Labоratоriya ishi №1 Aseptika va antiseptika qonun –qoidalari bilan tanishish. Biologik mikroskopning tuzilishi



Yüklə 464,32 Kb.
səhifə4/7
tarix08.02.2022
ölçüsü464,32 Kb.
#83588
1   2   3   4   5   6   7
1lob

Biologik mikroskop:

Mikrobiologik amaliyotda MRB-1, MBI-1, MBI-2, MBI-3, MBI-6 biolam R-1 va boshqa markadagi mikroskoplar ishlatiladi. Ular kattaligi 0,2-0,3 mkm dan kichik bo’lmagan mikroorganizmlarni shakli, tuzilishi, o’lchami va boshqa belgilarini aniqlash va ko’rish uchun mo’ljallangan.

Mikroskop ikkita optik va mexanik qismlardan tashkil topgan. Optik qismiga mikroskop pastida joylashgan ob’ektivlar kiradi. Ular ob’ektni katta qilib ko’rsatuvchi va optik kamchiliklarni to’g’rilovchi linzalardan iborat. Ob’ektivlar quruq va immersion sistemaga bo’linadi. MBR-1 va MBI-1 mikroskoplarda ikkita quruq va bitta immersion ob’ektiv bor. Xar bir ob’ektiv ustida ular to’g’risidagi ma’lumotlar yozilgan. 1) x 8, x 40, x 90; 2) sonli apertura; 3) zavodda chiqarilgan nomeri. Bular bilan bir qatorda immersion ob’ektivlarda 90 va qo’shimcha IO yoki MI (immersion ob’ektiv yoki moyli immersiya) xarfli indeks yozilgan xamda ob’ektivning pastki qismida qora chiziq o’tkazilgan.

1 -rasm. Biologik mikroskop(MBI-1):

1-shtativ, 2-tubus, 3-okulyar, 4-revol’ver, 5-ob’ektiv, 6-makrovint, 7-mikrovint, 8-ikki qavatli stolchaning ostki qavati, 9- stolchaning ustki qavati, 10-stolchani surish vintlari, 11-Abbe kondensori, 12- qondensorni harakatga keltiruvchi vint, 13-mikroskop oynasi, 14-kondensor ostidagi xalqacha,15-qisqichlar.
Shtativ (1) mikroskopning ayrim qismlarini o`rganish uchun ishlatiladi. Tubus yoki nay (2) ga tekshirilayotgan ob’ektni turli kattalikda ko`rsatadigan okulyar (3) o`rnatilgan. Tubusning pastki uchiga revolver (4) vositasida ob’ektiv (5) o`rnatilgan. Kuzatilayotgan ob’ekt mikroskopdagi makrovint (6) yordamida topiladi. Aniqroq ko`rish uchun mikrovint (7) ishlatiladi. Ikki qavatli stolcha (8) ning ostki qavati shtativga mahkam berkitilgan bo`lib, u stolchaning ustki qavati (9) ni tutib turadi. Stolchaning ustki qavati harakatchan bo`lib, uni o`ngga, chapga, orqaga va oldinga surish mumkin. Buning uchun stolchaning ikki tomonidagi vintlar (10) dan foydalaniladi.

Mikroskopdagi ko`zgu (13) yorug`likni to`plash uchun ishlatiladi. Abbe kondensori (11) mahsus oynalardan tuzilgan bo`lib, ob’ektivga yo`naltirilgan yorug`likni kuchaytirish va pasaytirish maqsadida ishlatiladi. Kondensor yuqoriga ko`tarilsa, tubusga tushadigan yorug`lik nurining kuchi ortadi, kondensorni harakatga keltirish uchun mikroskop stolchasi ostiga o`rnatilgan vint (12) buraladi. Yorug`lik kuchayib ketsa kondensor ostidagi halqacha (14) ga oq, xavorang shisha fil’tr o`rnatiladi. Buyum oynachasini siljitmay bir o`rinda saqlash maqsadida oynani mahkamlovchi qisqich (15) lar ishlatiladi.

Immersion mikroskop 0,2 mkm dan kichik bo’lgan ob’ektlarni ko’rsata olish qobiliyatiga ega.

Mikroskopning umumiy kattalashtirish imkoniyatini aniqlash uchun ob’ektivning kattalashtirishini (90 x 15 = 1350) okulyarning kattalashtirishiga ko’paytiriladi.




Yüklə 464,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə