|
Mamajonova zulayho ahadjon qizining ilmiy amaliyot hujjatlariTalim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
[TSZ
|
səhifə | 7/21 | tarix | 31.05.2023 | ölçüsü | 0,83 Mb. | | #114770 |
| 00 Stajirovka Mamajonova1.13.00.00.00 Talim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]
VI. Mavzuni tanlash va ilmiy rahbarni tayinlash
19. Magistrlik dissertatsiyasi oqish va oquv dasturlarini ozlashtirish jarayonida magistratura talabasi egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi hisoblanadi.
20. Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari oliy ta`lim muassasalari kafedralarida kafedralarning professor-oqituvchilari tarkibi, Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari, tarmoq ilmiy-tadqiqot va loyihalash muassasalari xodimlari tomonidan shakllantiriladi.
Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari, qoidaga kora, dolzarb ilmiy-tadqiqot masalalariga yoki aniq amaliy vazifalarni hal etishga bagishlanadi.
21. Magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbarlik oliy ta`lim muassasalarida ishlaydigan professorlar, fan doktorlari, dotsentlar, fan nomzodlari, Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari olimlari, tashkilotlarning yuqori malakali va tajribali mutaxassislari, shuningdek belgilangan tartibda magistrlik, ilmiy darajalar yoki ilmiy unvonlarga ega bolgan xorijiy mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
Magistratura talabasi oqiyotgan oliy talim muassasasida ishlamaydigan xodimlardan unga ilmiy rahbar tayinlangan taqdirda, talabaga qoshimcha ravishda tegishli kafedra professor-oqituvchilari tarkibidan ilmiy maslahatchi tayinlanadi.
Belgilangan talablarga muvofiq magistrlik dissertatsiyasini bajarish doirasida ilmiy rahbar bilan bir xil mas`uliyat ilmiy maslahatchiga ham yuklatiladi.
22. Magistratura talabasi oqiyotgan oliy ta`lim muassasasi xodimlari tarkibidan bolgan ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchining magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash boyicha talabalar bilan ishlashi ularning oliy ta`lim muassasasida oquv yili shaxsiy ish rejasi bilan belgilanadigan oquv yuklamasiga kiritiladi.
Magistratura talabasi oqiyotgan oliy ta`lim muassasasida ishlamaydigan xodimlardan bolgan ilmiy rahbar mehnatiga haq tolash belgilangan tartibda mehnatga soatbay haq tolash shartlari boyicha bir oquv yiliga bir magistratura talabasi uchun 50 soatdan oshmagan hajmda, tegishli oliy ta`lim muassasasi xarajatlar smetasida bu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablaglar doirasida amalga oshiriladi.
23. Professor yoki fan doktori beshtagacha, shuningdek dotsent, fan nomzodi va mutaxassis uchtacha magistrlik dissertatsiyasiga rahbarlikni amalga oshirishi mumkin.
24. Kafedralar tomonidan taqdim etilgan va oliy ta`lim muassasasi yoki fakultet oquv-metodik kengashida muhokama qilingan magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalari mavzulari va ularning ilmiy rahbarlari (ilmiy maslahatchilari) ilmiy ishlar boyicha prorektor (direktor orinbosari) taqdimnomasiga asosan magistratura talabalari oqiyotgan birinchi oquv yilining birinchi ikki oyi ichida tegishli oliy ta`lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrugi bilan tasdiqlanadi.
25. Ilmiy rahbarning majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
tadqiqot mavzusi doirasida yuzaga kelishi mumkin bolgan masalalar boyicha tizimli ravishda yordam berish maqsadida maslahatlar jadvalini tuzish;
tadqiqot usullarini tanlashda ishtirok etish va ularni tadqiqot ishida qollashda magistratura talabasiga komaklashish;
magistratura talabasining belgilangan kalendar ish rejasi boyicha ishlarning bajarilishini va magistrlik dissertatsiyasi oz vaqtida tayyorlanishini nazorat qilish;
dastlabki himoyagacha magistrlik dissertatsiyasiga xulosa berish.
[OKOZ:
Dostları ilə paylaş: |
|
|