Ma’ruza – Kimyoviy injiniringda modellashtirish faniga kirish


Matematik modellashtirish



Yüklə 34,15 Kb.
səhifə2/4
tarix22.05.2022
ölçüsü34,15 Kb.
#87673
1   2   3   4
Ma’ruza – Kimyoviy injiniringda modellashtirish faniga kirish

Matematik modellashtirish
Odatda texnologik ob`yektni o`rganishda ma’lum qiyinchiliklar bo`lsa, unda modellashtirish usullari qo`llaniladi (masalan, ob`yektning xavfsizligi bo`yicha tajriba o`tkazish mumkin bo`lmasa).
Modellashtirilayotgan ob`yekt xususiyatlarini uning modelida olingan anologik xususiyatlarni tahlil qilish yo`li bilan o`rganishga modellashtirish deyiladi. Bunda model va ob`yekt o`xshash bo`lishi kerak. Odatda o`xshashlik fizik va matematik bo`ladi.
Fizik modellashtirishda, ob`yekt xususiyatlari kichik masshtabli moslamalarda o`rganilib, u ob`yektni o`rganishni kam xarajatlar bilan o`tkazishga imkoniyat beradi. Fizik modellashtirishda ob`yektning ba`zi bir xususiyatlari modelda olingan natijalardan farqli bo`lishi mumkin. SHuning uchun odatda fizik modellashtirishda olingan natijalarni to`g’ridan-to`g’ri ob`yekt uchun qo`llab bo`lmaydi.
Matematik modellashtirish usuli oxirgi 30 - 40 yil ichida juda tez rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, zamonaviy kompyuterlarning imkoniyatlarini oshib borishi bilan matematik modellashtirish yo`li bilan texnologik jarayon xususiyatlarini o`rganish yaxshi natijalar bera boshladi.
Matematik modellashtirish uch bosqichda olib boriladi:

  • O`rganilayotgan jarayon matematik modelini tuzish,

  • Asosiy parametrlar qiymatlarini hisoblash uchun masalani echishni dasturlash (algoritmlash),

  • Modelni o`rganilayotgan jarayonga adekvatligini aniqlash.

Matematik modelni qurish
Ob`yektda ketayotgan hodisalarni ifodalaydigan matematik tenglamalar tizimiga matematik model deyiladi.
SHunga asosan, texnologik jarayonning matematik modelini tuzishni quyidagi uch aspektda ko`rishimiz mumkin: mazmuniy, analitik va hisoblash.
Birinchi, ob`yektning fizik mohiyati o`rganilib, uning mazmuniy ifodasi tuziladi.
Ikkinchi, mazmuniy ifodani analitik ko`rinishda, ya`ni matematik tenglamalar tizimi ko`rinishida ifodalanadi.
Uchinchi, modelni hisoblash tomonlari, ya`ni modellashtirish algoritmi aniqlanadi. Bunda matematik ifodani yechish usuli va yechish ketma-ketligi aniqlanib, ya`ni yechish algoritmi tuziladi.

Yüklə 34,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə