Leksemalaning ma'noviy


Yordamchi so'zlarning shakliy xususiyatlariga ko'ra turlari



Yüklə 130 Kb.
səhifə3/10
tarix16.05.2023
ölçüsü130 Kb.
#110662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ko’makchi

Yordamchi so'zlarning shakliy xususiyatlariga ko'ra turlari. Yordamchi so'zlar shakliy xususiyatariga ko'ra:

  1. qo'shimchasimon yordamchi so'zlar;

  2. sof yordamchi so'zlar; '
    v) nisbiy yordamchi so'zlar.

Qo'shimchasimon yordamchi so'zlar har uchala yordamchi so'zlar tarkibida uchraydi. Ko'makchilar orasida -dek/-day,-cha, bog'lovchilar orasida ~ki/-kim\ -u, -yu,-da affikssimon yuklama -bog'lovchilar, yuklamalar orasida -mi, -chi, -a, -ya, -ku,-o q (-yo q), -da, -gina kabi qo'shimchaga o'xshash yordamchi so'zlami uchra-tish mumkin. Qo'shimchasimon yordamchi so'zlar shaklan qo'shimchaga o'xshaydi, ammo yordamchi so'zlaming vazifasini bajaradi. Chunonchi, l.Po'latdek (kabi) dadil bir yigit bu ishdan hayiqsa, uyat bo'ladi. (O.Mux.) 2.Shu payt o'g'ilchasi eshikdan yugurib keldi-da (va), dadasining quchog'iga otildi. (Oyb.) 3.Bazmga Gulnoragina (faqat) kelmadi. (S.Ahm)
Sof ko'makchilar sirasiga awaldan ma'Ium uchun, bilan, sari, qadar, kabi, singari, sayin, orqali so'zlari; sof bog'lovchilar sirasiga va, hamda, ammo, lekin, biroq, balki, yo, yoxud, go 'yo, agar, basharti kabilar; sof yuklamalar qatonga xuddi, faqat, axir, hatto, naq, atigi so'zlari kiradi.
Nisbiy yordamchi so'zlar atamasi ostida boshqa turkumga mansub bo'lgan so'zning yordamchi vazifasida qo'llanilishi (old, orqa, avval, bo'ylab, boshlab...) yoki tabiatida "shakldoshlik" mavjud bo'lgan birliklar tushuniladi. Masalan, "yolg'iz" sifat turkumiga oid so'z yuklama o'rnida (YOlg'iz senga suyanaman) ishlatiladi. Yoki Vaqtida yomg'ir yog'adi, vaqtida qor gapida vaqtida so'zining vazifasi bog'lovehilarga yaqindir. Bunga o'x-shash misollar nutqimizda ko'p uchraydi. Yordamchi so'zlarning shakliy xususiyatlariga ko'ra turlarini quyidagi jadvalda umumlashtirish mumkin .




Yüklə 130 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə