Klinik anatomiya, II jild. Qorin parda va hosilalari. Gulmanov Ilich Djumabaevich



Yüklə 487,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/23
tarix31.01.2022
ölçüsü487,5 Kb.
#83325
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Klinik anatomiya, II jild. Qorin parda va hosilalari. Gulmanov I

kichik qorin bo‘shlig‘i

 (

bursa

 

omentalis)

 me’daning 

orqasida  joylashgan  yoriqsimon  bo‘shliq  bo‘lib,  uning  6  devori  bor:  oldingi  – 

kichik  charvi,  oshqozonning  orqa  devori  va  oshqozon-chambar  boylami;  orqa 

devori – qorin pardaning umurtqa pog‘onasida yotuvchi, oshqozon osti bezi va 

yirik  tomirlarni  qoplovchi  devor  oldi  (pariyetal)  varag‘i;  yuqorigi  devori  – 

jigarning dumli va chap bo‘laklaridan tashkil topgan, pastki devorini ko‘ndalang 

chambar  ichak  va  uning  tutqichi  hosil  qiladi;  charvi  xaltasining  chap  va  o‘ng 

chegaralari  qorin  pardaning  bo‘rmalari  hisobiga  hosil  bo‘ladi.  Oshqozon-

oshqozon  osti  bezi  boylami  charvi  xaltasi  bo‘shlig‘ini  2  qavatga:  yuqorigi  – 

kichik  charvi  bo‘shlig‘i  va  pastki  –  katta  charvi  bo‘shlig‘iga  bo‘lib  turadi. 

Kichik charvining o‘ng devori qorin pardaning 3 ta boylamidan tashkil topgan 

bo‘lib, ular orasida 

charvi  teshigi

  hosil  bo‘ladi. Bu teshik orqali  charvi  xaltasi 

«katta qorin bo‘shlig‘i» bilan tutashadi. Bu teshik orqali boylamlarni kesmasdan 

(jigar-o‘n ikki barmoq, jigar-buyrak va o‘n ikki barmoq-buyrak boylamlari bilan 

chegaralangan)  faqat  barmoq  yoki  ingichka  asbob  bilan  charvi  xaltasiga  kirish 

mumkin.  Kichik  charvi  bo‘shlig‘i  katta  charvi  bo‘shlig‘i  bilan  oshqozon-

oshqozon osti teshigi orqali aloqa qiladi. 

Charvi  xaltasining  quyidagi  cho‘ntaklari  farq  qilinadi:  1)  taloqning  ko‘r 

qopchasi  –  chap  diafragma  osti  sohasida  chap  diafragmal-ko‘ndalang  chambar 

ichak  boylami  ustida  joylashgan;  2)  charvi  qopchasining  yuqori  bo‘rtmasi  – 

charvi  xalatasining  gumbazi  hisoblanib,  jigarning  dumli  va  chap  bo‘laklari 

ostida  yotadi;  3)  charvi  xaltasi  bo‘shlig‘i  cho‘ntagi  –  uncha  katta  bo‘lmagan 

chuqurcha  bo‘lib,  charvi  xaltasi  bo‘shlig‘ining  chap  qismida,  oshqozon-




Yüklə 487,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə