L. Reanimatsiya haqida va usullari klinik o'lim haqida Xirurgiya haqida



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə3/3
tarix30.01.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#99710
1   2   3
amirbek- 1 (1)

2.Xirurgiya haqida
  • Xirurgiya (yun. cheir — qo'l va ergon — harakat, ish), jarrohlik — tibbiyotning bir sohasi. Xirurgik operatsiyalarni talab etadigan kasalliklarni o'rganadi hamda operatsiya qilish usullarini ishlab chiqadi. Qadimdan odamlar o'z o'ziga yoki bir-birlariga yordam berib, jarohatdan oqayotgan qonni to'xtatish uchun jarohatni bosib turish, yaralarga kul sepish kabi oddiy usullardan foydalanganlar. Qadimga qazilmalarda bosh suyak chanog'i trepanatsiyasi, oyoq amputatsiyasidan keyingi izlar topilgan. Xirurgiya dastlab fan va madaniyati rivojlangan davlatlar (Misr, Hindiston, Yunoniston, Xitoy, Vizantiya) da shakllangan. Mil. av. ham kasalliklarni davolashda qon chiqarish, qovuqsan toshlarni tushirish operatsiyalari o'tkazilganligi qayd etilgan. Gippokrat (mil. av. 460—377 yillar)
    • jarohatlarni birlamchi va ikkilamchi bitishini kuzatgan, turli bog'lovlarni qo'yish texnikasini ishlab chiqqan, operatsiyani o'tkazishda tozalikka rioya qilish maqsadida qaynatilgan yomg'ir suvidan foydalangan. U ishlab chiqqan plevra bo'shlig'ini drenajlashda qo'llaniladigan qovurg'a rezeksiyasi operatsiyasi hozir ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Qad. Rimda Sels (Antillus) ba'zi a'zolar anatomiyasini, yallig'lanishning belgilarini va operatsiya vaqtida qon to'xtatish uchun tomirlarni bog'lash, oqma yaralarni davolash usullarini, Galen esa jarohatlarni tikishda ipaqdan foydalanishni, jarroxlik operatsiyalarini o'tkazishda a'zolarning anatomiyasi va funksiyasini hisobga olish zarurligini taklif etgan. Abu Ali ibn Sino (980—1037) "Tib qonunlari" asarida xirurgik kasalliklarni davolashda qo'llanilgan usullarni bayon etgan; u operatsiya vaqtida narkoz sifatida bemorga opiy, mandragor ishlatgan, shuningdek, buyrakdan tosh olish, o'smalarni aniqlash va o'smani sog'lom to'qimagacha olib tashlash va boshqa operatsiyalar texnikasini yaxshi bilgan
    • Umuman Xirurgiya 3 bosqichda rivojlandi: 1) qad. zamonlardan antiseptika davrigacha (1860); 2) antiseptika davri (1860—1890); 3) aseptika davri — hozirgacha davom etmoqda.
    • 19-asrning 2-yarmida narkoz, antiseptika, aseptikaning joriy etilishi Xirurgiya taraqqiyotida ijobiy yutuklarga olib keldi (qarang Antiseptika, Aseptika). Shunga kura me'da, ichaklar, o'pka va boshqa ichki a'zolarda yirik operatsiyalar muvaffakiyatli o'tkazila boshlandi. 19—20-asrda turli mamlakatlarning xirurglari o'tkazgan keng eksperimental tadqiqotlar eng murakkab operatsiyalarni: me'dani, ichak yoki o'pkaning bir qismini olib tashlash, tomirlar va nervlarni tikish, shuningdek, singan suyaklar, jarohatlar, kuyishni davolashning operatsiya usullari va texnikasini ishlab chiqish imkonini berdi. Xirurgiyaning tarmoqlari ko'payib, travmatologiya, ortopediya, urologiya, neyroxirurgiya, bolalar xirurgiyasi kabi mustaqil ilmiy amaliy sohalar vujudga keldi.
    • Hozirgi zamon Xirurgiya fani kimyo, fizika, molekulyar biologiya kabi sohalardagi yutuqlar natijasida rivojlanib bormoqda. Shunga ko'ra yurak klapanlari va tomirlarni protezlash, a'zolar hamda to'qimalarni ko'chirib o'tkazish, sun'iy bo'g'imlar yaratish, sun'iy yurak vujudga keltirishga doir ishlar amalga oshirildi. Miokard infarktini operatsiya yo'li bilan davolash, mikroxirurgiya (butunlay uzilgan barmoqni tiklash yoki yurakning mayda tomirlarida yangi qon oqimini vujudga keltirish), lazerlar, maxsus kameralarda yuqori kislorod bosimi, ya'ni giperbarik oksigenatsiya qo'llash, yarador va kuyganlarga davo kilishda mikrobsiz sharoitlar yaratish, sun'iy va qo'shimcha qon aylanishi va boshqa Xirurgiyada yangi yo'nalishlar bo'lib qoldi.
    • Xirurgiya bo 'limi tuzilmasi va uni ishini tashkil qilish.
    • Tuzilishi va jixozlanishi.
    • Xirurgik bo'lim davolash profilaktik muassasinining asosiy bo'limlaridan biri va o'z faoliyatiga ko'ra 2 bo'linadi:
    • - ixtisoslashagan (kardioxirurgiya, angioxirurgiya, torakal xirurgiya, koloproktologiya, yiringli xirurgiya bo'limlari va boshqalar) va
    • - davolash-diagnostik (fizioterapevtik, rentgenologik, funktsional diagnostik, laboratoriya va boshqalar).
    • Jarrohlik bo'limi quyidagi xonalarni o'z ichiga oladi:
    • - bemorlar uchun palata;
    • - bog'lov va kichik jarrohlik operatsiyalar uchunxona ;
    • - muolaja xonasi;
    • - bemorlarni ko'rish xonasi;
    • - hukna qilish uchun xona;
    • - ko'chib o'tkaziladigan apparatlar uchun xona;
    • - bo'lim mudiri xonasi;
    • - ordinatorlar xonasi;
    • - katta hamshira xonasi;
    • - ovqatlanish uchun xona;
    • - tozalash anjomlarini saqlash xonasi.
    • Palataning va yordamchi xonalarning maydon yuzasi nisbati 1:1 yoki yordamchi xonalar nisbati ko'proq bo'lishi kerak va bu kerakli sanitar va epidemiyaga qarshi nazoratni saqlashga xizmat qiladi. Ko'pincha xirurgik bo'lim shunday rejalashtirilganki, koridorning (eniga 2,5 m kam bo'lmagan) bir tarafida palatalar joylashadi va koridorning yaxshi yoritilgan joyida hamshiralar postlari joylashadi. Zamonaviy statsionarlarda, kasalxonalarda bemorlar uchun oshxonalar tashkil etilgan. Gigienik nuqtai nazaridan qaraganda harakati cheklanmagan bemorlarni yotoq joylarida ovqatlanishi kaq'iyan man etiladi. Bo'limda sanitar burchaklari bo'lishi shart (zamonaviy bo'limlarda har bir palatada), dush xonasi, ovqatlanish joyi, choyshablar yig'iladigan xona. Kasalxonaning eng asosiy joylari bu palata va bemor krovati. Bu erda bemorning ayotidagi og'ir damlari o'tadi, va shu joyda bemor tinchlikga va gamho'rlikga muxtoj.
    • Ba'zida izolyatsiyaga muxtoj emas bemorni umumiy palatadan olib chiqish kerak bo'ladi, sababi boshqa bemorlarga salbiy ta'sir qiladi (masalan, kuchli
    • yo'talish yoki hurrak otishi). Bemorni palatadan ko'chirish qarori shifokor tomonidan qabul qilinadi va bemorga bu haqida shifokorning o'zi xabar qilishi kerak bo'ladi. Koridorda yotadigan bemorga qulaylik yaratish uchun krovati oldiga tumba quyiladi va shirma bilan chegaralanadi. Xonalar yorug' bo'lishi kerak. Devorlarni oq rangli bo'yoq bilan bo'yash lozim, bu esa nam tozalashni ta'minlaydi.
    • Isig'ichlarni ham bo'yash kerak (ular devorga o'rnatilgani maqsadga muvofiq). Xonalar va koridorlar uchun gigiena jixatidan yaxshisi plastik yoki linoleum bilan qoplangan pollardir. Yordamchi xonalar pol va devorlari uchun eng yaxshi material kafeldir. Bo'limdagi barcha mebellar oqilona bo'lishi kerak, birinchi navbatda, uning maqsadi javob berishi kerak; qulay, oddiy va yuvish uchun oson bo'lishi kerak. Kasalxona mebellari va qoplamalari uchun eng yaxshi material zamonaviy sintetik, engil silliq metall yoki laklangan yog'och hisoblanadi. Gilamlar faqat dam olish xonasiga tushalishi mumkin va ular har kuni yuvish vositasi bilan tozalanishi kerak. Tuvak ichidagi bir nechta o'simlik koridorlarga va dam olish xonasiga joylashtirilishi mumkin. Palatadagi krovatlar oldiga borish har

    Yüklə 0,77 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
    1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə