Degeneratsiya
- evolyutsion taraqqiyot natijasida hayvon va o`simlik
organizmlarining ayrim organlari yo`qolib ketishi oqibatida ularning birmuncha
oddiy tuzilishga o`tishi.
Umumiy degeneratsiya organizmlarni aktiv hayotdan passiv hayot yo`liga
o`tishi natijasida yoki harakatli holdan harakatsiz holga, erkin yashash sharoitidan
parazitizm yo`liga o`tishi natijasida ro’y beradi. A.N.Seversov tushunchasi
bo`yicha umumiy degeneratsiya hayvon va o`simliklarni turlarini ko`payishiga,
geografik va ekologik arealining kengayishiga olib keluvchi uchinchi biologik
progressiv yo`ldir. Degeneratsiyaga uchrovchi hayvon turlarida harakat, sezuv,
hazm organlari va boshqa xil organlar reduksiyalashadi, ya`ni qisqaradi yoki
tamoman yo`qolib ketadi. Evolyutsion jarayonda lentasimon chuvalchanglarda
ovqat hazm qilish organlarining yo`qolishi, sezuv organlari faoliyatining
susayishi, assidiyalarda esa xorda va nerv nayining tamoman yo`qolib ketishi
degeneratsiyaga misol bo`ladi.
Umumiy degeneratsiyada turning urchish xususiyatini oshishini kuzatish
mumkin. Bu hol jinsiy organlarning keskin rivojlanishiga, ularning tuxum va
lichinkalarining tashqi muhitga chidamli bo`lishiga olib kelgan (sestodlarda).
Degeneratsiyaga hayvonlarning individual taraqqiyotida ro’y beruvchi to`qima va
organlarning yemirilishi ham misol bo`la oladi. Masalan, har xil hasharotlarning
lichinkalarini
g`umbakka
aylanishida
ularning
ichki
organlarining
degeneratsiyaga uchrashi, qurbaqalarning lichinkalarida esa jabra va dumlarining
yo`qolishi.
U yoki bu hayvon turlarining individual taraqqiyotiga ontogenez deb
yuritiladi. Ontogenez asosan uchta taraqqiyot davrlaridan iborat: embriogenez,
postembriogenez va voyaga yetish.
1866-yil nemis olimlari
Dostları ilə paylaş: |