Mavzu : Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkiliy-uslubiy jihatlari Reja



Yüklə 24,67 Kb.
səhifə1/2
tarix26.10.2023
ölçüsü24,67 Kb.
#131740
  1   2
Byudjet Xisobi



Mavzu : Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkiliy-uslubiy jihatlari

Reja:

  1. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish

  2. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari

  3. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifalari

  4. Daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi nazorat qilinishi

  5. Byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobining schyotlar rejasini tayinlanishi va tuzilishi

Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning maqsadi, vazifalari va xususiyatlari Byudjet tashkiloti - zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog’liq bo’lgan o’z faoliyatini amalga oshirishi uchun Davlat byudjetidan mablag’ ajratish nazarda tutilgan va bu mablag’ moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadigan vazirlik, davlat qo’mitasi, idora, davlat tashkiloti.


Byudjet daromadlari – qonunchilikda belgilangan tartibga binoan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu juladan mahalliy organlar, ixtiyoriga beg’araz va qaytarib bermaslik shartlari bo’yicha kelib tushayotgan pul mablag’lari. Byudjet xarajatlari – davlat va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlarining vazifa va funktsiyalarini bajarish uchun yo’naltirilayotgan pul mablag’lari; davlat pul mablag’lari fondini taqsimlash va uni tarmoq, maqsadli va huquqiy yo’nalishlarda foydalanish yuuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar.
Byudjet tashkilotlari daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi bo’yicha byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar buxgalteriya hisobini O’zbekiston Respublikasining
Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi Qonuniga va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining uslubiy ko’rsatmalariga hamda boshqa me‘yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq tashkil qiladilar. Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralari, zarur hollarda, o’zlarining tizimidagi byudjet tashkilotlarda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda buxgalteriya hisobining umumiy qoidalarini qo’llash tartibi to’g’risida ko’rsatmalar ishlab chiqarishlari mumkin.
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishdan maqsad foydalanuvchilar (ichki, tashqi) ni daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni bo’yicha o’z vaqtida, to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlari bilan ta‘minlab berishdan iborat.
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • buxgalteriya hisobini amaldagi tegishli me‘yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etish;

  • byudjet tashkilotlarida byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lardan maqsadli foydalanishni ta‘minlash;

  • daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni muomalalarini hujjatlashtirish va hisob registrlarida aks ettirish;

  • byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi hisobvaroqlarida aktivlarning holati va harakati ,mulkiy qiymatlar va majburiyatlarning holati to’g’risidagi to’liq hamda aniq ma’lumotlarni shakillantirish;

  • byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi natijalarini shakllantirish;

  • byudjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma‘lumotlarini umumlashtirish va hisobotlarni tuzish;

  • buxgalteriya hisobini tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish va boshqalar.

Byudjet tashkilotlarida o’zaro hisob-kitoblar – qonunchilikka binoan alohida byudjetlarning parametrlariga o’zgartirishlar kiritilganda yoki ma‘muriy-huquqiy bo’linishlar, tashkilotlarning bo’ysunishi o’zgarganda byudjet ijrosi jarayonida yuqori va quyi byudjetlar o’rtasida vujudga keladigan munosabatlar. Daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi nazorat qilinishi – Byudjet tashkilotlarda har yili belgilangan tartibda byudjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali tuziladi va tasdiqlanadi. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi xarajatlar smetasi ijrosini ta‘minlab beradi. Bunda xarajatlarni iqtisodiy tasnifi asosida smeta doirasida xarajatlar moliyalanadi va amalga oshiriladi. Bulardan tashqari byudjetdan tashqari mablag’lar manbaalari (ta‘lim muassasalarida o’qitishning to’lov kontrakt shakli mablag’lari, byudjet tashkilotlari rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari, tibbiyot muassasalari moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari, byudjetdan tashqari boshqa mahsus mablag’lar) bo’yicha daromadlar va xarajatlar smetalari tuziladi va ijrosi amalga oshiriladi. Shuning uchun byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobini yuritishda smetalar ijrosi nazorat qilinadi. Davlat byudjetining kassa ijrosini tashkil etish, shuningdek uning davlat daromadlari va xarajatlarini hisobga olish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Makaziy banki bilan birgalikda amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning xududiy bo’linmalari Davlat byudjetining kassa ijrosi operatsiyalarini bajaradi. Byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlari ularning O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligida yoki uning xududiy bo’linmalarida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlaridagi byudjetdan ajratilgan mablag’lar qoldiqlari doirasida to’lov topshiriqnomalari bo’yicha amalga oshiriladi. Kassa va haqiqiy xarajatlar hisobini yuritilishi – Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar ijrosi jarayonida kassa va haqiqiy xarajatlar hisobi yuritiladi. Byudjet tashkilotlari tomonidan g’aznachilikdagi shaxsiy hisob varaqlardan xarajatlarni to’lab berilishi kassa xarajatlari ko’rinishida hisobda aks ettiriladi. Masalan ish haqi bo’yicha moliyaviy majburiyatlar to’lab berilganda ya‘ni tegishli soliqlar va ajratmalar o’tkazilganda xodimlar plastik kartochkalariga ish haqi o’tkazib berilganda yoki kassadan berilganda kassa xarajati ko’rinishida tegishli daftarlarda, hisobotlarda aks ettiriladi. Byudjet tashkilotlari tomonidan xarajatlar smetalari doirasida amalga oshirilgan lekin to’lab berilmagan xarajatlar haqiqiy xarajat ko’rinishida hisobda aks ettiriladi. Masalan smeta doirasida ish haqi hisoblangan lekin to’lab berilmagan yoki ish, xizmatlar ko’rsatilgan, tovarlar olingan lekin to’lab berilmagan xarajatlar haqiqiy xarajat ko’rinishida tegishli daftarlarda, hisobotlarda aks ettiriladi. Kassa va haqiqiy xarajatlar hisobini yuritish uchun alohida 294 - shakldagi daftar yuritiladi shuningdek hisobot hisobotlari shakllarida ham byudjet xarajatlarining iqtisodiy tasnifi bo’yicha axborotlar shakllantiriladi. Buxgalteriya hisobi va hisobotlarni me‘yoriy hujjatlarga qat‘iy amal qilingan holda yuritilishi - Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzish ―Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasining qonuni va boshqa bir qator qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Hukumati hamda Moliya vazirligining bir qancha me‘yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq olib boriladi. Shu bilan birga qonunchilikka muvofiq byudjetdan tashqari daromadlar aniq manbaalari bo’yicha shakllantiriladi va sarflanishi yo’nalishlari belgilanadi. Masalan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 414 – son ―Byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta‘minlash tartibini takomillashtirish to’g’risidagi qaroriga muvofiq byudjet tashkilotlari rivojlantirish jamg’armasi mablag’larini shakllantirishi manbaalari belgilangan. Shuningdek rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari birinchi navbatda kreditorlik majburiyatlarni tugatish yo’naltirilishi, agarda kreditorlik qarzdorlik mavjud bo’lmasa kamida 75 foizi moddiy texnika bazasini mustaxkamlashga, ko’pi bilan 25 foizgacha xodimlarni moddiy rag’batlantirishga yo’naltirilishi belgilangan. Buxgalteriya hisobini yuritishda yuqorida keltirib o’tilgan qonunchilik bilan belgilangan me‘yorlarga qat’iy amal qilinadi. Umuman byudjet tashkilotlarida hisobni tashkiliy, texnik, uslubiy jihatlari me‘yoriy-huquqiy hujjatlarga qat‘iy amal qilgan holda tashkil etiladi. ―Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun (Yangi tahriri, O’RQ 404-son 13.04.2016 y) va ―Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risidagi yo’riqnoma‖ (O’z. Res. AV da 22.12.2010 yilda 2169-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan, 17.03.2018 y. AVda 2169-2-son bilan ro’yxatga olingan yangi tahriri)ga muvofiq byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi quyidagi tamoyillarga asosan tashkil etiladi: - buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usulida yuritish; - uzluksizlik; - xo’jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi; - aniqlik; - hisoblash; - oldindan ko’ra bilish (ehtiyotkorlik); - mazmunning shakldan ustunligi; - ko’rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi; - moliyaviy hisobotning betarafligi; - hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi; shakllarida ham aks ettiriladi. Byudjet tasnifi asosida hisobni tashkil etilishi va hisobotlarni shakllantirilishi - Byudjet tashkilotlari tomonidan tuzilgan daromadlar va xarajatlar smetalari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazriligida 2010 yil 11 oktyabrda 2146-son bilan ro’yxatga olingan ―O’zbekiston Respublikasi Byudjet tasnifini qo’llash bo’yicha Yo’riqnoma asosida 1- guruh, 2-guruh, 3-guruh, 4-guruh xarajatlari xarajatlarning iqtisodiy tasnifi bo’yicha aks ettiriladi hamda ijrosi haqidagi buxgalteriya - aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi memorial order shaklida olib boriladi. Qolgan operatsiyalar (asosiy vositalarga eskirish hisoblash, asosiy fondlarni har yilgi qayta baholash, byudjetdan tashqari daromadlar hisobi, yilni yakunlash operatsiyalari va h.k) va ―Storno operatsiyalari bo’yicha alohida memorial orderlar tuziladi (274-son shakl) va ular har oy uchun alohida 16 raqamdan boshlab raqamlanadi. Operatsiyalar hajmiga qarab jamlanma qaydnomalarni tuzish talab qilinmaydigan tashkilotlarda subschyotlar korrespondentsiyasi alohida memorial orderlarda (274-son shakl) yuqorida keltirilgan doimiy raqamlar berilib ko’rsatiladi. Alohida memorial orderlar operatsiyalarning sodir bo’lishiga qarab, ammo boshlang’ich hisob hujjatlari olingandan keyingi kundan kechiktirmasdan ayrim hujjatlarga yoki bir xildagi hujjatlarning bir guruhi asosida tuziladi. Subschyotlar korrespondentsiyasi memorial orderlarda ikki yoqlama yozuv qoidasiga muvofiq yozib boriladi. Memorial orderlar bosh hisobchi (yoki uning o’rinbosari) va ijrochi (hisobchi) tomonidan imzolanadi. Barcha memorial orderlar 308-son shakldagi ―Bosh-jurnal kitobida ro’yxatga olinadi. ―Bosh-jurnal kitobi har bir subschyot bo’yicha yuritiladi. ―Bosh-jurnal kitobi o’tgan yildagi yakunlovchi balansga muvofiq yil boshiga qolgan qoldiq summalarni ko’chirib yozish bilan ochiladi. Bu daftarga yozuvlar memorial orderlar va memorial order – jamlanma qaydnomalar tuzilgandan keyin oyiga bir marta yoziladi. Memorial orderdagi summa dastlab ―Order bo’yicha summa qatoriga, keyin esa, tegishli subschyotlarning debeti va kreditiga yoziladi. Barcha subschyotlar bo’yicha oylik aylanmalar summasi debetda ham kreditda ham ―Order bo’yicha summa qatorining jamiga teng bo’lishi kerak. Oylik aylanmalardan keyingi ikkinchi qatorda har bir subschyot bo’yicha kelgusi oyning boshiga qoldiq chiqariladi. Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralari hamda ularning tizimidagi tashkilotlar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ishlab chiqilgan ko’rsatma mavjud bo’lgandagina buxgalteriya hisobi yuritishning jurnal-order shaklida olib borishlari mumkin. Byudjet tashkilotining rahbari tashkilotda buxgalteriya hisobini tashkil qilinishiga, moliya-xo’jalik faoliyatidagi amalga oshirilgan muomalalarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqligiga hamda buxgalteriya hujjatlarini saqlanishiga javobgar bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasining ―Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonuniga hamda Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risidagi Yo’riqnomaga (Adliya vazirligida 2010 yil 22 dekabrda 2169-son bilan ro’yxatga olingan) muvofiq byudjet tashkilotining bosh hisobchisi, hisobchilari mazkur tashkilot rahbari tomonidan qonunchilikka muvofiq lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Agarda tegishli qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, tashkilotlarning bosh hisobchilari o’zlarining tizimidagi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini yuritilishini va moliyaviy hisobotlarni to’g’ri tuzilishini muntazam nazorat qilib turishlari lozim. Bosh hisobchi boshchilik qiladigan tashkilotning buxgalteriyasi mustaqil tarkibiy bo’linma hisoblanadi. Tashkilot bosh hisobchisi bevosita mazkur tashkilot rahbariga bo’ysunadi. Buxgalteriya hisobini yuritish, hisobotlarni tuzish va taqdim qilish masalalari bo’yicha esa, tashkilotning rahbaridan tashqari yuqori tashkilot bosh hisobchisiga ham bo’ysunadi hamda tashkilotda buxgalteriya hisobini yuritilishiga, moliyaviy hisobotlarni o’z vaqtida va to’liq topshirilishiga hamda yuqoridagi Yo’riqnoma, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarilishiga javobgar bo’ladi. Bosh hisobchi buxgalteriya xodimlari uchun xizmat vazifalarini har bir xodim uchun alohida belgilaydi. Buxgalteriyada xizmat vazifalari funktsional belgilarga qarab taqsimlanadi, ya‘ni xodimlarning har bir guruhiga yoki alohida bir xodimga ishning hajmiga qarab, ma‘lum bir soha biriktiriladi. Tashkilot bosh hisobchisi lavozimga tayinlanishida va undan ozod etilishida belgilangan tartibda tashkilot rahbarining buyrug’iga muvofiq tuzilgan komissiya tomonidan qabul qilish – topshirish kunida hisob, hisobot va arxiv hujjatlarining holatini ko’rsatgan holda buxgalteriya ishlarini qabul qilish–topshirish to’g’risidagi dalolatnoma tuziladi. Zarur hollarda, ushbu komissiya tarkibiga yuqori tashkilot hamda tegishli moliya organlari bilan kelishilgan holda ularning vakillari ham kiritilishi mumkin. Quyida buxgalteriya ishlarini qabul qilish–topshirish to’g’risidagi dalolatnomani namunaviy ko’rinishini keltiramiz: Byudjet tashkiloti bosh hisobchisining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
 buxgalteriya hisobini yuqoridagi Yo’riqnomaga va boshqa normative huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritish, shuningdek, hisob 159 ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish;
 buxgalteriya hujjatlarini o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qilish;
 byudjet mablag’larini, shuningdek, byudjetdan tashqari mablag’larni xarajatlar smetasida ko’zda tutilgan muayyan maqsadlarga to’g’ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag’lari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qilish;
 tizimiga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini qonunchilik talablariga muvofiq yuritilishini nazorat qilish;
 tashkilotda xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan to’lovlarini, shuningdek, ta‘lim muassasalarida talabalarning stipendiyalarini belgilangan tartibda hamda o’z vaqtida hisoblab chiqish;
 smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni o’z vaqtida amalga oshirish;
 pul mablag’lari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek, boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda qatnashish, inventarizatsiya natijalarini o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish;
 moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini o’tkazish;
 moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarni hisobini yuritish va ulardan to’g’ri foydalanilishini nazorat qilish;
 moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish;
 tashkilot rahbari tasdiqlashi uchun xarajat smetalarini va ularga ilova qilinadigan hisob-kitoblarni tuzish (agar rejalashtirish bo’limlari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan bo’lsa);
 asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ularning saqlanish va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilish;
buxgalteriya hujjatlarini, hisob registrlarini, shuningdek, xarajatlar smetalarini (ilova hisob-kitoblari bilan birga) saqlanishini ta‘minlash (agar rejalashtirish bo’limlari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan bo’lsa);
 qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajarilishini ta‘minlash.
Byudjet tashkilotining bosh hisobchisi yuqoridagi vazifa va majburiyatlardan kelib chiqqan holda quyidagi huquqlarga ega:
 buxgalteriya hisobi va nazorat ishlari to’g’ri tashkil etilishini ta‘minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko’rishni tashkilot rahbaridan talab qilish;
 tarkibiy bo’linmalarda pul mablag’lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni qabul qilish, saqlash hamda sarflash yuzasidan belgilangan tartibga amal qilinishini tekshirib turish;
 mukofotlar hajmlarini pasaytirish (agarda qonunchilikda belgilangan normalardan oshib ketgan bo’lsa) to’g’risida tashkilot rahbariga takliflar kiritish;
 tashkilotning barcha bo’linmalaridan buxgalteriya hisobini yuritish uchun talab qilinadigan hujjatlar va ma‘lumotlarni rasmiylashtirishni hamda buxgalteriyaga taqdim qilishni talab qilish;
 qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarni amalga oshirish. Bosh hisobchi quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi:
 buxgalteriya hisobi noto’g’ri yuritilib, natijada tartibsiz holatga kelgani va moliyaviy hisobot buzilganda (notogri tuzilganda);
 pul mablag’lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni kirim qilish, saqlash va sarflash yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibga zid operatsiyalar boyicha hujjatlar rasmiylashtirilgan va ijroga qabul qilingan hollarda;
 pul mablaglari boyicha operatsiyalar, shuningdek, debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar kechikib hamda notogri amalga oshirilganda;
 kamomadlar, debitorlik qarzlari va boshqa yo’qotishlarni buxgalteriya hisobidan chiqarilish tartibi buzilganda;
 buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilganda. Bosh hisobchi tashkilotning tegishli bo’linmalari va xizmatlarining rahbarlari bilan birgalikda quyidagilarni muntazam ravishda nazorat qilishi lozim (22-chizma): Mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar qilinayotgani ma‘lum bo’lib qolgan hollarda, bosh hisobchi tegishli chora ko’rishi uchun bu haqda tashkilot rahbariga yozma axborot berishi lozim. Moddiy javobgar shaxslarni (kassirlar, ombor mudirlari va boshqalar) lavozimga tayinlash, ozod etish va boshqa lavozimga o’tkazish masalasi bosh hisobchi bilan kelishib hal qilinadi. Turli tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalarni, agar ular bevosita tashkilotning moliya-xo’jalik faoliyatiga bog’liq bo’lsa, shuningdek, xodimlarga mansab maoshlari, ish haqi ustamalari hamda mukofotlarni belgilash to’g’risidagi buyruqlar va farmoyishlarni dastlab bosh hisobchi ko’rib chiqadi va ularga imzo chekadi. Shundan keyingina mazkur hujjatlar tashkilot rahbari tomonidan imzolanishi mumkin. Bosh hisobchining pul mablag’lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni qabul qilish, saqlash va sarflash bo’yicha qonunchilikka zid bo’lgan operatsiyalar bilan bog’liq hujjatlarni ijroga qabul qilishi hamda rasmiylashtirishi taqiqlanadi. Agarda, tashkilot rahbari tomonidan bosh hisobchiga ijro etishi uchun berilgan farmoyish (buyruq) yuzasidan bosh hisobchi va tashkilot rahbari o’rtasida ushbu farmoyishni (buyruqni) buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishning belgilangan tartibiga yoki qonunchilikka muvofiqligi borasida ziddiyat (kelishmovchilik) yuzaga kelsa, bosh hisobchi ushbu farmoyish (buyruq)ni ijro etmay turib, zudlik bilan tashkilot rahbariga mazkur holat yuzasidan asoslangan yozma axborot beradi. Bosh hisobchi tomonidan yozma ravishda axborot berilishiga qaramasdan tashkilot rahbari qayta yozma farmoyish (buyruq) bergan hollarda, bosh hisobchi ushbu farmoyish (buyruq)ni bajaradi. Bunda ushbu harakatni sodir bo’lganligi uchun javobgarlik to’liq tashkilot rahbariga yuklatiladi. Shundan so’ng, tashkilot rahbari o’zi qabul qilgan qaror to’g’risida yozma ravishda uch kunlik muddat ichida yuqori tashkilotga yoki tegishli moliya organiga habar berishi shart. Shunday xabarni olgan yuqori tashkilot yoki tegishli moliya organi belgilangan tartibda uni ko’rib chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni ko’radi. Bosh hisobchiga uning hisob va hisobot bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri vazifalarini bajarish bilan bog’liq bo’lmagan topshiriqlarni berish mumkin emas. Shuningdek, bosh hisobchiga pul mablag’lari va moddiy qimmatliklar uchun bevosita moddiy javobgarlik bilan bog’liq bo’lgan vazifalarni yuklash mumkin emas. Unga banklar va boshqa tashkilotlardan bevosita pul mablag’larini olish taqiqlanadi.
Schyotlar rejasi – bu byudjet tashkilotining mablag’lari va ularni tashkil bo’lishi manbalariga harakatiga oid muomalalarni hisobi uchun belgilangan schyotlarini tizimga solingan ro’yxatidir. Xozirgi kunda byudjet tashkilotlari schyotlar rejasi alohida belgilangan bo’lib yuritib kelinmoqda va ular yordamida muomalalarni joriy hisobda aks ettirish, iqtisodiy guruhlash, tezkor nazorat qilish jarayonlari amalga oshirilmoqda. Byudjet tashkilotlari schyotlari tasnifi bo’yicha turlarga ajratish mumkin. Ya‘ni balansga nisbatan balans schyotlari va balansdan tashqari schyotlar. Balans schyotlari byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayonida mablag’lar va ularni tashkil bo’lish manbaalarini aks ettiradi. Balans schyotlari hisobga oladigan obyektlarni nomlanishi bo’yicha nomoliyaviy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar, moliyaviy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar, debitor va kreditorlarni hisobga oluvchi schyotlar, moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi schyotlarga bo’linadi. Balans schyotlari hisobga oladigan obyektlarni iqtisodiy mazmuni bo’yicha aktiv schyotlar, passiv schyotlar, aktiv passiv schyotlarga bo’linadi. Obyektlarni hisobda aks ettirish usuli bo’yicha sintetik schetlar va analitik schyotlarga bo’linadi. Balansdan tashqari schyotlarda tashkilotda vaqtinchalik turgan va unga qarashli bo’lmagan moddiy qimmatliklar (ijaraga olingan asosiy vositalar, javobgarlikda saqlash uchun yoki qayta ishlash uchun olingan moddiy qimmatliklar), shuningdek, qat‘iy hisobot blankalari, dam olish uylari hamda sanatoriylar uchun yo’llanmalar va boshqalar hisobga olinadi. Balansdan tashqari schyotlarda hisob oddiy hisob sistemasida yuritiladi. Balansdan tashqari schyotlarda hisobga olingan barcha Tovar moddiy qimmatliklar, shuningdek, ijaraga olingan asosiy vositalar balansda hisobga olinadigan moddiy qimmatliklar uchun belgilangan tartibda va muddatda inventarizatsiya qilinadi. Tashkilotlarga, zarur hollarda, buxgalteriya hisobini to’g’ri yuritilishini ta‘minlash maqsadida, belgilangan tartibda qo’shimcha balansdan tashqari schyotlarni qo’llashlariga ruxsat etiladi.


Yüklə 24,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə