Mavzu : navoiy ridona g`azallarini yodlash va ularni g`oyaviy –badiiy jihatdan tahlil qilish



Yüklə 101,09 Kb.
tarix17.06.2023
ölçüsü101,09 Kb.
#117609
18 NAVOIY RIDONA GAZALLARI

UrDU Filologiya fakulteti Filologiya va tillari o`qitish : o`zbek tili yo`nalishi 202-guruh (sirtqi) talabasi Karimberganova Faxrinisoning Navoiyshunoslik fanidan mustaqil ta`limi

MAVZU : NAVOIY RIDONA G`AZALLARINI YODLASH VA ULARNI G`OYAVIY –BADIIY JIHATDAN TAHLIL QILISH

  • Navoiyning oshiqona, orifona, rindona deya, nisbiy jihatdan tasnif etilgan lirikasida sof maʼnodagi ilmiy-maʼrifiy yoki taʼlimiy-irfoniy asarlar ham mavjud. Bunga uning gʻazallaridan va kichik lirik janrlardagi asarlaridan koʻplab misollar keltirish mumkin. Hazratning ushbu tarzdagi asarlarida maʼrifat tushunchasi izchil mazmun-mohiyatga ega boʻlgan holda, baʼzan tadrijli tarzda bayon etiladi.
  • Bizni chuqur mushohadaga chorlagan bir gʻazalda shoir haqiqat asroridan soʻz yuritar ekan, majoziy maʼnoda qoʻllaniladigan may, maʼshuqa, soqiy kabi badiiy timsollarga murojaat etmaydi. “Gʻaroyib us-sigʻar” devoniga kiritilgan mazkur gʻazalda hayot haqiqatini izlovchi, istovchi bilan (koʻngul, solik, doʻst, piri dayr) maʼrifiy suhbat quriladi. Gʻazal chuqur mushohadaviy, irfon asrori saboqlaridan iborat.
  • Ey koʻngul, yer-koʻk asosin asru bebunyod bil,
  • Ul kesakni suda koʻr, bu sahfani barbod bil.
  •  
  • “Ul kesak” – yer kurrasi, “bu sahfa” – koʻk, osmon. Demak, baʼzan abadiyga oʻxshab koʻringan hayot nihoyatda omonat, suvda erib, yoʻq boʻlib ketadigan kesakdan ham, yigʻib olinib, gʻijimlab tashlanadigan qogʻozdan ham xor, subutsiz ekan.
  • Gʻazalda oʻz davri ijtimoiy masalalariga, muammolariga munosabat toʻgʻridan-toʻgʻri bayon etilmaganligi bois, uni sof irfoniy mazmunga ega, dedik. Ammo, islom shariati va tasavvuf taʼlimoti shoir yashagan davrning yetakchi mafkurasi boʻlganligi ayon-ku. Shunday ekan, jamiyatning eng chuqur fikrlovchi aʼzolari – soʻfiylar tarbiyasiga kirishgan shoir, avvalo, oʻz ilmi, ijodi va pirlik faoliyati bilan jamiyat pokligi va barqarorligi uchun xizmat qiladi. Ushbu gʻazalida Navoiy pir sifatida namoyon boʻladi.
  • Navoiyning oʻz davri ijtimoiy hayoti masalalariga soʻfiyona nigoh bilan qay tariqa munosabat bildirganligi diqqatga sazovor. Maʼlumki, shoir ilmiy va badiiy ijodida, davlat arbobi sifatidagi ijtimoiy faoliyatida islom sarchashmalari boʻlmish Qurʼoni karim va Hadisi shariflardagi umumbashariy ilgʻor gʻoyalarga tayanadi, tasavvuf nazariyasi, uning ilmiy-gʻoyaviy asosi boʻlmish vujuduyun taʼlimotini chuqur oʻrganadi va targʻib etadi. Uning falsafiy-badiiy tafakkuri taraqqiyoti islom maʼnaviyatini keng idrok qilish va uni oʻz ijodiy hamda ijtimoiy faoliyatida targʻib etish gʻoyalari bilan bevosita bogʻliqdir.

Yüklə 101,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə