M ibragimova, A. Reyembaeva



Yüklə 96,33 Kb.
səhifə2/10
tarix16.09.2023
ölçüsü96,33 Kb.
#122139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KURS ISHI Ona tili 333

Kirish


Ma’lumki, “Ona tili o`qitish metodikasi” fani boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida asosiy fanlardan biri sifatida o‘qitiladi. O‘quv rejasiga muvofiq talabalar “Ona tili o‘qitish metodikasi” fanini o‘rganadilar, kurs yakunida esa ushbu fan bo‘yicha kurs ishi yozadilar.
“Ona tili o‘qitish metodikasi” fanidan kurs ishlari boshlang‘ich ta’lim mutaxassislarini tayyorlashda talaba o‘rganishi zarur bo‘lgan asosiy fan sohasiga oid nazariy bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishga qaratilgan hamda talabalaming bilim doirasini kengaytirish, nazariyani amaliyotga tatbiq etish, fikrni erkin va mustaqil tarzda bayon eta olish malakasini shakllantiruvchi amaliy ish turi hisoblanadi.
“Ona tili o`qitish metodikasi” fani yuzasidan yoziladigan kurs ishi talabalarni ilmiy-ijodiy ishga yo‘naltiruvchi amaliy faoliyat turi sifatida muhim ahamiyatga ega. Talaba kurs ishini yozish asosida keyinchalik yirikroq tadqiqot ishlarini bajarishga tayyorgarlik ko‘radi. Jumladan, fanlar bo‘yicha tashkil etiladigan kurs ishlari talabalari ta’limning yuqori bosqichida bitiruv malakaviy ishini yozishga tayyorlab boradi.
“Ona tili o‘qitish metodikasi” fani bo‘yicha kurs ishlarini bajarish jarayonida talabalar:
- kurs ishi mavzusiga aloqador nazariy bilimlarni mustaqil ravishda o‘zlashtiradilar;
- kurs ishi mavzusining o‘rganilganlik darajasini belgilaydilar hamda mavzuning ilmiy-nazariy jihatini aniqlab, muammoning ilmiy yechimiga yordam beruvchi eng maqbul tadqiq usullarini tanlab oladilar;
- kurs ishi mavzusiga aloqador ilmiy manbalami tahlil qilish asosida mavjud nazariy qarashlarga tanqidiy munosabat bildirish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar;
- til va nutq birliklarini farqlash metodikasini o‘rganadilar, ularning o‘xshash va farqli jihatalrini ajratadilar;
- og‘zaki va yozma nutqni izchil, to‘g‘ri, maqsadga muvofiq hamda mantiqli bayon etishga o‘rganadilar;
- nazariy xulosalarini daliliy misollar asosida izohlay olish hamda umumlashtirish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar;
- o‘zlarida ilmiy tadqiqot olib borishning dastlabki ko‘nikmalarini shakllantiradilar.
“Ona tili o`qitish metodikasi” fanidan kurs ishlarini shu fanning bo‘limlari asosida yozish mumkin. Tavsiya etilayotgan uslubiy ko‘rsatmada esa “Ona tili o`qitish metodikasi” fanidan kurs ishlarini ona tili o‘qitish metodikasining barcha bo‘limlari bo‘yicha yozishga oid amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Tavsiya etilgan kurs ishi mavzularining ayrimlari ma’lum darajada darslik, o‘quv qo‘llanmalarida yoritilgan, ayrimlari shu kunga qadar maxsus tadqiqot obyekti bo‘lgan. Ba’zi masalalar esa maxsus tadqiqni talab etadi. Shu sababli kurs ishi mavzusi talabalar tomonidan erkin tanlanadi. Albatta, bu mavzular fan o‘qituvchilari tomonidan yilma yil to‘ldirib borilishi yoki zarur hollarda o‘zgartirish kiritilishi mumkin. Kurs ishi talabani ilmiy tadqiqot ishiga yo‘naltiruvchi dastlabki amaliy ish bo‘lganligi sababli talabaga ilmiy rahbar tayinlanadi. Kurs ishiga ilmiy salohiyatga ega malakali professor-o‘qituvchilar rahbarlik qilishadi. Ilmiy rahbar mutaxassislik kafedrasi tomonidan belgilanadi.
Ilmiy rahbar talabaga kurs ishini yozish metodikasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib boradi. U:
- talabaga kurs ishining maqsad va vazifalarini belgilashga yordam beradi;
- belgilangan muammoning o‘rganilganlik darajasini aniqlash yuzasidan tavsiyalar beradi;
- talabaga mavzu bo‘yicha zarur adabiyotlarni tavsiya etadi;
- talabani ilmiy manba bilan ishlashga, mavzuga oid daliliy misollar kartotekasini tuzishga o‘rgatadi;
- talaba tuzgan kurs ishi rejasini tahlil qiladi va zarur hollarda rejaga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi.
Ushbu uslubiy ko‘rsatmada “Ona tili o`qitish metodikasi” fanidan ayrim mavzulardagi kurs ishlarini yozish yuzasidan tavsiyalar beriladi. Bu vazifani amalga oshirishdan avval kurs ishining umumiy tavsifi: mavzuning belgilanishi, kurs ishining maqsad va vazifalari, ilmiy va amaliy ahamiyati, kurs ishining tuzilishi haqida ma’lumot beriladi, so‘ngra kurs ishini yozish va himoya qilish yuzasidan ko‘rsatmalar beriladi. Ushbu uslubiy ko‘rsatmada “Ona tili o`qitish metodikasi” fanidan ayrim kurs ishi taxminiy rejalari va mavzuga aloqador dastlabki ilmiy adabiyotlat ro‘yxati ham tavsiya etildi.
“Kurs ishi mavzulari bo‘yicha tavsiya etiladigan umumiy adabiyotlar” bandida kurs ishi mavzulariga aloqador oxirgi yillarda e’lon qilingan eng muhim ilmiy-nazariy manbalar tavsiya etildi.
Ilovada “Ona tili o`qitish metodikasi” fanidan kurs ishlarini rasmiylashtirish tartibiga oid namunalar berildi.



Yüklə 96,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə