Kurs (ishi) loyihasi



Yüklə 132,71 Kb.
səhifə4/8
tarix23.12.2023
ölçüsü132,71 Kb.
#154513
1   2   3   4   5   6   7   8
Maqolalar yozishda uslub masalalari matbuot materiallari asosida

Maqolaning tuzilishi
I. Kirish qismi

Mavzuning
asoslanishi +
mavzuning
dolzarbligi +
asosiy tezis

• Qo’yilgan mavzuning retrospektiv tahlili.
• Mavzuni bugungi kun pozisiyalaridan ko’rib chiqish zarurligining asoslanishi.
• Mavzu asosiy tushunchalarining izohlanishi.
Mavzuni bayon qilish bilan bog’liq xatolar bayoni va hokazo

II. Asosiy qism

Dalillar+
ilgari surilgan
tezisni tasdiqlaydigan
faktlar

• induksiyadan foydalanish: aniqdan umumlashtirishga;
• deduksiyadan foydalanish: umumiydan batafsil ko’rib chiqishga.

III. Yakunlovchi qism

Ilgari surilgan
tezisni tasdiqlaydigan yoki
inkor qiladigan xulosalar

• asosiy fikrning tezislar shaklida bayon qilinishi;
• xulosalar;
• muammoning davomiyligini ko’rsatish

Matnni rasmiylashtirishdagi xarakterli nuqsonlar

  1. Mavzudan chetga chiqish, uni boshqasi bilan almashlash.

  2. Haddan ortiq hajmli kirish qismi,aniq xulosalar yo’qligi.

  3. Fikrni bayon qilishdagi muayyan bosqichlarni ko’rsatadigan xatboshilarni ajrata bilmaslik.

  4. Materialni bayon qilishning uzunligi va haddan ortiq ko’pso’zlilik.

Har xil nutqiy va uslubiy xatolar.
lmiy maqola va tezislarni qabul qilish bo’yicha talablar
1) Ilmiy maqolaning tarkibi quyidagilardan iborat bo‘lishi shart:
1.1. Tadqiqotning dolzarbligi, mavzu doirasida mavjud muammolar.
1.2. Muammoni hal qilish yo‘llari.
1.3. Ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar.
1.4. Kutilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy samara.
2) Ilmiy maqola va tezislar jiddiy tahrir qilingan va rasmiylashtirishning barcha texnik talablariga muvofiq bo‘lishi zarur, jumladan: - matn muharriri – MS Word formatida yozilishi; - sahifa – A4 o‘lchovida, kitob ko‘rinishida, barcha tomonlardan 20 mm qoldirilishi; - shrift – Times New Roman, o‘lchovi (kegl) – 14; - qator oralig‘i va xat boshidagi oraliq – 1,5; -annotatsiya (Abstract) 250-300 so’z atrofida va tayanch iboralar (Keywords) 5-8 ta iboradan oshmasligi hamda uchta tilda (o’zbek, ingliz, rus tillarida) bo’lishi; - ilmiy maqola va tezisning hajmi minimum 5 bet va maksimum 8 betdan oshmasligi, betlar raqamlanmasligi; - ilmiy maqola oldin chop etilmagan, konferensiya yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularni qamrab olgan bo‘lishi; - muallifning to‘liq familiyasi, ismi va sharifi, ilmiy darajasi va unvoni, lavozimi, ilmiy muassasa va tashkilot nomi yuqori o‘ng burchakda, ilmiy maqola nomi esa o‘rtada (qalin harflar bilan) yozilishi; - mualliflar sonining uch nafardan oshmasligi; - maqola matnida kirish (dolzarbligi), ilmiy izlanishlar va uslublar, tadqiqot natijalari va uning muhokamasi, xulosa va adabiyotlar ro‘yxati bo‘lishi; - barcha jadval, sxema va rasmlar MS Word formatida, Times New Roman shriftida, ularning nomi sxema va rasmlar pastida, jadvallarning nomlanishi esa tepasida yozilishi; - barcha grafik, diagrammalar MS Excel formatida bo‘lishi; - jadval, rasm va grafiklarda manbalar va matnda ularga havolalar ko‘rsatilgan bo‘lishi; -foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati (References) APA tizimida rasmiylashtirilishi; - havolalar har bir betning pastki qismida joylashtirilishi kerak. Ilmiy maqola va tezislar o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin. Bir muallif (hammualif)dan ikki nusxadan ortiq maqola qabul qilinmaydi.
3) Ilmiy maqola va tezislar anketani to‘ldirilgan holda faqatgina elektron shaklda farkhod-sciencedept@univ-silkroad.uz elektron pochta manziliga yuborilishi zarur.
4) Yuborilgan ilmiy maqola va tezislar yuqorida keltirilgan talablarga mosligi bo‘yicha ekspertizadan o‘tkaziladi va shuningdek, antiplagiat dasturi asosida tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Ekspertlarning xulosasiga ko‘ra noloyiq deb topilgan materiallar chop etilmaydi va muallifga qaytarib berilmaydi. Ijobiy deb topilgan ilmiy maqola va tezislar nashr uchun elektron to‘plamga kiritiladi va https://www.univsilkroad.uz/uz/ rasmiy vebsaytiga joylashtiriladi. Ijobiy maqola mualliflariga va anjumanda onlayn bevosita ishtirok etib ma’ruza yoki prezentatsiya bilan ishtirok etganlarga sertifiakat ularning electron pochta manzillariga yuboriladi. Maqola matnida keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga muallif shaxsan javobgar hisoblanadi.
Nufuzli jurnallarda maqola chop ettirish qonun-qoidalari
Tahririyat chop etish uchun o‘zbek va rus tillarida ilmiy-ommabop materiallarni qabul qiladi. Ilmiy maqolalar, mustaqil ekspertiza va tahrir ijobiy natija ko‘rsatganda, jurnalning navbatdagi soniga kiritiladi. Jurnal sifatini oshirish maqsadida, tahririyatga kelib tushuvchi barcha maqolalar plagiatga tekshiriladi.
Jurnalda yuqori darajadagi ilmiy yangilik, nazariy va amaliy ahamiyati bilan ajralib turuvchi maqolalar chop etiladi. Maqolada tadqiqotning asosiy ilmiy natijalari bayon etilishi lozim. Ularning mualliflari tadqiqotchi olimlar, doktorantlar, aspirantlar, tadqiqotchilar bo‘lishlari mumkin.
Jurnal tahririyatiga mualliflar tomonidan quyidagi materiallar taqdim etiladi:
- muallifning bosh muharrir nomiga arizasi;
- maqolaning talablarga muvofiq tayyorlangan bosma talqini;
- fotosuratlar, grafikalar, jadvallar va boshqa tadqiqot axborotiga ega kompyuter fayllari komplekti.
Tahririyatga kelib tushgan materiallar ro‘yxatga olinadi va ikki hafta ichida muallifga (mualliflarga) maqola olingani to‘g‘risidagi tasdiqnoma yuboriladi.
Maqolalarni tayyorlashga talablar
Maqolaning asosiy elementlari:
Maqolaning nomi: o‘zbek va/yoki rus tilida, maqolaning mazmunini aks ettiradi, markazga tartiblangan, katta harflarda.
Mualliflarning o‘zbek va rus tillarida FIO/taxalluslari.
Tashkilotning to‘liq nomi, shahar, mamlakat, elektron manzil.
Annotatsiya (o‘zbek va/yoki rus tillarida) – 150-250 so‘z (sahifa eni bo‘yicha tartiblangan). Tadqiqot mavzuining dolzarbligini, muammoning qo‘yilishini, tadqiqot maqsadlarini, tadqiqot uslublari, natijalar va asosiy xulosalarni o‘z ichiga olishi lozim.
Maqola tuzilmasi. Maqola IMRAD (Introduction, Methods, Results and Discussion) formatida tuzilishi lozim:
- Kirish (Introduction) – tadqiqot mavzui dolzarbligini, tadqiqot mavzui bo‘yicha adabiyot sharhini, tadqiqot muammosining qo‘yilishini, tadqiqot maqsadlari va vazifalarini ifodalashni o‘z ichiga oladi;
- Uslublar (Materials and Methods) – maqola matni yordamida natijalarini namoyon etish imkonini beruvchi kuzatuvlar uslublari va chizmalarini tavsiflaydi. Materiallar va kuzatuv o‘tkazishning boshqa shartlarini tasvirlaydi (bu – tadqiqot uslubiyatining tavsifi va aynan u tanlanganini asoslash);
– Natijalar (Results) – o‘tkazilgan tadqiqotlar davomida olingan amaliy natijalar (test, grafikalar, diagrammalar, tenglamalar, fotosuratlar, rasmlar)ni taqdim etadi;
– Muhokama (Discussion) – tadqiqotdan olingan natijalar interpretatsiyasi, ularning tahlili va ularga sharhlardan iborat;
– Xulosa (Conclusion) – maqola bo‘limlarining, ularda keltirilgan ifodalarni takrorlamay, qisqa xulosasiga ega bo‘ladi.
Maqola matnining hajmi A4 formatdagi 10-15 sahifadan iborat, rasmlar, jadvallar va grafikalar shuning ichiga kiradi. Matn Windows uchun Word muharririda .rtf yoki .doc formatida tayyorlanadi; shrift – Times New Roman, kegl – 14, satr orasi – bir interval. Rasmlar soni – ko‘pi bilan 4 dona. Rasm ostidagi yozuvlar 12 keglda rus va ingliz tillarida yoziladi. Alohida .jpeg formatida rasmlar taqdim etiladi. Jadvallar matni rus va ingliz tillarida teriladi. Agar rasmlar va jadvallar muallifga tegishli bo‘lmasa. Albatta havola berilishi lozim.
Minnatdorchiliklar: muallif hamkasblariga ko‘maklari uchun; tadqiqotga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatilgani uchun minnatdorchilik bildirishi mumkin.
Mualliflar to‘g‘risidagi ma'lumotlar rus va ingliz tillarida beriladi: to‘liq FIO, ilmiy daraja, unvon, lavozim, ilmiy va boshqa qiziqishlar sohasi, ilmiy maqolalar soni, kontakt axboroti, o‘qish uchun tavsiya etiladigan kitoblar.
Hoshiyalar: yuqori va pastki – 2 sm; chap – 3 sm; o‘ng – 1 sm.
Maqola matni qog‘oz va elektron tashuvchilar (disk, fleshka, elektron pochta)da taqdim etiladi.




    1. Yüklə 132,71 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə