Кириш.“Ўзбекистоннинг энг янги тарихи” ўқув фанининг предмети, мақсади ва вазифалари, назарий-методологик тамойиллари



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix26.01.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#99458
  1   2
7PNucLDhJlsHXBHzHmYRy1Pfo1a52KVVqv90Nd5M (3)



"Gumanitar fanlar“ kafedrasi katta o’qituvchsi
Xakimova Mahruya
Abdulhayovna
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining 
tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati. 
MAVZU 
03
«O’ZBEKISTONNING YANGI TARIXI»
FAN:
1


MUSTAQIL O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 
TASHKIL TOPISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI

1. 
Siyosiy tizimdagi o‘zgarishlar. Mustaqillikning e’lon 
qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining tashkil etilishi. 
2. Mustaqillikning ilk davrida davlat suverenitetini 
mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlar. 
3. Mustaqil O‘zbekiston davlatining yuzaga kelishi va 
mustahkamlanishida I.Karimovning tarixiy xizmatlari.
2


XX asrning 90-yillari boshidagi
O'zbekiston uchun “Kommunistik
partiyadan halos bo'lish", degan so'z
milliy mustaqillikka erishishning asosiy
sharti bo'lib qolgan edi. Shuning uchun
ham 1991 yilning 14 sentyabrida
O'zbekiston kompartiyasining XXIII 
s'ezdi chaqirilib, unda Respublika 
partiya tashkilotini tugatish masalasi
hal etildi.
Lekin bu jarayonlar ham silliq kechgani
yo'q. Bu paytda hali ko'plab rahbarlar, 
partiya a'zolarining aksariyat qismida
eski jamiyatning kuchli ta'siri sezilib
turmoqda edi. Ular milliy mustaqillik
g'oyasini anglashga yetilmagan, yangi
demokratik jamiyat qurishni esa o'z
tasavvurlarida ―kapitalizmga - eng
yomon tuzumga qaytish, deb tushunar
va talqin etar edilar.


O'zbekiston hali ittifoq tarkibida bo'la turib, 
boshqa Respublikalar rahbarlari o'z
mamlakatlarini konfederativ ittifoqqa kirishiga
ko'z tutib turgan bir paytda Birinchi Prezident
I.A.Karimov 1991 yil 31 avgustda Oliy
kengash sessiyasi minbaridan O'zbekiston
Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon
qildi. Shu kuni Oliy kengash "O'zbekiston
Respublikasining davlat mustaqilligi
to'g'risidagi bayonoti"ni e'lon qildi.


O'zbekistonda milliy mustaqillik uchun
harakat bir tomondan kommunistik totalitar
tuzum asoratlaridan halos bo'lish, poklanish
jarayonlari bilan uyg'un ravishda kechgan
bo'lsa, ikkinchi tomondan, jahondagi ilg'or
mamlakatlar tajribasi asosidagi mahalliy
xalq mentalitetidan kelib chiqib jamiyatni
demokratlashtirish bilan hamohang bordi.
Milliy mustaqillik arafasidayoq ko'ppartiyaviylik
tizimini joriy etish, davlat va hukumatdan ayrim
jamoat birlashmalari tuzulmalarini erkin faoliyat
ko'rsatishi uchun huquqiy shart-sharoitlar
yaratishga intilish Respublika rahbariyatining XX 
asrning 90-yillari boshidagi strategik siyosiy
islohotlarining bosh maqsadlaridan biri edi


Mustaqillikning dastlabki
kunlaridayoq prezident I.A.Karimov
quyidagi maqsadni ilgari surdi: 
“Respublikada sobitqadamlik bilan
xalqchil adolatli jamiyatni bunyod
etish - bosh vazifadir... Yangilangan
jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishi
insonga uning siyosiy, iqtisodiy va
ijtimoiy turmush tarzini erkin tanlab
olishini kafolatlashi kerak»
Mustaqillik davrida fuqarolik jamiyati
qurish stregiyasiyani shakllanishida
Prezident I.A.Karimov tomonidan ilgari
surilgan “Kuchli davlatdan - kuchli
fuqarolik jamiyati sari" kontseptual
tamoyil muhim ahamiyat kasb etdi. Bu 
tamoyilning asosiy mazmun-mohiyati, 
yo'nalishlari, umuminsoniy va milliy
jihatlari uning ma'ruzalari va asarlarida
mujassamlashdi.


O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Oliy Majlis 
Qonunchilik Palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi (2005 yil 28 yanvar) 
“Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, 
mamlakatni modernizasiya va isloh etishdir" nomli ma'ruzasida mamlakat
jamiyatini demokratlashtirish va yangilash kontsepsiyasining, shuningdek, 
mamlakatimizni 2005 yil va kelgusi davrda modernizasiya va isloh etish bo'yicha
asosiy vazifalarning dasturiy kontseptual yo'nalishlari belgilab berildi. Mazkur
ma'ruzada mamlakatni modernizasiya qilish borasida uzoqni ko'zlaydigan "kuchli
davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari", degan tamoyilga asoslangan
islohotlarni yanada chuqurlashtirishning barcha yo'nalishlarida amalga oshirilishi
lozim bo'lgan maqsad va vazifalar aniq va Ravshan ifoda etildi.


"Biz uchun fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda
qonun ustuvor bo'lib, u insonning o'z-o'zini kamol toptirishga
monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs
manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to'la darajada
ro'yobga chiqishiga ko'maklashadi. Ayni vaqtda boshqa
odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo'l
quyilmaydi. Ya'ni erkinlik va qonunga bo'ysunish bir vaqtning
o'zida amal qiladi, bir-birini to'ldiradi va bir-birini taqozo etadi. 
Boshqacha aytganda, davlatning qonunlari inson va fuqaro
huquqlarini kamsitmasligi lozim. Shuning barobarida barcha
odamlar qonunlarga so'zsiz rioya qilishlari shart". 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə