Ma’lumki, 2014 yili Rossiya Federatsiyasi Ukraina sharqida istiqomat qiluvchi



Yüklə 327,06 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix24.01.2023
ölçüsü327,06 Kb.
#99152
Davlat va huquq nazariyasidan yakun1y



1 Kazus 
Ma’lumki, 2014 yili Rossiya Federatsiyasi Ukraina sharqida istiqomat qiluvchi 
rusiyzabon aholini himoya qilish bahonasi bilan qo‘shni davlaning janubiy va 
sharqiy qimlariga bostirib kirdi. Suniy referendum natijasida Krim Respublikasi RF 
tarkibiga qo‘shib olindi. Ularning fikricha Krim Rossiyaning yerlari bo‘lib, u 
yerlarni Sovet paitida SSSR birinchi sekretari N.Xrushev (o‘zi kelib chiqish 
Ukrainalik) hech qanday asoslarsiz Ukrainaga berib yuborgan ushbu fakt 
Ukrainaning mazkur hududini bosib olishga asos bo‘ladi. Ammo, tahlilchilarning 
fikricha bostirib kirishning haqiqiy sabablari boshqa omillar hisoblanadi. 
Savollar: 
1. Mazkur xolatni davlat nazariyasi nuqtai nazaridan tahlil qiling.
2. Bir davlatning boshqa davlatga bostirib kiritish huquq bilan tartibga solinadimi?
3. Mazkur davlatlarning ushbu kazusdagi masalalar bo‘yicha biror bir davlat 
funksiyalarini amalga oshirayotganligini kuzatish mumkinmi?
4. Ushbu kazusda huquq prinsiplarini kuzatish mumkinmi? Qaysi prinsiplarni 
anglash mumkin? 
1 – kazuzsga javoblar: 
1. Avvalo davalt tushunchasi haqida to`xtalsak:Davalt (yuridik mazmunda) – bu 
muayyan hududa ommaviy hokimyatni amalga oshiradigan,umummajburiy 
normalar o`rnatigan suverenitetiga ega bo`lga siyosiy tashkilot. Davlatni vujudga 
kelishi uchun unda ayrim hususiyatlar masalan: Aholini hududiy asosga ko`ra 
birlashganligi, maxsus boshqaruv aparatini mavjudligi, huquq tizimini 
mavjudligi,soliq tizimini mavjudligi, suverinitetga egaligi. 
Suverenitetga ega bo`lishi deganda; Davlat hokimiyatining hususiyati (atributi) 
sifatida suverenitet uning ustvorligi, mustaqilligidan iborat. Ya’ni davlat 
suvereniteti – ma’lum bir hududa oliy hokimiyatga egalik, davlatning ichki va 
tashqi siyosatdagi to`la mustaqilligidir. Bundan kelib chiqib aytishimiz mumkin 
davlat hududi yagona va bo`linmas ekanligini bishimiz mumkin. 
2. Bir davlatni boshqa bir davlat hududiga bostrib kirish yoki kuch bilan bosib 
olishi qadimda davlatlarini vujudga kelishiga sabab bo`lgan nazaryalardan biri 
bo`lgan “zo`ravonlik nazariyasi” orqaliy bilamiz. Bir davlatning boshqa bir davlat 
hududiga bostirib krishi to`g`risida BMTning Nizomida shunday deyilgan:
3 – modda Birlashgan Millatlar Tashkilotining barcha a’zolari xolqaro tinchlik, 
xafsizlik va adolatni tahdidt ostiga qo`ymaslig uchun o`zlarini xalqaro nizolarini 


tinch yo`l bilan hal qiladilar. 
4 – modda Birlashgan Millatlar Tashkilotining barcha a’zolari o`zlarining xalqaro 
munosabatlarida har qanday davlatning daxilsizligi yoki siyosiy mustaqilligiga 
qarshi kuch bilan tahdid qilish yoki uni ishlatishdan, shuningdek, Birlashgan 
Millatlar Maqsadiga to`g`ri kelmaydiga biror – bir tarzdagi harakatlardan o`zlarini 
tiyadilar. deb yozilgan zero Rossiya ham BMT a’zosi hissoblanadi shunday ekan 
Rossiya qonunga bo`ysinishga majbur. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish o`z 
nutqida, “bir davlat qo`shinlarini boshqa davlat hududiga uning roziligisiz kirsa, 
ularni tinchlikparvarlar deb bo`lmaydi dedi” U Ukraina sharqidagi voqealar haqida. 
Rassiya tomonidan ko`rilayotgan bir tomonlama choralarni BMT Nizomi 
tamoyillariga zid deb aytdi. .Bu hususida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh 
kotibi Antoniu Guterrishning sozlariga ko`ra,Ukrainaning xalqaro tan olingan 
chagaralari doirasidagi suverineteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini to`liq 
qo`llab quvvatladi. 
3. Qaysibir davlat kazuzsdagi masala bo`yicha davlat fuksyasini amalga 
oshirayotganligiga kelsak avvalo davlat funksiya haqida bilib olishimiz 
kerak.Davlat fuksiyasi bu – davlatning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga 
qaratilgan davlat faoliyatining asosiy bosh yo`nalishidir. Shunday ekan davlat 
funksiyasini hozirgi vaziyatda Rossiya misolida olib qaraydigan bo`lsak u qirimni 
o`z tarkibiga qo`shib olishni maqsad qilib olgan bo`lsa, Ukraina sharqida istiqomat 
qiluvchi rusiyzabon aholini ximoya qilish bahona, mamlakatning janubiy va sharqiy 
hududlarini bosib olish Rossiyaning vazifasi edi, bularni bajarish uchun ular suniy 
referendum o`tkazish, oldin rassiyaga qarashli bo`lga qirimni N.Xrushev Ukrainaga 
berib yuborganligini takidlash orqaliy o`z maqsadlariga erishmoqchi bo`lishdi. 
Davlat fuksiyasi davlatni kelajakda erishmochi bo`lgan maqsad va vazifalarini 
amalga oshirishga qaratilganekan yuqorida aytib o`tganlarimiz Davalt funksiyasiga 
misol bo`laoladi. Demak Rossiyada davlat fuksiyasini amalga oshirishni ko`rish 
mumkin. 
4. Ushbu kazusda huquq prinsplarini ko`rishimiz mumkinmi? Buning uchun huquq 
prinsipi nima ekanligiga nazar tashlaymiz. Huquq prinsiplari – bu huquqni ijtmoiy 
muosabatlarini tartibga soluvchi vosita sifatidagi moxiyatini ifodalovchi 
boshlang`ich normativ asoslar, eng asosiy qarashlar g`oyalar va qoidalar. Shunday 
ekan kazuzsdagi holatni olib qaraydigan bo`lsak, kazusda Rossiya Qirmni 
bosibolishga faqatgina qachondir Qrim Rossiya tarkibida bo`lganini va N.Xrushev 
asoslarsiz Ukrainaga berib yuborganini asos sifatida ko`rsatdi va suniy referendum 


o`tkazib uning natijasiga ko`ra qaror qabul qildi, to`g`ri referendum orqaliy ham 
qaror yoki qonun qabul qilinadi, lekin qonuniy asosga ega bo`lgan hujjat yoki 
shartnoma ko`rsatilmadi, vaholanki huquqiy prinsiplar ijtimoyi munosabatlarni 
tartibga soluvchi vosita sifatida nomoyon bo`ladi, kazuzsda biror bir modda, qonun 
hujjati yoki kelishuv ko`rsatilmagan. Qirm Rossiyaga tegishliy ekanligi haqidagi 
hujjat yoki qonunni kazusda ko`rsatgani yo`q. Chunki huquq prinspi avvalam bor 
huquq qonuniyatlarini ifodalaydi. 
Xulosa
Bu kazusdagi masalaga o`z fikrimi bildirsam kazusda Rossiya davlati oldin o`z 
tarkibida bo`lgan lekin N. Xrushev sababsiz Ukrainaga berib yuborilgan Qrim 
xaqida so`z bordi.Bunda qirimni qaytib olish uchun Rossiya ko`proq harakat qildi. 
Shuni orqasidan BMTning Nizomiga zid keladigan harakatlarni amalga oshirdi. 
To`g`ri qachonlardir qandaydir yo`l bilan Qrim Ukrainaga o`tgan bo`lishi mumkin 
lekin bu degani Rossiya Ukraina hududiga bostirib kirishi yoki suniy referendum 
orqaliy Qirmni o`z tarkibiga qo`shib olishiga haqliy degani emas. Hozir biz 
yashabturgan davrda har – bir ishimiz qonun doirasida, tamonlar kelishuvi asosida, 
huquqiy normalar orqaliy amalga oshriladi, bosqinchlik yo`li bilan emas. 
Казус №2 
2021 yil avgust oyida AQSH harbiy kontingentining Afg‘onistondan chiqib ketishi 
natijasida tez orada Tolibon harakati Afg‘onistonning 90%ini bosib oldi, 
keyinchalik hokimiyatni butunlay qolga oldi. Aholining ko‘pchilik qismi 
mamlakatni turli yo‘llar bilan tark etishga urundi. Mamlakatning rasmiy shaxslari 
esa birinchilardan bo‘lib mamlakatni tark etishdi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga 
ko‘ra, Afg‘onistonning sobiq Prezidenti Ashraf G‘ani Tojikistonga (gap-so‘zlarga 
ko‘ra O‘zbekistonga) va u yerdan keyinchalik boshqa davlatga yo‘l olgan. 
Keyinroq, Toliblar Hukumatni shakllantirishdi va o‘z taraqqiyot yo‘lini e’lon 
qilishdi. E’lon qilishicha, barcha fuqarolar o‘zining jinsi, irqi va dinidan qatiy nazar 
teng huquqlarga ega bo‘lishadi.
1. Yangi hukumat hokimiyat tizimi davom etishi uchun qanday ishlarni amalga 
oshirish kerak deb o‘ylaysiz? 
2. Aholi ishonchiga sazovor bo‘lish uchun, Toliblar qanday boshqaruv uslublaridan 
foydalangani ma’qul deb uylaysiz?


3. Kazusdagi voqealar asosida Afg‘on xalqining huquqiy ongi past ekan degan 
xulosa chiqarish mumkinmi? Fikringizni asoslang. 
4. Hukumatning rivojlanish dasturini e’lon qilishi boshqaruvning qanday metodiga 
taalluqli deb uylaysiz? 
2 – kazusga javoblar 
1. yangi hukumat hokimiyati tizimi davom eytishi uchun o`z fikrimni bildradigan 
bo`lsam Tolibonlar hukumati o`z oldiga avvalo maqsad qo`yishi kerak, shu 
mqasadga erishish uchun hokimiyat vakolatlarining bo`linish pirinsipiga amal 
qilishi kerak. Hokimyatlar bo`linish prinsipi - bu davlat hokimiyatining qonun 
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tarmoqlariga taqsimlanishidir. Ushbu 
pirinsipning asosiy vazifasi hokimiyatini to`laligicha bir shax yoki organ qo`lida 
jamlanib qolishiga yo`l qo`ymasligdan iborat. Hokimiyat vakolatlarini taqsimlash 
nazariyasi fransuz mutafakkiri
Sh.L.Monteskening “qonunlar ruxi haqida” asarida bayon etilishicha. Uning 
fikricha, adolatli qurilgan davlatda hokimiyat yagona emas, balki aksincha birbiriga 
tobe bo`lmagan uchta hokimiyat: qonun chiqaruvchi, ijroetuvchi va sud hokimiyati 
mavjud bo`lishi shart. Ularni har qanday ko`rinishda biror-bir shaxs yoki organ 
qo`lida mujassamlanishi umumiy manfaatlarga putur yetkazadi, suistemolliklarga 
olib keladi va shaxsining siyosiy erkinligi bilan also kelishmaydi. Shuning uchun 
hukumat hokimiyatlar bo`linishi pirinsipiga amal qilsa, qonun chiqaruvchi orgin 
davlat oldidagi maqsadga erishish uchun keragli qonunlar chiqarsa, ijro hokimiyati 
chiqarilgan qonunning ijrosini taminlab bersa ( amalga oshirish uchun zarur chora-
tadbirlarni qo`llaasa), sud hokimiyati o`ziga berilgan vazifani to`g`ri bajarsa, bu 
hokimiyat tizimi uzoqroq davom etishi mumkin. 
Shunday ekan Tolibon hukumati olib borayotgan siyosati va hokimiyati uzoqroq 
davom etishi, uchun hokimiyatni bo`linish pirinsipga amal qilishi to`g`ri yo`llardan 
biridir. Tolibon hukimati Afg`on xalqini boshqarishga va rozi qilshga tajribasi yoki 
ko`nikmasi yetarli darajada shakillanmagan bo`lishi mumkin chunki Tolibonlar 
asosan jangarilardan iborat. 
2. Aholini ishonchiga sazovor bo`lish yuqorida aytib o`tilgan hokimiyat bo`linishi 
pirinsipini ham adolatliy yo`nalishlardan birideb aytishimiz mumkin. 
Aholini demakratik tenglik asosida barpo etilayotgan va hechkimni qadirqimmati, 
obro`si, sha’ni va huquqlari poymol bo`lmaydigan, insonning qadrini ulug`laydigan, 
adolatli davlat qurushiga ishontirish va shu aytilganlarni amalga oshirish uchun 
harakat qilish xalq ishonchini oshiradi va bular quydagilardan iborat: 


1- Qonun ustvorligini taminlash: bu bilan fuqorolarning vakolatlarini va 
erkinliklarini taminlash avvalgisidan yaxshiroq qonun loyihalarini ishlab chiq va bu 
ishlanga qonunlar xalqni ham davlatni ham foydasiga ishlashi va hamma uchun 
birdek sodda va tushunarli bo`lishi lozim. Insonlarni huquq va erkinliklari 
taminlanmasa, xalq bu hukumatga ishonmaydi. 
2- Ijtmoiy masalalarni hal qilish: bu degani moddiy taraflama, to`lanadigan 
soliqlarni kamaytirish yoki soliqlarni ba’zilaridan xalqni ozodqilish. Hechkimga sir 
emas Avg`oniston moddiy tomonlama qiyn ahvolda shunday ekan oziq-ovqat 
maxsulotlarini yetarli darajada yetishtirish uchun dehqonlarga foiz siz qarzlar 
berish. 
3 – Ta’lim va tarbiya masalasida aniq va ko`zga ko`rinadigan ijobiy qororlar qabul 
qilish. Halqning ishonchini ortishiga sabab bo`lishi mumkin. 
3. Afg`on xalqining huquqiy ongi haqida so`z borar ekan huquqiy ong haqida o`zi 
nima ekanligiga to`xtalsak. Huquqiy ong – bu ijtimoyi ongning shakillarida biri 
bo`lib, kishlarda huquqqa, qonunchilikka, huquq-tartibotiga va boshqa huquqiy 
hodisalarga nisbatan bo`lgan g`oyalar, his tuyg`ular, tasvvurlar yig`indisidir. 
Huquqiy ongning yuqoriligigaham bir sabab bo`ladi va pastligigaham bir sabab 
bo`ladi ya’ni davlat tinch bo`lsa, rivojlansa, yuksalsa undagi fuqarolar ham 
davlatning rivojlanishiga qarab harakat qiladi, qonunni o`rganadi, uni mushohada 
qiladi, tahlil qiladi va nima uchun qabul qilinganligini tushunib yetadi. Buning 
uchun esa yutda tinchlik bo`lishi, ta’lim jarayonida tushuntirishlar olib borish va 
bular uchun davlat sharoyit yaratishi kerak. Hozirgi Afg`onistonning vaziyatidan 
kelib chiqib huquqiy ongi past desak qanchalik to`g`ri bo`ladi chunki nechayillar 
mobaynida urush davrini boshidan o`tkazgan xalq huquqiy ongi haqida emas 
ertangi kuni haqida o`ylaydi, ta’limda ham rivojlanish yo`q ommaviy axborot 
vositalarida yozilishicha darslig qo`llanmalariga haliham ehtiyoj katta, bitta sinifda 
70 80 tagacha bolalar o`qiydi, bir payitlar urush alnga olgan joylarda ta’lim 
olishning ya’ni huquqiy ongni oshirishga sabab bo`ladigan maktab va oliy gohlar 
yo`q. balki shuning uchun xalqning huquqiy ongi pastdir, shunday bo`lsa ham 
ommaviy axborot vositalarida ayollar ularga qarshi zo`ravonliklarga chek qo`yish 
uchun davlat organlariga murojat qilishyabdi va nomiyishlar o`tkazishyabdi deb 
yozilyabdi, bu esa o`zlarini shaxs sifatida huquqlarini himoya qilib, Afg`on xalqi 
odatiy huquqiy ko`nikmalariga ega ekanligini ko`rsatadi. Bundan ma’lumki 
huquqiy ongi pas emas, shunchki huquqni ishlatgani tinchlik yetishmaydi. 
4. Hukumatni rivojlanish dasturini e’lon qilishi ya’ni “barcha fuqarolar jinsi,irqi, 


diynidan, qatiy nazar teng huquqliy” deb e’lon qilindi. Boshqaruvni bunday metodi 
haqida to`xtalarkanmiz, Tolibon hukumatining maqsadi inson parvarlikga 
asoslangan davlat qush bo`lsa, demak Tolibon hukumati yo`li , usuli, inson 
parvarlik metodiga hos deb o`yladim. Chunki metod (yunonchadan) olingan bo`lib 
erishish yo`li, bilish usuli degan ma’nolarini ang latadi. 
Xulosa
Xulosa qilib aytishim mumkun Afg`on xalqi boshidan ancha og`ir kunlar, urushlar 
va notinchliklar o`tdi. Huquqiy ongiga kelsak urshlar oqibatida xalq o`z huquqini 
unitib qo`ygan, ta’limdan chetlashdi buni oqibatida huquqiy ongi biroz 
rivojlanmadi, darhaqiqat Afg`on xalqi ko`proq diyn, shariat qonunlariga amal qiladi. 
Tolibon hukumatining taraqqiyot yo`lini e’lon qilishida, barcha insonlarning teng 
huquqliy ekanligini e’trof etish o`z xalqi uchun yaxshi va bu sohada ijobi qarorlar 
qabul qilish, albatta xalqning ishonchiga sabab bo`ladi. Meni fikirimcha bu borada 
Tolibon hukumati to`g`ri qaror qabul qilgan. 
Казус №3 
2022 yil yanvar oyida Qozog‘istonda Hukumatni larzaga keltirgan katta 
namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Rasmiy sabab, suyultirilgan gaz narhining oshirilganligi 
bo‘lib, o‘rta va kam daromadli aholining g‘azabini keltirgan. Natijada Havfsizlik 
Kengashi rahbari (sobiq Qozog‘iston Prezidenti) Nursulton Nazarboyev istyefoga 
chiqdi. Qo‘shimchasiga o‘sha paitdagi Mamin boshchiligidagi Hukumat ham 
istyefoga ketdi. Ketayotib, Hukumat yoqilgi narhini yana pasaytirdi, ammo endi bu 
olomonni bostirishga yetarli bo‘lmadi. Faqat KHSHT kuchlari yordamida 
hokimiyat o‘zini saqlab qoldi.
1. Hukumat, boshqaruvda qanday hatolarga yo‘l qo‘ydi deb uylaysiz?
2. Kazus mazmunidan Qozog‘iston aholisining huquqiy ongi yuqori darajada 
rivojlangan degan xulosa chiqarish mumkinmi?
3. Mamlakatda aholi noroziligi yuzaga kelmasligi uchun davlat qaysi funksiyalarga 
alohida e’tibor berishi kerak deb uylaysiz? 
4. Aholining gaz narhini pasaytirishni talab qilish huquqini ularning tabbiiy huquqi 
deb baholash mumkinmi? 
3 – kazusga javoblar 
1. Hukumat, boshqaruvda qanday hatolarga yo‘l qo‘ydi deb uylaysiz?
Hukumat, boshqaruvda qanday hatolarga yo`l qo`ygan. Bunda har ikkala tamonni 
mafaatlarini huquq va majburyatlarini aytib o`tishimiz lozim. Davlat avval 


suyultirilgan gazga bo`lgan ehtiyoj va uni ishlab chiqarishdagi moliyaviy 
harajatlarni hissobga olish va aholini daromadini suyultirilgan gazni oshirilgan 
narxida harid qila oladimi shuni muhokama qilishi zarur edi. Aholi ham sultirilgan 
gazni ishlab chiqarishda Davlat tomonidan ajratilgan mablah yetarliy bo`lyabdimi 
yoki narixi ko`tarilishiga sabab bormi shuni o`ylab ko`rishi kerak. Agar sababs 
bo`lsa suyultirilgan gazni oshirilishi sababni xalqqa ma’lum qilishi va sababni 
tushuntirishi lozim, agrda sabba bo`lmasa unda aholi o`z konstitutsiyasida 
belgiiangan ravishda norozichilik namoyishini o`tkazishlari mumkin. Meni 
fikirimcha Hukumatning hatosi suyultirilgan gazni nima uchun narxi oshirilganligi, 
bu holat qachongacha davom etishini aholiga ma’lum qilmagan.
2. Kazus mazmunidan Qozog‘iston aholisining huquqiy ongi yuqori darajada 
rivojlangan degan xulosa chiqarish mumkinmi?
Qozog`iston aholisini huquqiy ongi haqida gapirar ekanmiz bevosita huquqiy ong 
haqida to`xtalsak: Huquqiy ong ijtimoyi ongning shakillaridan biri bo`lib, 
kishilarda huquqqa, qonunchilkka, huquq-tartibotiga va boshqa huquqiy 
hodisalarga nisbatan bo`lgan g`oyalar, his tuyg`ular, tasavvurlar yig`indisidir. 
Yuqorida aytib o`tganlarimiz suytirilgan gazni narxi Davlat tomonidan oshirilgan 
holat edi.Agar bu holat Avtomobillarga gaz quyush shahobchasi tomonidan 
ya’ni(suyultirilgan gazni davlatdan shartnoma orqaliy sotib olayotgan tadbirkor) 
orqaliy amalga oshirilgan bo`lsa unda aholini Davlatga nisbatan namoyish qilishini 
to`g`ri deya olmaymiz. Huquqqiy ongning yuqoriligiga kelsak Qozog`iston 
Konistitutsiyasida nomoyish o`tkazishga ro`xsat berilgan qonun bo`lsa va bu qonun 
asosida nomoyish o`tkazgan bo`lsalar huquqiy ongni yuqori deyishimiz mumkin. 
Lekin shunga o`xshash vaziyat yuz berganda, nomoyish ko`tarmasdan vaziyatni 
obdon o`ylab, nomoyishsiz halqilgan boshqa xalqlarni huquqiy ongini past 
deyaolmaymiz. 
3. Mamlakatda aholi noroziligi yuzaga kelmasligi uchun davlat qaysi funksiyalarga 
alohida e’tibor berishi kerak deb uylaysiz? 
Bu vaziyatdan kelib chiqib davlat ko`proq ichki funksiyalarga alohida e’tibor 
berishi lozim deb o`yladim. Ichki funksiyaga to`xtalsak, ichki funksiya davlatni 
ichki vazifalarini yechishga qaratilgan bo`lib, davlatning jamiyat hayoti ustidan 
rahbarlikni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatning asosiy yo`nalishlarini 
namoyon qiladi. Bejizga ichki funksiyaga e’tibor berish haqida to`xtalmadik, 
chunki davlat ichki funksiyasi o`z ichiga quydagilarni olishi mumkin: iqtsodiy 
funksiya, ijtimoiy funksiya, siyosiy funksiya, huquq-tartibotini taminlash funksiyasi, 


tinchlikni taminlash funksiyasi. Yuqorida keltirilgan funksiyalar amal qilnganda 
aynan hozirgi muommoliy vaziyatlarni yuzaga kelishiga yo`l qo`ymasdan uni oldini 
olgan bo`lardi. Chunki ichki funksiya tarkibiga kiruvchi iqtsodiy, ijtimoiy, 
huququtartibotini taminlash, tinchlikni taminlash funksiyalariga to`liq rioya 
qilinganda misol uchun, iqtsodiy funsiyaga amalqilinganda, narxlarni keskin 
oshirilishga yo`lqoymasdi. Ijtmoiy funksiyani to`g`ri amlga oshirganda aholini
sharoyiti narxi oshirilgan suyultirilgan gazni ham sotib olishga imkoni yetardi, 
tinchlikni taminlash funksiyasiga amal qilganda yuqorida aytilganidek tartib 
sizliklar keltirib chiqaruvchi holatlar bo`lmasligi mumkin edi. 
4. Aholining gaz narhini pasaytirishni talab qilish huquqini ularning tabbiiy huquqi 
deb baholash mumkinmi? Inson huquqlari – bu tabiy ravishda vujudga keladigan, 
inson tug`ilgandan keyin shaxs sifatida unga tegishli bo`lgan ajralmas huquqi 
hissoblanadi. Shaxsiy huquq va erkinliklar , odatda tabiiy huquq debham yuritiladi. 
Ular inson tug`ilishi bilan vujudga keladi, ularni davlat bermaydi. Faqat shu 
huquqlarni davlat taminlab beradi va shunga majbur. Shaxsiy ya’niy tabiiy 
huquqlar barcha mamlakatlarda mavjud va davlat tomonidan taminlanadi. Shaxsi 
huquq va erkinliklar xalqaro hujjatlar bilan ham taminlanadi. Bunga misol 1948-
yilgi Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasidir. Shu jumladan insonni yaxish 
sharoyitda, qulay imkoniyat va muhitda yashashi hayot kechirirshi zarur, bu 
imkoniyatlardan maxrum qiladigan har-bir narsa va hodisalar Insonning tabiiy 
huquqiga nisbatan no haqlikdir. Bu borada gaz narxini tushurish talab qilish, 
ularaning tabiiy huquqi deyishimiz mumkin. 
Hulosa
Hulosa qilib shuni aytishimiz mukinkiy, yuqorida yuzaga kelgan vaziyatning 
sababni, suyltirilgan gazni narxi oshishi bo`ldi. Bunda hukumat davlat ichki 
funksiyasiga amal qilmagan. Aholini o`rta va kam daromadli qatlami manfaatlari 
hissobga olinmagan. Shuning uchun shunday mojoro va nomiyishlar bo`lib o`tgan. 
Казус №4 
2021 yil 6 yanvar kuni sobiq Prezident Trampning tarafdorlari, namoyishchilar 
AQShning 46-Prezidenti Jo Bayden yutgan prezidentlik saylovi natijalarini bekor 
qilinishiga erishish maqsadida sanksiyalanmagan harakat qilinib AQSH Kapitoliy 
binosini egallab olmoqchi bo‘lishdi. Xavfsizlik xizmati to‘siqlaridan o‘tib, 
namoyishchilar bir necha soat davomida binoni ishg‘ol qilingan qismlari 
shikastlanishiga sabab bo‘lishdi. Yetakchi ommaviy axborot vositalari va 


siyosatchilarning bayonotlariga ko‘ra ushbu tartibsizliklar, Tramp tomonidan ushbu 
namoyishdan oldingi mitingda qilingan izohlar sabab bo‘lgan. Hujum Kapitoliy 
binosini evakuatsiya qilinishi va yopilishiga olib keldi, shuningdek, 
saylovchilarning ovozlarini hisoblash hamda Jo Baydenning saylovdagi g‘alabasini 
rasmiylashtirish uchun yig‘ilgan Kongressning qo‘shma majlisini qoldirilishiga olib 
keldi. 
Savollar: 
1. Vaziyatga umumhuquqiy baho bering. 
2. AQShda hokimiyatni topshirish mexanizmi qanday ekanligi to‘g‘risida fikr 
yuriting.
3. AQShning sobiq prezidentiga nisbatan biror bir huquqiy sanksiya 
qo‘llanilishi kerakmi? Fikringizni asoslang. 
4. Hokimiyat tomonidan sanksiyalanmagan harakat deganda nimani 
tushunasiz? 
Kazusga javob 
1. Vaziyatga umumhuquqiy baho bering. 
O`tkazilgan miting va nomoyishlar keladigan bo`lsak AQSh konistitutsiyasida 
miting o`tkazishga ro`xsat etilgan holatlar bo`lsa sobiq prezident va boshqa 
fuqarolar shu qonunlaridan foydalanishyabdi deb ham hissoblash mumkin. 
Ammo uyushtirilgan harakat oqibatida yetkazilgan zarar, davlat va fuqarolar 
tinchini buzlgani hamda davlat mulkiga zoiyon yetkazilgani ko`rinib turibdi. Bu 
amalga oshirilgan hodisani amaldagi hokimiyatga qarshi harakat deb hissoblash 
mumkin. 
2. AQShda hokimiyatni topshirish mexanizmi qanday ekanligi to‘g‘risida fikr 
yuriting. 
Har to`rt yoki sakkzi yilda AQSH harbiy kuchlarni ham boshqaruvchi yangi 
prezidentga ovoz berishadi. Qo`shma Shtatlar uchun hatto eng qiyin siyosiy nizolar 
vaqtida ham hukumat tepasida prezident yangi yetakchini tan olishi va o`z o`rnini 


tinch yo`l bilan topshirishi faxrliy masala bo`lgan. Bunday voqea ilk marta 1800-
yilda Jon Adimis ishtirokida yuz bergan, o`shanda u Tomas Jeffersonga mag`lub 
bo`lgandi keyin prezidentlik bir partiyadan ikkinchisiga topshirilgan va bu 200 
yildan beri davom etib kelayotgan an’anga aylangan. Deb yoziladi central.asia.com 
saytida. 
Bunda hokimiyat topshirish mehanizimi an’anga aylangan mehanizm deb fikir 
yurutsak to`g`ri deb o`yladim. Yana bunday deyishimizga sabab AQSh ning 
boshqaruvi, Respublika shakliga xos bo`lganligi hamdir. Bunday boshqaruv 
shakliga quydagi belgilar mavjud: 
- Davlat boshlig`i va boshqa oliy hokimiyat organlarinig muayyan mudatga saylab 
qo`yilgani: 
- Davlat boshlig` va boshqa saylab qo`yiladigan orginlarning saylovchilar oldida 
masulligi hamda hamda ularning muayyan mudatga saylanishi va tayinalinishi: 
- Davlat boshlig`ini qonunda belgilab qo`yilgan xolatlarda yuridik jihatdan 
javobgarligi. Shunday ekan yanagi saylov vaqti kelguncha Tramp yangi prezidentni 
saylovchilar oldidagi o`z majburiyatini bajarishiga halaqit bermasligi kerag. 3. 
AQShning sobiq prezidentiga nisbatan biror bir huquqiy sanksiya qo‘llanilishi 
kerakmi? Fikringizni asoslang. 
Avvalo sanksiya haqida qisqacha to`xtalsak: sanksiya huquqiy norma buzilgan yoki 
majburiyat bajarilmagan yoxud talab etilgan xatti-harakat sodir etilmagan holda 
huquqni buzgan shaxsga nisbatan qo`llaniladigan ta’sir chorasidir. 
Faylasuflar va satsiologlar, esa sanksiya deganda, faqatgina salbiy (tanbeh, jazo) 
oqibatlarigina emas, balki ijobiy (rag`batlantirish, quvvatlash) oqibatlarni 
shuningdek insonning ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan xulq-atvoridan kelib 
chiqadigan ijobiy oqibatlarni ham tushunadilar. Rag`batlantruvchi sanksiya va 
jazolovchi sanksiya mavjud. Masalan rag`batlantruvchi sansiyaga misol keltirsak, 
o`g`ri o`g`irlagan mulkini yoxud buyumning qiymatini qaytarsa va yetkazilgan 
zarani qoplasa u belgilangan jazodan ozod qilinishi mumkin bu rag`batlantiruvchi 
sanksiya. Shu holatda yetkazilgan zarar qoplanmasa unga jazolovchi sanksiya ya’ni 
yetkazilgan zararni qaytarmaganligi uchun qonunda belgilangan tartibda jazolanadi. 
Xuddu shu keltirgan misolimizdek sobiq prezidentga tushuntirish ishlarini olib 
borish bu turdagi xatti harakatlarni ya’ni aholini davlat obektiga bostirib kirishiga 


va hukumat ishlarini bajarishga halaqit beruvchi miting va aholini amaldagi 
hukumatga qarshi harakatlar olib borishiga undaydigan boshqa harakatlarni 
qilmasligiga, agar yana shunday xatti-harakatlari, oqibatida yuzaga kelgan 
tartibsizliklar yuz bersa javobgarlik choralari ( ozodlikdan maxrum qilib, jarima, 
moddiy zararni undirish) javobgarlikka tortuvchi, jazolovchi sanksiya qo`llanilishi 
to`g`risida ogahlantirish mumkin. 
4. Hokimiyat tomonidan sanksiyalanmagan harakat deganda nimani tushunasiz? 
Sanksiyalanmagan harakat bu muayyan amalga oshirilganlik uchun jinoyi jazoni 
turi yoki jinoyi rag`batlantirish nazarda tutilmagan aktiv (faol ) xulq-atvordir. Misol 
uchun, chayqovchilik qilganligi uchun oldin javobgarlik bor edi hozir esa yo`q. 
Ya’niy sanksiyalanmagan harakat uchun ma’lum jovobgarlik yo`q. 
Казус №5 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartish va 
qo‘shimchalarga ko‘ra, mahalliy darajada hokimiyatlar bo‘linishi amalga oshirilib, 
hokimlar faqat ijro hokimiyatiga mas’ul bo‘ladi, Kengashlarni esa saylanadigan rais 
boshqaradi.
1.Mazkur o‘zgarishlar joylarda huquq normalarining samarali amalga 
oshirilishiga erishish maqsadida amalga oshirilmoqda.
2.Mazkur o‘zgarishlar O‘zbekiston davlat boshqaruv shaklining o‘zgarishiga ta’sir 
qiladimi?
3.Davlatning qaysi funksiyalarining ushbu o‘zgarishlardan keyin yaxshilanishi 
kutilmoqda?
4.Ushbu o‘zgarishlar davlat mexanizmiga qanday ta’sir qilishi mumkin?
Davlat bilan jamiyatning konstitutsiya asosida tartibga solinishi huquq va davlat 
paydo bo‘lishining qaysi nazariyasiga mos keladi? Fikringizni atroflicha asoslang. 
Javob 


1.Mazkur o‘zgarishlar O‘zbekiston davlat boshqaruv shaklining o‘zgarishiga ta’sir 
qiladimi?
Mazkur savolga javob berishda bizga davlat shakli deganda nimani tushunishimiz 
va O’zbekiston Respublikasi davlat boshqaruv shakli haqida bilib olishimiz kerak 
bo’ladi. 
Demak Davlat shakli – bu oʻz ichiga davlat boshqaruvi, davlat tuzilishi va siyosiy 
(davlat) rejimni qamrab oluvchi siyosiy hokimiyatni tashkil etish usullari 
yigʻindisidir 
Davlat shakli uning uch tarkibiy qismi – boshqaruv shakli, davlat tuzilishi shakli va 
siyosiy idora usulining birlikdagi siyosiy hokimiyat tashkilotidir. 
Boshqaruv shakli esa davlat shakllarini ajralmas bir qismi hisoblanib – bu davlat 
hokimiyatining oliy organlarini tashkil etish hamda ushbu organlarning oʻzaro va 
aholi bilan boʻlgan munosabatlarini belgilovchi davlat shaklining tarkibiy qismi. 
Shuningdek, muayyan mamlakatda davlat boshligʻi (monarx yoki prezident)ning 
huquqiy maqomi bilan bogʻliq masalalar ham davlat boshqaruv shaklining 
mazmuni tarkibiga kiradi. 
Bizlar O’zbekiston respublikasi boshqaruv shakli haqida fikr bildirishdan oldin esa 
boshqaruv shaklining respublika shakli haqida bilib olishimiz kerak . 
Respublika – davlat boshqaruvining shunday shakliki, bunda davlat hokimiyati 
aholi tomonidan muayyan muddatga saylab qoʻyiladigan organlar va davlat 
boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi. 
Boshqaruvning respublika shakliga xos boʻlgan quyidagi belgilar mavjud: 
– davlat boshligʻi va boshqa oliy hokimiyat organlarining muayyan muddatga 
saylab qoʻyilishi; 
– davlat boshligʻi va boshqa saylab qoʻyiladigan organlarning
saylovchilar oldida masʼulligi hamda ularning muayyan muddatga saylanishi va 
tayinlanishi; 
– davlat boshligʻining qonunda belgilab qoʻyilgan holatlarda yuridik jihatdan 
javobgarligi; 


– davlat hokimiyatini davlat boshligʻi nomidan emas, balki xalq nomidan amalga 
oshirilishi; 
– fuqarolar huquq va erkinliklarining davlat tomonidan himoya qilinishi, davlat va 
shaxs oʻrtasida oʻzaro masʼullikning mavjudligi va boshqalar 
Boshqaruv shaklining ham ko’pgina turlari mavjud bo’lib,O’zbekiston Respublikasi 
boshqaruv shakli prezidentlik respublikasi bo’lgani uchun biz Prezidentlik 
respublikasi haqida bilib olishimiz kerak-bunda prezident, qoida tariqasida, davlat 
va ijro etuvchi hokimiyat boshligʻi hisoblanadi. Prezident hukumatni shakllantiradi 
va hukumat uning oldida javobgar boʻladi. Prezident umumxalq saylovlari asosida 
oʻz lavozimiga saylanadi. 
Mazkur savolga javob berishda bilishimiz kerak bo’lgan ma’lumotlarni bilib oldik 
endi ushbu savolga javob beramiz.Ushbu o’zgarishlar O’zbekiston respublikasi 
davlat boshqaruv shaklini o’zgarishiga ta’sir o’tkazmaydi faqatgina bunislohotlar 
davlat organlarining funksiyalariga ta’sir o’tkazishi mumkin, chunki davlat 
boshqaruv shaklini o’zgarishi uchun omillar taʼsir etadi:
– ijtimoiy-iqtisodiy, maʼrifiy-madaniy muhit; 
– tarixiy, milliy va diniy anʼanalar, urf-odatlar; 
– tabiiy, geografik va iqlimiy shart-sharoitlar; 
– siyosiy kuchlarning oʻzaro nisbati; 
– jamiyatni gʻoyaviylashtirish va siyosiylashtirish darajasi 
Ushbu holatlda yuqorida keltirilgan konstitusiyaga o’zgartirish kiritilishida 
boshqaruv shaklini o’zgarishiga ta’sir o’tkazuvchi omillar mavjud emas,bu 
o’zgarishlar davlatning boshqaruv shaklini rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin 
chunki bu islohotlarning zaminida joylarda huquq normalarining samarali amalga 
oshirilishiga erishish maqsadi yotibti shunday ekan xulosa qilib aytganda ushbu 
o’zgarishlar davlat boshqaruv shaklini o’zgarishiga ta’sir o’tkazmaydi va bu 
islohotlar tufayli davlat organlarining funksiyalarigina o’zgarishi yokida 
takomillashishi mumkin. 
2. Davlatning qaysi funksiyalarining ushbu o‘zgarishlardan keyin yaxshilanishi 
kutilmoqda?


Ushbu savolga javob berishda biz davlatning funksiyalari va ularning bo’linishi 
haqida bilib olishimiz kerak bo’ladi. 
Demak davlatning funsiyasi bu - bu davlatning maqsad va vazifalarini amalga 
oshirishga qaratilgan davlat faoliyatining asosiy (bosh) yoʻnalishlaridir. 
Davlat o’zining bosh maqsadlariga erishish uchun esa o’z oldiga qator maqsad va 
vazifalrni belgilab oladi. 
Davlat funksiyalari asosan quyidagi toʻrt asosiy guruhga tasniflanishini koʻrsatib 
oʻtish mumkin:
faoliyat doirasi boʻyicha;
amal qilishining davomiyligi boʻyicha;
ijtimoiy ahamiyati boʻyicha;
amalga oshirish shakllari boʻyicha. 
Davlat funksiyalari faoliyat doirasi boʻyicha ichki va tashqi funksiyalarga boʻlinad: 
Ichki funksiyalar davlatning ichki vazifalarini yechishga yoʻnaltirilgan boʻlib, 
davlatning jamiyat hayoti ustidan rahbarligini amalga oshirishga qaratilgan 
faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini namoyon qiladi.
Tashqi funksiyalar esa xalqaro-huquqiy munosabatlarning subyekti sifatida ishtirok 
etayotgan davlatning davlatlararo miqyosdagi vazifalarni hal qilishi bilan bogʻliqdir. 
Faoliyat doirasiga ichki tashqi funksiyalar ham alohida turlarga bo;linib yuqoridagi 
qilinayotgan ishlarning eng ko’p davlartning ichki funksiyasining o’zgarishiga olib 
keladi.Ya’ni ushbu islohotlar davlatning ichki funksiyasining asosiy 
funksiyalaridan bo’lgan siyosiy funksiya va huquqiy tartibotni muhofaza qilish 
funksiyalarining yaxshilanishiga olib keladi .quyida bunga misollar keltiramiz: 
So’zimizning isboti sifatida avvalo davlatning ichki funksiyasinin asosiy 
finksiyalaridan bo’lgan sisyosiy va huquqiy tartibotni muhofaza qilish funksiyalari 
haqida qisqacha ma’lumit beramiz: 
Siyosiy funksiya – bu davlat (jamiyat)ning siyosiy hayotini boshqarish, davlat 
organlarini shakllantirish hamda ularning faoliyatini tashkil etishdan iborat. 


Huquqiy tartibotni muhofaza qilish funksiyasi –davlatning jamiyatda qonuniylik va 
huquqiy tartibotni mustahkamlash, inson va fuqarolarning huquq va manfaatlarini 
himoya qilish kabilarga qaratilgan .
Bundan ko’rinib turibtiki O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan 
o‘zgartish va qo‘shimchalarga ko‘ra, mahalliy darajada hokimiyatlar bo‘linishi 
amalga oshirilib, hokimlar faqat ijro hokimiyatiga mas’ul bo‘ladi, Kengashlarni esa 
saylanadigan rais boshqarar ekan bu islohotlar davlat organlarining shakllantirishga 
va ularning faoliyatining o’zgarishiga yaxshilanishiga sabab bo’ladi bu shakllanish 
va o’zgarishlar davlatning ichki funksiyasining asosiy funksiyalaridan biri bo’lgan 
siyosiy funksiyasida o’z aksini topadi. 
Huquqiy tartibotni muhofaza qilish funsiyasining yaxshilanishi uchunham bu 
islohotlar xizmat qiladi deyishimizga sabab esa, manashu barcha islohotlarning tub 
zaminida joylarda huquq normalarining samarali amalga oshirilishiga erishish 
maqsadida amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar o’z o’rnida jamiyatda qonuniylik va 
inson va fuqarolarning huquq manfaatlarini himoya qilish uchunham xizmat qilib 
bu jarayonlar esa davlatnin huquqiy tartibotni muhofaza qilish funksiyasida o’z 
aksini topadi. 
3. Ushbu o‘zgarishlar davlat mexanizmiga qanday ta’sir qilishi mumkin?
Ushbu savolga javob berishda qisqacha davlat mexanizmi va uning turlariga 
to’xtalib o’tamiz; 
Davlat mexanizmi-U davlat apparati va tashkilotlari tizimidan iborat boʻlib, ular 
vositasida davlat hokimiyati amalga oshiriladi va jamiyat ustidan davlatning 
rahbarligi taʼminlanadi.Har qanday holatda ham davlat mexanizmi barcha tarkibiy 
qismlarining faoliyati uning oʻz oldiga qoʻygan maqsad, vazifalari va funksiyalarini 
amalga oshirishga qaratilgandir. Davlat mexanizmi turli tuzilmalardan iborat boʻlib, 
ularga quyidagilarni kiritish mumkin: 
davlat apparati; 
davlat tashkilotlari (davlat korxona va muassasalari); 


Ushbu o’zgarishlar davlat mexanizmining hokimiyatlar vakolatlarining 
taqsimlanish prinsipiga ta’sir qiladi chunki bu islohotlar ortidan mahalliy darajada 
hokimiyatlar bo‘linishi amalga oshirilib, hokimlar faqat ijro hokimiyatiga mas’ul 
bo‘lishii, Kengashlarni esa saylanadigan rais boshqarishi bu ayrim davlat 
organlarining vakolatlarining boshqa davlat organiga berilshiga yoki davlat 
organlarining vakolatlari yangilanishiga sabab bo’ladi.Bundan ko’rinib turibtiki 
ushbu islohotlar davlat mexanizmiga ta’sir o’tkazadi va bu ta’sir davlat 
mexanizmining hokimiyatlar vakolatlarining taqsimlanishi prinsipida o’z aksini 
topadi. 
4. Davlat bilan jamiyatning konstitutsiya asosida tartibga solinishi huquq va davlat 
paydo bo‘lishining qaysi nazariyasiga mos keladi? Fikringizni atroflicha asoslang. 
Bu savolga javob berishda biz bilishimiz lozim bo’lgan jamiyat,davlat va huquq 
haqida qisqacha ma’lumot berib o’tamiz: 
Jamiyat - bu tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichida vujudga kelgan ijtimoiy 
munosabatlar mahsuli. 
Davlat - bu muayyan hududda ommaviy hokimiyatni amalga oshiradigan, 
umummajburiy normalar oʻrnatadigan va suverenitetga ega boʻlgan siyosiy 
tashkilot. 
Huquq- bu davlat tomonidan himoya qilinadigan, oʻzida erkinlik, tenglik va adolat 
tamoyillarini ifodalaydigan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan, 
umummajburiy xulq-atvor qoidalari yigʻindisi. 
Huquq va davlat paydo bo’lishining ko’plab nazariyalari mavjud bo’lib,davlat bilan 
jamiyatning konstitutsiya asosida tartibga solinishi
Ijtimoiy shartnoma nazariyasi. Mazkur nazariya XVII–XVIII asrlardan boshlab 
keng tarqalgan boʻlsada, u dastlab Hindiston va qadimgi Xitoy mutafakkirlari 
tomonidan ilgari surilgan. Ushbu nazariya vakillarining (J.Lokk, T.Gobbs, 
B.Spinoza, A.Radishchev, J.Russo, G.Grotsiy) fikricha, davlat hokimiyati 
kishilarning oʻzaro birlashib ixtiyoriy shartlashganliklarining ifodasidir. Bunda 
davlat va jamiyat oʻrtasida oʻzaro huquq va majburiyatlar tizimi vujudga kelib, oʻz 
navbatida, ularda shartnoma majburiyatlarini bajarmaganliklari uchun javobgarlik 


tugʻiladi.Davlatning vujudga kelishi toʻgʻrisidagi shartnoma nazariyasi tabiiy huquq 
nazariyasi negizida vujudga kelib, oʻrta asrlarda shakllanib kelayotgan yangi tabaqa 
uchun hukmdorning mutlaq hokimiyatini cheklash, insonning hokimiyatdan 
mustaqil erkin iroda egasi ekanligini asoslashga xizmat qildi. Mazkur nazariyaning 
mazmuni inson huquqlari ular tugʻilganidan yuzaga keladi degan gʻoyani oʻz ichiga 
qamrab oladi. Rim huquqshunoslari fuqarolar huquqlari va xalqlar huquqlari bilan 
birga tabiiy huquqni ham ajratib koʻrsatgan. Bugungi kunda tabiiy huquqlar har 
ham ajratib koʻrsatgan. Bugungi kunda tabiiy huquqlar har qanday davlat uchun 
umummajburiy norma sifatida eʼtirof etiladi va ularning bu boradagi majburiyatlari 
xalqaro huquq normalari bilan belgilab qoʻyilgan qanday davlat uchun 
umummajburiy norma sifatida eʼtirof etiladi va ularning bu boradagi majburiyatlari 
xalqaro huquq normalari bilan belgilab qoʻyilgan. 
Demak davlat va jamiyatning konstitutsiya asosida tartibga solinishi davlat va 
huquqning vujudga kelishining Ijtimoiy shartnoma nazariyasi mos keladi. 
Chunki Ijtimoiy shartnoma nazariyasining koʻpgina gʻoyalari demokratik 
davlatlarning konstitutsiyalarida oʻz ifodasini topgan. Shu maʼnoda davlatning 
asosiy qonuni hisoblanadigan konstitutsiyalarni muayyan darajada ijtimoiy 
shartnoma deb taʼriflash mumkin. Chunki unda inson va fuqarolarning asosiy 
huquq va erkinliklari bilan bir qatorda ularning burchlari koʻrsatib oʻtiladi. Oʻz 
navbatida, davlatning jamiyat va fuqarolarga nisbatan huquq va majburiyatlari ham 
konstitutsiyalarda mustahkamlanadi. Bir soʻz bilan aytganda,demokratik davlatda 
davlat va fuqaro oʻzaro huquq va majburiyat orqali bogʻlangan boʻladi. 
Xulosa
Umumiy xulosa qilib aytganda mazkur o’zgarishlar O’zbekiston davlat boshqaruv 
shaklining o’zgarishiga ta’sir qilmaydi o’z o’rnida esa davlatning funksiyalariga 
ta’sir qiladi.Davlatning funksiyalaridan ichki funksiyasining siyosiy hamda huquqni 
muhofa qilish funksiyalarining yaxshilanishiga ,davlat mexanizmining esa 
hokimiyat vakolatlarining taqsimlanish prinsipiga ta’sir qiladi. 
Davlat bilan jamiyatning konstitutsiya asosida tartibga solinishi esa davlat va 
huquqning vujudga kelishining ijtimoiy shartnoma nazariyasiga mos kelsihini 
aytishimiz mumkin . 


Казус №6 
O‘zbekiston energetika vazirligi rahbari elektr energiyasi va gazning tez-tez 
o‘chib turishi haqida shunday fikr bildirib o‘tdi: "Bizning vazifamiz-odamlarning 
uylarini gaz bilan ta’minlash, shuningdek, issiqlik elektr stansiyalarida tabiiy gaz 
yordamida elektr energiyasi ishlab chiqarish hamda elektr yenergiyasi bilan 
ta’minlash. Ha, e’tirozlar mavjud. Hammaga ham (yelektr va gaz) yetib bormagan, 
tizaida ko‘plab uzilishlar mavjud. Biz buni tan olamiz, hech kim buni inkor etmaydi. 
Agar biz bunday ob-havo sharoitida rejalashtirilgan cheklovlarni joriy etish orqali 
vaziyatdan chiqmasak, ertaga bundan-da jiddiy oqibatlarga kelib chiqishi mumkin 
(ehtimol u navbatdagi blekautni nazarda tutmoqda) Shuning uchun biz mana 
shunday keskin choralarni ko‘rishga majburmiz", dedi u.
Avvalroq, Veolia Energy Tashkent nima uchun poytaxtda isitish bilan bog‘liq 
muammolar mavjudligini tushuntirib o‘tgan edi. Bundan tashqari, O‘zbekiston 
energetika vazirligi nima uchun mamlakatda tabiiy gaz yetkazib berish bilan 
bog‘liq muammolar mavjudligiga oydinlik kiritdi. Hududgazta’minotning xabar 
berishicha, Toshkentning 516 mahallasida yoki 79 ming iste’molchida bosim 
pasaygan, shulardan 14 ming nafarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan. Oliy 
Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari Alisher Qodirov energetika 
sohasini xususiylashtirish ko‘plab muammolarni hal qiladi, deb hisoblamoqda. 
Savollar:
1. Kazus mazmuni Davlat va huquq nazariyasi fanining qaysi mavzusiga taalluqli 
deb uylaysiz? 
2. Vazirning OAVga masala yuzasidan intervyu berishi majburiyati ko‘rsatilgan 
huquqiy asosni ko‘rsating.
3. “Hududgazta’minot” davlat hokimiyati organimi yoki davlat boshqaruvimi? 
4. Oliy Majlisning shunday vaziyatlar yuzaga kelganida, vakolatlarini tushuntirib 
bering. 
JAVOBLAR 
2.o’zbekiston respublikasining vazirlar mahkamasi to’g’risidagi qonunda vazirning 
vakolatlari aytib o’tilgan ulardan biri O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi 


ma’ruzalarni taqdim etadi; hududlarning iqtisodiy barqarorligini ta’minlovchi eng 
muhim ustuvorliklar, iqtisodiyotning muayyan tarmoqlari va sohalaridagi 
islohotlarni yanada chuqurlashtirish, hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish 
bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.vazir va hududgaztaminoti boshliqi xalqni 
odamlarni ogohlantirishi kerak aholi shunga tayorlanadi va aholi orasida ham 
norozilik ham bo’maydi. Bu sanadan bu sanagacha ob- havo va bosim tufayli yoki 
shunga oxshash deb ogoxlantirsa hech kimda tushunmovchilik 
bo’maydi.ogohlantirmasdan qilsalar aholi orasida tushnmovchilik kuchayadi meni 
fikrimcha shularni OAV da aytishi kerak. 
3.hududgazta’minoti bu davlat boshqaruvi hisoblanmaydi.hududgazta’minoti 
tashkilot hisoblanadi .gaz ta’minoti tashkiloti bu texnik me’yorlar va yong‘in 
xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda tabiiy gaz va suyultirilgan gazni qabul 
qilish, taqsimlash va iste’molchilarga yetkazib berishni ta’minlovchi tashkilot 
hisoblanadi. 
4.Bunday vazıyatlar yuzaga kelganda olıy majlısnıng vakolatıga kelsak avvalombor 
olıy majlıs vakolatlkarı nıma.o’zbekiston respublikasining Kansitutsiyasining 76 
moddasida aytganidek o’zbekiston respublikasining oliy majlisi oliy vakillik organi 
bo’lib qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.kansitutsiyaning 78 
moddasida aytadikin oliy majlisning vakolatlarini ho’sh oliy majlisning o’zi 
vakolatlari quyidagilar; o’zbekiston respublikasi kansitutsiyasini qabul qilish , unga 
o’zgarish va qo’shimchalar kiritish , qonunlarga o’zgarish va qo’shimchalar kiritish, 
referendum o’tkazish va uning sanasini belgilash, o’zbekistoning ichi va tashqi 
siyosatida asosiy yo’nalishlarni belgilash , boj va valyuta ishlarini qonun bilan 
tartibga solish va oliy majlisining bunday vaziyatdagi vakolati bolsa hududgaz 
ta’minoti davlat orgoni hisoblansa oliy majlis budjetni nazorat qiladi tartibga soladi 
bu tarafdan qarasak vakolati bor hisoblanadi. Palatalarning birgalikdagi 
vakolatlariga kiradigan masalalar qoida tariqasida avval o’zbekistoning oliy 
majlisning qonunchilik palatasida so’ng senat ko’rib chiqadi. 
Казус №7 
«Huquqsiz» transport: poytaxt ko‘chalarida mopedlar va skuterlar uchun «ov» 
boshlandi. Biroq, bu O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan 
xalqaro Konvensiyaga ziddir. Poytaxtda skuter va mopedlar egalari ushbu transport 
vositalarini «A» toifasidagi haydovchilik guvohnomasisiz boshqarganliklari uchun 


jarimaga tortilmoqda va transport vositalari jarima maydonchasiga 
joylashtirilmoqda. 
Biz milliy va xalqaro qonunchilikda bu boradagi qoidalar mazmunini va yo‘l-patrul 
xizmati (YPX) xodimlarini skuterlarga "ov qilish" qonuniymi yoki nima uchun 
haydovchilik guvohnomamiz dunyoda tan olinmasligini batafsil muhokama qilamiz. 
Bizga skuter haydovchilik guvohnomasi yo‘qligi sababli jarima maydonchasiga 
joylashtirilgan fuqarolardan biri tomonidan yuborilgan videoda yo‘l-patrul xizmati 
(YPX) xodimi skuterni olib qo‘yish to‘g‘risida radio orqali kimgadir xabar beradi. 
Xulosa qilishimiz mumkinki, unga bunday vazifa berilgan va bundan boshqalar 
ham xabardor. 
Savollar: 
1.“Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonun normalari nuqtai nazaridan kelib 
chiqib YPX hodimi harakatlarining maqsadini tushuntiring. 
2.Konvensiya nima va uning O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilinishi degan 
nimani anglatadi? 
3.Davlat, skuterlar va mopedlardan foydalanishni ta’qiqlash orqali qanday 
funksiyalarni amalga oshirmoqda? 
YPX hodimining harakatlariga huquqiy baho bering. 
Javob. 
1.O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB boshlig‘i, polkovnik Xolmatjon 
Saydaliyevning Ichki ishlar vazirligi saytiga bergan intervyusida ma'lum 
qilishicha, endilikda dvigatel ish hajmi 50 sm3 dan yuqori, tezligi soatiga 50 
kilometrdan ortiq skuter, elektroskuter va kvadrotsikllar transport vositalari 
mototsikl sifatida ro‘yxatga olinadi va ularga davlat raqam belgilari beriladi. 
Bunday turdagi transport vositasini boshqaradigan haydovchilar «A» toifadagi 
transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasiga 
ega bo‘lishlari shart bo‘ladi.Bundan kelib chiqadiki YPX xodimi yo’llardagi 
tartibsizliklarni ya’ni avariya xolatini oldini olishga va qonun bo’yicha ish 
ko’rishga jalb qilingan. 


2. Konvensiya — (lot. conventio — shartnoma, bitim) — xalqaro shartnoma, bitim, 
kelishuv shakli: biror maxsus masala yuzasidan davlatlar o’rtasida tuziladi va uni 
imzolagan tomonlar muayyan huquq va majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi. 
Ratifikatsiya (lot. ratus — hal qilingan, tasdiqlangan va facere — qilmoq) — 1) 
xalqaro shartnomaning davlat hokimiyati oliy organi tomonidan tasdiqlanishi. 
Odatda, eng muhim xalqaro shartnomalargina Ratifikatsiya qilinadi. Koʻpchilik 
davlatlarning konstitutsiyalari xalqaro shartnomalarni Ratifikatsiya qilish huquqini 
davlat boshligʻi vakolatiga yoxud bevosita oliy qonun chiqaruvchi organ vakolatiga 
kiritadi; Oʻzbekistonda xalqaro shartnomalarni P. qilish toʻgʻrisida Oliy Majlis 
Qonunchilik palatasi va Senati birgalikda qaror qabul qiladi; 2) baʼzi 
mamlakatlarda konstitutsiyaga kiritilgan tuzatishlar tasdiqlanishining maxsus tartibi. 
Masalan, AQSH konfessi konstitutsiyani qabul qilgandan keyin unga qilinadigan 
tuzatishlar kamida 3/4 shtatlardagi qonun chiqaruvchi majlislar yoki maxsus 
konventlar tomonidan tasdiklanishi kerak. Avstraliyada konstitutsiyadagi 
uzgartishlar loyihasi parlamentda maʼqullangandan keyin u mamlakatda va 
aksariyat shtatlarda saylovchilarning koʻpchilik ovozi bilan referendumda 
tasdiklanishi talab qilinadi. 
3. Aksariyat mototsikl ixlosmandlari haydovchilik guvohnomasini olishga shubha 
bilan qarashadi. Bahs sifatida ular moped yoki mototsiklni mashq qilmasdan 
qanday qilib xavfsiz haydashni bilishlarini aytishadi, hamma narsa xuddi 
velosipedda bo'lgani kabi. Boshqaruvning ko'rinib turgan qulayligi va haydash 
ko'nikmalari mavjudligiga qaramay, hech kim ma'muriy javobgarlikni bekor 
qilmagan. Va agar siz yo'l politsiyasi inspektori tomonidan tegishli haydovchilik 
guvohnomasisiz "temir otda" qo'lga tushsangiz, sizning mopedingiz yoki 
mototsiklingiz jarima to'xtash joyiga boradi, siz to'xtash joyi uchun ham to'laysiz va 
faqat huquqiga ega bo'lgan shaxs. bunday uskunani haydash uchun uni olish 
mumkin. 
4. Biz bu holatga quyidagicha huquqiy baho berishimiz mumkin. Ya'ni, foydalanish 
belgilangan tartibda man etilgan transport vositalari boshqarilsa, Kodeksning 125-
moddasining 5-qismiga asosan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida 
jarima solinadi. Agar haydovchilik guvohnomasisiz transport vositasi boshqarilsa, 
Kodeksning 135-moddasining 2-qismiga asosan eng kam oylik ish haqining uch 
baravari miqdorida jarima jazosi qo‘llanadi. 


Казус №8 
Ulan-Batordagi norozilik namoyishlari fonida Mo‘g‘uliston parlamenti ko‘mir 
o‘g‘irlanishi bo‘yicha tinglovlar o‘tkazadi va jinoyatchilar nomini ochiqlaydi. Bu 
haqda Buyuk Xural raisi Gombjavyn Zandanshatar ma'lum qildi, uning so'zlaridan 
iqtibos keltirmoqda Mass telekanali. “Buyuk Xuralda ko‘mir o‘g‘irlash ishi 
bo‘yicha ochiq eshituvlar o‘tkaziladi. Ommaviy sud majlisida bu ishga aloqador 
mansabdor shaxslarning ism-shariflari ommaga oshkor qilinadi”, - dedi 
Zandanshatar. Uning qo‘shimcha qilishicha, “milliy boyliklarni o‘g‘irlash bilan 
shug‘ullangan har qanday shaxs jazolanishi kerak”. 
Avvalroq Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiin Xurelsux parlamentni ko‘mir 
masalalari bo‘yicha ochiq eshituvlar o‘tkazish va fuqarolarni vaziyatdan xabardor 
qilishga chaqirgan edi. 
Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Batorda eksport qilinadigan ko‘mir o‘g‘irlanishi bilan 
bog‘liq mojaro tufayli ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishchilar 
hukumat va prezidentdan “44 trillion tugriklik ko‘mir o‘g‘irlagan o‘g‘rilar” nomini 
berishni talab qilmoqda. 
Mo‘g‘uliston bosh vaziri Luvsannamsreyn Oyuun-Erdene norozilik namoyishlari 
fonida parlament va hukumatni tarqatib yubormoqchi emasligini aytdi. 
Savollar: 
1.Kazus mazmuniga ko‘ra, Mongoliya boshqaruv shakliga ko‘ra qanday davlat? 
2.Aholini, ko‘mir mojarosi bilan bog‘liq bo‘lgan masala yuzasidan xabardor qilish 
qaysi prinsipning amaliy ifodasi hisoblanadi? 
3. “Milliy boylikni talon-taroj qilishga aloqador har qanday shaxs, jazolanishi 
shart!” Mazkur yondashuvdan davlat paydo bo‘lishining qaysi nazariyasini anglash 
mumkin?
4.Davlat va huquq nazariyasi nuqtai nazaridan kelib chiqib “Shikoyat qiluvchilar 
hukumat va prezidentdan 44 million tugrikka teng bo‘lgan o‘g‘irlikni sodir 
etganlarning ismlarini oshkor etishni talab qilmoqda”. Xalqning bunday huquqini 
qanday baholaysiz? 


Kasusga javob 
1.Davlat vujudga kelgan davrdan boshlab uni boshqarishda qanday usulda 
boshqarilishi hozirgi davrning eng asosiy muammolaridan biridir shu manoda 
boshqaruv usullari ham vaqt o’tgani sayin takomillashib bormoqda . 
Yuqoridagi muammolarga diqqat qaratadigan bo’lsak birinchi savoldan shu narsa 
ma’lum bo’ladiki davlat boshqarishning ikkita eng tarqalgan shakli mavjud bular 
“Monarxiya” va “Respublika” shaklidir bu ikkala shakl bir biridan boshqaruv 
usullari va uni ta’minlash yo’llaridan bir-biridan keskin farq qiladi. 
Jumladan, monarxiya boshqaruv shaklidagi mamlakatlarda hokimyat yakka 
shaxs qo’lida to’planadi va u juda katta imtiyozlarga ega hisoblanadi va u xohlagan 
paytda mamlakat parlamentini tarqatib yuborishi yoki muayyan bir shaxslarni 
lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod qilishni mustaqil hal qiladi va bu 
masalada uning xohish irodasiga hech kim aralasha olmaydi bu shakldagi 
boshqaruv mutlaq monarxiya shaklidagi davlatga xos belgilardir. Shu bilan 
birgalikda monarxiyaning cheklangan shakli ham mavjud bo’lib u bir qator 
shakllarni o’z ichiga oladi jumladan parlamentar va konstitutsiyaviy monarxiya 
kabi turlari mavjud. 
Monarxiya shaklidagi davlatlar bilan birgalikda “Respublika” shaklidagi 
boshqaruv shakli ham mavjud hisoblanib bunday davlatlarda hokimyat aholi 
tomonidan saylanadigan davlat organlari yoki davlat boshlig’i tomonidan 
boshqariladi. 
Respublika esa o’z navbatida ikki turga ya’ni prezidentlik va parlament 
respublikasidir. Prezidentlik respublikasida president hukumat boshlig’I hisoblanib 
uni tuzadi va hukumat president oldida hisobdor hisoblanadi. President davlat 
boshlig’I hisoblanib, u bevosita xalq tomonidan yoki saylov hayati tomonidan 
saylash orqali lavozimiga tayinlanadi va shu sababli u parlamentdan mustaqil 
faoliyat yuritadi. 
Shu bilan birgalikda Parlament respublikasi ham mavjud bo’lib uning mazmuni 
parlament oliy davlat hokimyati organlari orasida muhim mavqega ega bo’ladi va 


hukumatni tuzadi. O’z navbatida hukumat president oldida emas balki parlament 
oldida hisobdor hisoblanadi. Hukumat parlament saylovida ko’pchilik o’rinni 
egallagan siyosiy partiyalar tomonidan tuziladi . Davlatning amaldagi boshlig’i esa 
hukumat rahbari hisoblanuvchi Bosh vazir hisoblanadi. 
Bunday mamlakatlarda parlament eng asosiy rol o’ynaydi va hukumat ham 
parlamentning bevosita ko’pchilikning qo’llab-quvvatlashi bilangina amalga 
oshirishi mumkin hisoblanadi. Bunday turdagi mamlakatlarda Prezidentlik lavozimi 
ko’zda tutilgan bo’lsa ham u mamlakatda katta mavqega ega bo’lmaydi. Bunday
mamlakat “Kuchli parlament” qoidasi orqali faoliyat yuritadi bunday malakatlarga 
Germaniya va Hindiston kabi rivojlangan davlatlarni misol qilib keltirsak bo’ladi. 
Shu manoda Mongoliya davlat boshqaruv shakliga ko’ra “Parlament respublikasi” 
hisoblanadi chunki mamlakatda parlament tomonidan ko’mir o’g’riligi bo’yicha 
eshituvlar va tinglovlarni eshitish va bu haqida aholini o’z vaqtiga xabardor qilish 
haqida kko’rsatma beriladi bu mamlakatda kuchli parlamentar respublika 
boshqaruviga ega ekanligini ko’rish mumkin. 
2. Keying muammoga e’tibor beradigan bo’lsak demokratik davlat rejimi asosida 
davlatni tashkil etgan mamlakatlarda yani respublika tizimi mavjud mamlakatlarda 
davlat boshqaruvida aholining bevosita yoki bilvosita ishtiropkini ta’minlash uchun 
bir qator prinsiplarni amalga oshiradi . Bular jumlasiga “Qonuniylik”, 
“Fuqarolarning qonun oldida tengligi”, “Demokratizm”, “Insonparvarlik”, 
“Odillik” va “Ochiqlik va shaffoflik” va boshqa bir qator funksiyalar mavjud. 
Yuqorida kazusda berilgan Buyuk xarlun tomonidan aholini ko’mir masalasi bilan 
bog’lik muammolar yuzasida xabardor qilish va ma’lumot berish vazifasi 
davlatning ochiqlik va shaffoflik prinsipiga yaqqol misol bo’la oladi sababi 
hukumat va parlament o’z saylovxchilari hiosblangan mamlakat aholisni o’z 
navnbatida mamlakatdagi eng asosiy voqealardan xabardor qilishi orqali o’z 
saylovchilari bilan birgalikda ekanligini ko’rsatib beradi. Shu bilan birgalikda bu 
holat Axborotlardan erkin foydalanish prinsipiga ham mos keladi jumladan 
fuqarolar o’zlariga kerakli ma’lumotlatni xohlagan holatda va vaziyetda erkin olishi 
va uni tahlil qila olishi, shu bilan birgalikda uarni tarqatishi ham mumkin faqat 
bunday axborotlar davlat siri yoki davlatga qarshi axborotlar bo’lmasligi kerak 
hisoblanadi. 


3. Keyingi masalaga etibor beradigan bo’lsak, “Milliy boylikni talon-taroj qilishga 
aloqador har qanday shaxs, jazolanishi shart” degan fikr davlatning vujudga 
kelishidagi ilk davrlardan boshlab tarixiy materalistik yoki sinfiylik nazariyasining 
eng asosiy fikrlaridan biri. Ushbu fikr davlat va huquqning vujudga kelishi 
to’g’risidagi nazariyalardan tarixiy materalistik nazaryaning eng yaqqol shakli 
hisoblanadi . Bu nazariyaning eng yirik tarafdaorlari Karl Marks va Fredirix Engels 
fikriga ko’ra davlat iqtisodiy sabablar- ijtimoiy mehnat taqsimoti , qo’shimcha 
mahsulot va xususiy mulkning paydo bo’lishi, jamiyatning qarama-qarshi iqtisodiy 
manfaatlari ega sinflarga ajratish tufayli vujudga keladi deb aytiladi. Ushbu 
jarayonlarning obyektiv natijasi o’laroq davlat o’zining maxsus boshqarish va 
bostirib turish vositasi bilan anashu sinflarning kurashini bostirib turadi va bunda 
davlat hukmron sinf manfatlarini himoya qiluvchi asos hisoblanadi. 
SSSRning davlatki rahbarlaridan biri hisoblangan V.Lenin davlatni sinflarni 
keltirish vositasi emas balki sinfiy hukmronlik organidir ya’ni bir sinfni boshqa sinf 
ustidan hukmronligini ta’minlashning asosiy vositasi hisoblanadi. 
Shu bilan birgalikda milliy manfaatlarga qarshi qaratilgan har qanday jinoyat juda 
og’ir jazolar bilan jazolanishini va ular davlat dushmlari deb e’lon qilinishiga va 
ularni jinoiy javobgarlikka tortish bilan o’z natijasiga yetgan. 
Bu holat ham xuddi shu nazariyaga to’g’ri keladi sababi unda jinoyatlar uchun 
javobgarlik belgilangan va unda u kim bo’lishidan qat’iy nazar javobgarlikka 
tortilgan. Bu hozirgi vaqtdsa qisman shunday tartib saqlanib qolgan mamlakatlarda 
jumladan Xitoy Xalq Respublikasida mavjud eng kichik jinoyat uchun u hatto kim 
bo’lishidan qat’iy nazar jazolarga tortiladi degan tamoyil asosida faoliyat yuritib 
kelmoqda. 
4. To’rtinchi muammoga diqat qaratadigan bo’lsak, fuqarolar davlatdan komir 
o’g’riligi haqida va uni sodir etgan jinoyatchilar haqida bevosita ma’lumot olish 
huquqiga ega bu rivojlangan demokratik davlatlarda malakatda bevosita davlatni 
yoki fuqarolarni manfatlariga ulkan zarar yetkazuvchi jinoyatlar haqida ma’lumot 
berish qoidasi bir necha o’n yillar davomida shakllangan. Bu qoida aholining yoki 
fuqarolarning axborotdan erkin foydalanish va bevosita saylovhi sifatida ularning 
manfaatlariga ziyon yetkazuvchi omillar va holatlar haqida bemalol ma’lumot olish 
jarayoni bilan bog’liq hisoblanadi. Shu bilan birgalikda bu mamlakatdagi ochiqlik 
va shaffoflikni ham ta’minlashning muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. 


Shu bilan birgalikda davlat ommaviy axborot vositalari orqali o’z fuqarolariga 
jinoyatchilik ko’lami va uning darajasi haqida doimo xabardor qilib borish ham
lozimdir. 
Казус №9 
Seshanba kuni Yevropa Komissiyasi (EK) kommunike chiqardi Evropa Parlamenti 
va Evropa Ittifoqi Kengashi o'rtasida o'rmonlarni kesishsiz tovarlarni etkazib berish 
zanjirlari bo'yicha Ittifoq nizomi bo'yicha dastlabki siyosiy kelishuvni olqishlaydi. 
Bryusselda qabul qilingan hujjatda, "Qabul qilingan va kuchga kirgandan so'ng, 
yangi qonun Yevropa Ittifoqi bozoriga joylashtirilgan muhim mahsulotlar to'plami 
endi Yevropa Ittifoqi va dunyoning boshqa joylarida o'rmonlarning kesilishi va 
degradatsiyasiga hissa qo'shmasligini kafolatlaydi". Unda aytilishicha, Yevropa 
Ittifoqi yirik iqtisodiyot va ushbu tovarlarning asosiy isteʼmolchisi boʻlganligi 
sababli, “bunday harakat global oʻrmonlarning kesilishi va degradatsiyasining 
muhim qismini toʻxtatishga yordam beradi, bu esa oʻz navbatida issiqxona gazlari 
chiqindilari va biologik xilma-xillikning yoʻqolishini kamaytiradi”, deb yozadi 
“Interfaks”. 
Yangi qoidalar kuchga kirgach, barcha tegishli kompaniyalar palma yog'i, chorva 
mollari, soya, qahva, kakao, yog'och va kauchuk va ularning hosilalari, masalan, 
Evropa Ittifoqi bozoriga joylashtirish yoki eksport qilishda jiddiy tekshiruvdan 
o'tishlari kerak bo'ladi. Masalan mol go'shti, mebel yoki shokolad. Ushbu tovarlar 
"qishloq xo'jaligining kengayishi tufayli o'rmonlarning kesilishining asosiy omili" 
sifatidagi ta'sirini sinchkovlik bilan baholash asosida tanlangan. YeI qonunchilari 
tomonidan kelishilgan hujjatning yakuniy varianti bir yil avval Yevropa 
Komissiyasi tomonidan taklif etilgan, qonuniy yoki noqonuniy bo‘lishidan qat’i 
nazar, o‘rmonlarni kesishga qarshi kurashni nazarda tutgan reglament loyihasining 
asosiy qoidalariga asoslanadi; tovarlarning ular ishlab chiqarilgan qishloq xo'jaligi 
erlari bilan bog'liqligini kuzatish bo'yicha qat'iy talablar; mamlakatni taqqoslash 
tizimi. 
Evropa Ittifoqiga a'zo davlatlar qoidalarga rioya qilmaslik "samarali va to'xtatuvchi 
sanksiyalar"ga olib kelishini ta'minlashi kerak. "Qamrab olingan tovarlar ro'yxati 
muntazam ravishda ko'rib chiqiladi va yangi ma'lumotlarni aks ettirish uchun 


yangilanadi, masalan, o'rmonlarni kesish shakllarini o'zgartirish", dedi Bryussel. 
Endi Yevroparlament va YeI Kengashi yangi reglament kuchga kirishi uchun uni 
rasman qabul qilishi kerak. Qonun kuchga kirgandan so'ng, operatorlar va 
treyderlarga yangi qoidalarni amalga oshirish uchun bir yarim yil vaqt beriladi. 
Savollar: 
Kazus mazmunidan kelib chiqib, YEIni konfederatsiya deb baholash mumkinmi? 
O‘z fikrlaringizni aniq misollar bilan izohlang. 
“Kommyunike” degan hujjat huquq normasi hisoblanadimi? 
Yevrokomissiya bunday qaror qabul qilish orqali davlat sifatida qanday 
funksiyalarni amalga oshirmoqda? 
Kazusda davlat va huquq nazariyasi fani uchun ham xos bo‘lgan tahlil qilishning 
qanday uslubi qo‘llanilgan? Tahlilning ushbu turini alohida tushuntiring. 
Javoblar 
1-Javob. Yevropa Ittifoqi davlat tuzilishi turlaridan biri bo'lga 
Konferensiya deb baholashimiz mumkinmi. 
Avvalo davlatning tuzilish shakli-bu davlatning siyosiy va maʼmuriy-hududiy
tuzilishi bo'lib, markaziy va mahalliy organlar o'rtasidagi o'zaro aloqalarni 
tavsiflaydigan davlat shaklining tarkibiy qismidir. Davlat tuzilish shakliga ko'ra: 
Unutar (oddiy) , federativ va konfederativ (murakkab) ko'rinishlari mavjud . 
Konferentsiya - bu siyosiy, harbiy, iqtisodiy, va boshqa sohalarda muayyan 
maqsadlarga erishish uchun tashkil qilinadigan davlatlarning ittifoqidir . 
Konferentsiyaninig asosiy belgilari: 
Konferensiya suverenitetga ega bo'lmaydi , chunki ushbu tuzilma to'la ichki va 
tashqi suverenitetga ega boʻlgan mustaqil davlatlarning ittifoqidir. 
Konferensiya markaziy davlat apparati va yogona qonunchilik tizimi mavjud 
bo'lmaydi . 
Konfedratsiya doirasida u yoki bu muammolarni hal qilish borasidagi ishlarni 
muvofiqlashtirish maqsadida ittifoq organlari tashkil etilishi mumkin 


 Konfederatsiyaga birlashgan davlatlarning o'z fuqaroligi saqlanib qolinadi , lekin 
bu davlatlarning fuqarolari Konfedratsiya hududida erkin harakatlanish ( Viza va 
boshqa rasmiyatchiliklarsiz ) huquqiga ega bo'ladilar 
Konfederatsiyada yagona soliq , budjet,va armiya mavjud bo'lmaydi,lekin 
konfederatsiyasi subyektlari muayyan muddatga yagona pul tizimi, bojxona 
qoidalari, davlatlararo kredit siyosati konfederatsiyasi maqsadlari uchun budjet 
tizimini tashkil qilishlari mumkin 
konfederativ davlatlar uzoq muddatga saqlanib qilinmaydi bunda ular keyinchalik 
federatsiyaga aylanishi yoki umuman tarqalib ketishi mumkin.Yevropa Ittifoqi 
alohida ichki va tashqi suverenitetga ega boʻlgan mustaqil davlatlarning ittifoqidir . 
Xulosa qiladigan bo’lsak. Yevropa Ittifoqida vujudga kelgan muayyan 
muammolarni hal qiladigan organlari mavjud . Yevropa Ittifoqi davlatlarida o'z 
fuqaroligi saqlanib qolingan. Shunday bo'lishiga qaramasdan Fuqarolar Yevropa 
Ittifoqi tarkibidagi davlatlar hududiga bevosita hech qanday cheklovlarsiz kirish 
huquqiga egadir. Va ularda yagona armiya, soliq, budjet mavjud emas lekin yagona 
pul tizimi yevroga egadir. Ushu kazusga ko'ra hech ikkilanmasdan Yevropa 
Ittifoqini Konfedratsiya davlat tuzilishiga ega deya olamiz . 
2- Javob Kommyunike so'zining maʼnosi frans. communique, lot. communico — 
xabar qilaman degan maʼnoni anglatadi — davlatlar oʻrtasida xalqaro shartnomalar 
toʻgʻrisida yuritilgan muzokaralar haqidagi rasmiy xabar.[1] degan maʼnoni 
anglatadi. 
Kommyunike bu hujjat normasi hisoblanadimi ?. Huquq normalari bu davlat 
tomonidan o'rnatiladigan yoki maʼqullanadigan muayyan shaklda ifodalanadigan , 
ijtimoiy munosabat va tartibga solishga qaratilgan ummummajburiy xulq atvor 
qoidalaridir . Huquq normalari yangi munosabatlarni mustahkamlaydi va albatta 
rivojlantiradi. Shuningdek Huquq ma'nolari jamiyat taraqqiyotiga muhim hissa 
qo'shadi va xizmat qiladi, Huquq tizimining barcha elementlari huquq normalari 
bilan o'zaro bog'liqdir . Huquq normasi ijtimoiy hodisa sifatida huquqning asosiy 
muhim qismi butun huquqiy tizimning bosh tushunchasidir. 
3-Javob Avvalo davlat funksiyalari bu nima?. Davlat funksiyalari-bu davlatning 
maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan davlat davlat faoliyatining 


asosiy (bosh) yo’nalishlaridir . Funksiya-bu vakolat doirasidan kelib chiquvchi 
faoliyatdir. Vakolat esa ushbu maqsadga erishish uchun hal etilishi lozim bo’lgan 
masalalardir .Davlatning funksiyalari ikkiga bo’linadi bular ichki funksiyalar va 
tashqi funksiyalardir. 
Ichki funksiyalar- bu davlatning ichki vazifalarini yechishga qaratilgan bo’lib, 
davlatning jamiat hayoti ustidan rahbarligini amalga oshirishga qaratilgan 
faoliyatning asosiy yo’nalishlarini namoyon qiladi . 
Tashqi funksiyalar esa xalqaro- huquqiy munosabatlarning subyeyti sifatida 
ishtirok etayotgan davlatning davlatlararo miqyosidagi vazifalarni hal qilishi bilan 
bog’liqdir
Davlatning ichki funksiyalariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin. 
Iqtisodiy funksiya
Ijtimoiy funksiya
Siyosiy funksiya
Huquq-tartibotini ta’minlash kunksiyasi
Tinchlikni ta’minlash funksiyasi 
Ekologik funksiya va boshqalar . 
Davlatning tashqi funksiyalariga quyidagilar kiritishimiz mumkin. 
Boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik funksiyasi
Davlatlararo iqtisodiy hamkorlik
Davlatlarning siyosiy sohadagi
Madaniy va ilmiy-texnik hamkorlik
Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik 
Mudofa funksiyasi va boshqalar
Yuqorida keltirilgan kazusga ko’ra “ Bryusselda qabul qilingan hujjatda, "Qabul 
qilingan va kuchga kirgandan so'ng, yangi qonun Yevropa Ittifoqi bozoriga 
joylashtirilgan muhim mahsulotlar to'plami endi Yevropa Ittifoqi va dunyoning 


boshqa joylarida o'rmonlarning kesilishi va degradatsiyasiga hissa qo'shmasligini 
kafolatlaydi". Ushbu hujjatning qabul qilishi bilan yevrokomissiya davlatning 
tashqi funksiyalaridan biri bo’lgan “Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida 
hamkorlik ” funksiyasini bajarmoqda . 
Казус №10 
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-oktabr kuni Ostona shahrida “Markaziy 
Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi delegatsiyalar rahbarlarining uchrashuvida 
ishtirok etdi. 
Kun tartibiga muvofiq siyosiy muloqotni rivojlantirish istiqbollari, mintaqalararo 
hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy hamkorlik va madaniy-gumanitar 
almashinuvlarni faollashtirish masalalari muhokama qilindi. Shavkat Mirziyoyev 
o‘z nutqida yangi O‘zbekistonda qaytarib bo‘lmaydigan islohotlar strategiyasining 
asosiy ustuvor vazifalari – samarali bozor mexanizmlariga ega kuchli huquqiy 
davlat, shuningdek, yuksak saviya va qulay turmush sharoitini shakllantirishga 
alohida to‘xtalib o‘tdi. “Biz erishgan yutuqlarimiz bilan cheklanib qolmayapmiz va 
o'zgarishlar ko'lamini oshirish niyatidamiz. Gap, eng avvalo, qonun ustuvorligi, 
fuqarolik jamiyati institutlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, inson huquqlari 
va gender tengligini, so‘z va e’tiqod erkinligini ta’minlash haqida bormoqda”, — 
dedi davlatimiz rahbari. 
Iqtisodiy yo‘nalishda tadbirkorlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish 
davom etishi, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash davom etishi, raqobatbardosh 
va innovatsion ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish rag‘batlantirilishi ta’kidlandi. 
Yaxshi qo‘shnichilik va mintaqaviy sheriklik kun tartibini ilgari surish masalalariga 
alohida e’tibor qaratildi. 
O‘zbekiston Prezidenti hamkorlikning asosiy yo‘nalishi mintaqaviy xavfsizlikni 
ta’minlash ekanini ta’kidladi. U Yevropa Ittifoqining terrorizm, radikalizm va 
ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik, narkotrafik va boshqa umumiy muammolarga 
qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma dasturlar doirasidagi amaliy yordamini yuqori 
baholadi. Xalqaro amaliyotdan kelib chiqib, maxsus xizmatlar va huquq-tartibot 
idoralari o‘rtasida axborot almashish va zamonaviy tahdidlarga birgalikda qarshi 
kurashish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklif etildi. 
Savollar: 


1.YEI va MO bilan shartnoma tuziladigan bo‘lsa, u huquq manbasi nuqtai 
nazaridan qaysi huquq manbasiga taalluqli bo‘ladi?
2.Samarali ishlovchi bozor mexanizmlariga ega bo‘lgan kuchli huquqiy davlat” 
tushunchasini ta’riflab bering.
3.So‘z erkinligi va vijdon erkinligi degani nima?
4.Maxsus xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar yo‘nalishi bo‘yicha 
hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi davlatning qaysi funksiyasiga taalluqli hisoblanadi? 
JAVOBLAR 
1.Huquq manbasini 4 ta turi bor. YEI va MO bn shartnoma tuziladigan bo'lsa bu 
huquq manbasi nuqtai nazarindan Narmativ shartnomaga kiradi. Narmativ 
shartnomalar 2 yoki undan ortiq mustaqil subyrktlar ortasida tuziladi va bekor 
qilinadigan bitim. 
2.Bazar mehanizimi yuqori hayot darajasi va kuchli davlat barpo etishda rol 
o'ynaydi. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud boʻlgan eng progressiv 
va istiqbolli tizimdir.Yaxshi qo‘shnichilik va mintaqaviy sheriklikni ilgari surishga 
alohida e’tibor qaratildi.Iqtisodiy sohada bundan buyon ham tadbirkorlar uchun eng 
qulay sharoitlarni yaratish, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, raqobat va 
innovatsion biznes muhitining rivojlanishini rag‘batlantirish davom ettirilishi qayd 
etildi. 
3.insonning asosiy shaxsiy va fuqarolarning siyosiy huquqlaridan biri; hozirgi 
davrda aksariyat mamlakatlarda "axborot erkinligi" deb ataladigan umumiy 
huquqning tarkibiy qismi. O'zbekiston Respublikasi Kanstitutsiyasida 29 
moddasida aytib o'tilganidek har kim fikrlash, so'z va e'tiqod huquqiga ega. 
4. Maxsus xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar yo‘nalishi bo‘yicha 
hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi davlatning tashqi funksiyasiga taalluqli hisoblanadi.
Казус №11 
Jurnalist Aziza Qurbonova va Toshkent shahar Uchtepa tuman hokimi matbuot 
kotibi o‘rtasidagi mojaroga tuman hokimligi munosabat bildirdi. Uchtepa tumani 
hokimligidan ma’lum qilishlaricha, jurnalist Aziza Qurbonovaning Uchtepa 


tumanida gaz bosimi pastligi haqidagi postiga aynan tuman hokimligi axborot 
xizmati rahbari To‘rabek To‘rayev qo‘pol izoh yozgan.Ma’lum qilinishicha, tuman 
hokimligining Tashkiliy-kadrlar guruhi vaziyatni o‘rgangan, To‘rabek 
To‘rayevning emotsional fikrlari hokimlikning rasmiy sahifasi orqali tanqid 
qilingan. 
“Tuman hokimi matbuot kotibining sohaga qo‘shgan hissasi, tuman ijtimoiy-
iqtisodiy hayotini tezkor yoritib borishi, ko‘p yillik tajribasi, qator respublika va 
xalqaro tanlovlarda e’tirof etilgani, bundan tashqari, ilgari bunday holatlarga yol 
qo'yilmagani haqida tuman hokimi ogohlantirdi. Unga tuman hokimligi nomidan 
bildirilayotgan fikr-mulohazalarda matbuot kotibi jurnalist odob-axloq qoidalariga 
amal qilishi shartligi tushuntirildi”, — deyiladi hokimlik rasmiy xabarida.Eslatib 
oʻtamiz, jurnalist Aziza Qurbonova oʻzining Facebookdagi sahifasida oʻzi istiqomat 
qilayotgan hududda gaz bosimi sezilarli darajada pasayganini aytib, jamoatchilik 
eʼtiborini shu holatga qaratgan edi. Bunga Uchtepa tumani hokimligi axborot 
xizmati rahbari Toʻrabek Toʻraev oʻz postiga izoh qoldirib, uni “odamlar nafratini 
qoʻzgʻatish va aqillilik”da ayblab, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari tanqidiga 
sabab boʻldi. 
Savollar:
1. Tuman hokimiyatlari davlat mexanizmining qaysi qismiga taalluqli?
2. Mazkur kazusda nechta va o‘z mazmuniga ko‘ra qanday ijtimoiy munosabatlar 
mavjud? 
3. “Tuman administratsiyasining tashkiliy-kadr guruhi”ga huquqiy baho berishga 
urunib ko‘ring.
4. Facebook ijtimoiy tarmog‘iga xabar joylashtirish ijtimoiy munosabat 
hisoblanadimi? fikringizni asoslang. 

1. Tuman hokimiyatlari davlat mexanizmining qaysi qismiga taalluqli?
Kazusning birinchi savoliga ko’ra avvalambor ,, Davlat mehanizimi “atamasiga 
javob berib olishimiz kerak. Davlat mehanizmi bu davlat organlari, davlat 
muassasalari, davlat tashkilotlaridan iborat bo’lgan muayyan bir tuzilma 
hisoblanadi. Bunga ko’ra davlat mexanizmi uchga bo’linadi , bular davlat organlari , 
davlat muassasalari va davlat tashkilotlaridan iboratdir. Bu X.T.Odilqoriyevning 
darslik kitoblarida ham keltirib o’tilgan hisoblanadi. Unga ko’ra ,,Tuman hokimligi 
“ davlat organlari sirasiga kiradi va hokimyat harakteriga ega bo’ladi. Shu yerda ,, 
Davlat organi “ tushunchasiga to’xtalib o’tishimiz kk. Davlat organi bu davlat 


mehanizimining bir bo’lagini tashkil etadigan , davlat funksiyalarini amalga 
oshiradigan , hokimyat harakteriga ega bo’lgan davlat mexanizmining bir bo’lagidir. 
Tuman hokimligi davlat organining iyerarxik tuzilishiga ko‘ra ,, Ijro etuvchi 
“ organlarning quyi bo’g’inini tashkil etadi. Bundan tashqari quyidagi tasniflarga 
ko’ra ham bo’lib chiqsak bo’ladi. Misol uchun vakolat muddatiga ko’ra ,, Doimiy 
organlar “, shakllanish manbaiga ko’ra ,, Ikkilamchi “ davlat organlari , vakolatni 
amalga oshirish tartibiga ko’ra ,, Yakka tartibda faoliyat yurituvchi “davlat 
organlari sirasga kiradi.
2.Mazkur kazusda nechta va o‘z mazmuniga ko‘ra qanday ijtimoiy munosabatlar 
mavjud?
Avvalambor ijtimoiy munosabat atamasiga ta’rif berib olishimiz lozim.Ijtimoiy 
munosabatlar – ijtimoiy sub’ektlar o‘rtasidagi hayotiy ne’matlarni taqsimlash, 
moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish yuzasidan kelib chiqadigan aloqalardir. 
Ijtimoiy munosabatlarning quyidagi turlari mavjud: milliy, etnik, guruhiy,shaxsiy 
va boshqalar. Ijtimoiy munosabatlar faqat ijtimoiy sub’ektlar, ya’ni shaxslar va 
ularning uyushmalari o‘rtasida yuzaga keladi. Shu jihatdan olganda, insonning o‘zi 
yaratgan sun’iy ob’ektlari va tabiat ne’matlari (o‘simlik va hayvonot dunyosi)dan 
foydalanishini ijtimoiy aloqalar sifatida tavsiflab bo‘lmaydi.Ijtimoiy munosabatlar 
kishilarning o‘zaro mavhum aloqalari emas. U moddiy va ma’naviy madaniyatda 
o‘z ifodasini topgan kishilarning bir-biriga ta’siri, muloqoti, qiziqish va 
ehtiyojlarining uyg‘unlashuvi, fikr va e’tiqodlarining qiyoslashuvi,faoliyat va 
tajriba almashuvi natijasidir. Muloqotda kishilarning ratsional, emotsional va erkin 
tarzda bir-biriga ta’siri, kayfiyatlari va qarashlari shakllanadi, turmush va xulq-
atvor tarzi, odatlar,qiliqlar o‘zlashtiriladi, ahillik, hamkorlik kabi guruhiy yoki 
ijtimoiy faoliyatini ifodalovchi xislatlar yuzaga keladi. Bu yerda jurnalist Aziza 
Qurbonova va Uchtepa tuman matbuot xizmati raxbari To’rabek To’rayev ( keyingi 
o’rinlarda To’rabek To’rayev ) shuningdek tuman hokimligi tashkiliy kadrlar 
guruhi va To’rabek To’rayev o’rtasida ijtimoiy munosabatlar vujudga kelgan 
hisoblanadi. Bu yerdagi ijtimoiy munosabatlar huquqiy ijtimoiy munosabatlar 
hisoblanadi. Chunki Aziza Qurbonova o’zining erkin fikr bildirish huquqidan 
foydalanib o’z fikrlarini ijtimoiy tarmoqda bildirgan. Bu uning huquqidir buni hech 
kim cheklab qo’yishi mumkin emas.Har qanday jamiyatda uning a’zolari 
munosabatlarini tartibga solish jamiyat mavjudligining zaruriy shartidir. Ijtimoiy 
hayotda tartibga solish – odamlar va ular jamoalari xatti-harakatlarini belgilash, 
ushbu xatti-harakatlarning doimiyligi va rivoji uchun zarur yo‘nalishlar berish, uni 


aniq maqsadni ko‘zlagan holda muayyan bir qolipga tushirish demakdir. Ijtimoiy 
tartibga solish ikki xil – normativ va individual ko‘rinishga ega. Normativ tartibga 
solish umumiy xususiyatga ega bo‘lib, bunda norma (qoida)larjamiyatning barcha 
a’zolariga yoxud uning muayyan qismiga tegishli bo‘ladi. Shu o‘rinda normativ 
tartibga solishning yuzaga kelishi –ijtimoiy tartibga solishning eng muhim burilish 
nuqtalaridan biri bo‘lib, uning taraqqiyotida yirik sifat o‘zgarishlarini, tub 
burilishlarini boshlab berganligini alohida ta’kidlash joiz. 
3.“Tuman administratsiyasining tashkiliy-kadr guruhi”ga huquqiy baho berishga 
urunib ko‘ring.
O’zbekiston Resapublikasi prezidentining 2016 – yil 27- fevraldagi ,, Hududiy 
davlat boshqaruv organlari tuzilmasini takomillashtirih “ to’g’risidagi qaroriga 
ko’ra Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016 - yil 24-aprelda ,, Viloyatlar , shaharlar , 
tumanlar , hokimliklari boshqaruv apparatlari “ to’g’risida qaror qabul qilgan aynan 
shu qarorda bizni kazusimizning uchinchi savoliga javob topiladi. Bu qarorga 
asosan har bir viloyat , shahar , tumanlarda tashkiliy nazorat guruhlari tuziladi va 
bu organlar hokimlikda nazorat funksiyasini amalga oshiradi ya’ni ular hokimlikda 
faoliyat yuritayotgan xodimlarni o’z ish faoliyatlarini qanday amalga oshirishlari 
to’g’risidagi ishlar bilan shug’ullanishadi. Bu apparat hodimlarni ishlari qanday 
ketayotganligini kuzatadi va ularga nisbatan qonuniy chora ko’radi. 
Facebook ijtimoiy tarmog‘iga xabar joylashtirish ijtimoiy munosabat 
hisoblanadimi?.
Mening fikrimcha bu ham ijtimoiy munosabat hisoblanadi chunki insonlar bu 
jarayonda ham ijtimoiy minosabatlarga kirishishadi. Ijtimoiy munosabatlar 
jamiyatdagi insonlar o’rtasida vujudga keladi , ijtimoiy tarmoqlarda ham insonlar 
o’z faoliyatlarini amalga oshirishadi. Demak bu jarayonni ham ijtimoiy munosabat 
deb hisoblasak bo’ladi. 
Казус №12 
Buenos Aires Times tomonidan berilgan xabarga asosan, 6-dekabr, seshanba kuni 
Argentina sudi mamlakat vitse-prezidenti va sobiq prezidenti Kristina Fernandes de 
Kirshnerni korrupsiyada aybdor deb topib, olti yillik qamoq jazosiga hukm qildi. 
Shuningdek, u umrbod siyosiy mansabdan mahrum qilindi. 2007—2015-yillarda 
prezident bo‘lgan 69 yoshli De Kirchner “davlat zarariga soxta boshqaruv”da 
aybdor deb topildi. U Santa Kruz provinsiyasida do'sti va biznes sherigi Lazaro 


Baezga tegishli kompaniya bilan 51 ta jamoat ishlari bo'yicha shartnoma 
tuzganlikda ayblangan. 
Siyosatchi o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad etadi va sud jarayonini “siyosiy jodugar 
ovi” deb atadi. Shuningdek, u "qonuniy mafiya" tomonidan qoralanganini 
qo'shimcha qildi. 
Nashrning yozishicha, Kristina de Kirshner vitse-prezident va Senat rahbari sifatida 
daxlsizlik huquqiga ega ekanligini inobatga olsak, uni panjara ortida o‘tkazishi 
dargumon. Bundan tashqari, u shikoyat qilish imkoniyatiga ega. Ish yuqori sudda 
ko'rib chiqilayotgan paytda u vitse-prezident lavozimida ishlashda davom etadi. U 
Argentina vitse-prezidenti lavozimida ishlayotgan davrida jinoyat sodir etganlikda 
birinchi marta ayblangan. 
Savollar: 
1.Kazus mazmuniga ko‘ra Argentinada qanday boshqaruv shakli amalda?
2.Kazus mazmuniga ko‘ra, Argentinada demokratik rejim hukmron deyish 
mumkinmi? O‘z fikringizni argumentlar bilan keltiring.
3. “Davlat zarariga firibgarlik boshqaruvi” tushunchasini sharhlashga harakat qiling. 
4 Sud hokimiyatining mustaqilligi tushunchasini ta’riflab berishga harakat qiling. 
Javoblar: 
1. Davlat boshqaruv shakli- bu davlat hokimyatining oily organlarini tashkil etish 
hamda ushbu organlarning o’zaro va aholi bilan bog’langan munosabatlarini 
belgilovchi davlat shaklining tarkibiy qismi.Shuningdek, muayyan mamlakatda 
davlat boshlig’i (monarx va prezident) ning huquqiy maqomi bilan bog’liq 
masalalar ham davlat boshqaruv shaklining mazmuni tarkibiga kiradi. Davlat 
boshqaruv shakliga ko‘ra ikkiga bo’linadi: monarxiya va respublika . 
Monarxiya (lotincha monos - yakka, arxe – hokimiyat .ma’nosini anglatadi) - bunda, 
qoida tariqasida, oliy davlat hokimiyati yakka shaxs tomonidan amalga oshiriladi. 


Odatda hokimiyat meros orqali o‘tadi. Monarxiya boshqaruvining ko‘rinishlari: 
mutlaq (absolyut), 
cheklangan, dualistik (aralash), teokratik. 
Respublika - davlat boshqaruvining shunday shakliki, bunda davlat hokimiyati 
aholi tomonidan muayyan muddatga saylab qo‘yiladigan organlar va davlat 
boshlig'i tomonidan 
amalga oshiriladi.Respublika so’zining ma’nosi – umumiy ish degan ma’noni 
beradi. Hozirgi kunda respublika shaklining asosan quyidagi turlari ajratib 
ko‘rsatiladi: parlamentar respublika, prezidentlik respublikasi, aralash (dualistik) 
respublika. 
Argentina davlati esa prezidentlik respublikasi hisoblanadi. 
2. Siyosiy (davlat) rejim(i) - bu siyosiy (davlat) hokimiyatni amalga oshirishda 
qo'llaniladigan usul, uslub va vositalar yig'indisidir. Siyosiy rejim davlat 
hokimiyatining aholi bilan o‘zaro munosabatlari qanday usullar yordamida amalga 
oshiriladi, ijtimoiy qatlamlarning siyosiy sohadagi haqiqiy nisbati qanday namoyon 
bo'ladi, turli jamoat tashkilotlarining siyosiy maqomi qanday, davlat organlari o‘z 
hududlarida yashovchi aholini boshqarish bo‘yicha amalda qanday rol o'ynaydi 
degan savollarga javob beradi. 
Barcha siyosiy rejimlar birinchi navbatda ikki xil ko'rinishdagi, ya’ni demokratik va 
nodemokratik turlarga bo'linadi. 
Demokratk rejim bu- ,,demos-xalq, kratos-hokimyat ma’nosini berib , bunda xalq 
bevosita yoki bilvosita o’z vakillari orqali hokimyatni boshqaradi. 
Demokratiyaga zid tartibot esa nodemokratik tartibot deyiladi.Demokratiyaning eng 
muhim belgilaridan biri bu qonun ustuvorligidir.demokratiya mavjud bo’lgan 
davlatlarda barchaning qonun oldida tengligi belgilab, qonunlar asosida 
mustahkamlab qo’yiladi.(Qiyosiy tahlil ) Misol uchun O’zbekiston Respublikasida 
demokratik rejim hukmrondir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-
moddasida ham ,,O’zbekiston – suveren, demokratik respublika .’’ deb belgilab 
qo’yilganligi ham buning isbotdir. Yurtimizda demokratik rejim o’rnatilganligi 
hammaning qonun oldida teng ekanligini bildiradi.Konstitutsiyamizning 18-
moddasida ham O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bir xil huquq va erkinliklarga 


ega bo’lib, jinsi,irqi,millati,tili,dini va e’tiqodidan qat’i nazar qonun oldida 
tengdirlar deb belgilab qo’yilgan.Mamlakatimizda mansabdor shaxslar va fuqarolar 
bir xil huquq v erkinliklarga egadir. Mansabdor shaxslar ham qilgan xatti-
harahatlari uchun ham qonunda belgilan tartibda javob beradilar, fuqarolar ham
qilgan xatti-harakatlari uchun qonun oldida javob beradilar.
Argentina davlatida ham shunday chunki prezidentlik respublikasi bo’lgan ushbu 
davlatda mansabdor shaxslar ham qonunga zid xatti-harakatlari uchun javob 
berayabdi.argentina davlati konstitutsiyasida ham fuqarolar va mansabdor shaxslar 
tenglogi qonunan kafolatlangan. 
3.Davlat zarariga firibgarlik boshqaruvi tushunchasiga ta’rif berishdan avval 
firibgarlik nma ekanliginini bilishimiz kerak. 
Firibgarik bu – aldash va boshqa yo’llar bilan o’zgalar mulkini g’arazgo’ylik 
maqsadida egallashdir. 
Davlat zarariga firibgarlik boshqaruvi esa- davlat mulkini aldash yoki boshqa 
g’ayriqonuniy yo’llar bilan egallash maqsadida soxta boshqaruv o’rnatishdir.Bunda 
davlatning mulki mansabdor shaxs ( shaxslar) tomonidan g’ayriqonuniy yo’l bilan 
o’zlashtiriladi.Bunday boshqaruv oqibatida davlatga juda ko’p moliyaviy va 
iqtisodit zarar yetishi mu+/mkin. 
yuqaridagi huquqiy masalada ham aynan shu masala bo’yicha Argentina prezidenti 
javobgarlikka tortilgan . 
4.Sud hokimyati- davlat hokimyatining bir bo’g’in. Sud hokimiyati - hokimiyatlar 
boʻlinishi qoidasiga koʻra, davlat hokimiyatining alohida va mustaqil (qonun 
chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar bilan bir qatordagi) tarmogʻi. U oʻzida: a) 
odil sudlovni amalga oshirish vakolatlari, yaʼni jinoiy, fuqarolik, xoʻjalik, 
maʼmuriy va konstitutsiyaviy ish (nizo)larni protsessual, qonun bilan belgilangan 
tartibda koʻrib chiqish vakolatlari yigʻindisini, baʼzi mamlakatlarda, shuningdek, 
huquq normalarini izohlash vakolatlari ni, qonun ijodkorligi vakolatlari va boshqa 
2darajali vakolatlarni; b) yuqorida qayd etilgan vakolatlarni amalga oshiruvchi 
davlat organlari tizimini mujassamlashtiradi Sud idoralar vakolatlari asosiy — odil 


sudlovni amalga oshirish vakolatlari va yordamchi vakolatlarga boʻlinadi. Hozirgi 
zamon demokratik davlatlarida Sud hokimiyatining asosiy vakolatlari turli toifadagi 
sudlar zimmasiga yuklanadi. 
Oʻzbekiston Respublikasida Sud hokimiyati ijtimoiy adolat, fuqarolar tinchligi va 
totuvligi, qonun ustuvorligini taʼminlashga, inson huquklari va erkinliklarini, 
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini 
muhofaza etishga karatilgan. Mamlakatimizda Sud hokimiyatining 
konstitutsiyaviyhuquqiy maqomi, tuzilishi va faoliyat yuritishining qonuniy asosi 
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasining 
"Sudlar toʻgʻrisida"gi qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 
Konstitutsiyada mustahkamlanishicha, "Oʻzbekiston Respublikasida sud hokimiyati 
qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa 
jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi" (106modda).Sud idoralaridan 
boshqa davlat idoralari fuqarolik, jinoyat, va boshqa ishlarni ko’rish, hal etish 
huquqiga ega emas.Sud hokimyati odil sudlovni amalga oshirish vakolatiga ega 
bo’lgan yagona davlat hokimyai hisoblanadi. 
Sud idoralarning mustaqilligi davlat tomonidan kafolatlanishi , Konstitutsiya va 
qonunlarda belgilab qo’yilishi BMT tomonidan qabul qilingan ‘’ Sud idoralarining 
mustaqilligiga oid asosiy tamoyillar’’ nomli xalqaro huquqiy hujjatda ham o’z 
aksini topgan.
So’nggi yillarda mamlakatimizda sud idoralari mustaqilligini ta’minlash borasida 
keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining mamlakatimiz taraqqiyoti, jamiyatimizning rivoji hamda inson 
huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi ahamiyati beqiyosdir. Konstitutsiyada 
mustahkamlab qo‘yilgan inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda, jamiyatda 
qonuniylik va sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlashda alohida 
o‘rin tutadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112-moddasida sudyalar mustaqil 
ekanligi, faqat qonunga bo‘ysunishlari, sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish 
borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi va bunday 
aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi kabi muhim normalar 
mustahkamlab qo‘yilgan. 


Ta’kidlash joizki, sudyalarning mustaqil va faqat qonunga bo‘ysungan holda ish 
yuritishlarining konstitutsiya darajasida kafolatlanishini asosiy sabablaridan biri - 
sud hokimiyatiga boshqa hech qaysi organ vakolatiga taalluqli bo‘lmagan huquq - 
odil sudlovni amalga oshirish huquqi berilganligi bilan izohlanadi. Zero, 
mamlakatimiz hayotida, fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini to‘liq 
ta’minlanishiga erishishda odil sudlovning ahamiyati beqiyosdir. Odil sudlov 
jamiyat hayotida, jamiyat a’zolarini huquqiy madaniyati va huquqiy ongini 
yuksaltirishda, insonlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat 
kasb etadi. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, aholining odil 
sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirishga qaratilgan mutlaqo yangi bosqichni 
boshlanishini hayotiy zaruratga aylantirdi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2016 yilning 21 
oktyabrida e’lon qilingan PF-4850-sonli “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, 
fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini 
kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni sudyalarning mustaqilligi va 
faqat qonunga bo‘ysunishiga doir konstitutsiyaviy normani amalda to‘la-to‘kis 
ro‘yobga chiqishiga zamin yaratdi. Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasini 
yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmon hamda 
ushbu Farmon bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini 
rivojlanti-rishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini 
“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat 
dasturi”da sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini 
oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirishga oid qator chora-
tadbirlar nazarda tutildi va shu kabi islohotlar tizmida sud huquq sohasida bir qator 
islohotlar amalga oshirildi. 
13-kazus
1.bu tahlil miqdoriy va rasmiy tahlillarga musol bo`lishi mumkin. Miqtoriy tahli bu 
aniq sonlar raqamlar vazn va bosh o`lchov birliklarini keltirib otamiz. Rasmiy tahlil 
esa davlat organi yoki boshqa xusisiyatga ega rasmiy tahlillarni misol qilib keltirish 
mumkindir. Yana shu bilan bir qancha tahlil turlari bormiqatoriy, sifatli nazariy 
rasmiy, struktiraviy, ekspremental to`liq
2. Davlat statistika qo`mitasi bu davlat organi davlat mexanizmida kerakli o`ringa 
ega organ hisoblanadi chunki, bu davlat organi nafaqat davlat hudidida balki 


Ozbekistonga tegishli chet el davlarida ozbekistonga taalluqli bolgan barcha 
statitika bilan o`ragnim chiqadi va buni xalqqa namayon etadi. Qo`mita nafaqat 
iqtisodiy balki harbiy iqtisodiy va boshqa sohada ham barcha statistika bikan 
tanishib chiqadi va uni yozma tarizda yozib tahlil qilib namayon etadi. Bu qo`mita 
faoliyati davomida to`g`rilik odillik yolg`on ma`lumotlarni taqdim etmaslik kabi 
majburilatlarni oz zimmasiga oladi.Sizning hozirgi qo`mita adolatli faoliyat olib 
boryaptimi. Davlat zarariga ishlayotgan statistikalarni namayon etmayaptimi xalqqa 
lekin buni oddiy xalq bilaydi va talab ham qilib olmaydi. Davlat qo`mitasi halollok 
tamoyillariga amal qilgan holda davlat foydasi uchun emas xalq foydasi uchun 
ishlashi kerask deb o`layman. Hozirgi kazusda ham osongina hech kimga qiziq 
bo`lmagan statistika bilan tanishtirgan. Bundan ko`ra nechi yil ozbek xalqi ishlab 
moshina ola olishi uyni ozbekiatondagi o`ratacha oylik bilan nechi yil ishlasa uy 
sotib olishi umkinligi haqida yozganda bu adolatli deb oylayman
3. bu qo`mita davlat ichki funksiyasiga taaliqlo degan xulosa maqul deb oylayman 
chunki davlat ichki ishiga taalliqli vazifalarni bajaradi davlat ichki ishlariga esa 
hech qaysi davlat aralashishi mumkin emas boshqa davlat uchun qiziq ham emas 
chunki boshqa davlatni lol qoldiradigan statistika yoq deb oylayman. Ichki funksiya 
ijtimoiy iqtisodiy va moliyaviy funksilarni ham oz ichiga oladi. Funksiya o`zi nima 
avvalo vazifa bilan silishtirsak. Vazifa hal qilinishi lozim bo`lgan muammo bo`lsa 
funksiya unga yetaklovchi yo`ldir. Qo`mita esa bu borada birorta muammoga duch 
kelmasligi uchun statistika qo`mitasi bu borada yordam beradi va tog`ri yol`dan 
oson borishda ko`maklashadi deb o`1ylaman. 
4.davlat aholisi ko`pyib borishi haqida va u salbiymi yoki ijobiy degan savollarni 
o`rtaga tashlasak ikkita ustinga bol`amiz chunki ham ijobiy ham Salbiy tomonlari 
bor. Ijobiy. 
- aholi soni ko`payib ish o`rinlariga muhtoj bo`ladi. Ish o1rinlarini yaratib beruvchi 
davlat buni har xil yolini topib davlatni rivojlantiradi 
- o`zlashtirishga ulgurmagan erlarni o`zlashtirish imkonini beradi 
Salbiy taraflari 
-Aholi soni ko`payib ishiszlik oshib boradi va turli jinoyatlar fitnalar avj olishi 
mumkin 


- aholini boshqarish qiyin bo`lib boradi hamma har xil hokomiyatni tuzishga 
qiziqadi hammani hohishini amalga oshirish esa mumkin emas
Bunga yana bir qancha misollarni keltirish mumkin. Masalan aholi soni ko`payib 
borishi hnadonlar soni ko`pligi uchun davlat xalqni svet gaz bikan taminlash olish 
qabilyatini yo`qotti. Hatto poytraxt hududida ham bu kabi muammolar ko`payib 
borgani hammamizga ayon.
Казус №14 
Qozog‘iston banklari AQShning xorijiy aktivlarni nazorat qilish departamentidan 
(OFAC) Mir to‘lov kartalari bilan operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat oldi. Bu 
haqda juma kuni mamlakat Moliya bozorini tartibga solish va rivojlantirish 
agentligi ma’lum qildi. 
Regulyator matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, ular OFACdan 8-dekabr kuni 
tegishli xat olgan. Shu bilan birga, AQSh departamenti Rossiyaga qarshi 
sanksiyalarni chetlab o‘tishda foydalanilmasligi uchun Rossiya to‘lov tizimi 
kartalari bilan o‘tkazilayotgan tranzaksiyalarni kuzatishda davom etishlarini 
ta’kidladi. “[Qozog‘iston banklari] Mir kartalari yordamida to‘lovlarni qabul qilish, 
pul o‘tkazmalarini qabul qilish, shuningdek, jismoniy shaxslar uchun bankomatlar 
orqali naqd pul berish huquqiga ega”, — deyiladi agentlik xabarida. 
Regulyatorning qo‘shimcha qilishicha, Qozog‘iston banklari o‘zlarining rivojlanish 
strategiyalaridan kelib chiqib, “Mir” to‘lov tizimini mustaqil ravishda ulash 
bo‘yicha qaror qabul qilishadi. 
Qozog‘istonning Xalq banki sentabr oyi oxirida AQSh g‘aznachiligi Mir to‘lov 
tizimidan Rossiyadan tashqarida foydalanishni qo‘llab-quvvatlaganlik uchun 
ikkilamchi sanksiyalar xavfi haqida ogohlantirishi munosabati bilan Mir kartalarini 
qabul qilishni to‘xtatdi. Turkiya, Armaniston, Qirg‘iziston, Vetnam, Tojikiston va 
O‘zbekistonning bir qancha banklari ham Rossiya to‘lov tizimi bilan ishlashdan 
bosh tortgan. 
Xususan, Yagona Respublika protsessing markazi (Uzcard brendi) 23-sentabrdan 
boshlab Rossiyaning Mir to‘lov tizimi kartalarini O‘zbekistonda qabul qilishni 
to‘xtatdi. Cheklov qoʻshma koʻrsatkichli Uzcard – “Mir” kartalariga taʼsir qilmadi, 
lekin ular faqat mamlakat ichida ishlaydi. Ayrim banklarning veb-saytlarida bunday 
qo'shma kartalar haqidagi bo'limlar yo'qoldi. 


Noyabr oyi boshida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov ikkilamchi 
sanksiyalar xavfi tufayli O‘zbekiston banklari “Mir” kartalariga to‘liq xizmat 
ko‘rsatishni qayta tiklashga hali tayyor emasligini aytgan edi. “Gazeta.uz” 
soʻroviga koʻra, Markaziy bank matbuot xizmati “Mir” kartalarining Oʻzbekistonda 
toʻlaqonli ishlashi masalasi “hali ham oʻrganilayotganini” maʼlum qildi. Uzcard 
hozircha so‘rovga javob bermagan. 
Savollar: 
1.Kazusning dastlabki gapidan davlatda suverenitet yo‘qligini anglash mumkinmi? 
Suverenitet nima ekanligini tushuntirib bering. 
2.Ko‘p davlatlar uchun tanish bo‘lgan tushuncha: “Rivojlanish strategiyasi” nimani 
anglatadi?
3.AQShning siyosiy hokimiyatini davlat hokimiyatidan ustun bo‘lgan butunjahon 
hokimiyati deyish mumkinmi?
4.“Ikkilamchi sanksiyalar” degani nima? Uni xalqaro javobgarlikning turi sifatida 
baholash mumkinmi?
Savollarga javob: 
1-Savolga javob . 
Suverinetitet bu “ustunlik”, “hukmronlik” davlatning tashqi ishlarda 
mustaqilligi va ichki ishlarda davlat hokimiyatining ustunligi . Suverinetitet BMT 
ustavida va va boshqa xalqaro hujjatlarda mustahkamlab qoʻyiladi. Davlat 
suvereniteti — hokimiyatning mamlakat ichida oliyligi va tashqi munosabatlarda 
toʻla mustaqilligi. Davlat suvereniteti haqidagi g`oya Jan Bodenga tegishlidir. 
Uning fikricha, suverenitet davlatning eng muhim belgisi hisoblanadi, bunda abadiy, 
mutlaq, boʻlinmas oliy hokimiyat nazarda tutiladi.
Kazusdan kelib chiqib fikr bildiradigan bo`lsak, bu yerda AQSH qolgan 
davlatlarning suverenetiteti butun dunyoda tan olinishiga qaramay ularga nisbatan 


hurmatsizlik qilib , dunyoda hukmronlikni qo`lga olishga intilyabti . Aslida har bir 
davlat bir birining suverenitetini hamda suveren tengligini tan olishga majburdir. 
Bu yerda AQSH yuritayotgan siyosat aslida faqat o`z iqtisodi, o`z siyosatini o`ylab 
tutilayotgan yo`ldan boshqa narsa emas. Aslini olganda qolgan davlatlarda ham 
AQSH o`z siyosatidini dunyo mamlakatlari hayotiga olib kirishida hissasi bor. 
Ulardagi hukumat va xalqning kelisha olmasligi, son va tez boyishga , dunyoda 
hokimiyatni qo`lga olishga bo`lgan intilish o`zlari bilmagan holda bu davlatlarni 
AQSHga qaram qilib qo`ymoqda.
2-savolga javob. 
Umuman olganda rivojlanish strategiyasi va harakatlar strategiyasi bir manoni 
anglatadi. Bular hammasi davlatning ma`lum yilga ma`lum maqsadni bajarish 
uchun tuziladi. Xususan , O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqilgn 2017-2021- 
yillarga bag`ishlangan Harakatlar Strategiyasi shu jumladandir. Bu kabi 
strategilarni bir so`z bilan aytganda davlat uchun Taraqqiyot Rejasi deyish ham 
mumkin. Chunki ushbu strategiyalar qabul qilinishidan asosiy maqsad , davlatning 
taraqqiypoti va rivojlanish ko`rsatkichlarini o`sishini ta`minlashdir. 
3-savolga javob 
AQShdagi siyosiy hokimiyatini davlat hokimiyatidan ustun bo‘lgan butunjahon 
hokimiyati deyish uchun avvalo AQShdagi asosiy tashqi siyosiy prinsiplarga 
to’xtalmog’imiz darkor. 
Turli ma’muriyatlar davrida va turli xalqaro sharoitlarda AQSH tashqi siyosatining 
shakllanishi va uni amalga oshirish jarayoni an’anaviy ravishda «izolyasionizm» 
siyosati bilan «faol aralashish» siyosati o‘rtasida tanlash muammosidan iborat 
bo‘lib kelgan. Doimo ikkala yo‘nalish ma’muriyatda ham, Kongressda ham, 
mamlakat jamoatchiligi orasida ham o‘z faol tarafdorlari va muxoliflariga ega 
bo‘lgan. Birinchi yo‘nalish tarafdorlari boshqa mamlakatlarning muammolaridan 
muayyan darajada uzoqlashish zarurligini AQSH rivojlanishining tarixiy, 
geosiyosiy xususiyatlari bilan va bu mamlakatda, taniqli siyosatchi O’Neyl ta’biri 
bilan aytganda, «butun siyosat faqat mahalliy siyosatdan iborat» ekanligi bilan 
asoslashga harakat qilganlar. Ularning muxoliflari, o‘z navbatida, AQSHning milliy 


siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini jahonning turli nuqtalarida faol himoya 
qilmasdan, ittifoqchilar bilan hamkorlikda ish olib bormasdan va raqiblarga qarshi 
kurashmasdan Amerika jamiyatining barqaror rivojlanishini ta’minlash mumkin 
emas, deb ta’kidlaganlar. Hozirgi bosqichda AQSH tashqi siyosatida ikkinchi 
yo‘nalish – xalqaro hayot muammolarini hal qilishda faol ishtirok etish siyosati 
ustunlik qilayotir. Muayyan mamlakat yoki mintaqaga nisbatan AQSHning uzoq 
muddatli siyosati bir qancha omillar ta’sirida shakllanadi. Bu omillarni ikki 
guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga AQSH tashqi siyosatining tarixan 
shakllangan asosiy prinsiplari zamirida yotuvchi omillar kiradi. Boshqacha 
aytganda, bu Amerika diplomatiyasining mohiyatini tashkil etuvchi, “qoniga 
singgan” omillardir. Ular uzoq muddatli, barqaror xususiyatga ega bo‘lib, 
ma’muriyat yoki Kongressning partiyaviy asosidan qat’i nazar u yoki bu darajada 
doim o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ikkinchi guruh omillari umuman olganda birinchi 
guruh omillariga bo‘ysunadi. Ular muayyan tarixiy sharoit, xalqaro vaziyatning 
rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari, jahon bozoridagi holat bilan bog‘liq. 
AQSH tashqi siyosati hozirgi dunyoga har qanday mamlakatni va istalgan 
mintaqada o‘z xohish-irodasiga bo‘ysundirishga qodir qudratli va barqaror etakchi 
davlatga ega bo‘lgan bir qutbli tizim sifatida qaraydi. Bu konsepsiyaga ochiq yoki 
yashirin qarshilik ko‘rsatish nimaga olib kelishini AQSHning Iroqdagi, undan 
oldinroq – Afg‘oniston va Sudandagi harakatlari, shuningdek Pokiston va 
Hindistonga qarshi sanksiyalar ko‘rsatdi. Vashington "ko‘p qutbli" dunyo 
konsepsiyasini tan olmaydi. Dunyo miqyosidagi ustunlikni mustahkamlash 
bo‘yicha harakatlarning ichki mantiqiga ko‘ra mamlakat teng huquqli strategik 
ittifoqchiga ega bo‘lmaydi. AQSHning NATO bo‘yicha hamkorlari bilan 
munosabatlari bundan buyon shu mantiqqa asosan rivojlansa kerak. Bu uzoq 
kelajakda AQSH mavqeiga muayyan xavf tug‘ilishiga olib kelishi mumkin. SHu 
ichki mantiqqa ko‘ra biron-bir davlat jahonning biron-bir hududida AQSH 
manfaatlariga zid yoki ularga mos kelmaydigan manfaatlarni ilgari surishi mumkin 
emas. SHu bois AQSHning dunyo miqyosidagi ustunlik sxemasiga muayyan 
darajada mos kelmaydigan mamlakatlar bevosita yoki bilvosita tazyiq o‘tkazish 
ob’ekti sifatida baholanadi. 
Xulosa o’rnida shaxsiy fikrimni bildiradigan bo’lsam bugungi kunda AQShdagi 
siyosiy hokimiyat davlat hokimiyatidan ustun bo‘lgan butunjahon hokimiyatiga 
aylanish yo’lida harakatlanmoqda. 


4-savolga javob.
Sanksiya — huquqbuzarga nisbatan qoʻllaniladigan va uning uchun muayyan 
oqibatlar keltiruvchi chora.
Sanksiyalar 3 guruhga bo`linadi: 
1.Mutlaq aniq – bunda noxush oqibatlarning miqdori aniq ko`rsatiladi. 
2.Nisbiy aniq – noxush oqibatlar chegarasining eng ozidan eng ko`pigacha yoxud 
faqat ko`pigacha ko`rsatiladi. 
3.Alternativ sanksiyalar- “yoxud” , “yoki” bog`lovchilari orqali bir necha noxush 
oqibatlar sanab o’tiladi va huquqni qo`llovchi shaxs ulardan birortasini qo`llaydi. 
Sanksiyalar ham alohida davlatlar, ham xalqaro tashkilotlar tomonidan jismoniy 
va yuridik shaxslarga, tashkilotlarga yoki davlatlarga nisbatan qo‘llanishi mumkin. 
Sanksiya joriy qilgan va sanksiya uchragan mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy 
bog‘liqlik qanchalik yuqori bo‘lsa, cheklovlar ham shunchalik samarador 
hisoblanadi.
Endi kazusga qaytadigan bo`lsak, AQSH dunyoda sanksiyalardan eng ko`p 
foydalanadigan davlat bo`lib, buni uning dunyoda dollarning hukmronligi bilan 
isbotlash mumkin. Hozirgi global zamonda ayniqsa AQSH va Rossiya o`rtasidagi 
mojarolar sababli AQSH dunyoda Rossiyaga yordam qo`lini cho`zayotgan har bir 
davlatga ikkilamchi sanksiya qo`llash bilan tahdid qilyotgani hech kimga sir emas. 
Chunki Rossiyani har tomonlama yordam kuchidan ayirish , uning eksport va 
import sohalarini cheklash AQSHga g`alabaning yarmiga tengdir. Lekin mening 
fikrimcha, AQSHning bunday yo`l tutishi qolgan davlatlarning huquq va 
manfaatlarini nazar-pisand qilmasdan , ularning huquqlarini ochiq oydin buzishi 
bilan teng. Bu masala bo`yicha BMT va yana tegishli tashkilotlar chora ko`rishlari 
kerak deb hisoblayman. Chunki qaysi davlat bilan eksport va import aloqalarini 
yo`lga qo`yish har bir davlatning o`z xohish –irodasiga bog`liq. Va yana shuni 
ta`kidlash joizki, ikkilamchi sanksiyalarning jazo turi sifatida qo`llanilishi ham 
noto`g`ri . Chunki yuqorida aytilganidek har qanday mustaqil davlat o`z tashqi 
siyosatini o`zi belgilaydi.


Казус №15 
5 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin yig‘ilishlar, mitinglar, yurishlar 
va namoyishlar o‘tkazish taqiqlangan joylar ro‘yxatini kengaytiruvchi federal 
qonunni imzoladi, deb yozmoqda RIA Novosti hujjatga tayanib. 
Shunday qilib, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining binolari va ularga 
tutash hududlar, aeroportlar, temir yo‘l va avtovokzallar, portlar, universitetlar, 
maktab va kasalxonalar binolari hamda hududlarida, cherkovlar hamda boshqa 
inshootlar joylashgan yer uchastkalarida mitinglar o‘tkazish mumkin bo‘lmaydi. 
Bundan tashqari, taqiq hayotni ta’minlash obyektlari, shu jumladan elektr, issiqlik, 
suv va gaz tarmoqlarining ishlashini ta’minlaydigan obyektlarga tutash hududlarga 
nisbatan ham qo‘llaniladi. Hozirgacha mitinglarni faqat prezident qarorgohlari, 
sudlar, tezkor xizmatlar va hukmlarni ijro etish muassasalari binolarida o‘tkazish 
taqiqlanao edi. 
Bundan tashqari, yangi qonun har bir mintaqa qo‘shimcha ravishda yig‘ilishlar, 
mitinglar va namoyishlar o‘tkazish joylariga o‘z taqiqlarini kiritishi mumkinligini 
belgilab bermoqda. Bunda ushbu chora «Rossiya Federatsiyasi subyektining tarixiy, 
madaniy va boshqa obyektiv xususiyatlari»ni ifodalashi kerak bo‘ladi. 
Savollar:
Huquq normasi nuqtai nazaridan mazkur qonunni adolatli deyish mumkinmi?
Mazkur kazusdagi ta’qiqlar, huquq normasining tarkibiy elementlari nuqtai 
nazaridan qaysi biriga taalluqli bo‘lishi mumkin? Tarkibiy elementlarning 
barchasini qisqacha tahlil qiling. 
Insonning mitinglar va namoyishlarga chiqish huquqning paydo bo‘lishini tahlil 
qiling. 
“har bir hudud o‘zlari qo‘shimcha ta’qiqlarni kiritishi mumkin”, mazkur norma 
dispozitsiyaning qaysi turiga taalluqli? O‘z fikringizni batafsil asoslang.
Huquqiy normalar qadimdan turli ijtimoiy-hayotiy qoidalar: urf-odatlar,
an’analar, rasm-rusumlar, marosim tartiblari, diniy qoidalar, axloq talablari
ta’sirida shakllanib kelgan. Shu bois huquqiy normalarning tarixan paydo


bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanishiga boshqa ijtimoiy normalar ta’sir ko‘rsatganini
nazarda tutish lozim. Tarixiy nuqtayi nazardan qaraganda, dastlab ijtimoiy
normalar turli ijtimoiy guruhlar, qatlamlar tomonidan shakllantirilib, hayotga tatbiq 
etib borilgan. Masalan, ibtidoiy tuzumda bu faoliyat asosan, urug‘,
qabilalar tomonidan amalga oshirilgan. Ijtimoiy normalar, asosan, jamoaviy
turmush tarzini, oilaviy va mehnatga oid munosabatlarni va boshqa aloqalarni
tartibga solishga qaratilgan. Huquqiy (yuridik) normalar ijtimoiy normalarning
alohida turi sifatida ijtimoiy normalarga xos barcha belgilarga ega bo‘ladi. Ayni
vaqtda, huquq normalari faqat o‘zigagina xos xususiyatlarga ham ega. 
Huquq normasi instituti yuridik fanning, jumladan davlat va huquq nazariyasining 
fundamental ilmiy kategoriyalaridan
biri hisoblanadi. Huquq normasi masalalarini
ilmiy tadqiq etishning muhimligi shundaki, u huquqiy tizimning barcha
elementlari bilan chambarchas bog‘liq: bir tomondan, huquq normasi huquq
ijodkorligi, shu jumladan qonunchilik jarayonining mahsuli (hosilasi) bo‘lsa,
ikkinchi tomondan, u huquqni qo‘llash jarayoni orqali amalga oshirilib, ijtimoiy 
munosabatlarni huquqiy tartibga solish vositasiga aylanadi, uchinchidan,
huquq normasi huquqiy munosabatlarning andozasi, modeli sifatida maydonga
chiqadi. Jamiyatda amal qiluvchi huquq obyektiv voqelik bo‘lib, u huquqiy 
normalar yig‘indisidan iborat. Huquq normasi milliy huquq tizimining boshlang‘ich
elementi, uning mazmunini tashkil qiluvchi substansiya (asos) dir. Davlathuquqiy 
ta’limot va amaliyot huquqiy norma va uning ta’rifi borasida ko‘plab
ilmiy talqinlar yaratgan. Huquqiy tizimning hech bir qismi, biron-bir sohasi
huquq normasi bilan bog‘lanmagan holda izohlanishi mumkin emas 
Albatta, qadimiy huquqiy manbalardagi huquq normalarining bayoni,
mazmuni, tuzilishi bugungi tadqiqotchilar, mutaxassislar va talabalar uchun


katta qiziqish uyg‘otadi. Shu bois yuqoridagi tarixiy yodgorlikdan ba’zi iqtiboslar 
keltiramiz. Xammurapi qonunlari shakli ham o‘sha davr uchun o‘ziga
yarasha yangilik hisoblangan. Har bir modda tarkibiy tuzilish(struktura)ga ega
ekanligi uni tushunish va omma ongiga sindirilishida muhim ijtimoiy vazifani
o‘tagan. Xammurapi qonunlari normalari sodda ko‘rinishda bo‘lib, aksariyati
dispozitsiya va sanksiyadan iborat bo‘lgan. Masalan, gipoteza «agar, agarda»
degan so‘zlaridan boshlangan, hamda jinoyat yoki huquq buzilish holati 
(dispozitsiya) bayon etilgan, so‘ng sanksiya «unda» degan so‘zi bilan boshlanib,
tegishli jazo belgilab qo‘yilgan. Jazoning muqobil ko‘rinishga ega bo‘lishi ham
nazarda tutilgan. Misol uchun: «Agar inson sudda jinoyat to‘g‘risida guvohlik
uchun chiqqan bo‘lsa va u aytgan so‘zlarini isbotlay olmasa va bu ish hayot
to‘g‘risidagi ishiga taalluqli bo‘lsa, unda inson o‘ldirilishi kerak» (3-modda)3. 
Huquq normasida jamiyatning, xalqning, ular hayotining moddiy
shart-sharoitlari bilan belgilanadigan erki, irodasi, manfaatlari ifodalanadi.
Huquq normasi shaxslarning bir-biri bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarida
qanday xatti-harakat modeliga, namunasiga rioya etishlari lozimligini, ya’ni
qaysi harakatlarni sodir etish mumkin yoki qanday xatti-harakatlarni sodir
etmaslik kerakligini ko‘rsatadi.
Huquq normasi yalpi umumiy xususiyatga ega. U ijtimoiy munosabat 
qatnashchilarining barchasiga, ularning xohish-istagiga bog‘liq bo‘lmagan holda,
tegishli bo‘ladi. Ya’ni, ijtimoiy munosabatlarning ma’lum bir toifasiga, turiga
tegishlidir (masalan, bitimlar tuzish, pensiyaga chiqish tartibi, nikohdan o‘tish
va hokazo). Huquqiy normaning umumiy xarakterga ega ekanligi, avvalambor, 
shunda ko‘rinadiki, huquqiy normada ko‘zda tutilgan analogik holatlar
yuzaga kelaverar ekan, bu norma ham qo‘llanilaveradi va aslo o‘z yuridik
kuchini yo‘qotmaydi. Boshqacha aytganda, go‘yo normadagi holatlar o‘zining


yuzaga kelishini «kutib yotadi» va vaziyat vujudga kelganda ishga tushadi.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 179-moddasida 
mustahkamlangan «soxta tadbirkorlik, ya’ni ustavida ko‘rsatilgan faoliyatni amalga
oshirish maqsadini ko‘zlamasdan ssudalar, kreditlar olish, foydani (daromadni)
soliqlardan yashirish (soliqlarni kamaytirish) yoki boshqacha mulkiy manfaat
ko‘rish maqsadida korxonalar va boshqa tadbirkorlik tuzilmalari tuzish»dan iborat 
xatti-harakatning sodir etilishi – ushbu moddaning «harakat» ga kelishiga,
qo‘llanishiga olib keladi.
Huquqiy normaning yana bir muhim jihati, uning davlat erki-irodasini, hokimona 
amrining ifoda etishida ko‘rinadi. Shu bois, huquq normasi – muayyan 
munosabatlar ifodasi yoki muayyan harakat sodir etishni
maslahat beruvchi tavsiyanoma bo‘lmay, balki, shu normada ko‘rsatilgan
holatlar yuzaga kelganda qanday harakat qilish lozimligini belgilovchi hokimiyat 
amridir. Har qanday huquq normasi vakolatli davlat organi tomonidan o‘rnatiladi 
yoki ma’qullanadi, shu bois u davlat amri-irodasini ifodalaydi,
umummajburiy qoida tariqasida amal qiladi. Mabodo, huquq normasida belgilangan 
xatti-harakat qoidasi bajarilmasa, uning bajarilishini ta’minlovchi
davlatning majburlov choralari harakatga keladi. Masalan, huquq subyekti
tomonidan qonunga xilof harakatlar sodir etilishi tegishli yuridik javobgarlikka olib 
keladi, demak, huquq normasi davlatning majburlov kuchiga
tayanadi. 
Казус №16 
3-dekabr, shanba kuni Eron bosh prokurori Muhammad Jafar Montazeriy 
mamlakatda uch oydan buyon davom etayotgan norozilik namoyishlari tufayli 
mamlakat politsiya o‘rinbosarini tarqatib yuborganini aytdi, deb xabar beradi Iran 
International. 
Shuningdek, u Eron rasmiylari yaqin vaqt ichida hijob kiyish majburiyligi haqidagi 
qonunni qayta ko‘rib chiqish niyatida ekanini qo‘shimcha qildi. 


Shu bilan birga, Montazeri sud hokimiyati odamlarning xatti-harakatlarini 
kuzatishda davom etayotganini, bu esa hijob kiyish qoidalari bekor qilinmasligini, 
faqat ko‘chalarda maxsus patrullar tarqatib yuborilishini anglatishi mumkinligini 
ta’kidladi. 
Shuningdek, nashrning aniqlik kiritishicha, Montazeri bayonoti hukumat tomonidan 
tasdiqlangan rasmiy qarormi yoki noroziliklarga javoban hokimiyatning 
moslashuvchanligini namoyish qilish usulimi, aniq emas. Hozircha huquq-tartibot 
idoralari va Eron prezidenti ma'muriyati bunday rasmiy bayonotlar bermagan. 
Vitse-politsiya Eron politsiyasining bo‘limi bo‘lib, jamoat joylarida musulmon 
kiyimlarini kiyishga oid qonunlarni qo‘llash bilan shug‘ullanadi. 
Sentyabr oyining ikkinchi yarmida butun Eronni ommaviy norozilik namoyishlari 
qamrab oldi. Ularga 22 yoshli talaba Mahsa Aminining politsiya bo'limida o'limi 
sabab bo'lgan, u hijobni noto'g'ri kiygani uchun axloq politsiyasi tomonidan hibsga 
olingan. 
Savollar:
1.“Xijobni majburiy kiyib yurish to‘g‘risida”gi qonun xususiy sohaga taalluqlimi 
yoki ommaviy sohaga mi? Mazkur qonun mazmunini tushuntirib berishga harakat 
qiling.
“sud hokimiyati odamlar hatti-harakatlarini kuzatishni davom etmoqda”, mazkur 
gapni tahlil qilishga harakat qiling.
2.Eron siyosiy rejimini tavsiflashga harakat qiling. 
3.Boshqa davlatlar mexanizmlarida Axloq politsiyasi kabi tuzilmalar mavjudmi?
Kazusga Javob: 
Kazusning 1 savoliga javob beradigan bo’lsam. Huquq tizimini xususiy va 
ommaviy huquqqa ajratishdan oldin huquq terminiga ta’rif berib o’taman . davlat 
tomonidan belgilangan yoki tasdiqlangan umum majburiy ijtimoiy normalar tizimi. 
U huquqiy munosabatlar va fuqaroning davlat tomonidan mustahkamlanadigan, 
kafolatlanadigan va muhofaza etiladigan asosiy huquqlarini oʻz ichiga oladi.Har 
qanday davlat milliy huquqiy tizimi bo’lishini taqozo etadi.Uning asosiy belgisi –
ommaviy va xususiy huquq, markaziy vazifasi esa fuqarolik jamiyatdagi xususiy va 


umumiy (ommaviy )manfaatlarning eng maqbul nisbatini kafolatlashdir.Ommaviy 
va xususiy manfaatlar barcha zamonlarda eng liberal demokratik jamiyatlardan 
tortib totalitar jamiyatlargacha mavjud bo’lgan.Xususiy huquq esa davlat 
qatnashmaydigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solidi.Huquqning bu turi 
subyektlar o’rtasidagi munosabat muvofiqlashtirish va avtanom usukda amalga 
oshiriladi.Xususiy huquqda normalar dispozitiv xususiyatga ega bo’ladi.Xususiy 
huquq fuqarolarning shaxsiy hayoti, mehnat munosabatlarni o’z ichiga 
oladi.Huquqning bu turida davlat faqat xususiy huquq bilan tartibga solinadigan 
munosabatlarda qatnashadi. Ommaviy va xususiy huquq bir-biridan yuridik 
xususiyati, ijtimoiy munosabatlarga ta’sir qilish usullari bilan farq qiladi. Ommaviy 
huquq davlat qatnashgan munosabatlarni tartibga soladi. Bu esa imperativ normalar 
orqali amalga oshadi. Ommaviy huquq jamiyatni boshqarish, davlat iqtisodiyotini 
tashkil qilish, aholini ijtimoiy muhofaza etish, shuningdek fuqarolarning hayoti, 
sog‘lig‘i hamda umumiy va xususiy mulklarini himoya qilishga xizmat qiladi. 
Demak, ommaviy huquq - bu umumiy ommaviy va davlat manfaatlarini muhofaza 
qilishga qaratilgan huquq sohalaridir. Masalan, konstitutsiyaviy, jinoyat, ma’muriy 
huquq va boshqalar. Xususiy huquq - bu alohida shaxslar (jismoniy va yuridik 
shaxslar) ehtiyojini qondirish va manfaatini himoya qilishga qaratilgan huquq 
sohalari. Masalan, fuqarolik, oila, mehnat huquqi va boshqalar kiradi.Demak,Eron 
Islom Respublikasida bu protestda ommaviy huquqqa misol qilib olamiz.Chunki 
ommavuy huquqda umumiy huquqiy munosabatlar kiradi.Ya’ni jinoyat, xalq 
noroziliklari ,ma’muriy huquqlarning buzilishi kabi munosabatlarni o;z ichiga oladi. 
Kazusning 2 savoliga javob beradigan bo’lsam. Davlat shaklining asosiy 
elementlaridan biri siyosiy rejim (tartibdir).Yurisprudensiyada siyosiy rejim 
tushunchasi keng va tor ma’noda qo’llaniladi.Keng ma’nodagi yondashuvda siyosiy 
rejim barcha siyosiy hayot , umuman jamiyat siyosiy tizimi hodisalarning namoyon 
bo’lishi va tartibi tushuniladi.Tor ma’nodagi yondashuvda esa siyosiy rejim faqat 
davlat hayoti, davlat hokimiyatining ro’yobga chiqarish bilan bog’liq hodisalar va 
usullarning namoyon bo’lishi tarzida talqin etiladi. Siyosiy rejim nima degani? 
Siyosiy rejim-davlat hokimiyatini amalga oshirishda foydalaniladigan tartib va 
usullar yig’indisidir.Davlat hokimiyati har bir mamlakatda o’ziga xos xususiyatga 
ega, shu bois siyosiy rejim ham turlicha qaror topadi va namoyon bo’ladi.Muayyan 
davlatning siyosiy rejimi mohiyati va mazmuni o’ziga xos mezonlar, ya’ni davlat 
hokimiyatining aholi bilan munosabati qaysi yo’llar va qanaday usullar orqali 
amalga oshirilishi, siyosiy sohada turli kuchlarning o’zaro munosabatlari, jamoat 


tashkilotlarining jamiyat siyosiy tizimidagi mavqei qay darajadaligi bilan 
belgilanadi.Shuningdek, davlat o’z hokimiyatini amalga oshirish jarayonida 
aholining manfaatlari uchun xizmat qilishiga qarab siyosiy rejim nodemokratik va 
demokratik turlarga bo’linadi. 
Kazusning 3 savoliga javob beradigan bo’lsam. Davlatlar mexanizmlarida axloq 
politsiyasi kabi tuzilmalar mavjudmi?Hamma joyda ham axloq politsiyasi mavjud 
emas .Eron Islom Respublikasida davlat mexanizmining majburlov apparatining 
mavjudligi tasdig’laydi.Majburlov apparatining mavjudligi degani nima bu 
terminga ta’rif berib o’tadigan bo’lsam,davlat organlari, xususan qonun chiqaruvchi 
organ qonun qabul qilish va uni kuchga kiritish usuli bilan ijro etuvchi organlar 
boshqaruv,majburlov va rahbantlashtirish usullari bilan, sudlar prokuratura va 
huquqni muhofaza etuvchi organlar majburlov va ishontirish usuli bilan huquqiy 
normalarni tatbiq etadilar.Huquqni muhofaza qilish organlari huquq normalarini 
amaliyotga joriy etishda asosan ishontirish va majburlash usullaridan foydalangan 
holda ish yuritadilar .Taasufki ,jamiyatdagi barcha fuqarolar ham davlat tomonidan 
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlardagi qoidalarga so’zsiz rioya 
qilavermaydilar,chunki insonlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati bir xilda 
shakllanmaydi.Shu bois, fuqarolar davlat tomonidan o’rnatilgan qoidalarga o’z 
xohishlariga ko’ra rioya etmaydigan bo’lsa, davlat o’zining majburlov kuchi orqali 
qonunlarning bajarilishini ta’minlaydi.
Казус №17 
29-noyabr kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Qirg‘iziston va O‘zbekiston 
o‘rtasida Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasining ayrim uchastkalari 
to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida va ikki davlat hukumatlari 
o‘rtasidagi Kempirobod (Andijon) suv omborining suv resurslarini birgalikda 
boshqarish to‘g‘risidagi Bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarni 
imzoladi. Shartnoma va kelishuv 3 noyabr kuni Bishkekda imzolangan. 
Qirg‘iziston Jogorku Keneshi (parlamenti) 17 noyabr kuni ushbu hujjatlarni 
ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlarni qabul qildi. 
Chegaraning alohida uchastkalari toʻgʻrisidagi kelishuv umumiy uzunligi 302,29 
km boʻlgan uchastkalarni oʻz ichiga oladi. Unga muvofiq, Kempirobod (Andijon) 
suv omborining suv resurslarini qo‘shma komissiya tomonidan boshqarishni 
nazarda tutuvchi shartnoma imzolandi. 


O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati 18-noyabr kuni ikki hujjatni ratifikatsiya qilish 
to‘g‘risidagi qonunlarni bir ovozdan ma’qulladi. Parlamentning Qonunchilik (quyi) 
palatasi 14-noyabr kuni bu haqdagi qonunlarni qabul qildi. 
O‘zbekistonda qonunlar kuchga kirishi uchun ular Prezident Shavkat Mirziyoyev 
tomonidan imzolanishi kerak. Dekabr oyida uning Qirg‘izistonga tashrif buyurishi 
kutilmoqda. “Gazeta.uz” O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi hududlar 
almashinuvi tafsilotlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Oʻzbekiston bosh vaziri 
Abdulla Oripov Qirgʻiziston chegarasida yashovchi 130 ga yaqin oilani ikki davlat 
chegaralari oʻzgarishi munosabati bilan koʻchirishni rejalashtirayotganini aytdi. 
Kompensatsiya to‘lovlariga 50 milliard so‘m (taxminan 4,5 million dollar) ajratiladi 
- har bir oilaga o‘rtacha 384,6 million so‘m. 
Savollar: 
1. 
“Huquq manbalari” mavzusi nuqtai nazaridan O‘zbekiston va Qirg‘iziston 
o‘rtasidagi shartnomalarni ratifikatsiyalash to‘g‘risidagi qonunlarni tahlil qiling. 
2. 
Mazkur shartnomalar bilan “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro 
shartnomalari to‘g‘risida”gi qonunni qisqacha qiyosiy tahlil qilishga harakat qiling.
3. 
Hukumatlarning davlat chegarasi masalasini ko‘rib chiqish vakolatliligini 
tahlil qiling. Ular bunga huquqiy asosga vakolatlimi?
4. 
“tahminan 130ta oilani qayta ko‘chirish rejalashtirilgan”. Buni mazkur 
hududda istiqomat qiluvchi aholining shaxsiy hayotiga aralashish deb baholash 
mumkinmi?
Prezidentning 30.11.2022-yildagi ,,O’zbekiston Respublikasi bilan Qirg’iziston 
Respublikasi o’rtasida o’zbek-qirg’iz Davlat chegarasining alohida uchastkalari 
to’g’risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida’’gi O’RQ-804-son Qonuni 
imzolandi.Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 14.11.2022-yida 
qabul qilingan va Senat tomonidan 18.11.2022-yilda ma’qullangan.Davlat 
chegarasining alohida uchastkalari to’g’risidagi shartnoma 13 ta moddadan 
iborat.Unda umumiy uzunligi 302,29 kilometrga teng chegara linyasi 
belgilangan.O’zbekistonga Andijon suv ombori hududiga 4 957 gektar,tog’onga 


xizmat ko’rsatish va uni muhofaza qilish uchun qo’shimcha 19,5 gektar yer 
o’tadi.Qirg’izistonga kompensatsiya sifatida 1 019 gektar yaylov beriladi.Andijon 
suv omborining chap qirg’og’ida qurib bitkazilmagan Kampirobod kanali uchun 
kompensatsiya sifatida ,,G’ovasoy’’ uchastkasidagi 12 849 gektar yer ham 
Qirg’izistonga o’tkazib beriladi.Bunda Qirg’iziston tomoni G’ovasoy daryosining 
tabiiy oqimiga to’sqinlik qiladigan gidrotexnik va boshqa inshootlarni 
qurmaslik ,suvning texnik ifloslanishiga yo’l qo’ymaslik majburyatini 
oladi.Andijon suv omborining suv resurslarini va So’x 
tumanidagi ,,Chashma’’bulog’iga ega uchastkani birgalikda boshqarish masalalarini 
alohida shartnomalar bilan tartibga solishga kelishib olindi.Huquq manbalari 
tizimida ijtimoiy munosabat ishtirokchilar o’rtasida o’zaro aloqalar tartibga 
soluvchi huquqning shakli sifatida normative shartnomalar alohida mavqega 
ega.Normativ shartnomalar asosan xalqaro munosabatlarda huquq manbai sifatida 
maydonga chiqadi.Xalqaro shartnoma –davlatlararo yoki boshqa shaxslar o’rtasida
o’zaro kelishuv bo’lib , xalqaro huquq asosida tartibga solinadi.Xalqaro 
shartnomalar tuzilgan vaqtda yoki tan olingan ratifikatsiya qilinganda uning 
matnida ifodalangan majburiyatlar taraflar bajarishi shartligi belgilab qo’yiladi. 
2.O’zbekiston Respublikasining ,,O’zbekiston Respublikasining xalqaro 
shartnomalar to’g’risida’’gi qonun ga muvofiq O’zbekiston Respublikasining 
xalqaro shartnomasi – respublikaning bir yoki bir necha davlat xalqaro tashkilot 
yoxud xalqaro huquqning boshqa subyektlari bilan xalqaro munosabatlar sohasidagi 
huquq va majburyatlariga doir teng huquqli va ixtiyoriy kelishuvdir.Xalqaro 
shartnomalar to’g’risidagi qonunning 18-moddasiga muvofiq O’zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq xalqaro shartnomani ratifikatsiya 
qilish O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan xalqaro 
shartnomani ratifikatsiya qilish to’g’risidagi qonun qabul qilish orqali amalga 
oshiradi.Ushbu kazusda chegarani ratifikatsiya qilish to’g’risidagi qonun 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan ma’qullangan va 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanishi kerakligi kutilmoqda. 
3.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga muvofiq xalqaro 
shartnomalar quyidagi hollarda ratifikatsiya qilinadi; 


Davlatlararo munosabatlarning asoslari haqidagi va o’zaro huquqiy yordam 
to’g’risidagi ,O’zbekiston Respublikasining mudofaa qobilyatiga daxldor masalalar 
bo’yicha, tinchlik shartnomalari va kollektiv xavfsizlik to’g’risidagi 
shartnomalar,O’zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan hududiy
chegaralanish to’g’risidagi, O’zbekiston Respublikasining davlatlararo 
ittifoqlardagi , xalqaro tashkilotlardagi va boshqa birlashmalardagi ishtiroki 
to’g’risidagi hollarda ratifikatsiya qilinadi.Ushbu moddadan ko’rinadiki davlat 
chegara masalasini ko’rib chiqishga haqli va u qonuniy asosga ega. 
4.O’zbekiston va
Qirg’iziston o’rtasidagi chegara hududlarini o’zgarishi 
munosabati bilan chegara hududida yashovchi 130 ga yaqin oila ko’chiriloishi 
aytilmoqda. Ikki davlat chegarasi o’zgarishi munosabati bilan kompensatsiya 
to’lanadigan bo’ldi.Har bir oilaga o’rtacha 384.6 mln so’mdan beriladigan 
bo’ldi.Ushbu holatda fuqoralar chegara hudud o’zgarishi munosabati bilan 
ko’chirilishi aholi hayotiga aralashish deb hisoblash noto’g’ri chunki ushbu holatda 
chegaralar o’zgarishi bilan aholiga kompensatsiya to’lovi to’lab berilmoqda. 
18-kazus 
23 noyabr, chorshanba kuni Yevroparlament ko‘pchilik ovoz bilan Rossiyani 
terrorizmga homiylik qiluvchi davlat sifatida tan olish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani 
ma’qulladi, deb xabar berdi YeP matbuot xizmati. 
Yevroparlament deputatlari Rossiya kuchlarining Ukrainada tinch aholiga qarshi 
qasddan uyushtirgan hujumlari va vahshiyliklari, fuqarolik infratuzilmasini vayron 
qilish hamda xalqaro va gumanitar huquqning boshqa jiddiy buzilishlarini 
terrorchilik harakatlariga tenglashtirib, ular urush jinoyatlarini tashkil etishini aytdi. 
Yakunda Yevroparlament a’zolari Rossiyani terrorizm homiysi va terrorchilik 
vositalaridan foydalanadigan davlat sifatida tan oldi. 
Qarorni 494 deputat qo‘llab-quvvatladi, 58 deputat qarshi chiqdi, 44 deputat betaraf 
qoldi. 
Yevroparlament yig‘ilishi kun tartibida qayd etilganidek, RFning terrorizm homiysi 
sifatida tan olinishi «prezident Putin va uning hukumatini urush jinoyatlari uchun 
xalqaro tribunal oldida javob berishga» yo‘l ochadi. 


«Yevropa Ittifoqi hozirda davlatlarni terrorizm homiylari sifatida rasman 
belgilashga qodir emasligi sababli, parlament Yevropa Ittifoqi va unga a’zo 
davlatlarni tegishli huquqiy bazani yaratishga chaqiradi», — deyiladi bayonotda. 
Bu Moskvaga nisbatan bir qator cheklovchi choralarni ko‘rishi va YeIning Rossiya 
bilan munosabatlari uchun jiddiy cheklovchi oqibatlarga olib kelishi kutilmoqda. 
Savollar: 
Xalqaro huquq nuqtai nazaridan bir davlatni terrorizm homiysi deb e’lon qilish 
qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin?
Biror bir davlatni salbiy yoki ijobiy ma’noda tan olishga Yevropa parlamenti 
vakolatlimi?
“Parlament YEIni va uning a’zo davlatlarini tegishli huquqiy asosni yaratishga 
chorlamoqda”. Huquqiy asosini yaratish degani nimani bildiradi?
YEI davlat sifatida bunday qaror qabul qilish orqali davlatning qaysi funksiyasini 
amalga oshirmoqda?
1.Xalqaro huquq davlatlartning diplomatik va do’stlik munosabatlarini tartibga
solib turuvchi normalardan tashkil topgan alohida tizimdir. Xalqaro huquq keng va 
turli tarmoqlarni ichiga oluvchi alohida huquqlar tizimidir.Xalqaro huquqning 
asosiy prinsiplari ilk bor BMT ustavi bilan mustahkamlab qo’yilgan.1970-yilgi 
Xalqaro huquq prinsipi to’g’risidagi Deklaratsiya quyidagi yettita asosiy prinsipni 
qamrab olgan: 
1)Kuch ishlatmaslik 
2)Nizolarni tinch yo’l bilan hal etish 
3)Aralashmaslik 
4)Hamkorlik
5)Xalqlarning teng huquqligi va o’z taqdirini o’zi belgilashi 


6)Suveren tenglik 
7)Xalqaro huquqga oid majburiyatlarni vijdonan bajarish. 
BMT Xavfsizlik Kengashi vaziyatni tinchlikka xavf solishi, tinchlikni buzishi 
mumkin bo’lgan yoki agressiya harakati sifatida baholar ekan,dastavval,BMT 
Ustavining 39-moddasi bo’yicha tegishli choralarni ko’rishga kirishadi. U 40-
modda bo’yicha vaziyatning qaltis tus olishiga yo’l qo’ymaydigan muvaqqat 
choralarni joriy etishi mumkin.Shundan so’ng qurolli kuchlardan foydalanmay 
sanksiya qo’llash haqidagi 41-modda kuchga kiradi.Keyin esa qurolli sanksiyalar
to’g’risidagi 42-moddani qo’llash mumkin. 
2.Yevroparlament Rossiya qo‘shinlarining Ukrainadagi tinch aholiga nisbatan 
vahshiyliklari uchun Rossiyani terrorizm homiysi sifatida tan oldi. Lekin bu hech 
qanday yuridik kuchga ega emas.Yevropa Ittifoqi hozirda davlatlarni terrorizm 
homiylari sifatida rasman belgilashga qodir emasligi sababli, parlament Yevropa 
Ittifoqi va unga a’zo davlatlarni tegishli huquqiy bazani yaratishga chaqiradi», — 
deyiladi bayonotda. BMT ustavida mintaqaviy bitimlar va mintaqadagi harakatlarga 
mos ravishda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga taaluqli masalalarni hal etuvchi 
organlar to’g’risida bob mavjud. Bobda ana shu bitimlar va organlar, shuningdek, 
ularning faoliyati BMT maqsadlari va prinsiplariga mos kelishi qayd etilgan.1994-
yil Yevropada xavfsizlikning harbiy-siyosiy jabhalari bo’yicha muomala kodeksi 
qabul qilingan. Unda xavfsizlik bo’linmas ekani o’z tasdig’ini topgan. Har bir 
davlatning xavfsizligi boshqa barcha davlatlarning xavfsizligi bilan bog’liq, 
ishtirokchilar o’z xavfsizligini boshqa davlatlar xavfsizligi evaziga 
mustahkamlamaslik majburiyatini olgan.
3. Yevroparlament YEI o’zida biror bir davlatni terrorizm homiysi sifatida tan 
olishning huquqiy asoslari mavjud emasligini takidlab, huquqiy asos yaratishni 
taklif qildi. Bunda huquqiy asos nimani anglatadi degan savol mavjud. Rossiyani 
terrorizm homiysi deb e’lon qilishning normativ-huquqiy asoslarini ishlab ciqishda 
BMT ustavining prinsiplar to’g’risidagi moddasining ilk bandida “tashkilot barcha 
a’zolarning suveren tengligi prinsipi asosida tuzilgan” deb qayd etilgan. Bunga 
ko’ra davlatlar suverenitetga mansub barcha huquqlarni hurmat qilishlari shart.
4. Davlat funksiyalari asosan to’rt guruhga tasniflanadi. Ushbu kazusimizda keltirib 
utilgan bir qancha sabablar natijasida davlat funksiyasi qay biri qo’llanilishini 
aniqlaymiz. Demak, biz davlatning “faoliyat doirasi bo’yicha” funksiyasini huquqiy 


asos qilib olamiz. Bu funksiya ichki va tashqi funksiyaga bo’linadi. Rossiyani 
terrorizm homiysi deb tan olish davlatning “tashqi funksiyalar”ini bajarish bilan 
bevosita bog’liq. Tashqi funksiyalar esa xalqaro-huquqiy munosabatlarning subekti 
sifatida ishtirok etayotgan davlatning davlatlararo miqyosidagi vazifalarini hal 
qilishi bilan bog’liq.
Davlatning asosiy tashqi funksiyalarigaquyidagilar kiradi:
-boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik funksiyasi 
-mudofaa funksiyasi. 
Boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik funksiyasi bu davlatning 
iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqa munosabatlarini o’rnatish va rivojlantirishga 
qaratilgan faoliyatdir. 
Казус №19 
Belgiya politsiyasi 9-dekabr, juma kuni Bryusselda Yevroparlament vitse-
prezidenti lavozimini egallagan Gretsiya deputati Eva Kaylini hibsga oldi, deya 
xabar bermoqda DW. 
Hibsga olish hozirda jahon chempionatiga mezbonlik qilayotgan Qatarning 
ehtimoliy korrupsiyasini tergov qilish doirasida amalga oshirildi. Bu ish bo‘yicha 
Bryusselda jami besh kishi hibsga olingan. 
Kali a'zo bo'lgan Yunoniston Sotsialistik partiyasi PASOK juma kuni uning 
chiqarib yuborilganini e'lon qildi. Kayli Yevroparlament vakillaridan biri bo‘lib, 
Qatardagi mehnat bozoridagi vaziyatni kuzatgan, u yerda huquq himoyachilari 
Osiyo va Afrikadan kelgan mehnat muhojirlari huquqlarining ko‘plab buzilishi 
holatlarini qayd etishgan. 
Yevroparlament Qatardan islohotlarni talab qildi, bu esa vaziyatning 
yaxshilanishiga olib kelishi kerak edi. Chempionat boshlanishidan biroz oldin Kayli 
Qatar mehnat vaziri Ali bin Samih Al-Marri bilan uchrashdi va 22-noyabr kuni 
Yevropa parlamentida nutq so‘zlab, Qatardagi mehnat bozori islohotiga eng ijobiy 
baho berdi, buni "arab dunyosini ilhomlantiruvchi" deb ataydi. 
Yeva Kaylidan tashqari uning Yevroparlamentdagi sherigi, shuningdek, italiyalik 
siyosatchi, kasaba uyushmalari birlashmasi vakili va nodavlat tashkilot xodimi 


hibsga olingan. Politsiya tintuv paytida kompyuterlar, mobil telefonlar va 600 ming 
yevroni musodara qildi. 
Savollar: 
Nima deb uylaysiz, Yevroparlament deputatining ushbu holatda nega deputatlik 
immuniteti harakatga tushirilmoagan? Davlat va huquq nazariyasi nuqtai nazaridan 
jarayon qanday bo‘lishi kerak edi?
Tasdiqlanmagan gumanlar asosida Yevroparlament a’zosini partiyadan chiqarib 
yuborish huquq nuqtai nazaridan o‘rinlimi?
Kazus mazmunidan huquqshunoslik ilmining siyosatshunoslik ilmi bilan 
kesishganligini anglash mumkinmi? Fikringizni misollar bilan asoslang. 
Kazus mazmuniga ko‘ra, Yevropa ommaviy huquqi sohasida so‘z erkinligi yo‘qligi 
to‘g‘risida xulosa qilish mumkinmi? So‘z erkinligi nimalarda namoyon bo‘lishi 
kerak?
1.Yevropa parlamenti— Yevropa Ittifoqi muassasalaridan biri. Uni Yevropa 
Ittifoqiga aʼzo mamlakatlar fuqarolari toʻgʻridan-toʻgʻri saylovlar orqali 5 yil 
muddatga saylaydi. Bunda davlatlarning aholi soni va Ittifoq, doirasidagi ulushi 
hisobga olinadi (masalan, Germaniya 96 mandatga, Fransiya - 74 mandatga, Italiya 
- 73 mandatga, Ispaniya — 54 va hakozo mandatga ega). Yevropa parlamentining 
har oyda boʻladigan sessiyalari Strasbur (Fransiya)da, favqulodda majlislari — 
Bryussel (Belgiya)da oʻtadi. Bu shaharlarda Yevropa parlamenti qoʻmitalari 
ishlaydi, kotibiyati —Lyuksemburg shahrida joylashgan. 
(qiyosiy tahlil uchun) 
Deputat qamalishi mumkinmi? 
Qonunchiligimizga ko‘ra, saylov kuni 25 yoshga to‘lgan hamda O‘zbekiston 
Respublikasi hududida kamida 5 yil muqim yashagan O‘zbekiston Respublikasi 


fuqarosi Qonunchilik palatasining deputati bo‘lishi mumkin. Deputat 5 yil 
muddatga saylanadi. 
Deputatlar o‘z vakolatlari davrida haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan 
shug‘ullanishlari mumkin emas. Ilmiy va pedagogik faoliyat bundan mustasno. 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra quyidagilar 
immunitet huquqidan (Immunitet huquqi — «immunity» lotincha «immunitas» 
so‘zidan olingan bo‘lib, biror narsadan ozod qilish — konstitutsiyaviy huquqda 
ayrim toifadagi davlat mansabdor shaxslarining imtiyozi bo‘lib, ularning 
daxlsizligini anglatadi) foydalanadilar: 
— deputatlar, 
— O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, 
— O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili 
(ombudsman), 
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining 
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil; 
— sudyalar; 
— prokurorlar. 
Deputatlarning daxlsizligi deputatning barcha xatti-harakatlari, shu jumladan, u 
parlament majburiyatlarini bajarmayotgan vaqtda sodir etgan xatti-harakatlari 
uchun hibsga olishni yoki sud javobgarligiga jalb qilishni taqiqlanganida 
ifodalanadi. Deputat daxlsizlikdan faqat deputatlik mandati amalda bo‘lgan muddat 
mobaynida foydalanadi. Deputat daxlsizlikdan o‘zi a’zo bo‘lgan palata tomonidan 
mahrum etilishi mumkin. Daxlsizlik agar deputat bevosita jinoyat ustida qo‘lga 
olingan hollarda o‘z-o‘zidan bekor qilinadi (bu holatda palata faqat deputatni ta’qib 
qilishni to‘xtatishni talab etishi mumkin). Daxlsizlikdan mahrum etilgan hollarda 
parlament a’zosining jinoyatini baholash palataning daxlsizlikdan mahrum etish 
to‘g‘risidagi qarorida ko‘rsatilmagan dalillarga asoslana olmaydi. Parlament 
mandati muddati tugaganidan so‘ng deputat oldin sodir etgan va o‘zining 
daxlsizligi tufayli ilgari ta’qib qilinmagan xatti-harakati uchun sud javobgarligiga 
jalb etilishi mumkin. 


Deputat o‘zining vakolatlari muddati mobaynida daxlsizlik huquqiga ega bo‘ladi. 
Tegishli xalq deputatlari Kengashining roziligisiz deputat mazkur hududda jinoiy 
javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida 
beriladigan ma’muriy jazoga tortilishi mumkin emas. 
Deputat tegishli xalq deputatlari Kengashida ovoz berish chog‘ida fikr bildirgani 
yoki nuqtai nazarini bayon etgani uchun hamda o‘z vakolatlarini amalga oshirishi 
bilan bog‘liq boshqa harakatlari uchun, shu jumladan, vakolatlari muddati 
tugaganidan keyin ham javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Agar shunday xatti-
harakatlar munosabati bilan deputat haqorat va tuhmat qilishga yoki qonun 
hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan boshqa qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan 
bo‘lsa, u daxlsizlik huquqidan mahrum qilingan taqdirda javobgarlikka tortiladi. 
Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi masala tegishincha 
viloyat, tuman, shahar prokurorining yoki yuqori turuvchi prokurorning 
taqdimnomasiga binoan xalq deputatlari Kengashi tomonidan o‘n kun ichida hal 
etiladi. Senator etib saylangan deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish 
masalasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining 
va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida 
belgilangan tartibda hal etiladi. 
Deputatni javobgarlikka tortishga rozilik olish to‘g‘risida quyi prokuror tomonidan 
kiritilgan taqdimnomani yuqori turuvchi prokuror chaqirtirib olishi mumkin. 
Deputatni jinoiy javobgarlikka tortishga, ushlab turishga, qamoqqa olishga yoki 
unga nisbatan sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoni qo‘llashga rozilik olish 
to‘g‘risidagi prokuror taqdimnomasi tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan 
ko‘rib chiqiladi, sessiyalar oralig‘idagi davrda esa mazkur xalq deputatlari 
Kengashi rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi mansabdor shaxs tomonidan 
ko‘rib chiqilib, qabul qilingan qaror keyinchalik tegishli xalq deputatlari Kengashi 
tomonidan tasdiqlanad 
Tegishli xalq deputatlari Kengashining deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum 
qilishga rozilik berishni rad etishi unga nisbatan jinoyat ishini yuritishni yoki sud 
tartibida beriladigan ma’muriy jazoni nazarda tutadigan ma’muriy huquqbuzarlik 
to‘g‘risidagi ishni yuritishni istisno etadigan va bunday ishlarni tugatishga sabab 
bo‘ladigan holat hisoblanadi. 


Agar deputat o‘zi xalq deputatlari Kengashi deputati bo‘lgan viloyat, tuman yoki 
shahar hududidan tashqarida jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan 
bo‘lsa, deputatni jinoiy javobgarlikka tortishga, ushlab turishga, qamoqqa olishga 
yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoni qo‘llashga rozilik 
olish talab qilinmaydi. 
Yuqoridagi huquqiy masalad to’liq deputatlim immuniteti harakatga tushirilgan. 
2. Inson huquqlari ummumjahon deklaratsiyasiga muvofiq: 
8-modda
Har bir inson, mabodo uning konstitutsiya eki qonun berib qo'yigan asosiy
huquqlari buzilgudek bo'lsa, nufuzli milliy sud tomonidan o'z huquqlarining
samarali tarzda tiklanishi huquqiga egadir.
9-modda
Hech kim o'zboshimchalik bilan qamalishi, ushlanishi yoki quvg'in qilinishi 
mumkin 
10-modda
Har bir inson , uning huquqlari va burchlarini belgilash va unga quyilgan jinoiy
ayibning nechog’ligi asosnlanganligini aniqlash uchun , batamom tenglik asosida,
o'z ishi oshkora, adolatning barcha talablariga rioya etilib, mustaqil va xolis sud
tomonidan ko'rib chiqilishi huquqiga egadir.
11-modda
1. Jinoyat sodir etishda ayiblanaetgan har bir insonunga himoya uchun
barcha imkoniyatlar yaratib berilib, sud majlisida oshkora tartibda qonuniy
yo'l bilan uning ayibdorligi aniqlanmaguncha, beayib deb hisoblanish
huquqiga egadir.
2. Hech kim, biror bir xatti-harakat yoki faoliyatsizlik sodir etilgan vaqtda, bular
milliy qonunlar yoki xalqaro huquqqa ko'ra o'sha payitda jinoyat deb
topilmagan bo'lsa, shu jinotatni sodir etganliklarni asosida hukm qilinishlari


mumkin emas. Shuningdek, jinoyat sodir etilgan vaqtda qo'llanishi mumkin
bo'lgan jazoga nisbatan og'irroq bir jazo qo'llanishi ham mumkin emas. 
Shuningdek O’zbekiston Respublikasi kostitutsiya 26-moddasida ham ayan 
aybsizlik prezumpsiyasiga bag’ishlanadi. 
Yuqaridagi huquqiy masala bo’yicha esa aybi to’liq isbotlanmagan shaxs uchun 
ayblov e’lon, qilish uni ma’lim bir huquqlardan mahrum qilish yoki cheklash 
qonunga zid hisoblanadi.Aybsizlik prezumpsiyasi amal qilinishi nafaqat barcha 
mamlakatlar balki butun davlatlar tomonidan tan olingan BMT tomonidan qabul 
qilingan ,,Inson huquqlari umjahon deklaratsiyasida ham o’z aksini topganligi 
buning dalili. 
3. Huquqshunoslik, yurisprudensiya — huquqii ijtimoiy nor-malarning alohida 
tizimi sifatida, huquqning alohida tarmoqlarini, davlat va huquq tarixini, davlat va 
umuman siyosiy tizimning faoliyatini oʻrganuvchi fan. Huquqshunoslik — eng 
qadimiy ijtimoiy fanlardan biri. Uning tarixan vujudga kelishi huquqning paydo 
boʻlishi va rivojlanishi bilan bogʻliqdir. Yunon falsafasidayoq Huquqshunoslikning 
eng muhim nazariy muammolari oʻrtaga tashlangan, rim huquqshunoslari esa 
huquqiy tushuncha va tuzilmalarni ishlab chiqqan edilar, bu tushuncha va 
tuzilmalar hozirgi davrda ham oʻz ahamiya-tini saqlab qolgan. Huquq muammolari 
hozirgi demokratik jamiyatda va huquqiy davlataa gʻoyat muhim ahamiyat kasb 
etadi, Huquqshunoslik tuzilish jihatdan bir qancha tarmoklarga boʻlingan: davlat 
huquqi, fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi, xalqaro huquq, davlat va huquq tarixi, 
siyosiy bilimlar tarixi. davlat va huquq mohiyatini, Huquqshunoslikning boshqa 
umumiy masalalarini oʻrganuvchi umumiy davlat va huquq nazariyasi fani alohida 
oʻrinda turadi. 
Huquqshunoslik umumiy nazariy fangina boʻlib qolmay, shu bilan birga amaliy fan 
ham hisoblanadi. Sud tibbiyoti, sud psixiatriyasi, kriminalistika, kriminologiya, 
yuridik psixologiya va boshqa yurisprudensiyaning amaliy turi hisoblanadi. 
Huquqshunoslik fani inson dunyoqarashi, uning huquq va davlat toʻgʻrisidagi 
tasavvuri, tushuncha va bilimlari shakllanishida muhim rol oʻynaydi. 
Huquqshunoslikning gʻoyaviy taʼsiri insonning huquqiy madaniyati rivojlanishiga, 
huquq talablarini qadrlab, unga rioya etishiga yordam qiladi. Bu bilan jamiyatda 
huquqiy axloq va huquq-tartibot qaror topishiga imkon yaratadi. 


Siyosatshunoslik siyosatni ilmiy oʻrganishdir. Bu boshqaruv va hokimiyat tizimlari, 
siyosiy faoliyat, siyosiy fikr, siyosiy xatti-harakatlar va ular bilan bogʻliq 
konstitutsiya va qonun lar tahlili bilan shugʻullanadigan ijtimoiy fan 
Zamonaviy siyosatshunoslikni odatda qiyosiy siyosat xalqaro munosabatlar va 
siyosiy nazariya kabi uchta kichik fan boʻlish mumkinBoshqa eʼtiborga molik 
kichik fanlar — davlat siyosati va boshqaruvi, ichki siyosat va hukumat siyosiy 
iqtisod va siyosiy metodologiya.Bundan tashqari, siyosatshunoslik iqtisod huquq 
sotsiologiya tarix falsafa ijtimoiy geografiya siyosiy antropologiya sohalari bilan 
bogʻliq va ularga tayanadi. 
Siyosatshunoslik uslubiy jihatdan xilma-xil boʻlib, psixologiya (ijtimoiy tadqiqot 
lar va siyosiy falsafa (da paydo boʻlgan koʻplab usullarga mos keladi. 
Yondashuvlarga pozitivizm interpretativizm ratsional tanlov nazariyasi
strukturalizm poststrukturalizm realizm institutsionalizm va plyuralizm) kiradi. 
Siyosatshunoslik, ijtimoiy fanlardan biri sifatida, izlanayotgan soʻrov turlariga 
taalluqli metod va usullardan foydalanadi: tarixiy hujjatlar va rasmiy hujjatlar kabi 
birlamchi manbalar ilmiy jurnal maqolalari, soʻrovnona tadqiqotlari, statistik 
tahlillar holatlar kabi ikkilamchi manbalar va boshqalar. 
Kazus bilan bog’lashga harakat qiling. 
4. Ingliz tilidan tarjima qilingan-Ommaviy huquq - yuridik shaxslar va hukumat 
o'rtasidagi, davlat ichidagi turli institutlar, turli hokimiyat tarmoqlari o'rtasidagi 
munosabatlarni, shuningdek, jamiyat uchun bevosita daxldor bo'lgan shaxslar 
o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqning bir qismi. 
20- KAZUS
Peru vitse-prezidenti Dina Boluarte prezident Pedro Kastilyo kongressni tarqatib 
yuborishga urinib, siyosiy inqiroz keltirib chiqargach, davlat rahbari lavozimini 
egalladi. U hibsga olingan. 
Kongress chorshanba kuni Boluarteda Limada yangi prezident sifatida qasamyod 
qildi, Kastilyo esa Kongress unga impichment e'lon qilish uchun ovoz berganidan 
keyin politsiya tomonidan hibsga olindi. U 2018-yil boshidan beri siyosiy beqaror 
mamlakatning oltinchi prezidenti va davlat rahbari lavozimini egallagan birinchi 
ayol bo‘ladi, deb xabar beradi Bloomberg. 


Boluarte oʻzining inauguratsiya nutqida milliy birlik hukumati uchun harakat 
qilishini maʼlum qildi va mamlakatni qamrab olgan “sharmandali” korrupsiyaga 
qarshi kurashishga vaʼda berdi. U shuningdek, Kastilyoning bir palatali qonun 
chiqaruvchi organni tarqatib yuborishga bo'lgan urinishini qoraladi. 
"To'ntarishga urinish bo'ldi", deydi Boluarte o'z nutqida. "Men Respublika 
Prezidenti lavozimini egallayman, men zimmamdagi mas'uliyatni tushunaman." 
Kastilyoning Kongress faoliyatini to‘qqiz oyga to‘xtatib turish, yangi konstitutsiya 
yozish va komendantlik soati joriy etishga urinishi qonunchilar, harbiylar, 
konstitutsiyaviy tribunal va o‘z kabinetining keskin noroziligiga sabab bo‘ldi, 
chunki vazirlar ommaviy ravishda iste’foga chiqdi. 
Impichment bo‘yicha ovoz berish chog‘ida 101 deputat Kastilyoning “doimiy 
ma’naviy qobiliyatsizligi” sababli iste’fosi uchun ovoz berdi, olti nafari qarshi, 10 
nafari esa betaraf qoldi. Rahbar 2021-yil iyul oyida lavozimga kirishganidan beri 
avvalgi ikki marta impichment urinishlaridan omon qolgan. Vazirlar mahkamasi 
vazirlarining iste'folari, konstitutsiyaviy tuzumni buzishga urinishlarga qarshi 
ekanliklarini bildirgan bayonot bilan, Kastilyo o'z bayonoti va qurolli kuchlar 
harakatga kelganidan so'ng deyarli darhol sodir bo'ldi.
Savollar:
Kazus mazmuniga ko‘ra, Peru boshqaruv shakli bo‘yicha qanday davlat?
“doimiy ma’naviy axloqiy layoqatsizlik” degani nima ekanligini tushuntirib bering. 
Kazusda eslanayotgan “konstitutsiyaviy tartib” tushunchasi nima?
Siyosiy inqiroz degani nima va qanday qilib huquq uning oldini olishi mumkin?
KAZUSGA JAVOB; 
Kazusga javob yozishdan oldin davlat boshqaruv shakli nima degan savolga javob 
berishimiz kerak.Davlat boshqaruv shakli –bu davlat hokimiyatining oliy 
organlarini tashkil etish hamda ushbu organlarning o‘zaro va aholi bilan 
munosabatlarni belgilovchi davlat shaklining tarkibiy qismi .Shuningdek muayyan 
mamkakatda davlat boshligi (monarx yoki prezidentning huquqiy maqomi bilan 
bogliq masalalar ham davlat boshqaruv shaklining mazmuni tarkibiga kiradi.Davlat 
boshqaruv shakli ko‘ra 2ga bo‘linadi; monarxiya va respublika . 


Peru davlati boshqaruv shakliga ko‘ra respublika hisoblanadi.Respublika boshqaruv 
shakli haqida gapiradigan so‘z yuritsak ; 
davlat boshligi va boshqa oliy hokimiyat organlarining muayyan muddatga saylab 
qo‘yilishi; 
davlat boshligi va boshqa saylab qo‘yilaladigan organlarning saylovchilari oldida 
masulligi hamda ularning muayyan muddatga saylanishi va tayinlanishi; 
davlat boshligining qonunda belgilab qoyilgan holatlarda yuridik jihatdan 
javobgarligi ; 
davlat hokimiyatini davlat boshligi nomidan emas balki xalq nomidan amalga 
oshiradi ;
fuqarolar huquq va erkinliklari davlat tomonidan himoya qilinishi davlat va shaxs 
o‘rtasida o’zaro masullikning mavjudligi va boshqalar ; 
Lotin Amerikasidagi Peru davlati respublikaning prezidentlik respublikasi 
hisoblanadi.Bunda prezident qoida tariqasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat 
boshlig’i hisoblanadi.Prezident hukumatni boshqaradi va hukumat uning oldida 
javobgar bo‘ladi.Prezident umumxalq saylovlari orqali saylanadi. 
Kazusning 2 savoliga javob beradigan bo’lsam? Doimiy ma’naviy axloqiy 
layoqatsizlik haqida so’z yuritishdan oldin axloq terminiga to’xtalsak, axloq bu- 
kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga boʻlgan munosabatlarida namoyon 
boʻladigan xatti-harakatlari, xulq-atvorlari, odoblari majmui. Huquqdan farqli 
ravishda axloq talablarini bajarish-bajarmaslik maʼnaviy taʼsir koʻrsatish shakli 
hisoblanadi.Axloq normasi huquq normasidan farqi u butun jamiyat tomonidan 
yaratildi. Bu norma doimiy ravishda kishilarning amaliy faoliyati, ularning o’zaro 
aloqalari jarayonida yuzaga keladi va rivojlanib boradi.Axloqiy makon huquqiy 
makondan farqi ancha kengdir.Ma’lumki, huquq ijtimoiy hayotning ko’p qirralarini 
chetda qoldirib, uning eng muhim sohalrigina tartibga solib boradi. Huquqdan farqi 
o’laroq, axloq jamiyat hayoining deyarli barcha sohalariga taaluqli bo’ladi.
Ma'naviy - axloqiy Ma'naviy - axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari . tarbiya 
yagona ijtimoiy tarbiya jarayonining tarkibiy qismi . Jamiyat tomonidan insonlar 
xulqining boshqarilishiga zarurat ikki o'zaro bog'liq vazifani shart qilib qo'yadi : 
birinchidan , jamiyat ongida me'yorlar , tamoyillar . ideallar , adolat , ezgulik va 
yovuzlik kabi tushunchalar koʻrmishida aks etadigan va asoslanadigan axloqiy 


talablami ishlab chiqish ; ikkinchidan , inson o'z xatti - harakatlarini yo'naltirishi va 
nazorat qila olishi , shuningdek ijtimoiy xulqni boshqarishda ishtirok eta olishi , 
ya'ni boshqa kishilarga talab qo'ya bilishi va ulaming xatti - harakatlarini baholay 
olishi uchun bu talablarni hamda ular bilan bog' liq tasavvurlarni har bir inson 
ongiga singdirish . Aynan shu ikkinchi vazifa insonda shaxsning tegishli e'tiqod , 
ma'naviy moyilliklar , his tuyg'ular , odatlar , barqaror axloqiy sifatlami 
shakllantirishdan iborat bo'lgan axloqiy tarbiya orqali hal qilinadi . U yoki bu 
jamiyatda ma'naviy - axloqiy tarbiya jarayonining mazmuni uning maqsadlari bilan 
belgilanadi . Bu maqsadlar ijtimoiy munosabatlar tavsifi bilan belgilanadi .Axloq va 
ma'naviyat chuqur ichki oʻzaro aloqadorlikka ega Zero , ma'naviyat individ 
mansub bo'lgan guruhlar axloqi ta'sirida yuzaga keladi , axloq esa , o'z navbatida , 
guruh a'zolari bo'gan individlar ma'naviyatining o'zaro tutash ommaviy 
munosabatlarida namoyon bo'ladi . Axloq - ma'naviyatning tarkibiy qismi sifatida 
shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi . Zero , axloq , axloqiy me'yorlarsiz 
shaxsning ruhiy va jismonan yetukligining mezoni bo'lgan ma'naviy kamolotga 
erishib bo'lmaydi . Shuning uchun ham ma'naviy - axloqiy tarbiyada uzviylik , 
aloqadorlik dialektik xarakterga ega bo'lib , shaxsning ma'naviy - axloqiy 
shakllanishida muhim sanaladi . Axloq ( arabcha xulq - atvor ma'nosini bildiradi ) 
ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib , ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti - 
harakatini tartibga soladigan qonun qoidalar majmuidir . Axloq shaxs yoki guruh 
faoliyatini baholash orqali jamiyatdagi munosabatlami boshqarish mexanizmi . 
Axloq shunchaki munosabatlami tartibga keltirish uchungina emas , balki ularni 
uyg'unlashtirish uchun ham zarur . Munosabatlarni boshqarish ikki xil usul bilan 
amalga oshiriladi : xulq - atvorni rag'batlantirish va jazolash . Ezgulik , tartiblilik , 
haqqoniylik , rostgo'ylik , adolatlilik , mehnatsevarlik , jamoaviylik kabi sifat va 
xususiyatlami o'zida birlashtirgan shaxs tavsifi axloqiy tamoyillar deb ataladi . 
Hayotda qoida sifatida qabul qilingan talablardan kishilar o'zlariga odamlar 
orasidan namuna tanlaydi . Bu axloqiy ideal deb ataladi. 
Kazusning 3savoliga javob beradigan bo’lsam, Huquqiy tartibga solishning eng oliy 
shakli – konstitutsiyaviy tartibga solishdir.Konstitutsiya mamlakatning asosiy 
qonuni bo’lib,yuksak maqomli, o’ta nufuzli siyosiy-yuridik hujjat 
sanaladi.Konstitutsiya Asosiy qonun sifatida mamlakat normativ-huquqiy hujjatlar 
tizimida ustuvorlik qiladi.Qolgan barcha qonunlarning qoidalardan ham yuqoriroq 
yuridik kuchga ega.Barcha normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida unga 
muvofiq tarzda va uning ijrosi uchun chiqariladi.Basharti qonunlar Konstitutsiyaga 


zid kelib qolsa yiki unda belgilangan tartiblarni buzib ishlab chiqilgan va qabul 
qilingan bo’lsa ,ular o’z kuchini yo’qotishi shart.Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga 
solish murakkab ichki tuzilish(struktura) va ijtimoiy hayotning alohida sohalriga 
ta’sir etishning o’ziga xos xususiyatga ega. 
-mamlakat miqyosida yagona konstitutsiyaviy tartibga solishning muayyan tizimini 
tashkil etadi; 
- u umumiy –majburiy, normative xarakterga ega; 
- huquq tartibga solishning umumiy siyosiy yo’nalishini, ustuvor prinsiplarini 
belgilaydi; 
-ijtimoiy munosabatlarni konstitutsiyaviy tartibga solish davlat tomonidan eng 
yuksak darajada kafolatlanadi va ta’minlanadi. 
Konstitutsiyaviy – huquqiy tartibga solishning normative darajasi hamda siyosiy –
yuridik ahamiyati konstitutsiyaviy qonunchilikni o’rnatish xarakteri va tartibga 
solinadigan ijtimoiy munosabatlarning muhimligi bilan belgilanadi. Konstitusiyada 
mustahkamlangan prinsiplarning hammasi normaiv tabiatga ega bo’lib, ular mavjud 
huquqiy tizim uchun davlat idoralarning huquq ijodkorlik va huquqni qo’llash 
faoliyati uchun fuqarolar, mansabdor shaxslar va jamoat birlashmalari faoliyati 
uchun ustuvor rahbariy ahamiyatga egadir.Konstitutsiyaviy tartibga solish jamiyati 
yetakchi hamda nufuzli o’rinni egallaydi.U oliy darajadagi huquqiy tartibga 
solishdir.Konstitutsiya normalar o’z yuridik kuchi jihatidan boshqa oddiy huquqiy 
normalardan so’zsiz ustuvor bo’lganligi uchun konstitutsiyaviy tartibga solish 
yuksak yuridik maqomga, shuningdek, muhim ijtimoiy-siyosiy mazmunga ega.

Yüklə 327,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə