Korporativ boshqaruv


II BOB QIYMATNING MEHNAT NAZARIYASI VA KEYINGI QO’SHILGAN MIQDOR NAFLILIGI NAZARIYALARI



Yüklə 130,77 Kb.
səhifə5/7
tarix30.12.2023
ölçüsü130,77 Kb.
#165280
1   2   3   4   5   6   7
Tovar va pul munosabatlarining shakllanishi222

II BOB QIYMATNING MEHNAT NAZARIYASI VA KEYINGI QO’SHILGAN MIQDOR NAFLILIGI NAZARIYALARI.
2.1 Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari
Qiymatning mehnat nazariyasi. Bu nazariyaning asoschilari bo’lib Uilyam etti, Adam Smit, David Rikardolar hisoblanadi.
U.Etti – qiymatning mehnat nazariyasining dastlabki asoschisi bo’lib, u qiymatning manbai mehnat hisoblanishini, aynan mehnat sarfi tovar qiymati miqdorini belgilab berishini ko’rsatib o’tgan. Biroq, U.Etti tovarning iste’mol qiymati va qiymati o’rtasidagi farqni ko’ra olmagan. U tovarning qiymati faqat qimmatbaho metallarni ishlab chiqarishga sarflanuvchi mehnat orqali yaratiladi, deb hisoblagan.
A.Smit o’zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqotlar» (1776 y.) nomli asarida tovarning iste’mol va almashuv qiymatini farqlab bergan. U tovar qiymatining yagona manbai bo’lib moddiy ishlab chiqarishning har qanday sohasida sarflangan mehnat hisoblanadi, degan xulosaga kelgan. Shu bilan birga, tovar qiymatining miqdorini har qanday mehnat emas, balki jamiyat uchun zarur bo’lgan o’rtacha mehnat belgilab berishini ko’rsatib o’tgan.
D.Rikardo qiymatning yagona mezoni bo’lib tovar ishlab chiqarishga sarflangan hamda ish vaqti sarflari orqali aniqlanuvchi mehnat hisoblanishini isbotlab bergan. U tovarning iste’mol qiymati va qiymati o’rtasidagi farqni aniq ko’rsatib, har qanday ishlab chiqarishda tovarning qiymati sarflangan mehnat orqali aniqlanishini ta’kidlagan.
Demak, yuqorida ta’kidlanganimizdek, qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlarining fikricha, tovarlarni ayirboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymatning miqdori esa, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan, ya’ni ijtimoiy zaruriy ish vaqti bilan o’lchanadi.
Qiymatning mehnat nazariyasiga ko’ra ijtimoiy zarur ish vaqti o’ziga xos ijtimoiy mehnat me’yori rolini o’ynaydi. Bu me’yor bozorda aniqlanadi va tovar ishlab chiqaruvchilar unga amal qilishlari zarurdir. Keragidan ortiqcha mehnat sarflari qiymat yaratmaydi, ya’ni jamiyat tomonidan e’tirof etilmaydi, rad etiladi. Bozorda muayyan turdagi tovarlarning asosiy massasini ishlab chiqarish uchun zarur bo’lganidan amaldagi ortiqcha mehnat sarflariga hech kim haq to’lamaydi.
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari tushuntiradiki, tovar qiymatida oddiy mehnat ifodalanadi. Oddiy mehnat deganda maxsus tayyorgarlik talab qilmaydigan mehnat tushuniladi. Oddiy mehnat darajasi turli mamlakatlarda va turli davrlarda bir xil bo’lmay, turlicha va o’zgaruvchan bo’ladi. Lekin qiymat namoyon bo’ladigan har bir muayyan bozorda (u xoh ichki, xoh tashqi bozor bo’lsin) oddiy mehnat ma’lum bir darajadagi mavjud mehnatdir. U shunday boshlang’ich negizki, malakasi jihatidan unga tenglashtiriladi. Binobarin, murakkab va malakali mehnat ko’’aytirilgan oddiy mehnat sifatida namoyon bo’ladi. Murakkab mehnatni oddiy mehnatga tenglashtirish bozorda individual sarflarni ijtimoiy zarur sarflariga tenglashtirish bilan birga sodir bo’ladi.
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari tovar ishlab chiqarish sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi aloqalarni, ijtimoiy mehnatni taqsimlash va rag’batlantirishni tartibga soluvchi, ob’ektiv qiymat qonunini mavjud bo’lishini tan oladi. Ular fikriga ko’ra, bu qonunga binoan tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi.
Ijtimoiy zaruriy sarflarning yuqorida keltirilgan ta’riflaridan kelib chiqsak, qiymat qonuni individual mehnat sarfi ijtimoiy zarur mehnat sarfidan ozroq bo’lgan ishlab chiqaruvchilarni, ya’ni ma’lum vaqt ichida ko’’roq miqdorda iste’mol qiymatlarini yaratuvchi yoki yuqoriroq mehnat unumdorligini ta’minlaydigan ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantiradi. Qiymat qonuni individual mehnat unumdorligi ijtimoiy me’yordagi mehnat unumdorligidan past bo’lgan ishlab chiqaruvchilarni jazolaydi. Bu bilan iqtisodiy sharoitlar tovar ishlab chiqaruvchilarning mehnat unumdorligini oshirish yoki boshqa xil tovarlarni ishlab chiqarishga o’tishini rag’batlantiradi. Aks holda ular bozordan siqib chiqarilish, xonavayron bo’lish xavfi ostida qolishlari mumkin.
Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni ularning individual mehnat sarflari bilan ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari o’trasidagi farq tovar ishlab chiqaruvchilarni tabaqalashtiradi, mehnat va moddiy sarflarni kamaytirishni rag’batlantiradi va mehnatning ishlab chiqarish sohalari bo’yicha taqsimlanishini tartibga solib turadi. Masalan, eng yuksak mehnat unumdorligiga erishgan ishlab chiqaruvchilar o’z tovarlarini ijtimoiy zarur sarflaridan kamroq, lekin ayrim individual sarflaridan yuqori narxlarga sotishlari va yuqori foyda olishlari mumkin. Lekin ular ish faoliyatining muvaffaqiyati ko’proq kafolatlangan deb bo’lmaydi. Chunki ular texnik va tashkiliy jihatdan yangiliklarni ishlab chiqarishga o’z vaqtida qo’llab turmasalar, yuqoriroq samara beradigan ishlab chiqarish usullarini qidirib to’masalar, ma’lum vaqtdan so’ng o’z ustunliklaridan ajralib qolishlari mumkin.
Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi mexanizmi rakobat kurashi natijasida bozor narxlarining stixiyali ravishda tebranib turishidan, ularning ijtimoiy qiymatdan farq qilib turishidan iborat. Tovar narxining ijtimoiy qiymatidan chetga chiqish shart-sharoitlari quyidagilardan iborat deb hisoblanadi:
Talab = taklif bo’lgan holda: narx = qiymat.
Talab > taklif bo’lgan holda: narx > qiymat.
Talab < taklif bo’lgan holda: narx < qiymat.
Shunday qilib, tovarlar narxining ular qiymatidan farq qilishi tovar ishlab chiqaruvchilarning xoxishi bilan sodir bo’lmay, balki ob’ektiv qiymat qonunining kuchi ta’siri ostida bo’ladi.
Qiymat qonuni resurslarning turli ishlab chiqarish sohalari o’trasida taqsimlanishini tartibga solib turish vazifasini bajarayotganda ham narxlar dinamikasi muhim rol o’ynaydi. Agar u yoki bu aniq tovar ijtimoiy ehtiyojini qondirish uchun zarur bo’lganidan kamroq ishlab chiqarilsa, bu talabning taklifdan oshib ketishiga sabab bo’ladi. Tovar narxi oshib ketadi. Narxlar, shu bilan birga daromadlar kamayadi, bu tarmoqdagi ishlab chiqarish resurslari daromad yuqori bo’lgan boshqa tarmoqlarga o’tib ketadi. Qiymatning mehnat nazariyasi modellarida qiymat qonuniga asoslangan ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga soluvchi bozor mexanizmi ana shunday tavsiflanadi.
Qiymat faqat bozorda almashuv qiymat ko’rinishida o’zining ifodalanish shaklini oladi. Qisqacha aytganda, qiymat ishlab chiqarishda yaratiladi, biroq bozorda, ya’ni ayirboshlash vaqtida namoyon bo’ladi. Shu erda qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyotchilari qarashlari bilan qarama-qarshilik ‘aydo bo’ladi. Uning mohiyati nimadan iborat? Agar tovar bozorda sotib olinsa, bu kimdir tovar ishlab chiqarishiga ketadigan sarflarni ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari sifatida baholashi sababli emas, balki mazkur tovar xaridor uchun naflilikka ega bo’lishi sababli ro’y beradi, xaridor ma’lum naflilikka ega bo’lgan tovarni qadrlaydi.
Keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasining asoschilari bo’lib avstriya maktabi vakillari K.Menger(1840-1921), F.Vizer(1851-1926), E.Bem-Baverk(1851-1914) va boshqalar hisoblanadi. Hozirda bu nazariya g’oyalarini bir qator olimlar qo’llab-quvvatlab, rivojlantirib kelmoqdalar. Mazkur nazariyaga ko’ra, kishilar tomonidan juda xilma-xil moddiy va ma’naviy ne’matlar (hamda xizmatlar) ularni ishlab chiqarishga ijtimoiy zaruriy mehnat sarflanganligi uchun emas, balki ushbu ne’matlar naflilikka ega bo’lishi sababli qadrlanadi. Insonlar tomonidan ma’lum nafliliklarga ehtiyoj sezilganligi sababli u yoki bu tovarni ishlab chiqarishga mehnat sarflari amalga oshiriladi. U yoki bu mehnat sarflarining ijtimoiy zarurligi kim tomonidan yoki nima bilan aniqlanadi, degan savolga oddiy tarzda bozor tomonidan, deb javob berish to’g’ri bo’ladi, biroq bu javob umumiy va to’liq emas. Keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari fikrlariga ko’ra, faqat tovarning nafliligi mehnat sarflariga «ijtimoiy zaruriy» deb nomlanadigan tavsif berishi mumkin.
Keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasi bilan qiymatning mehnat nazariyasining bir-biriga to’g’ri kelmasligi turli xil iste’mol qiymatlarini yoki nafliligini hisobga olish muammosi bilan bog’liq. Chunki, turli ko’rinishdagi ikkita tovarning nafliligini shunchaki umumiy tarzda o’zaro taqqoslash mumkin emas. E’tibor berilsa, masalaning bu tarzda qo’yilishining o’zi keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasiga zidligini ko’rish mumkin. Masalan, kitob yoki tanburdan qaysi birining nafliligi yuqori, degan savolga javob borish mumkin emas. Albatta, savol bunday aniq qo’yilganda unga javob berib bo’lmaydi. Ammo har bir aniq holatda iste’molchi tomonidan ne’matlarning nafliligini taqqoslash doimo ro’y beradi. Masalan, kitobsevar inson uchun kitobning, musiqashunos uchun tanburning nafliligi yuqori bo’lishi mumkin. O’z navbatida, kitob o’qishni yoqtirmayligan inson uchun kitobning, cholg’u asboblarida o’ynashni bilmaydigan yoki musiqaga umuman qiziqmaydigan inson uchun tanburning nafliligi juda ‘ast yoki umuman nolga teng bo’lishi mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki, tanbur bilan kitobni ayirboshlash zarur bo’lsa, ularni nafliligi bilan o’zaro taqqoslab bo’lmaydi. Shunga ko’ra, iqtisodiy hayotda ham xo’jalik qarorlari qabul qilish chog’ida umuman ehtiyojlarni taqqoslamasdan, u yoki bu moddiy va ma’naviy ne’matlarning foydali samarasiga baho bermasdan turib hech qanday iqtisodiy faoliyatni boshlash mumkin bo’lmaydi.
Keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari, naflilikning ikki turini ajratib ko’rsatish zarur deb hisoblaydilar: a) abstrakt yoki umumiy naflilik, ya’ni ne’matlarning kishilar biron-bir ehtiyojlarini qondirish layoqati; b) aniq naflilik, bu ne’mat mazkur nusxasi foydaliligining sub’ektiv narxini bildiradi. Bu sub’ektiv narx ikki omilga bog’liq: mazkur ne’matning mavjud zahirasi va unga bo’lgan ehtiyojning to’yinganlik darajasi.
Keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari sub’ektiv naflilik miqdorini hisoblashda G.Gossen (nemis iqtisodchisi, 1810-1858 yy.) qonunidan foydalanadilar. Bu qonun so’nggi qo’shilgan miqdor nafliligining ‘asayib borishini ifodalab, Gossenning birinchi qonuni deb ataladi. Mazkur qonunga binoan, ehtiyoj qondirilib borilishi bilan «to’yinganlik darajasi» o’sadi, aniq qo’shilgan miqdor nafliligi esa ‘asayadi («zaruriy ehtiyoj» darajasi). Bu mazkur ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi qo’shimcha ne’mat oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega bo’lishini bildiradi, ne’matlar zahirasi cheklangan bo’lganda esa uning «zaruriy ehtiyojni» qondiruvchi keyingi nusxasi mavjud bo’ladi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, mazkur turdagi barcha ne’matlarning qiymati ularning eng so’nggi qo’shilgan miqdorining nafliligi bilan aniqlanadi.
O’zining birinchi qonunidan kelib chiqqan holda, Gossen ikkinchi qonnuni ham ishlab chiqadi. Unga ko’ra, «iste’mol qilinayotgan turli ne’matlarning umumiy miqdori shunday tarzda aniqlanadiki, bunda sotib olingan bir necha turdagi ne’matning so’nggi qo’shilgan miqdori nafliligi o’zaro bir-biriga teng bo’ladi».
Keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi muammosini o’rmonda yashovchi chol ega bo’lgan besh qo’ don misolida, uning ongida sodir bo’lgan ‘sixologik hayol orqali tasvirlab ko’rsatadilar. Bu qo’lardagi donning nafliligi kamayib boruvchi tartibda joylashadi: birinchi qo’dagi don eng zarur, ya’ni cholning oziq–ovqatga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun iste’mol qilinadi, ikkinchisi – ovqatlanishni yaxshilash uchun, uchinchisi – uy parrandalarini boqish, to’rtinchisi – ‘ivo tayyorlash, beshinchisi – cholning o’z uyi atrofida sayrab yurgan qushlarni boqib, ko’ngilxushlik qilishi uchun.
Bundan ko’rinadiki, beshinchi qo’ning nafliligi chol uchun u qadar ahamiyatli emas, chunki agar bu qo’dagi dondan mahrum bo’lsa u faqatgina ko’ngilxushlik qilish imkoniyatidan voz kechadi xolos. Biroq, to’rtinchi qo’dagi donning yo’q bo’lishi cholni pivosiz, uchinchisi esa parrandalarsiz qoldirishi mumkin. Faqat bitta qo’dagi don qolgan taqdirda chol uchun uning nafliligi eng yuqori darajaga etadi, ya’ni u ovqatlanish ehtiyoji bilan tenglashadi.
Shu o’rinda turli qo’lardagi donlarning nafliligi turlicha ekan, ularning qaysi biri donlarning umumiy naflilik darajasini aniqlab beradi, degan savol tug’iladi. Xolbuki, qo’lardagi donlarning bir-biridan farqi yo’q ekan, chol uchun ularning nafliligi beshinchi, so’nggi qo’dagi donning nafliligi orqali aniqlanadi.
Demak, har bir ne’matning so’nggi qo’shilgan birligi, ya’ni uncha muhim bo’lmagan ehtiyojni qondiruvchi birligining nafliligi kamayib borish xususiyatiga egadir.
Qiymat va narx nazariyasida yangi yo’nalishni boshlab bergan kishi mashhur ingliz iqtisodchisi A.Marshall hisoblanadi. Tovarlarning qiymatini aniqlashda mehnat nazariyasi ham, qo’shilgan naflilik nazariyasi ham etarli asosga ega emas, deb hisoblagan A.Marshall bir nechta nazariyalarni sintez qilish yo’li bilan aniqlik kiritishga harakat qildi. Qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasining bir tomonliligini u qiymatni faqat naflilik bilan tushuntirishda ko’rdi. A.Marshall keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasini talab va taklif nazariyasi hamda ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasi bilan bog’lashga harakat qildi.
A.Marshallning tovar qiymati nima bilan aniqlanishini bilishda qo’shilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlarini sintez qilish (umumlashtirish) zarurligi haqidagi fikri juda mashhur. Neoklassiklarning qiymat va narxning bir negizli (monistik) nazariyasini yaratishga urinishdan chekinish xususan A.Marshall ishlari bilan bog’liq. Neoklassiklarning qoidalari qiymatning yagona manbai, narxning yagona asosi va bozor xo’jaligida jamiyat daromadlarining yagona manbai to’ilishi zarurligini bildiradi. Bunday yagona manba, masalan, ingliz klassik iqtisodiy maktabi va markscha nazariyalarda mehnat, marjinalistlarda qo’shilgan miqdor nafliligi kategoriyasi hisoblanadi. A.Marshall nazariyasida esa qiymat va narx ham talab (qo’shilgan miqdor nafliligi) va ham taklif (tovar ishlab chiqarish harajatlari) tomonida yotuvchi bozor kuchlari o’zaro ta’siri orqali aniqlanadi.
A.Marshall fikricha, tovar qiymati teng darajada keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi. Shunday qilib, A.Marshalldan boshlab iqtisodiyot nazariyasida turli nazariyalarni sintez qilishga o’tildi.
Lekin A.Marshall ushbu sintezni oxirigacha etkaza olmadi. U ijtimoiy zaruriy naflilik va ijtimoiy zaruriy mehnat tovarning ikki tomoni ekanligini aniq ko’ra olmadi. Shuning uchun, u ijtimoiy naflilik o’rniga qo’shilgan naflilikni, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari o’rniga ishlab chiqarish xarajatlarini qo’ydi. Natijada tovarning qiymati ham, nafliligi ham to’liq hisobga olinmadi. Umuman aytganda uzoq tarixiy davrdan boshlab tortishuvga sabab bo’lgan narsa tovarda gavdalangan ijtimoiy mehnatning ikki yoqlama tavsifi va shu asosda hosil bo’ladigan tovarning ikki xil xususiyatiga ega bo’lishini inobatga olmaslikdir. Mehnat nazariyachilari tovarga sarflangan mehnat miqdoriga asosiy e’tiborni qaratgan bo’lsa, marjinalistlar uning nafliligiga e’tibor berib keladilar. Ularning biri ko’proq tovarni ishlab chiqaruvchilar manfaati nuqtai nazaridan tahlil qilgan bo’lsa, ikkinchisi iste’molchi (xaridorlar) manfaati nuqtai-nazaridan qaraydilar.

Pul uzoq zamonlardan beri odamlarga ma’lum. Pulning kelib chiqishi turli nazariyotchilar tomonidan tovar ayirboshlash jarayonining rivojlanishi bilan bog’liq holda tushuntiriladi.


Pulning vujudga kelishi va mohiyatining turli ilmiy konste’stiyalari mavjud bo’lib, ular orasida rastionalistik va evolyustion konste’stiyalar muhim o’rin tutadi.
Rastionalistik konste’stiya Pulning kelib chiqishini kishilar o’rtasidagi bitim, kelishuv natijasi sifatida izohlaydi. Bu holat ularning tovarlarni ayirboshlash chog’ida qiymatlarning harakatlanishi uchun maxsus vositalar zarurligiga amin bo’lishiga asoslanadi. Pulning o’zaro kelishuv sifatida amal qilishi to’g’risidagi mazkur g’oya XVIII asrning oxirlarigacha hukm surdi. Pulning kelib chiqishiga sub’ektiv ‘sixologik yondoshuv ko’’lab hozirgi zamon xorijiy iqtisodchilarning qarashlarida ham uchrab turadi.
Bundan ko’rinib turibdiki, yuqoridagi olimlarning fikricha, Pul kategoriyasiob’ektiv iqtisodiy kategoriya bo’lmay, kishilar kelishuviga yoki davlatning xohishiga bog’liq bo’lgan yuzaki, sub’ektiv kategoriyadir.
Pul kelib chiqishining evolyustion konste’stiyasiga ko’ra ular ijtimoiy mehnat taqsimoti, ayirboshlash, tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Qiymat shakllari va ayirboshlash rivojlanishining tarixiy jarayonini tadqiq qilish orqali tovarlar umumiy olami ichidan Pul rolini bajaruvchi alohida tovarning ajralib chiqishini tushunish mumkin.
Bir tovarning qiymati uni boshqa bir tovarga ayirboshlash orqali aniqlanadi (T-T). Bir qarashda ayirboshlash bitimida har ikkala tovar ham bir xil rol o’ynaydigandek ko’rinadi. Aslida esa ularning roli turlichadir. Bir tovar o’z qiymatini boshqa tovarga nisbatan ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa birinchi tovarning qiymatini o’zida ifodalab, ekvivalent rolini bajaradi, ya’ni qiymatning ekvivalent shaklini tashkil etadi. Xuddi mana shu erda Pulning dastlabki kurtagi ‘aydo bo’ladi.
Pulning paydo bo’lishi va rivojlanishida qiymat shakllarining rivojlanish bosqichlari muhim o’rin tutadi. Umuman olganda qiymatning oddiy yoki tasodifiy, kengaytirilgan, umumiy va Pul shakllari mavjud.
Ayirboshlash jarayonining tarixan uzoq davom etgan davri mobaynida ekvivalent rolini o’ynovchi ko’’lab tovarlar ichidan ba’zi birlari o’zining barcha tomonidan tan olinishi tufayli ajralib chiqa boshladi. Chunki, ekvivalent rolini o’ynovchi tovarlarning barchasi ham ayirboshlash jarayonida vositachilik vazifasini bir xilda muvaffaqiyatli bajara olmas edi. Natijada, barcha tovarlarning qiymatini bir xil tovar qiymati orqali taqqoslash mumkin bo’lgan qiymatning umumiy shakli vujudga keldi.
Keyinchalik umumiy ekvivalent rolini o’ynovchi tovarlar ichidan maxsus tovar – Pul ajralib chiqdi. Dastlabki vaqtda Pul rolini o’zining qator xususiyatlariga ko’ra mazkur vazifani nisbatan muvaffaqiyatli bajara oluvchi oltin va kumush metallar bajara boshladi. Bu qiymatning Pul shakli vujudga kelganini anglatar edi.
Shunday qilib, Pul – bu hamma tovarlar va xizmatlarni sotish va sotib olish mumkin bo’lgan umumiy ekvivalent rolini o’ynovchi maxsus tovardir.
XIX asrning oxirida mamlakatlar birin-ketin oltin valyutaga, ya’ni monometall tizimiga o’ta boshladilar. Bu hol Avstriyada 1892, Ya’oniyada 1897, Rossiyada 1898, AQShda esa 1900 yilda sodir bo’ldi. Angliyada oltin Pul tizimi XVII asrning oxirida, Germaniyada 1871 yilda, Gollandiyada 1877 yildayoq joriy etilgan edi.
O’zbekiston hududida tarixan bundan ham oldinroq kumush va mis tangalar muomalada bo’lgan. Shayboniyxon Samarqandni zabt etgandan keyin, 1507 yilda Pul islohotini o’tkazgan. Bizgacha Shayboniyxon (1501-1610) va Abdullaxon (1583-1598) zarb etgan tangalar etib kelgan. Abdullaxon davrida tanga (oltin va kumush) zarb qilish davlat ‘oytaxti - Buxoroda markazlashtiriladi. 1695-1709 yillarda oltin tanga zarb qilish muntazam tus oladi. Tanga og’irligi 4,8 gramm, sifat sofligi juda yuqori - 958 bo’lgan.
Umumiy ekvivalent rolining nodir metallarga, jumladan oltinga yuklatilish sabablari quyidagilar orqali izohlanadi:
- sifat jihatdan bir xil o’lchamga keltirish mumkinligi;
- zanglamasligi va uzoq muddat saqlash mumkinligi;
- bo’linuvchanligi va bo’lgandan keyin yana yaxlit holga keltirish mumkinligi;
- bo’linganda ham o’z qiymatini saqlab qola olishi;
- tabiatda nisbatan kamyobligi;
- ozgina miqdordagi va og’irlikdagi nodir metallning qiymati ancha yuqoriligi.
Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, Pulning vujudga kelishi tarixiy jarayon bo’lib, u tovar ayirboshlashning rivojlanishiga asoslanadi, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash ziddiyatlarining keskinlashuvi natijasi hisoblanadi. Pul (oltin yoki kumush) - umumiy ekvivalent rolini o’ynovchi maxsus tovardir.
Endi tovarlar dunyosi ikkiga – bir tomondan, naflilikning ifodasi bo’lgan tovarlarga va, ikkinchi tomondan, qiymatning moddiylashgan ifodasi bo’lgan Pulga ajraladi
Pulning mohiyatini to’laroq tushunish uchun uning vazifalarini ko’rib chiqamiz. Chunki, «zamonaviy iqtisodiy fan uchun Pulning mohiyatini uning funkstiyalaridan keltirib chiqarishga asoslangan yondoshuv xosdir. Pul ishlab chiqarish va muomala jarayonida bir qator vazifalarni bajaradi: 1) qiymat o’lchovi; 2) muomala vositasi; 3) boylik to’’lash vositasi; 4) to’lov vositasi.
Pul vazifalarining rivojlanish darajasi tovar ishlab chiqarishning rivojlanish darajasiga bog’liq.
1. Pulning birinchi vazifasi qiymat o’lchovi vazifasidir.
Tovarning almashuv qiymatini ifodalash, uni o’lchash uchun qo’lda naqd Pulga ega bo’lish shart emas. Pulning bu vazifasini ideal Pul bajaradi. Tovar egasi fikran ideal ravishda shu tovarning almashuv qiymatini Pul bilan ifodalaydi. Tovarning narxi talab va taklif muvofiq kelgan taqdirdagina tovarning qiymatiga muvofiq keladi. Agar talab va taklif muvofiq kelmasa, narx qiymatidan farq qiladi. Demak, tovalarning narxi tovarlarning qiymatiga, Pulning qiymatiga, talab va taklifning nisbatiga va boshqa omillarga bog’liq.
Tovar almashuv qiymatining Pul bilan ifodalanishi uning narxini anglatadi. Tovarning almashuv qiymatini o’lchash uchun muayyan miqdordagi Pul materialini birlik qilib olish zarur. Bunday birlik narxlar o’lchovi (masshtabi) deb ataladi. Bir tomondan narxlar o’lchovi har qanday o’lchov birligi kabi shartlidir. Ikkinchi tomondan esa, u muayyan mamlakatda hamma tomonidan e’tirof etilgan bo’lishi kerak. Shuning uchun davlat Pul birligi huquqini qonun bilan mustahkamlaydi, bu birlik shu tariqa rasmiy tan olinadi.
Dastlab Pul birliklari va ularning nomlari ko’’incha muayyan og’irlikda nodir metallar bilan bog’liq bo’lgan, valyuta tizimlarining nomlar (funt sterling) ham shundan dalolat beradi. Lekin vaqt o’tishi bilan, «vazn» nomi Pul birligidan nodir metallarning haqiqiy vaznidan tobora ko’’roq farq qila boshlagan. Buning bir qancha sabablari bor, bularning biri shu bilan bog’liqki, tarixan uncha nodir bo’lmagan, umumiy ekvivalent rolini o’ynagan metallar nodirroq, demak, qimmatroq metallar tomonidan siqib chiqarilgan; bunda Pul nomlari avvaligicha qolgan. Masalan, funt sterling dastlab bir funt kumushning Pul bilan ifodalangan nomi bo’lgan. Lekin oltin qiymat o’lchovi sifatidagi kumushni siqib chiqargach, avvalgi nom o’z qiymati jihatidan bir funt kumushga teng bo’lgan oltin miqdoriga nisbatan ishlatila boshlagan. Boshqa sabab tangalarni soxtalashtirish, bunda davlat Pul zarb qilinayotganda tangaga talab qilingandan ko’ra kamroq miqdorda Pul (oltin) materiallarini sarflaydi.
Tovar ayirboshlash rivojlangan sharoitda mehnat mahsuli bo’lmagan, ya’ni qiymatga ega bo’lmagan narsalar (masalan, ishlanmagan er) narxga ega bo’lishi mumkin. Faqat narsalargina emas, balki hatto evaziga kimdir muayyan miqdorda Pul to’lashga tayyor turgan ma’naviy qadriyatlar (sha’n, vijdon va hokazolar) ham shunday shaklga kiradi. Bunday hollarda narx bo’lsada, lekin qiymat bo’lmaydi.
2. Tovar muomalasi jarayonida naqd Pul bo’lishi kerak, chunki tovarlarni oldi-sotdi ‘aytida ularning ramziy narxlari real Pulga aylanmog’i lozim. Bu jarayonda Pul muomala vositasi vazifasini bajaradi. Pulning muomala vositasi sifatidagi vazifasi shundan iboratki, u tovarlar muomalasi jarayonida vositachi bo’lib maydonga chiqadi.
Dastlab tovarlarni ayirbosh qilishda Pul bevosita kumush yoki oltin quymalar shaklida mavjud bo’lgan. Bu hol ayirboshlash vaqtida qiyinchiliklar tug’dirgan:
Pul metallni o’lchash uni mayda bo’laklarga bo’lish, sifatini belgilash zarur bo’lgan. Asta–sekin Pul metall quymalari o’rniga monetalar ishlatila boshlagan. Monetalar o’z vazni va sifati jihatidan ma’lum miqdordagi metaldan iborat; uning vazni va sifati davlatning alohida muhri bilan tasdiqlangan bo’ladi.
Oltin Pul muomalasi amaliyoti ko’rsatadiki, uzluksiz muomalada bo’lish natijasida oltin tangalar eyilib ketadi, o’z massasining bir qismini yo’qotadi va to’la qiymatli bo’lmagan Pulga aylanadi. Shu sababli muomalaga oltin o’rnini bosuvchi Pul sifatida to’la qiymatli bo’lmagan qiymat belgilari chiqarilgan.
3. Pul muomaladan chiqarilganda boylik to’’lash vazifasini bajara boshlaydi. Har bir tovar ishlab chiqaruvchi o’zini bozor taosdiflaridan ehtiyot qilish uchun va o’z tovarini sota olish –olmasligidan qat’iy nazar boshqa tovarlarni sotib olish imkoniyatiga ega bo’lish uchun o’zini ma’lum Pul rezervi bilan ta’minlashi kerak.
Natural xo’jalik sharoitida boylik to’’lash, jamg’arish mahsulot jamg’arish shaklida amalga oshirilgan. Tovar xo’jaligining rivojlanishi boylik jamg’arishning Pul jamg’arish shaklini keltirib chiqaradi. Tovarlarni cheklanmagan miqdorda saqlab bo’lmaydi, Pulni istagan miqdorda saqlash mumkin.
Tovar xo’jaligi taraqqiyotining dastlabki davrlarida Pul jamg’arish uni muomaladan chiqarib olish yo’li bilan amalga oshirilgan. Keyinchalik foyda ketidan quvish hukmron ahamiyat kasb etib, bo’sh yotgan Pul foyda keltirmasligi sababli Pul egalari uni harakatga solishga, uni foydali joyda ishlatish yo’lini to’ishga intildilar.
Shuning uchun Pul saqlash uchun banklarga qo’yiladi. Banklar esa, ularni bir joyga to’plab, kredit vositasida foydalanadi.
Boylik to’’lash vositasini faqat oltin tangalar emas, balki Pul materiallari, oltin buyumlar va boshqalar ham uynay oladi.
4. Tovarlar nasiyaga to’lov muddati kechiktirib sotilganda, Pul to’lov vositasini bajaradi. Xaridorlar tovarning Pulini to’lov muddati kelgandan keyingina to’laydi. Pulning to’lov vositasi sifatida vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan cheklanmaydi. Pul qarz berilganda, renta va soliqlarni to’lashda ham to’lov vositasi vazifasini bajaradi. Nima uchun tovarni sotish bilan unga haq to’lash o’rtasidagi vaqt jihatidan ajralish ‘ayla bo’ladi? Aniq vaziyatlar turlicha bo’lishi mumkin. Buning eng tub sababi ishlab chiqarish stikllarining turlicha davom etishidir. Masalan, qishloq xo’jaligida hosil bir yilda bir marta yig’ib olinadi. Lekin dehqonga butun yil mobaynida tovar kerak bo’ladi. Sotishning kredit formasi keskin murakkablashib, sustlashib ketgan bo’lar edi. Pulning to’lov vositasi sifatidagi vazifasi bu xil qiyinchiliklarni bartaraf etishga va bu bilan xo’jalik oborotini tezlashtirishga imkon beradi. Shunday qilib, qog’oz Pullar, veksel va banknotlar – Pulning to’lov vositasi sifatidagi vazifasidan kelib chiqdi.
Veksel oboroti negizida (veksel–qarz majburiyati degani) emissioner bank tomonidan chiqariladigan va uning obro’si bilan quvvatlanib turiladigan kredit Pullar vujudga keladi. Kredit Pullar qog’oz Pullar bilan qo’shilib, tovar muomalasiga xizmat qila boshlaydi. Bu bilan oltinni Pul muomalasidan siqib chiqarish yo’lida yana bir qadam qo’yiladi.
Kreditning va kredit tizimi rivojlanishi bilan Pulning to’lov vositasi sifatida qo’llanish sohasi ancha kengaydi, kredit Pullarning ‘aydo bo’lishiga olib keladi. Bir kishi tomonidan boshqa kishiga beriladigan kredit qarz majburiyatini, vekselni keltirib chiqaradi. Biroq veksellar muomalasi cheklangan, chunki ularga xususiy shaxslar kafolat beradi. Shu tufayli ‘uxtaroq kafolatga ob’ektiv zarurat kelib chiqadi, buning orqasida banknot ‘aydo bo’ladi. Banknot xususiy shaxsning vekseli o’rniga bank tomonidan berildigan vekseldir. Shunday qilib, banknot Pulning to’lov vositasi sifatidagi vazifasidan kelib chiqadi. Banknotlar bilan bir qatorda muomalaning kredit qurollaridan yani bir turi–cheklar ishtirok etadilar. Chek omonat egasi tomonidan o’z hisobidagi Puldan chekda ko’rsatilgan shaxsga berish to’g’risida bankka yozilgan buyruqlardir.
Kredit munosabatlarining rivojlanishi naqd Pul ishlatmasdan qarz majburiyatlarini o’zaro bir–biriga o’tkazish yo’li bilan qarzlarni uzishga imkon beradi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda hisob–kitoblar oltin bilan ta’minlanmagan milliy valyutalarda (dollar, marka, iena va h.k.) amalga oshiriladi.
Bugungi kunda zamonaviy, ya’ni qog’oz-kredit Pullarning iqtisodiy mazmuni va tabiati to’g’risida so’z yuritilganda, g’arb iqtisodiy adabiyotlarida qog’oz Pulning tovar emasligi qat’iy ta’kidlanadi. Bunda ayrim iqtisodchilar Pulning tabiatini uning likvidligi, boshqa birlari esa uning dekret Pul, ya’ni qonun tomonidan mustahkamlanganligi orqali belgilaydilar.
Bu iqtisodchilar tomonidan qog’oz Pullarning tovar tabiatini inkor etilishi, agar Pul tovar bo’lmasa, nima uchun u har kuni ko’z oldimizda hamma bozorlarda tovar sifatida oldi-sotdi bo’ladi, degan savolga javob bera olmaydi.
Klassiklar ham, miqdoriylik nazariyasi tarafdorlari ham Pulning alohida tovar ekanligini va boshqa tovarlardan uning ana shu alohida xususiyati ajratib turishini tushunmaydi. Bizning nazarimizda Pul alohida tovar bo’lib, boshqa barcha tovarlarning qiymatini ifodalaydigan umumiy ekvivalent sifatida xizmat qiladi. U boshqa tovarlar kabi ikki tomonlama xususiyatga ega: bir tomondan, umuman tovar sifatida boshqa tovarlar singari qiymatga ega bo’lsa, ikkinchi tomondan, naflilikka, ya’ni iste’mol qiymatiga ega. Uning iste’mol qiymati umumiy ekvivalent sifatida boshqa istalgan tovarga almashuvchanligida ifodalanadi. To’la qimmatli Pullardan o’z qiymatiga ega bo’lmagan Pul belgilarini qo’llashga o’tish hamda naqd Pulsiz hisob-kitoblarning rivojlanishi natijasida qog’oz Pul oddiy tovarlarga xos bo’lgan xususiyatlar: qiymat va iste’mol qiymatga ega bo’lmaydi. Ammo u maxsus tovar sifatida oltin Puldagi ikki xususiyatni: qiymat belgisi va rasmiy naflilikni saqlab qoladi, shuning uchun ham hozirgi ‘aytda Pul belgilari va naqd bo’lmagan Pullar o’z qiymatiga ega bo’lmasada, ularni almashuv qiymati sifatida qo’llash imkoniyati saqlanib qolmoqda. Fikrimizcha, buning sababi qog’oz Pullarning qiymatga ega bo’lmasa ham qiymat belgisi xususiyatiga egaligidir. Shu sababli ular ayirboshlash jarayonida umumiy ekvivalent sifatida chiqadi va oltin Pulning vazifalarini qisman bajaradi.
Pul ko’p tomonlama, murakkab iqtisodiy tushuncha bo’lganligi sababli, uning yangicha mazmunini aniqlashni qog’oz Pullarning oltin Pulga bog’liqligi va undan farqini ko’rsatishdan boshlash lozim. Qog’oz Pullarning o’z o’tmishdoshi va tabiiy negizi bo’lgan oltin Pullar bilan o’xshashlik jihati shundaki, u oltin Pulda mavjud bo’lgan ikki xususiyatni, ya’ni rasmiy naflilik va qiymat belgisi sifatidagi xususiyatlarni qabul qilib oladi. Oltinning moddiy tovar sifatidagi ikki xususiyati: real nafliligi va qiymati qog’oz Pullarda bo’lmaydi. Lekin avvalgi ikki xususiyat qog’oz Pullarning umumiy ekvivalent sifatida amal qilishi uchun etarlidir.
Qog’oz Pul umumiy ekvivalentlik vazifasini bajarganda, boshqa tovarlar qiymati bevosita qiymatga ega bo’lgan tovar (oltin) bilan emas, balki qiymat belgisiga ega bo’lgan vakolatli «tovar» bilan o’lchanadi.



Yüklə 130,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə