Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ekskursiyani o‘tkazish



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix23.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#155470
1   2   3
ZDIFT 1625

84 
 
 
 
hodisalarining mavsumiy o'zgarishlarini tabiiy sharoitda kuzatishi, tabiatning insonning hayot 
va talablariga muvofiq o'zgarayotganini hamda atrofimizdagi jonli va jonsiz tabiatda yuz 
berayotgan hodisa va jarayonlar to'g'risida bilimlar to'plashga imkon beradi. 
Ekskursiya mashg'ulotlarining afzalligi yana shundaki, unda bolalar o'simlik va hayvonlarni 
ular yashaydigan muhitda ko'rish, hamda tabiatda mavjud bo'lgan o'zaro aloqalar haqida 
dastlabki dunyoqarash, tasavvurlarini, olamni materialistik tushunishni shakllantirish 
imkoniyatiga ega bo'ladilar. 
Tarbiyachi rahbarligida o'rmon, dala, daryo va ko'l qirg'oqlariga'uyushtirilgan ekskursiya 
bolalarning diqqatini jalb qiladi, tabiat burchagida olib boriladigan keyingi kuzatishlarga 
xilmaxil material to'plashga sharoit yaratadi. Ekskursiyalarda bolalarda kuzatuvchanlik
tabiatni o'rganishga qiziqish o'sadi. Ular narsa­larni sinchiklab kuzatish va uning xarakterli 
xususiyatlarini qayd qilishga odatlanadilar. 
Tabiatning go'zalligi bolalarda estetik hissiyotlarning o'sishiga yordam beradi. Shu asosda ona 
tabiatga muhabbat, unga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish shakllanadi. 
Ekskursiyalar mazmuniga ko'ra shartli tarzda ikki turga bo'linadi: tabiatga uyushtiriladigan 
ekskursiya — bog', o'rmon, daryo, o'tloq, shuningdek, hayvonot bog'i, botanika bog'iga (bular 
turli mavsumda o'tkaziladi) ekskursiyalar hamda qishloq xo'jalik ekskursiyasi — dala, 
parrandachilik fabrikasi, bog', ekinzor va shu kabilarga kattalarning mehnati bilan tanishish 
maqsadida uyush­tiriladigan ekskursiyalar. 
Ekskursiya mashg'ulot turi sifatida o'rta, katta hamda tayyorlov guruhlarida o'tkaziladi. Har 
bir ekskursiya uchun barcha bolalar egallashlari shart bo'lgan dastur mazmuni belgilanadi. 
Tarbiyachining ekskursiyaga tayyorlanishi. Tarbiyachi ekskursiyani rejalashtirar ekan
ekskursiya mavzusi hamda maqsadini aniq belgilaydi, ekskursiya o'rnini, unga boriladigan 
qulay (bolalarni charchatmaydigan, ulardiqqatini asosiy maqsaddan chalg'itmaydigan) yo'lni 
belgilaydi. Ekskursiya o'rnini tanlashda bolalarning jismoniy imkoniyatlarini (piyoda 
yuriladigan ekskursiyalar kichkintoylar uchun faqat yaqin masofalargagina uyushtirilishi 
mumkin), shuningdek mavsumni, yo'lning xu­susiyatlarini, obhavo holatini hisobga olish 
zarur. 
Ekskursiya uyushtiriladigan joy tarbiyachiga qanchalik tanish bo'lmasin, u birikki kun oldin 
o'sha joyni ko'rib chiqishi lozim. Boiajak ekskursiya joyida bo'lgan tarbiyachi marshrutni 
aniqlaydi, kerakli obyektlarni topib, bolalar kuzatishlarni mustaqil olib borishlari hamda dam 
olishlari mumkin bo'lgan joyni belgilaydi. 
Ekskursiyani o'tkazishdan oldin tarbiyachi uni o'tkazish usullarini atroflicha o'ylab ko'radi va 
ekskursiya qiziqarli o'tishi uchun oldindan she'r, topishmoq, maqollarni tanlab ulardan 
foydalanadi. 
Bolalarni ekskursiyaga tayyorlash. Ekskursiyadan bir necha kun oldin bolalarda mashg'ulotga 
qiziqish uyg'otish, tasavvurlarni jonlantirish maqsadida tarbiyachi ular bilan kichik suhbat 
o'tkazadi, ya'ni ekskursiya vazifalarini qo'yadi, topshiriq va vazifalami taqsimlaydi, 
ekskursiyadagi xulqatvor qoidalari bilan tanishtiradi, shuningdek anjomaslaha va jihozlarni 
tayyorlaydi. 
Tabiatshunoslik ekskursiyasi. Tabiatshunoslik ekskursiyasi kirish suhbati, kollektiv bo'lib 
kuzatish, bolalarning individual mustaqil kuzatishlari, tabiatga oid materiallarni to'plash, 
bolalar­ning dam olish vaqtida to'plagan materiallar bilan o'ynashi va yakuniy qismlarni o'z 
ichiga oladi. Bolalarni ekskursiya o'tkaziladigan joyga olib kelgandan so'ng tarbiyachi qisqa 




Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə