odamning bosh miya yarim sharlarining po'stloq qismidagi nerv markazlarining hammasi emas, balki malum qismi tormozlanadi. Shuning uchun ^ipnoz holatidagi odamda fikrlash, ong kabi oliy nerv faoliyatiga xos xususiyatlar vaqtincha yo'qoladi, lekin harakatlanish, gapirish qobiliyati saqlanadj^ Shu tufayli u gipnozchining buyruqlarini, topshiriqlarini bajaraveradi, ya'ni yur desa yuradi, o'tir desa oliradi, ashula ayt desa aytadi.