Klinik anatomiya, II jild. Qorin parda va hosilalari. Gulmanov Ilich Djumabaevich



Yüklə 487,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/23
tarix31.01.2022
ölçüsü487,5 Kb.
#83325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Klinik anatomiya, II jild. Qorin parda va hosilalari. Gulmanov I

Qorin pardaning hosilalari. 

Qorin pardaning devor oldi varag‘i qorin devorlarini ichki tarafdan o‘rab, 

bir  qator  burmalar,  turli  chuqurchalar  va  do‘mboqliklar,  vistseral  varag‘i  esa 

cho‘ntaklar va boylamlar, duplikaturalar, charvilar, tutqichlar va teshiklar hosil 

qiladi. 


Qorin  pardaning  devor  oldi  varag‘i  qorin  devorlarini  ichki  tomonidan 

qoplab,  qorin  bo‘shlig‘ining  yuqori  devorida  bir  tekisda  diafragmani  qoplaydi. 

O‘murtqa  pog‘onasining  yon  tomonlarida qorinning orqa  devorida ikki  tarafda 

buyraklarni qoplab, buyrak do‘ngliklarini hosil qiladi. Bundan tashqari, umurtqa 

pog‘onasidan o‘ngda qorin pardaning devor oldi varag‘i yana bir voronkasimon 

ko‘tarilmani  beradi,  bu  ko‘tarilma  bu  yerda  joylashgan  o‘n  ikki  barmoq  ichak 

tushuvchi qismining joylashishiga bog‘liq bo‘ladi. 

Qorin  pardaning  devor  oldi  varag‘i  qorin  bo‘shlig‘ining  orqa  devorini 

to‘liq qoplamaydi: diafragma muskul sohasining o‘ng tarafdagi bir qismi, ya’ni 

jigar  o‘zining  orqa  yuzasi  bilan  diafragmaga  o‘sib  birikkan  joyi  (



pars  nuda

qorin parda bilan qoplanmagan. 




Klinik anatomiya, II jild. Qorin parda va hosilalari. Gulmanov Ilich Djumabaevich 

 



 

Qorinning  oldingi  devorida  bir  qancha  burmalar  ko‘rinadi:  qovuqning 

yuqori  qismi  va  kindik  o‘rtasida  –  o‘rta  kindik  burmasi  (

plica

 

umbilicalis

 

mediana)

  va  yon  kindik-qovuq  burmalari,  ular  ham  pastga,  qovuqning 

yonboshiga  yo‘naladi,  jigarning  chap  sagittal  egatiga  yo‘nalgani  –  jigarning 

yumaloq boylamidir. 

 


Yüklə 487,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə