Kurs ishi mavzu: O‘quvchilarga chervyakli va reykali uzatmalarni chizish tartibini o‘rgatish



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə7/8
tarix19.01.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#98797
1   2   3   4   5   6   7   8
chizmachilik №1

2.2 Mavzuni o‘tish metodikasi
Har qanday fandan dars o‘tishda turli metodlarni, ayniqsa, interaktiv metodlarni qo‘llash zaruriyati yana shunda ifodalanadiki, birinchidan, bunday metodlarni qo‘llash darsni qiziqarli o‘tish va talabalarni darsga faol qatnashishlarini, ikkinchidan, ularning diqqatini o‘tilayotgan darsni o‘zlashtirishga qaratishlarini ta’minlaydi. Dars o‘tishda qo‘llaniladigan metodlarni shartli ravishda: an’anaviy dars o‘tish uslublari hamda talabalar faolligini oshiruvchi interaktiv metodlarga ajratish mumkin. An’anaviy dars o‘tishda darsning asosiy maqsadi ko‘proq, tushuntirishga qaratilgan bo‘lib, o‘qituvchi - bilim beruvchi, talaba bilim oluvchi rolini bajaradi. Ularni o‘rganilayotgan mavzuni qay darajada o‘zlashtirganlarini nazorat qilish jarayonida bildirgan fikrlariga qarab aniqlanadi. Pedagoglar, pedagog-olimlar dars jarayonida talabalar o‘rtasida hamda ular bilan o‘qituvchi orasida yuqori darajada hamkorlik o‘rnatilsa, uni interaktiv hisoblashadi. O d a t d a , bunday hamkorlik u yoki bu muammoni yechish yo‘llarini fikrlashib topishda, qabul qilingan qarorni qay darajada qo‘llansa bo‘lishini muhokama qilishda o‘rnatiladi. Shunga alohida e’tibor berish kerakki, muhokama jarayoni uning javoblaridan ham muhimroq. Ta’lim interaktiv metodlarining maqsadi bilim berish emas, balki o’quvchi yoki talabalarda mustaqil ravishda o‘qish, izlanish, savollarga javob topish, qaror qabul qilish ko‘nikmalarni shakllantirishdir. Dars o‘tishning talabalar faolligini oshiruvchi interaktiv metodlari ayrim adabiyotlarda noan’anaviy dars o‘tish metodlari deb ham ta’riflanadi. Bu metodlardan avvallari xam foydalanilgan, lekin kamroq e’tibor berilgan. Hozirgi paytda butun dunyoda faol interaktiv metodlarni qo‘llashni dars o‘tishning samarali metodi sifatida tan olinib keng qo‘llanilmokda. Interaktiv metod o‘zaro hamkorlikning nihoyatda ko‘p usul va turlarini qamrab oladi. Lekin metodik usul qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, talabalarning tajribalari asosiy ta’lim manbai hisoblanadi. Hamkorlik asosida amalga oshirilayotgan metodlarning asosiy xususiyati shundaki, unda talaba o‘zi uchun nimanidir kashf qiladi. Interaktiv metodlar talabalarning nihoyatda katta intellektual imkoniyatlaridan foydalanish imkonini beradi, ularni o‘quv jarayonida faol qatnashishlarini ta’minlaydi. O‘quv jarayonida nafaqat hamkorlik, balki musobaqa, bellashuv elementlarini ham qo‘llash imkonini beradi. Interaktiv metodlar talabalarni o‘z fikrini ifodalashi uchun keng imkoniyat yaratib beribgina qolmay, o‘rtoqlarining fikri, asoslari, dalillarini tinglab, o‘z fikridan qaytishi yoki fikrini tamomila o‘zgartirishi mumkin. Interaktiv metodlar boshqalarning fikriga hurmat bilan qarashga, uni sabr-toqat bilan eshitishga ham o‘rgatadi. Auditoriyada hamkorlik muhitini yaratishning real imkoniyatini yaratadi. O‘qituvchi yaxshi dars berishning tayyor retseptiga emas, balki interaktiv metodlarga asoslangan ta’lim texnologiyasiga ega bo‘lishi kerak. U ijodiy hamkorlikda ishlashga va mas’uliyatli qarorlar qabul qilish uchun tayyor turishga o‘rgatadi. Ta’limning interaktiv metodlari pedagoglarda:
• darsda o‘rganilayotgan mavzuga qiziqish uyg‘otishni ta’minlaydi;
• o‘quv materialini puxta o‘zlashtirish imkonini beradi;
• talabaning tahliliy fikrlashini rivojlantiradi;
• barcha talabalarni o‘quv jarayoniga tortish, faolligini oshirish uchun sharoit yaratadi;
• guruhda ko‘ngildagidek ijobiy psixologik iqlim, muhit yaratadi.
Dars o‘tishda boshqa qator metodlar ham mavjud bo‘lib, ularni o‘qituvchi mavzuning mazmuni, guruhning tayyorgarligiga qarab qo‘llash mumkin. Quyida “Aqliy hujum” metodi misolida ko’rib chiqamiz. Aqliy hujum - talabaning savolga berilgan har qanday javobi qabul qilinadigan metod hisoblanadi. Ko’proq ijodiy masalalarni yechishda aqliy hujum formulasi shaklidan foydalaniladi. 1953 yili amerikalik Aleks Osborn “Tasavvurni boshqarish” kitobini chop ettiradi. Shundan keyin Amerikada keyinchalik boshqa mamlakatlarda “Aqliy hujum” metodi deb qo‘llanila boshlanadi. Ijodiy fikrlashning usuli aqliy hujumning asosiy maqsadi hisoblanadi va uning quyidagi didaktik yo‘llari mavjud: – o‘qitishning faol shakli, reproduktiv o‘qitish usulining aksi; – talabalar o‘zlarining qisqa va lo‘nda fikrlash qobiliyatini o‘stiradi; – o‘qituvchi talabalarning bir-birini eshitishni rag‘bag‘lantiradi va kimda-kim o‘rtoqlarining fikrlarini rivojlantirishga intilsa, ularga yordam beradi; – qiyin o‘zlashtiruvchi talabaning fikrini qo‘llash orqali uni baxsga faol ishtirokini ta’minlaydi; – o‘rganilayotgan mavzuni o‘zlashtirishda yangi usullar hosil etilishi mumkin; – aqliy hujum talabalarda katta qiziqish uyg‘otadi va ularni “Chizmachilikdan didaktik o‘yinlar”ni o‘tkazishga imkon yaratadi. Bu yerda berilgan savolga olingan javoblar oldin auditoriya taxtasiga yoki qog‘ozga yozib boriladi. Keyin har bir javob o‘zaro solishtiriladi va to‘g‘risi tanlab olinadi. Lekin noto‘g‘ri yoki kulgili javoblar bo‘yicha hech qanday tanqid qilinmasligi lozim. To‘g‘ri javob aniqlangandan so‘ng, har bir talaba o‘zining javobidan qoniqaolmaganligini tushunib yetadi. Demak, bu metod yordamida har bir talabadan berilgan savolga qanday javob talab qilinayotganligi ongga singdirilar ekan. Bu metoddan o‘rganilayotgan mavzuning tushuninshi qiyin bo‘lgan lahzadan foydalanib talabalarda ushbu qismdan xabardorligi yoki munosabatni aniqlashda qo‘llaniladi, uni quyidagi tartibda o‘tkazish tavsiya etiladi:
1. Mavzu bo‘yicha talabalarga muhokama qilish uchun savol beriladi.
2. Ushbu savolga har bir talaba o‘zining munosabatini javob orqali ifoda qilishga intiladi.
3. Talabalar qanday fikr bildirishgan bo‘lsa, xuddi shunday yozib boriladi. Ba’zi hollarda javobni aniqlashtirish maqsadida o‘sha talabaga aniqlantiruvchi savol berilishi mumkin.
4. Barcha fikr va mulohazalar aytib bo‘lingandan so‘ng, savol (vazifa)ni qaytarish va talabalardan olingan javoblarni takrorlab chiqiladi.
5. Talabalardan qaysi javob haqiqatda yaqin, to‘g‘ri va aniq berilganligini muhokama qilish topshiriladi.
6. O‘qituvchi yakun yasaydi va mohiyat nimada ekanligiga ahamiyat beradi hamda natijani e’lon qiladi.
7. Aqliy hujum ko‘p vaqtni olmasligi muhim hisoblanadi. Uni 4-5 daqiqadan oshirmaslik, barcha javoblardan asosiysi va ikkinchi darajaliysi aniqlanishi lozim.
8. Aqliy hujum kerakli paytda ta’sir etuvchi metod hisoblanadi:
– bahsli savollarni muhokama qilish; – muhokamada qatnashishga jur’at eta olmaydigan talabalarni bahsga chorlashda ularni rag‘batlantirish;
– eng kam vaqt ichida eng ko‘p fikr yig‘ish; – guruhni bahsga tayyor ekanligini aniqlashdan iborat.
Aqliy hujum uyushtirish texnologiyasini 7-8 talabadan tuzilgan guruhda o‘tkazish yaxshi natija beradi. 1. Hujum uyushtirishdan oldin ko‘rsatma beriladi. Bu yerda asosiy qoida – har qanday javobga tanqidiy fikr bildirilmaydi, hatto to‘g‘ri javobga ham, kulgili javobga ham, mantiqsiz javobga ham. Har bir guruhda o‘qituvchi tomonidan lider (peshvo) tayinlanadi yoki saylanadi. Lider aqliy hujumning qoidasini buzilmasligini kuzatib boradi, g‘oya (fikr)ni izlash yo‘lini kuzatadi, u yoki bu qiziqarli (to‘g‘ri) g‘oyaga urg‘u berish, uni rivojlantirishga intilishni diqqat bilan kuzatib turiladi. Guruhdagi bittasi barcha fikr va g‘oyalarni kim tomonidan aytilganligini yozib boradi. 2. Mavzu bo‘yicha masala sharti aniqlanadi va birinchi muhokama o‘tkaziladi. 3. O‘qituvchi birinchi bosqich uchun vaqt (muddat) belgilaydi va uni guruh doskasiga yozib qo‘yadi. 1-bosqich. Fikr (g‘oya) bankini tashkil qilish. Bu yerda asosiy maqsad imkon bo‘lgan barcha yechimlarni ishlab chiqish. So‘ngra refleksivtik nuqtai nazardan qanday xatoliklar, qoida buzilishlar aniqlanadi. 2-bosqich. G‘oya (fikr)lar tahlili. Guruhda aytilgan barcha g‘oya (fikr)lar tanqidiy nuqtai nazardan muhokama qilinmaydi. Bu yerda har bir g‘oya (fikr)da foydali tomonlarni aniqlashga urinib ko‘riladi. Balki unday g‘oyadan qanday foydalanish mumkinligi inobatga olinishi izlab ko‘riladi. Yoki boshqa mavzuda, sharoitda qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lishi hisobga olinishi mumkinligi o‘ylab ko‘riladi. 3-bosqich. Natijalarni ishlab chiqish. Har bir guruh ikkitadan beshtagacha qiziqarli yechimlarni tanlab olishadi va ularni lider yoki boshqa tayinlangan ishtirokchi guruhga hamda o‘qituvchiga gapirib beradi. Tanlangan yechimlar ichida eng yaxshi qiziqarli, to‘g‘rilari qatori, judayam “g‘alati” javoblar ham muhokamaga qo‘yiladi. Muhokama davrida barcha javoblar hech ham tanqid qilinmasligi lozim. Aks holda talabalarning izlanish jarayoniga putr yetkazish mumkin. Ulardan faqat foydalanish, ya’ni “mag‘iz” tomonlarini qidirish orqali talabalarda fikrlash qobiliyatini o‘stirishga qaratilishi lozim. Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, darsda pedagogdan interaktiv metodlarni qo‘llashi uchun shaxsiy tajriba talab qilinadi. Interaktiv metod va ularni qo‘llash haqida ko‘plab o‘quv, uslubiy adabiyotlarni o‘qish mumkin. Lekin ularni qo‘llash malakasiga esa bevosita ana shu jarayonda o‘zi qatnashibgina ega bo‘lishi, ko‘nikma hosil qilishi mumkin.


XULOSA
Fan va texnika taraqqiyotini rivojlantirishni, tayyorlanadigan mahsulot sifatini tubdan yaxshilashni, ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta’minlay oladigan kadrlar tayyorlash va tarbiyalash, ya’ni xalq ho‘jaligining barcha tarmoqlaridagi ijodiy mehnatga tayyorlash borasidagi talablar maktabda boshlanib, o‘rta maxsus va oliy ta’lim maktablarida rivojlantiriladi.
Ma’lumki, texnikaviy tafakkur, xayol, idrok va tasavvurlar texnikaviy ijod jarayonida namoyon bo‘ladi, ularni ta’lim jarayonida faqat psixologik jihatdan qayta qurish emas, balki muntazam takomillashtirish natijasida o‘quvchilarning konstruktorlik, texnologik qobiliyatlari rivojlanadi. Demak, chizmachilik fanini o‘qitish jarayoniga interfaol metodlarni tadbiq qilinsa, an’anaviy o‘qitish metodi takomillashtiriladi va o‘quvchilarning bu fandan mavzularni o‘zlashtirishi va grafik madaniyatni oshadi.
CHizmachilikning kasb-hunar kollejlari va maktablardagi boshqa fanlar (mehnat ta’limi, matematika, fizika, ximiya va h.) bilan aloqalari ko‘p martalab qayd qilingan. Turli kasb egalaridan ham ma’lum darajada grafik savodxonlikka ega bo‘lishlari kerak.
Kasb-hunar kollejlari va maktablarda chizmachilik fanini o‘qitish samaradorligini orttirish uchun chizmachilik darslarini ilg‘or pedagogik va innovatsion texnologiyalarga tayanib, o‘qitishda modulli yondashuv asosida tashkil qilish metodlari o‘rganildi. Buning uchun chizmachilik bo‘yicha talabalarga mazmunan yangi materallar topib ulardan o‘rinli foydalanish, chizmachilik darslarini interfaol metodlariga tayanib tashkil qilish metodikasi yoritildi.
Darslarning tarkibiy qismlari ishlab chiqilib, amaliy mashg‘ulotlar uchun talabalar bajaradigan individual grafik topshiriqlarga namunalar, hamda o‘rganilgan mavzu materiallarini mustahkamlash uchun mashqlar ishlab chiqildi. CHizmachilikdan mashqlar har bir yangi mavzu materiallari bayon qilinganidan keyin guruhlarda o‘qituvchi nazoratida bajarilib, talabalarning bilimlarini baholab borishda ancha qulayliklar yaratadi.
Taklif qilingan mashqlarning bevosita amaliyot bilan bog‘lanishi, talabalar uchun yangi tushunchalarni qiziqarli shakllarda o‘zlashtirish imkoniyatlarining mavjudligi chizmachilik fani bo‘yicha darslar samaradorligining sezilarli ortishini ta’minlaydi. SHu bilan bir qatorda talabalar mustaqil bajaradigan grafik ishlarining mazmuni ham qayta ko‘rib chiqilib, takomilashtirildi. Jumladan, talabalar uchun bir tipdagi variantlar taklif qilinib, bu topshiriqlar orqali o‘quvchilar yangi tushunchalarni o‘zlashtiradilar, ularda chizma bajarish ko‘nikmalari shakllanib, grafik madaniyatlari rivojlanadi.


Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə