Magistrlik dissertatsiyasi ilmiy tadqiqot bosqichi sifatida F. f d.,prof. M. A. Qahhorov, magistrant N. Mirsaidova



Yüklə 77,92 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix19.12.2023
ölçüsü77,92 Kb.
#150996
5aec00d42498c



Magistrlik dissertatsiyasi ilmiy tadqiqot bosqichi sifatida 
 F.f.d.,prof. M. A. Qahhorov, 
magistrant N. Mirsaidova
Magistrlik dissertatsiyasi magistraturada ta’lim olayotgan magistrantning ya
kunlovchi ishi hisoblanadi. Dissertatsiya ishi magistrantning o’qish davrida 
egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajargan ilmiy tadqiqot ishlarining 
natijasidir.
Biz ushbu maqolada magistrlik dissertatsiyasining ilmiy tadqiqot ishi 
sifatidagi o’rni ahamiyatini, uni bajarishga qo’yiladigan metodologik hamda 
metodik talablar mohiyatini, magistrlik dissertatsiyasini mustaqil, ilmiy-amaliy 
qimmatga molik bo’lgan ish sifatida shakllantirish va rasmiylashtirishning yangi 
nizom asosida belgilangan tartib-qoidalari xususida so’z yuritamiz. O’ylaymizki, 
ushbu maqolada bildirilgan fikrlarimiz magistrlik dissertatsiyasini bajarish 
arafasida turganlar uchun foydadan holi bo’lmaydi. 
Magistraturaga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 
118-son qarori (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2010-yil, 24-
25-son; 
195-modda) 
bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining 
magistraturasiga qabul qilish tartibi to’g’risidagi nizomga muvofiq amalga 
oshiriladi. 
Men magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy-tadqiqot bosqichi sifatida 2010-
yildagi hamda 2012-yil 29-oktabrdagi nizomlarda keltirilgan dissertatsiyaga 
qo’yilgan talablarni taqqoslash metodi asosida qiyosiy o’rgandim.
2010-yil 18-iyundagi qarorga muvofiq dissertatsiya ishi mavzusi:
-
ishlab-chiqarish; 
-
ta’lim; 
-
iqtisodiyot; 


-
fan-texnika ijtimoiy sohalardagi ilg’or va dolzarb masalalarga bag’ishlanib, 
muayyan bir vzifaning ilmiy asoslangan yechimini topishga, tavsiyalar 
ishlab chiqishga, statistik ma’lumotlar tahliliga qaratilgan bo’lishi shart. 
Kafedra taqdimnomasiga muvofiq dissertatsiya ishi mavzulari va ilmiy 
rahbarlar oily o’quv yurti magistratura bo’limi tavsiyasi asosida rektorning 
buyrug’i bilan tasdiqlanadi.
2012-yildagi yangi magistratura to’g’risidagi nizomda shu sohaga kiritilgan 
ko’plab yangiliklarni ko’rishimiz mumkin. Ushbu nizomda dissertatsiyaning 
tarkibi va mazmuniga qo’yiladigan talablar yuzasidan tushunchalar keng 
yoritilgan. Eski nizomda esa barcha ishlarga umumiy qaralganligi uning muhim 
nuqsonlaridan biri edi. Masalan, --- “ Magistrlik dissertatsiyasi” deb nomlanuvchi 
bo’limda barcha ma’lumotlar chuqur tahlil etilmagan. Xuddi shu bob yangi 
nizomga muvofiq kengroq yoritilgan. Shu jumladan: 
1.
Dissertatsiyaning tarkibi va uning mazmuniga qo’yiladigan talablar; 
2.
Dissertatsiyani tayyorlash va himoya qilishga qo’yiladigan talablar;
3.
Dissertatsiyani dastlabki va rasmiy himoya qilish; 
4. Dissertatsiya mavzularini tasdiqlash va ilmiy rahbarlarni tayinlash singari 
vazifalar alohida-alohida qayd etilgan bo’lib, ularni bajarish muddatlar ham 
tegishli ketma-ketlikda bo’lish sharti qo’yilgan. Yangi nizomning eng muhim 
yangiliklaridan yana biri shunda ediki, “Dissertatsiyaning tarkibi va uning 
mazmuniga qo’yiladigan talablar” bobida dissertatsiyaning tarkibiy qismlariga 
alohida to’xtalib o’tilgan. Bular: 
- titul varaq; 
- ikki tildagi (o’qitish tili va ingliz tilida) dissertatsiyaning qisqacha 
annotatsiyasi; 
- mundarija; 
- kirish; 
- asosiy qism; 
- xulosa;


- foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati; 
- ilovalar (agar mavjud bo’lsa). 
Dissertatsiyaning titul varag’i, annotatsiyasi, mundarijasi va foydalanilgan 
adabiyotlar ro’yxatining namunaviy shakli mazkur nizomning 2-5-ilovalarida 
keltirilgan. Mazkur nizomda belgilangan masalalar bo’yicha nizolar qonun 
hujjatlariga muvofiq hal qilinadi. 
Xulosa qilib, shuni aytish kerakki, magistrlik dissertatsiyasini himoya 
qilishga tayorlangan magistrantning oldida juda katta va mas’ulyatli vazifa turadi. 
Buning uchun magistratura to’g’risidagi yangi nizom, umumiy qoidalar
magistrlarning tayorgarligiga qo’yiladigan talablar va boshqa umumiy talablarga 
magistrlar mukammal yondshishi va undagi boblarni, talablarni chuqurroq bilib 
o’rganishlari zarur. Magistrant dissertatsiya ishini o’zi qiziqqan mavzuda olib 
borishi zarur. Albatta dissertatsiya mavzusi asosida maqolalar, tezislar ham e’lon 
qilib turilishi kerak. Magistrant o’z ustida tinimsiz ishlashi bosh maqsadga 
aylanishi kerak.

Yüklə 77,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə