Kredit shartnoma № (Milliy va xorijiy valyutada)



Yüklə 301,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix19.12.2023
ölçüsü301,78 Kb.
#152191
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Kredit shartnomasi shakli 2023

11.
 
Boshqa shartlar
11.1
Qarz oluvchining tegishli soʻrovi bankda roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab besh ish 
kuni ichida qarz oluvchi tomonidan berilgan ariza va unga kredit berilganligini tasdiqlovchi 
hujjat hamda bir ish kuni ichida kredit shartnomasi boʻyicha qarz oluvchi tomonidan 
majburiyatlari toʻliq bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi. 
11.2
Qarz oluvchi kredit majburiyatlarini bajarishni taʼminlash uchun qilingan barcha 
xarajatlarni toʻlashni oʻz zimmasiga oladi. 
11.3
Majburiyatlarini buzgan taraf shartnomada koʻzda tutilgan javobgarlikka qoʻshimcha 
ravishda boshqa tarafga yetkazilgan zararni qoplash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. 


_________________ _________________
10 
11.4
Qarz oluvchi shartnoma boʻyicha pul majburiyatlari lozim darajada bajarilishiga barcha 
mol-mulki, aktivlari va qarz oluvchi tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlari toʻliq yoki 
qisman bajarilmaganida haqiqiy qarzdorlik summasini undirishga qaratilishi mumkin boʻlgan 
banklardagi hamma hisobvaraqlaridagi mablagʻlari, shuningdek, shartnoma bajarilishi bilan 
bogʻliq barcha xarajatlar, shu jumladan, sud va boshqa xarajatlar uchun javobgar boʻlishini 
tasdiqlaydi va kafolat beradi. 
11.5
Kredit mablagʻlari hisobidan amalga oshiralayotgan xalqaro tranzaksiyalar Oʻzbekiston 
Respublikasidan tashqarida boshqa davlatlar qonun hujjatlari doirasida toʻxtatib yoki ishga 
solinmay (muzlatib) qoʻyilganda bank javobgar hisoblanmaydi va bu mijozni kredit 
majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi. 
11.6
Garov predmeti sifatida taqdim etilgan birdan-bir turar joy faqat sud tartibida undiriladi va 
u ommaviy savdolar orqali realizatsiya qilinadi (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar 
bundan mustasno). 
11.7
Qarz oluvchi, kafil yoki garovga qo`yuvchining tashabbusi bilan garov taʼminotiga 
oʻzgartirish kiritish, ya’ni bir garov taʼminotini boshqa garov taʼminotiga almashtirish yoki 
kredit ta`minotiga bir nechta garov obyektlari taqdim etilgan boʻlsa, kredit qoldig’ining 
qoplangan qismidan ortiq boʻlgan, yaxlit garov obyektlarini (yagona hujjatga ega boʻlgan) 
qisman taʼqiqdan chiqarishda bankning amaldagi tariflariga asosan bank xizmati undiriladi. 
(Kredit qarzdorligi to`liq so`ndirilgandagi holatlari bundan mustasno). 
11.8
Qarz oluvchining xorijiy valyutada kredit olishga boʻlgan tanlovi va bunday tanlovga koʻra 
xorijiy valyuta kursining oʻzgarishi natijasida xorijiy valyutada olingan kredit boʻyicha milliy 
valyutadagi qarz yukining oshishi bilan bogʻliq ravishda kelib chiqadigan oqibatlar qarz 
oluvchining tavakkalchiligi hisoblanadi. 
11.9
Taraflar tomonidan bir-biriga joʻnatiladigan har qanday xabarnoma, talabnoma yoki 
boshqa xatlar yozma shaklda amalga oshirilishi shart. Bunday xabarnoma yoki xat pochta, 
xabarnomani olganini tasdiqlovchi buyurtma xat, faks, elektron manzil orqali pochta va elektron 
manzilga yoki shartnomada koʻrsatilgan faks raqamiga yoʻllangan xabarnomalar lozim darajada 
joʻnatilgan deb hisoblanadi. Pochta xabari/xati pochtadan koʻrsatilgan manzilda oluvchi shaxs 
yoʻqligi tufayli belgisi bilan qaytarilgan hollarda ham joʻnatilgan, deb hisoblanadi. 
11.10
Shartnomani bajarilishida taraflar mazkur shartnoma shartlariga hamda Oʻzbekiston 
Respublikasining qonun hujjatlariga tayanishadi. 

Yüklə 301,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə