Koagulyasiya



Yüklə 190,5 Kb.
səhifə2/2
tarix23.09.2023
ölçüsü190,5 Kb.
#123045
1   2
Ekologiya 1-topshiriq

Flokulyasiya
Flokulyasiya jarayoni oqova suv tarkibiga yuqori molekulyar birikmalar, ya’ni flokulyantlar ta’sir ettirib, muallaq zarrachalarni agregasiyalashdir. Koagulyasiya jarayonidan farqli ravishda flokulyasiya jarayonida zarrachalarning yiriklashishi zarrachalarning o’zaro kontaktlashuvi bilangina emas, balki flokulyant zarrachalarida adsorbsiyalangan molekulalarning o’zaro ta’sir natijasida sodir bo’ladi.

5.2-rasm. Koagulyatsiya uchun qurilmalar:
а – to’siqli aralashtirgich:
1 - korridor; 2-to’siq; 3 - deraza;
b – iviq hоsil qiluvchi to’siqli kamera:
1- korridor; 2- to’siq; 3- deraza.
в – koagulyator-tiniqlashtirgich:

  1. – korpus; 2 – jelob; 3– tiniqlashgan suvni chiqarish uchun teshik; 4 – hаvo аjratgich; 5 – markaziy quvur; 6 – ajratuvchi quvurlar.




Flokulyasiya jarayonini alyuminiy va temir gidroksidlarini ionlarini iviqlarini hosil bo’lish jarayonlarini tezlashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Flokulyantlarni qo’llash koagulyant miqdorini kamaytirish, koagulyasiya vaqtini qisqartirish va hosil bo’lgan iviqlarni cho’kish tezligini oshiradi.


Oqova suvlarni tozalash uchun tabiiy va sintetik flokulyantlardan foydalaniladi. Tabiiy flokulyantlarga kraxmal, denstrin, efirlar, sellyuloza va boshqalar kiradi.
Aktivlangan kremniy dioksidi eng keng tarqalgan noorganik flokulyantlardan hisoblanadi Sintetik (organik) keng qo’llaniladiganlari poliakrilamid (-CH2-CH-CONH2)n-, texnik (PAA) va gidrolizlangan (GPPA) dir.
Flokulyant tarkibi va dozasini tanlashda uning makromolekulasining xususiyati va diepers zarralarning tabiati (bog’liq) xisobga olinadi.
PAA ning optimal miqdori oqova suvlarni tozalashda 0,41,0 g/m3 atrofida bo’ladi. PAA ni pH muxitning keng oraliqlarida qo’llash mumkin, lekin cho’kish tezligi pH > 9 bo’lganda pasayadi.
Flokulyantning tasir etish mexanizmiga kolloid zarralarning yuzasida flokulyant molekulalarning adsorbsiyalanilishi, retikulyasiya (to’rsimon struktura hosil bo’lishi) flokulyant molekulalarining retikulyasiyasi: kolloid zarralarning Vander-Vals kuchlari hisobiga yopishishi; flokulyantlarning kolloid zarrachalar bilan ta’sirlanishi natijasida trimyerstruktura hosil bo’ladi, bu suyuq fazadan mayda zarrachalarning tezroq ajralishiga olib keladi. Bunday strukturaning hosil bo’lishiga sabab flokulyant makromolekulalarining bir necha zarrachalar bilan polimyerko’priklarini hosil qilib adsorbsiyalanishidir.
Poliakramid 79% ni gel holatida ishlab chiqariladi, u 273 K da qotadi. PAA ni suvga qo’shganda qovushqoqligi birdaniga ortadi.
Oqova suvlarni koagulyasiya va flokulyasiya usullari bilan tozalash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: reagentlarni me’yorlash va oqova suv bilan aralashtirish, iviqlarni hosil qilish va iviqlarni cho’ktirish.
Koagulyantlarni suv bilar aralashtirish usun mexanik va gidravlik aralashtirgichlar qo’llaniladi. Gidravlik aralashtirgichlarda aralashtirish suv oqimining harakati va tezligi yo’nalishining o’zgarish natijasida sodir bo’ladi (15a-rasm).
Mexanik aralashtirgichlarda aralashtirgichli qurilmalarda aralashtirish jarayoni bir xil va sekin borishi kerak, aks holda hosil bo’lgan iviqlar aralashtirgich aylanganida parchalanib ketishi mumkin. Oqova suvlarni reagentlar bilar arallashtirilgach iviq hosil qilish kamerasiga yo’naltiriladi. Iviq hosil qilish vaqti 1030 daqiqa. Iviq hosil qilish kamerasi bir-biridan to’siqlar bilan ajratilgan ketma-ket o’tkazilgan koridorlardan iborat. Koridorlarda suvning tezligi 0.20.3 m/s.
Iviqlarning cho’kishi tindirgich va tiniqlashtirgichlarda olib boriladi. Ko’pincha aralashtirish, koagullash va cho’ktirish jarayoni bitta qurilmada olib boriladi. Koagulyant bilan aralashtirilgan oqova suv truba orqali havo ajratgichga tushadi. So’ngra suv markaziy truba orqali taqsimlovchi trubaga, keyin flokulyant berilgan aylanish zonasiga beriladi. Shu yerda iviq hosil bo’ladi. Muallaq zarrchalar iviqlar bilan birga qurilma tubiga cho’kadi va qurilmadan ajratib olinadi.
Oqova suvlarni tozalashda koagulyant va flokulyantga dozalash va reagentlarni oqova suv bilan aralashish, muallaq zarrachalarning hosil bo’lishi va cho’kishi.
Yüklə 190,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə