Korxona foydasining taqsimlanishi va ishlatilishi


Korxonaning foydasini moliyaviy hisobotlarda aks ettirilishi



Yüklə 59,13 Kb.
səhifə5/7
tarix05.08.2023
ölçüsü59,13 Kb.
#120359
1   2   3   4   5   6   7
Korxona foydasining taqsimlanishi va ishlatilishi

4.Korxonaning foydasini moliyaviy hisobotlarda aks ettirilishi.
Xar qanday korxonaning, xissadorlik jamiyatining moliyaviy axvoli barcha uchun befarq emas. Chunki, ularning moliyaviy axvoli davlat, xissadorliklar va ta’sischilarning manfatlariga bevosita ta’sir etadi. Shuning uchun korxonalarning moliyaviy axvolini baxolash katta axamiyatga ega.
Korxonalarda mulkiy va moliyaviy munosabatlarni rasmiy xujjatlashtirish uchun buxgalteriya xisobi olib boriladi. Davr oxirida u moliyaviy xisobot tuzish bilan yakunlanadi. Xujjatning moliyaviy xisobotlari esa xar 1 xo‘jalik yili oxirida xissadorliklarning yoki ularning vakillarining umumiy yigilishida muxokama etiladi xamda tasdiklanadi.
Xujjatning ta’sis xujjatlari va ta’sis shartnomasida kuzda tutilgan takdirda unga kredit ajratuvchi bank muassasasiga, jamiyat ixtiyoriy a’zo bo‘lgan assotsiatsiyalarga, birjalarga va boshka tashkilotlarga buxgalterlik xisobining nusxasi topshiriladi.
Uz mablagi yoki mulkini xujjat faoliyatiga safarbar etgan investor yoki kreditor mulkdan jamiyatning nechogli samarali foydalanganini baxolay olishi, foydaning va dividentning tugri xisoblanganiga ishonch xosil kilishi kerak. Moliyaviy xisobotning asosiy shakli buxgalterlik balansidir.
Yangicha xisobot balansida aktivlar va passivlarning tavsifi bozor iqtisodiyoti munosabatlariga muvofik keladigan darajada uz ifodasini topgan. Xujjatning aktivlari balansda jamiyat tomonidan xisobot davrida tasarrufida bo‘lgan va uning nazoratiga olingan vositalar xamda bergan qarzlarning qiymati sifatida ifodalangan.
Passiv uzilishi vositalar qiymati va tushadigan daromadlarning kamayishiga olib keladigan qarz xamda kreditorlik qarzi bo’yicha jamiyat zimmasidagi majburiyatlardir. Aktivlar qiymatining passivlar qiymatidan oshishi jamiyatning o’ziga qarashli vositalarini tovarlar etadi va uning qiymati xisobot balansining passivida, o’ziga qarashli vositalar manbai bo’limida ifodalanadi. Shu yerda jamiyat foydasi xam o’z foydasini topadi. Xujjatning yangicha balansi aktivlarning 3 ta bo’limi va passivlarning 3 ta bo’limidan iborat. Balans aktivlarining 1-bo’limida asosiy vositalar nomaterial aktivlar, sarmoya sarflari va pudratchilarga berilgan avanslar, uzoq muddatli moliyaviy quyilmalar qiymati ifodalanadi. Shu yerda foydaning ishlatilishi, ziyonlar, xissador kuygan vositalar amalga oshirilgan xisob kitoblar xam ifodalanadi.
Balansning aktiv qismi 2-bo‘limida jamiyat ixtiyoridagi moddiylashgan aylanma vositalar: ishlab chikarish zaxiralari qiymati, tugallanmagan ishlab chikarish, tayyor maxsulotlar va boshkqalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar beriladi. Ishlab chiqarishdagi arzon vositalar, maxsus jixozlar va moslamalar, maxsus kiyimlar va poyafzal dastlabki qiymatida ifodalanadi. Jamgarilgan yemirilishi, eskirish qiymatiga esa aloxida modda shaklida balans passivida ifodalanadi.
Balans aktivlarining 3- bo‘limida g‘aznadagi va bank schotidagi mavjud pul mablag’lari, qisqa muddatli qiymatli qogozlar sotib olishga qilingan sarflar va boshqa sarmoya sarflari, tovarlar va xizmatlar bo’yicha debitorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotlar jamlangan.
Balans passivining 1-bo‘limida xujjatning uziga karashli aktivlari manbai to’gri ma’lumotlar o’z ifodasini topgan. Bu yerda ustav fondi, maxsus fondlar, ta’minlash fondi, kelgusi davr daromadlari va balans foydasi, xisob-kitoblar va moliyaviy kapital quyilmalari buyicha kreditorlik qarzlarining xajmi qayd etiladi. Ushbu bo’limda asosiy fondlar va nomaterial aktivlarining eskirishiga qilingan ajratmalar, kam qiymatli vositalar, kutilayotgan xarajatlar va to‘lovlarni qoplashiga ajratilgan rezerv mablag’lari, xam sotilmagan tovarlar savdo ustamasining jamlangan qiymati foydalaniladi.
Balans passivlarining 2- bo‘limida banklardan va boshqa mablag’lardan olingan kredit to‘g‘risidagi ma’lumotlar ifodalanadi. Shu bo’limda barcha turdagi uzaytirilgan ssudalar bo’yicha jamiyatning bankdan qarzi to‘g‘risidagi ma’lumotni xam ifoda etiladi. Balansda bank kreditlari 3 modda buyicha turlarga ajratiladi:
qisqa muddatli kreditlar (1yilga);
o‘rta muddatli kreditlar (1yildan 3yilgacha);
uzoq muddatli kreditlar (3 yildan ortik muddatga olingan kreditlar)
Balans passivlarining 3 – bo’limida to’lash muddati yuzaga kelgan kunidan boshlab, 1 yil mobaynida tugaydigan qisqa muddatli kreditorlik qarzlari ifodalanadi.Ushbu bo’limda to’lash muddati 1 yildan oshmaydigan veksel evaziga olingan qarzlar xam ko‘rsatiladi. Uzoq muddatli veksellar bilan rasmiylashtirilgan qarzlar esa balans passivining 2- bulimida “uzoq muddatli qarzlar” tarkibida ifodalanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xujjatning barqarorligi sarmoyadorlarning diqqatini tortishi, boshqa korxonalar bilan raqobatlashga olishi uning rentabellik darajasiga boglik. Xo‘jalikning rentabelligi uning foydaliligi bo‘lib, foyda summasining vositalar qiymati va sarmoyaga nisbatan foiz xisobidagi darajasini bildiradi. Tahlil amaliyotida 3 turdan iborat rentabellik ko‘rsatkichlari:
maxsulot rentabelligi;
ishlab chikarish fondlari rentabelligi;
korxonalarga kuyilgan kuyilmalar rentabelligi -hisoblanadi.
Ishlab chikarish fondlarining rentabelligi sotilgan maxsulot rentabelligi, fondlarning xajmi va tarkibi, aylanma vositalar aylanishi tezligi uzgarishi, foyda uzgarishi va boshka kuplab omillar ta’sir etadi.
Rentabellik ko‘rsatkichlari sof foyda bo‘yicha hisoblanadi.

Yüklə 59,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə