Lga oldim tor, Qizlar sizga aytar qo



Yüklə 13,75 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü13,75 Kb.
#144480
Qizlar ta\'rifi


Qizlar ta’rifida qo‘lga oldim tor,
Qizlar sizga aytar qo‘shiqlarim bor,

Sanga bag‘ishlanar biri Gulnigor
Biri senga Ra’no ko‘zlari xumor,
Qizlar ta’rifida qo‘lga oldim tor,
Qizlar sizga aytar qo‘shiqlarim bor,

Senga aytolganim qo‘shiqdir sara
Unga sani isming yozdim Gulsara
Gulchehra tarifin eturman bayon
Shahlo go‘zalliging she’rimdan ayon
Qizlar ta’rifida qo‘lga oldim tor,
Qizlar sizga aytar qo‘shiqlarim bor. 2.

Sani sozga soldim go‘zal Sanobar
Parilar husniga husning barobar.
Zebo tarifida aytayin ne so‘z
Sanamlar sarvari Barno qora ko‘z
Qizlar ta’rifida qo‘lga oldim tor,
Qizlar sizga aytar qo‘shiqlarim bor,
Senga bag‘ishlanar biri Gulnigor
Biri senga Ra’no ko‘zlari xumor.

_________________

Malohating deymu nazokatidan
Nargizani husni jon ofatidan
Barchangiz mavfora suluv parivash
Yigitlar qalbida yoquvchi otash
Qizlar ta’rifida qo‘lga oldim tor 
Qizlar sizga aytar qo‘shiqlarim bor
Senga bag‘ishlanar biri Gulnigor
Biri senga Ra’no ko‘zlari xumor.
Yüklə 13,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə