Madaniyat rivojlanishining asosiy qonuniyatlari madaniy va ma’naviy meros



Yüklə 239,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix22.12.2022
ölçüsü239,2 Kb.
#97601
1   2   3   4   5   6   7   8
Madaniyat rivojlanishining asosiy qonuniyatlari madaniy va ma’naviy meros

N
ormativiylik funksiya
(mezon-me’yoriy)- kishilar hulQini tartibga solish, ularning kuchini bir me’yorda va jamiyatni bir butunlikda saQlash
maQsadida muvofiQlashtirish. Me’yor-Qoida Qandaydir harakat yoki Qandaydir predmetlar, narsalarni yaratish sohasida aniQ ko‘rsatmadir. Ongli
ravishda o‘rnatilgan yoki ko‘p asrlik an’analarga tayanuvchi majburiy, taQiQlovchi me’yorlar mavjud (huQuQiy, axloQiy me’yorlar), biroQ ularning
mazmuni bor jamiyatni barbod Qilmaslik uchun kishilar faoliyatini tartibga solish, aniQ chegaralar bilan belgilash.
Ruhiy yoki «loyihaviy» mo‘’tadillik
- bayramlar, diniy marosimlar, o‘yin, tomosha jarayonlarida ruhiy zo‘riQishlarni bartaraf Qilish. QoniQarsiz
istaklar, ro‘yobga chiQmaydigan niyatlar, amalda taQiQlanuvchi janjallar mavjudligi ruhiy zo‘riQishlar paydo bo‘lishiga olib kelib, nafaQat ma’lum
bir shaxs salomatligiga zarar yetkazadi, balki, ommaviylik kasb etib, jamiyat harakatini izdan chiQarishi mumkin. Shuning uchun madaniyatda
keraksiz xissiyotdan xalos bo‘lish mexanizmi ishlab chiQilgan.
Xullas, kishilar yaratgan moddiy va ma’naviy Qadriyatlar, boyliklar ularning Qobiliyatlari, munosabatlari va mohiyatli kuchlari namoyon
bo‘lishidan iborat. Inson madaniyat sohasida bu ma’naviy Qadriyatlarga o‘z munosabatini bildirar ekan, ayni vaQtda, o‘zi rivojlanadigan, o‘zi
o‘zgarib turadigan mohiyat sifatida ham namoyon bo‘ladi. Demak, madaniyat narsalar shaklida, inson faoliyatining tayyor mahsulotlari shaklida va
insonning jonli Qobiliyatlari, bilimlari shaklida yashab turadi.
Kishilar ijtimoiy tajriba jarayonida zaruriy moddiy shart-sharoit va hayot vositalarini yaratish bilangina kifoyalanmay, ayni chog‘da o‘z ongini
ham takomillashtiradi. Ijtimoiy ong shakllarini (dunyoQarash, axloQ, huQuQ, estetik ong) vujudga keltiradilar yoki ma’naviy ishlab chiQarish
faoliyatni amalga oshiradilar. Bularning majmui ma’naviy madaniyat sohasini tashkil etadi.
Ma’naviy madaniyat kishilar ma’naviy ijodkorligi faoliyatlari natijalari- tasavvurlar, g‘oyalar, ilmiy bilimlar, diniy Qarashlar, san’at sohalari,
axloQiy va huQuQiy me’yorlarni ishlab chiQarishdan hosil bo‘ladi. Bunday ma’naviy Qadriyatlar o‘zicha paydo bo‘lmaydi, balki muayyan
taraQQiyot bosQichida o‘zaro munosabatga kiradigan kishilar tomonidan yaratiladi. Ma’naviy madaniyat – ma’naviy ijodning shunchaki mahsuloti
bo‘lmay, balki ijodiy faoliyatni amalga oshiradigan kishilar o‘rtasidagi munosabatni ham bildiradi. Shuningdek, ma’naviy madaniyat ta’lim va fan
sohasi bilan bog‘langan ilmiy faoliyat va bilim olish jarayoni bilan uzviy bo‘lgan bilish madaniyatini, axloQiy va estetik madaniyatni o‘z ichiga
oladi. Natijada, ma’naviy madaniyat o‘zaro uzviy bog‘liQda inson ma’naviy fazilati va faoliyatining narsalarda moddiylashgan shaklida, inson
tomonidan yaratilgan ma’naviy Qadriyatlar shaklida (ilm, san’at, huQuQ, axloQ Qoidalarida) mavjud bo‘ladi.
Madaniyatning Quyidagi funksiyalari bevosita shaxs bilan bog‘liQ:


Yüklə 239,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə