|
Manbashunoslik va tarixshunoslikManbashunoslik va tarixshunoslik4.
LINGVISTIK MANBA
. O‘zbek tili va boshqa tillarning leksik tarkibida
mavjud bo‘lgan va xozir xam mavjud atamalar va toponimlar (joy nomlari)ni
tadqiq etish jarayonida qimmatli tarixiy materiallar qo‘lga kiritilishi mumkin.
Atamalar va topilmalarning kelib chiqishi va mazmunini aniqlash bilan lingvistika
(tilshunoslik) fani shug‘ullanadi. Bunday ma’lumotlar lingvistik manbalar deb
ataladi. Masalan, «Buxoro» toponimi sanskrit tilidagi «vixara» so‘zining o‘zgargan
varianti bo‘lib, «ibodatgoh» degan ma’noni bildirilishi aniqlangan. Qadimda
Buxoro shahrida buddaviylarning ibodatxonasi mavjud bo‘lganligi sababli
keyinchalik bu so‘z mazkur shaharga nisbatan ishlatila boshlagan. SHunga o‘xshab
«vag‘nze», «daxyu», «suyurg‘ol», «tanxo» singari yuzlab atamalarning kelib
chiqishini o‘rganish qiziqarli tarixiy ma’lumotlar beradi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|