Matematika metodika qisqacha (Jumayev)



Yüklə 26,62 Kb.
səhifə1/2
tarix16.06.2023
ölçüsü26,62 Kb.
#117543
  1   2
metodika mat Jumayev (qisqa)


MATEMATIKA METODIKA QISQACHA (Jumayev)
Ilmiy-tadqiqot metodlari – bu qonuniy bog‘lanishlarni, munosabatlarni,
aloqalarni o‘rnatish va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida ilmiy axborotlarni olish usullaridir.

Kuzatish, tajriba, maktab hujjatlari bilan tanishtirish, o‘quvchilar ishlarini


o‘rganish, suhbat va so‘rovnomalar o‘tkazish ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlari jumlasiga kiradi.

Matematika metodikasi haqidagi tushuncha birinchi bo‘lib Shveytsariyalik


pedagog matematik G.Pestalosining 1803-yilda yozgan “Sonni
ko‘rgazmali o‘rganish” asarida bayon qilingan.
Boshlang‘ich matematika o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi o‘z oldiga
quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
a) o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.
b) o‘quvchilarda matematikani o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarni tarbiyalash.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining vazifasi o‘quvchilarda mustaqil mantiqiy
fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bilan birga ularda matematikaning
qonuniyatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini tarbiyalashdan iboratdir.
d) o‘quvchilarda matematik tafakkurni va matematik madaniyatni
shakllantirish.
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning amaliy maqsadi o‘z
oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
a) o‘quvchilar matematika darsida olgan bilimlarini kundalik hayotda
uchraydigan elementar masalalarni yechishga tatbiq qila olishga o‘rgatish,
o‘quvchilarda arifmetik amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ularni
mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalarni hal qilishga o‘rgatish,
b) matematika o‘qitishda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan foydalanish
malakalarini shakllantirish. Bunda asosiy e’tibor o‘quvchilarning
jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalarini tarkib toptirishga
qaratilgan.
d) o‘quvchilarni mustaqil ravishda matematik bilimlarni egallashga o‘rgatish.

1-sinfdan boshlab to‘g‘ri va egri chiziqlar, kesmalar, ko‘pburchaklar va


ularning elementlari, to‘g‘ri burchak va hokozo kiritilgan.
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning maqsadlari quyidagilar:
umumta’lim maqsadi, tarbiyaviy maqsadi, amaliy maqsadi.
Induksiya metodi bilishning shunday yo‘liki, bunda o‘quvchining fikri birlikdan
umumiylikka, xususiy xulosalardan umumiy xulosaga o‘sib boradi.
Deduksiya metodi bilishning shunday yo‘liki, bu yo‘l umumiyroq bilimlar
asosida yangi xususiy bilimlarni olishdan iboratdir.M:1+2=3 3 - 2=1 3 - 1=2
Analogiya – shunday xulosaki, bunda predmetlar ba’zi belgilarining
o‘xshashligi bo‘yicha bu predmetlar boshqa belgilari bo‘yicha ham
o‘xshash, degan taxminiy xulosa chiqariladi.
Butunni uning tashkil etuvchi qismlariga ajratishga yo‘naltirilgan fikrlash
(tafakkur) usuli analiz deb ataladi.
Predmetlar yoki hodisalar orasida bog‘lanishlar o‘rnatishga yo‘naltirilgan
tafakkur usuli sintez deb ataladi

Yüklə 26,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə