Ma’ruza Tabiiiy va jinsiy tanlanish nazariyalari



Yüklə 27,18 Kb.
səhifə1/6
tarix27.05.2022
ölçüsü27,18 Kb.
#88148
  1   2   3   4   5   6
3-ma\'ruza

Ma’ruza 3. Tabiiiy va jinsiy tanlanish nazariyalari.




Ma’ruza rejasi

  1. “Evolyusiya” tushunchasi tabiiy tanlanish nazariyasini kelib chiqish shartlari.

  2. Evolyusion nazariyaning asosiy shartlari, tabiiy tanlanish natijalari

  3. Evolyusion nazariyaning mazmuni

  4. Jinsiy tanlanish nazariyalari

Evolyusiya” tushunchasi tabiiy tanlanish nazariyasini kelib chiqish shartlari.


Evolyusion nazariyaning asoschisi bo’lmish Ch. Darvin 1809 yili 12 fevralda Angliyaning Shryusberi shahrida shifokor oilasida tvallud topdi. U maktabni tugatgach, Edinburg dorilfununining shifokorlar tayyorlaydigan fakulg’tetiga o’qishga kirdi. Biroq ko’pgina tibbiyot fanlarining lotin tilida o’qitilishi hamda bemorlarni narkozsiz operasiya qilinishi Darvinda tibbiyotga nisbatan hyech qanday qiziqish usbotmadi. Shu sababli, u dorilfununni tashlab otasining tavsiyasiga ko’ra Kembridj dorilfununining cherkov xodimlari tayyorlaydigan fakulg’tetiga o’qishga kirdi. Bu yerda Darvin diniy aqidalar bilan unchalik shug’ullanmasdan professorlar D.Guker va A. Sedjviklar rahbarligida tabiiy fanlar bilan shug’ullandi va tabiatga uyushtirilgan ekspedisiyalarda faol qatnashdi. 1831 yili dorilfununni tamomlasa ham cherkov xodimi bo’lib ishlamadi. Yosh Darvinning tabiiy fanlarni o’rganishga bo’lgan ishtiyoqining zo’rligi va tabiat qo’ynida kuzatish ishlari olib boirsh mahoratidan xabardor bo’lgan prof. Genslo uni dunyo safariga otlanayotgan “Biglg’” (Iskovich) kemasiga tabiiyotshunos sifatida qabul qilinishiga tavsiyanoma berdi. Mazkur kemaning tabiatshunosi sifatida Darvin besh yil mobaynida Atlantika, Tinch va Hind okeanlarida, ko’pgina orollarda, Janubiy Amerikaning sharqi-g’arbiy qirg’oqlarida, Avstraliya, Afrikaning janubiy o’lkalarida bo’ldi va u yerlarda qadimgi davrlarda va hozirgi vaqtda tarqalgan o’simlik va hayvonlar bilan tanishdi. U ilgari vaqtlarda o’lib ketgan va hozir yashayotgan hayvonlar o’rtasida juda ko’p o’xshashdik va farqlar borligini ehtirof etdi. U Shimoliy va Janubiy Amerika hayvonlarini o’zaro taqqoslab, Janubiy Amerikada lama, tapir, yalqov, chumolixo’r, zirhli hayvonlar borligini, ular Shimoliy Amerikada uchramasligini aniqladi. Darvinning uqtirishicha qadimgi davrlarda bu ikki qitha yagona bo’lgan. Keyinchalik Meksika tog’lari tufayli yagona qitha ikkiga bo’lingan. Natijada ularning hayvonot va o’simlik olamida farqlar paydo bo’lgan. Darvinni, ayniqsa, Janubiy Amerikaning g’arbiy qirg’og’idan 900 km uzoqlikdagi Galopogoss arxipelagining hayvonot va o’simliklar olami hayratga soladi. U yerda qushlar, sudrali yuruvchilar ko’p uchraydi. Chumchuqsimonlar turkumiga kiruvchi vhyuroklar, sudraluvchilardan toshbaqalarni har bir oroldagi xillari o’ziga xos tuzilishga ega. Umuman olganda, Galopogoss arxipelagining hayvonot va o’simliklar olami Janubiy Amerika hayvon va o’simliklariga o’xshash. Lekin ayrim belgi, xossalari bo’yicha farq qiladi. 
Darvin besh yillik safardan juda boy kolleksiya, gerbariy va qotirilgan, fiyesirlangan hayvon va o’simliklar bilan qaytdi. Bu safar unga organik olam evolyusiyasi haqidagi ta’limot uchun asos bo’lgan dalillarni to’plash imkonini yaratdi va uning kealjagini belgilab berdi. 
Darvin dunyo safaridan qaytgach, to’plangan materiallar ustida Angliyaning ko’zga ko’ringan tabiiyotshunos olimlari bilan hamkorlikda shug’ullana boshladi. Shu bilan bir qatorda yangi hayvon zotlari, o’simlik navlarini chiqarish tajribasini o’rgandi. Ilgari o’tgan va o’zi bilan tengdosh olimlarning asarlari bilan tanisha boshladi. Shularga asoslanib, u organik olam evolyusiyasi haqida dastlab 1842 yili ilmiy asar yozdi va uni yana 15 yil davomida kengaytirdi, chuqurlashtirdi, ishonchli dalillar bilan asosladi. Nihoyat 1859 yili “Turlarning paydo bo’lishi” degan mashhur asarini nashr ettirdi. 
U yana bir necha asarlar yozdi. Ulardan “Xonakilashtirilgan hayvon, madaniy o’simliklarning o’zgaruvchanligi” (1868), “odamning paydo bo’lishi va jinsiy tanlanish” (1871), “O’simliklar olamida chetdan va o’z o’zidan changlanishning tapsiri” (1876) kabilarni ko’rsatib o’tish kerak. Bu asarlarda olim organik olam evolyusiyasining harakatlantiruvchi kuchlari: irsiyat, o’zgaruvchanlik, yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish ekanligini ehtirof etdi. 
Ch.Darvinning 1859 yili yozgan “Tabiiy tanlanish yo’li bilan turlarning kelib chiqishi” 1va 1971 yili yozgan “Odamning kelib chiqishi va jinsiy tanlanish” kabi asarlarida organik dunyoning evolyusion taraqqiyotining asosida uchta omil yotadi deb ko’rsatadi. Ular: o’zgaruvchan-lik, irsiyat va tabiiy tanlanish. O’zgaruvchanlik tufayli organizmlarning tuzilishi va funksiyalarida yangi belgilar paydo bo’ladi, irsiyat esa bu o’zgarishlarni mustahkamlaydi, tabiiy tanlanish tufayli yashash uchun kurash jarayonida hayotning o’zgargan muhitiga moslasha olmagan organizmlar yo’qolib boradi, moslasha olganlari esa yashashini, taraqqiyotini davom ettiradi. Shunday qilib Charlz Darvin organik dunyo evolyusiyasining asosiy harakatlantiruvchi kuchlarini topdi. Lekin insonning vujudga kelishidagi sosial omillarni ko’rsatib bera olmadi. Bu jihatlar antropososiogenez konsepsiyasi tarafdorlari tomonidan takomillashtirildi. Bu konsepsiya tarafdorlari odamning paydo bo’lishida mehnatning konstruktiv rolini ko’rsatib berishdi. Ularning fikricha, qo’lning, nutqning, miyaning, tafakkurning rivojlanishida, kishilarning o’zaro hamkorligi va sosial jamoalarning vujudga kelishida mehnat faoliyati asosiy rol o’ynaydi. Chunki, mehnat qilish jarayonida odamlarda mehnat qurollarini takomillashtirish ehtiyoji paydo bo’ladi. Odamlar mehnat qurollarini takomillashtirish jarayonida o’zlarini ham takomillashtirib borgan. Bu jarayon ham tabiiy tanlanish bilan chambarchas bog’langandir. Yangi va samarador, qulay mehnat qurollari esa, eskirgan, samaradorligi kam, noqulay mehnat qurollarini siqib chiqaravergan.
Darvin nazariyasini kurashchan materializm va ateizm targ’iboti uchun, g’oyaning haqqoniyligini isbotlovchi nazariya deb, uni g’oyaviy qurol sifatida ishlatishga intildi. Aslida bu konsepsiya mafkuradan holi bo’lgan, organik dunyoning evolyusion taraqqiyotini aks ettiruvchi tabiiy-ilmiy nazariya edi.
Odamning paydo bo’lishi haqida turli xil boshqa konsepsiyalar ham mavjud bo’lib, ular kreasionistik (teistik) antropologik nazariya, genetik populyasiyali evolyusion nazariya, mutasiyali evolyusion nazariya, sintetik evolyusion nazariya, saltasionistik (hayotning vujudga kelishini sakrashlar tarzida aks ettiruvchi) evolyusion konsepsiya, neokatastrofizm konsepsiyalari hisoblanadi. Bu konsepsiyalarda ham insonning paydo bo’lishiga turli xil rakurslardan turib yondashilgan. Bu konsepsiyalarning mualliflari Ch.Darvinning konsepsiyasini turli tarafdan rad etishga intilishgan. Lekin, Ch.Darvinning evolyusion nazariyasi organik olam taraqqiyotining umumiy mexanizmini ochib berishda muhim rol o’ynaydigan fundamental asoslarga ega bo’lgan xaqqoniy tabiiy-ilmiy konsepsiyadir. Bu konsepsiyaga tolerant yondashib, unga hozirgi zamon sinergetik taraqqiyot metodologiyasini tadbiq etsak, organik dunyoning evolyusiyasini chiziqli rivojlanish tarzida emas, balki o’zini-o’zi sozlovchi, o’zini-o’zi takomillashtiruvchi,nochiziqli rivojlanuvchi sistema sifatida yondashsak, bu konsepsiyaning qadri yanada oshadi va shunda evolyusion konsepsiyaning o’ta murakkab qirralarini ham to’g’ri anglab yetish imkoniyati vujudga keladi.
Bu konsepsiya hali tabiatshunoslikda kreasionistik konsepsiya, teistik konsepsiya hukmronlik qilib turgan bir sharoitda, masalalarga murakkab sistema nuqtai nazaridan qarash hali rasmga kirmagan bir sharoitda ishlab chiqilgan edi. Shu sababli bu nazariyaning qiyomiga yetmagan jihatlari ham bo’lgan. Masalan, Ch.Darvin organik dunyoning evolyusion taraqqiyoti zanjiri ketma-ketligiga nazar tashlab, odam va maymunlarning 2ajdodlari bir ekanligi haqidagi g’oyani ilgari suradi. Aynan shu g’oya ruhoniylarni g’azablantirgan. Aslida u barcha jonivorlarning, jumladan insonlar va maymunlarning kelib chiqishi, yaratilishining ildizi borib-borib bir nuqtada birlashadi deyishi ham mumkin edi. Ammo ilmiy haqiqatlar quruq e’tiqodgagina, noma’lum, mavhum dalillargagina asoslanib ilgari surilmaydi. Mavjud ilmiy dalillar esa odam va maymun organizmining bir-biriga juda yaqinligini, ularning ajdodlari ham toboro bir-biriga yaqinlashib borganligini isbotlaydi. Ch.Darvin ana shu haqiqatni isbotlovchi ilmiy dalillarni to’play olgandi. Ch.Darvin ilgari surgan bu nazariya rivojlanishning evolyusion yo’lini ifodalab beruvchi, muhim rasional fikr bo’lib, bu fikr insoniyatga, uning taraqqiyoti uchun doimo xizmat qiladigan konstruktiv (bunyodkor) mazmunga egadir. Uni inkor etish, insoniyat erishgan ilmiy qadriyatlarga nisbatan notolerant yondashuv va ularni ko’r-ko’rona rad qilish, obro’sizlantirishdir.
Agar bugun evolyusion nazariyaga nisbatan tolerantlikni cheklab qo’ysak, ertaga nisbiylik nazariyasga, indin esa sinergetikaga, xullas, barcha ilmiy haqiqatlarga nisbatan tolerant yondashuvning inkor etilishiga yo’l ochiladi. Ilmiy nazariyalar olimlarning yillab olib borgan mashaqqatli izlanishlari tufayli vujudga keladi va ular keyingi avlodlar tomonidan sayqallanib, takomillashtirilib boriladi. Darvinning evolyusion nazariyasini bugungi kundagi ilg’or metodologik uslublar yordamida yanada takomillashtirish, organik dunyo taraqqiyotining kelajagini bashorat qila oladigan nazariya darajasiga ko’tarish bugungi ilm ahli oldidagi, tabiatshunoslar oldidagi eng mas’uliyatli vazifalardan biridir. Bu nazariya organik dunyo taraqqiyotini to’g’ri tushuntiruvchi ilmdir. Fan taraqqiyotida Darvinning evolyusion nazariyasi o’zining mustahkam o’rniga egadir, uni siqib chiqarishga bo’lgan har qanday intilishlar fan taraqqiyoti qonuniyatlarini yaxshi bilmaslikdan, yoki bu nazariyaning mohiyatini chuqur anglab yetmaganlikdan dalolat beradi3. Boshqa ilmiy nazariyalar singari Darvinning evolyusion nazariyasi ham fan tarixida o’z o’rniga ega va unga tolerant yondashish lozim.
Jinsiy tanlanish holatlarini tahlil qilish vaqtida biz quyidagi holatlarga duch kelamiz. Erkak yoki ayol bo’lishidan qat’iy nazar bizning yashash tarzimiz bir biriga o’xshashdir, shu sababli bizning ijtimoiy holatlarni idrok qilishimiz deyarli bir xil xisoblanadi4
Jinsiy farqlarni tahlil qilganda psixologlar R.Buamaster, K.Kataniz va K.Borglar ayollar va erkaklar o’rtasidagi tafovutlarni o’rganishgan. Hozirgi kunda erkaklarga xos bo’lgan faoliyatlar ayollar tomonidan bajarilishi mumkinligi haqida fikrlarni keltirib o’tishgan5. Masalan kim ko’proq avtomobil xaydashga moyil, kim ko’proq jinsiy mayllar haqida o’ylaydi, g’oyalarning boshlovchisi kim degan savollarning barchasiga erkaklar degan javob qaytarilgan. VVS tomonidan 200000 ta sinaluvchida 53 mamlakatda tadqiqot ishlari olib borilgan bunda jinsiy maylni boshlovchilar erkaklar sifatida tan olingan M.Segal (1990)6.
Jinsiy farqlar turli xil jins vakillarida turlicha ekanligini kuzatishimiz mumkin. Munosabatlarda gender farqlar albatta ularni xatti-harakatiga ta’sir ko’rsatadi.

Yüklə 27,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə