natijalari kiradi. Ma’naviy madaniyat fan, falsafa, san’at, adabiyot, axloq, din,
huquq, siyosat, maorif, ma’rifat va hokazolar yig‘indisidan tashkil topadigan
insonning tashqi va ichki ma’naviyati, ruhiyati olamidir.
Madaniyat – umuminsoniy hodisa. U barchaga barobardir. Masalan, maqomlar,
adabiyot, me’morchilik durdonalari, fan-texnika yutuqlari,
transport va aloqa
vositalarining barchasiga tegishlidir. Shuningdek, ma’naviy madaniyat ham milliy
va umuminsoniy bo‘ladi.
Milliy-ma’naviy madaniyat tarixiy hodisa sifatida bir kunda, bir yilda, balki bir
asrda ham mukammal shakllanmaydi. O‘rta Osiyo xalqlari ma’naviy va madaniyat
tarixining ibtidosi asrlar qa’riga singib ketgan bo‘lib, ularning bir necha ming yillik
ma’naviy kamolot pillapoyalarini bosib o‘tganligini aniqlash bugun uchun anchayin
murakkab muammo.
Bugungi ayrim saltanatlar ahli qabila-qabila bo‘lib yashagan zamonlarda
bizning muborak zaminimizda ilm-fan barq urib yashnagani, tabiiy ilmlar, xususan,
tibbiyot, matematika, astronomiya kabi fanlar madrasalarda o‘qitilgani, ilmiy
akademiyalar tashkil etilib, mag‘ribu-mashriqqa nom taratganini eslasak va bundan
g‘ururlansak arziydi.
Dostları ilə paylaş: