Labоratоriya ishi №1 Aseptika va antiseptika qonun –qoidalari bilan tanishish. Biologik mikroskopning tuzilishi


MIKROBIOLOGIK LABORATORIYANI TASHKIL ETISH VA JIHOZLASH. LABORATORIYA ISH QOIDALARI



Yüklə 464,32 Kb.
səhifə2/7
tarix08.02.2022
ölçüsü464,32 Kb.
#83588
1   2   3   4   5   6   7
1lob

MIKROBIOLOGIK LABORATORIYANI TASHKIL ETISH VA JIHOZLASH. LABORATORIYA ISH QOIDALARI

Mikrobiologik laboratoriyalarda o`tkaziladigan tadqiqotlar ularning maqsadiga ko`ra aniqlanadi. Klinika-diagnostika laboratoriyalarida yuqumli kasalliklarning mikrobiologik diagnostikasi aniqlanadn. Sanitar-epidemiologik stansiya (SES)larning laboratoriyalari sog`liqni saqlash, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari sistemasida xizmat qiluvchi soqlom va yuqumli kasalliklar bilan bemor kishilardan olingan materiallarning bakteriologik va serologik jihatdan tadqiq etish vazifasini bajaradi. Bakteriologik laboratoriyalarda atrof-muhit ob'ektlarining (havo, tuproq, suv, oziq-ovqat mahsulotlari) bakterial zararlanishi yoki ifloslanishi o`rganiladi. Maxsus laboratoriyalar esa vaksina, zardob va boshqa bakteriya preparatlarining zararsizligi va samaradorligini nazorat qilib turadi, har qanday mikrobiologik laboratoriya strukturasiga quyidagilar kiradi:

1) laboratoriya xonalari va aseptik sharoitda ishlash uchun bokslar;

2) oziqali muhit, idishlarni sterillash, foydalanib bo`lingan yuqumli materialni zararsizlantirish uchun maxsus jihozlangan xona;

3) idishlarni tozalashga mo`ljallangan yuvish xonasi;

4) laboratoriya xona jonivorlarini saqlashga mo`ljallangan alohida xona — vivariylar;

Laboratoriya xonalarining balandligi 3 m dan kam bo`lmasligi, ventilyatsiya (havo almashinish), vodoprovod, kanalizatsiya, elektroenergiya va imkoni bo`lsa gaz bilan ta'minlangan bo`lishi kerak. Devorlar moy-bo`yoq bilan bo`yalishi yoki kafel plitkalari bilan qoplanishi, polga esa linoleum yoyilishi zarur.

Har bir ish joyida maxsus stol qo`yilgan bo`lib, xonalar elektr asboblari, gaz va suv bilan ta'minlangan bo`lishi kerak. Laboratoriya stolining usti dezinfeksiya qilish uchun plastika, linoleum yoki oyna bilan qoplangan bo`ladi. Ish joyi yoritgichli mikroskop, bo`yoqlar to`plami va preparatlarni bo`yaydigan reaktivlar, bakteriya oladigan ilmoq, ilgak, igna, shpatel, paster va darajalangan tomizg`ichlar, predmet va qoplama oynachalar, mo`ychinak, surtmalarni tayyorlash va bo`yashga mo`ljallangan vanna va xarilar, vodoprovod suvi bilan tozalagich, dezinfeksiya eritmasi solingan idish, paxta, flanel sochiq, shishaga chizadigan qalam va filtr qog`ozi bilan ta'minlanadi. Laboratoriyada har doim probirkalar, Petri kosachalari, Ru-flakonlari yoki matraslari, ampulalar va boshqa narsalardan iborat tajribaxona idishlari majmuasi ham mavjud bo`lishi kerak.




Yüklə 464,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə